"Tibosfera" tibbiyot maktabi
СтатистикаTibbiyot talabalari uchun tibbiy-fundamental va klinik fanlar yuzasidan o'quv kursi va materiallari. Foydali maslahatlar, tavsiya va ko'nikmalar
- Последний пост
- 31 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 74
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Здоровье (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 7 225
- 1/48двое суток
- 8 279
- 1/72трое суток
- 8 930
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Bizning loyihalar: 🔸 2019-yil "Medical Leaders Club" talabalar ilmiy jamiyati https://t.me/MLCofASMI 🔸 2021-yil "Tibosfera" tibbiyot maktabi https://t.me/tibosfera 🔸 2024-yil "Fonus" ta'lim markazi https://t.me/fonus_talim 🔸 2026-yil "Mayoq" online ta'lim https://t.me/mayoq_online 🔸 2026-yil "Burhon" fanlar akademiyasi ..... Alloh taolo xayrli qilsin! Bardavom qilsin! 😊
Bismillah... 💐 Yangi qadamlar😊
без подписи
🥳QABUL BOSHLANDI "Tibosfera" tibbiyot maktabimizga 2026-yil 3-mavsum qabuli boshlandi! Kursga yozilish uchun @tibosfera_qabul_rasmiy akkauntiga murojaat qilasiz. ➖➖➖ Kurs haqida batafsil ma'lumot va talabalarimizning fikrlarini shu yerdan topasiz: …
🥳QABUL BOSHLANDI "Tibosfera" tibbiyot maktabimizga 2026-yil 3-mavsum qabuli boshlandi! Kursga yozilish uchun @tibosfera_qabul_rasmiy akkauntiga murojaat qilasiz. ➖➖➖ Kurs haqida batafsil ma'lumot va talabalarimizning fikrlarini shu yerdan topasiz: …
🥳QABUL BOSHLANDI "Tibosfera" tibbiyot maktabimizga 2026-yil 3-mavsum qabuli boshlandi! Kursga yozilish uchun @tibosfera_qabul_rasmiy akkauntiga murojaat qilasiz. ➖➖➖ Kurs haqida batafsil ma'lumot va talabalarimizning fikrlarini shu yerdan topasiz: 👉https://t.me/tibosfera/1690 ❗️Bexabar qolmang, keyingi qabul noyabr oyida bo'lib o'tadi
Intizomli kishi tog' kabi bo'ladi: - issiqda erimaydi - sovuqda muzlab qolmaydi - shamol uchirib ketmaydi - yomg'ir yuvib keta olmaydi "Tibosfera" - intizom maktabi🔥
5 soat qoldi👍
Mehnatga, mashaqqatga, intizomga tayyormisiz🔥
Diqqat! 🔸Shu oyning 25-sanasida (25-iyul) "Tibosfera" tibbiyot maktabimiz uchun 2026-yil 3-mavsum qabuli boshlanadi, do'stlar! 🔸Qabul boshlanganida @tibosfera kanalida e'lon beriladi. E'londa ko'rsatilgan manzil orqali ro'yxatdan o'tsangiz bo'ladi. 🔸Kurs…
Diqqat! 🔸Shu oyning 25-sanasida (25-iyul) "Tibosfera" tibbiyot maktabimiz uchun 2026-yil 3-mavsum qabuli boshlanadi, do'stlar! 🔸Qabul boshlanganida @tibosfera kanalida e'lon beriladi. E'londa ko'rsatilgan manzil orqali ro'yxatdan o'tsangiz bo'ladi. 🔸Kurs haqida batafsil ma'lumot va talabalarimizning fikrlarini shu yerdan topasiz: 👉https://t.me/tibosfera/1690
Ilm olishda 2 muhim bosqich bor. #fikrlar 1⃣Birinchi bosqich - o'rganilayotgan ilmni anglab olish bosqichi. Bunda talaba o'rganayotgan narsasini to'liq anglab yetishi, tasavvur qila olishi kerak. Anglashilmagan nuqtalar, tushunilmagan joylarni hal qilish uchun qo'shimcha adabiyotlar ko'rishi, biladiganlardan so'rashi, "nima uchun shunday?", "qanday qilib?" kabi savollar berishi, savollar ortidan yurib ilmiy izlanishi, tanqidiy fikrlashi kerak. O'rgangan narsasini xuddi kino yoki multfilmdek ko'z o'nggida jonlantira olishi, voqealarni yuqoridan tomosha qila olishi kerak. Bu bosqichni yakunlamay turib ikkinchi bosqichga o'tib bo'lmaydi. 2⃣Ikkinchi bosqich - yod olish bosqichi. Bunda anglangan, tushunilgan ilm chuqur xotiraga muhrlanadi. Buning uchun yagona yo'l, yagona usul bor. U ham bo'lsa takrorlash. Takrorlashlar orqali bilim sekin asta tinadi, miyaga o'rnashadi. Takrorlash deganda ko'pchiligimiz mavzuni boshdan oxir sharillatib o'qishni tushunadi. Aslida unday emas. Tilimiz takror qilsayu, aqlimiz idrok qilmasa bu takrorning hech bir foydasi yo'q. Behudaga vaqt ketgan, energiya sarflangan bo'ladi. Haqiqiy takror aqlda idrok qilish bilan bo'ladi. Takrorning usullar ko'p. Hammamiz bilgan usul - bir boshidan muhim joylarni qaytarib chiqish. 3-4 marta shu usulda takror qilingandan keyin miya toliqadi. Keyingi takrorlar zerikarli bo'ladi. Shuning uchun usulni o'zgartirish kerak. Endi 3-4 marta mavzuni qisqacha qilib konspekt qilish mumkin. Undan keyin esa 3-4 marta o'zimizga o'zimiz dars o'tgandek mavzuni tushuntirib berishimiz mumkin. Keyin esa biror kishi bilan 5-6 marta savol-javob qilishimiz mumkin. Mana shunaqa usullar bilan 20-30 marta takror qilinsa, bilim miyaga chuqur o'rnashadi. Shunday qilsa ham 1-2 oy o'tib bu bilimlar esdan chiqa boshlaydi. Bu tabiiy holat. Bundan tushkunlikka tushish kerak emas. Undan ko'ra shu mavzuni yana 2-3 marta takrorlab olinsa bilim joyiga qayta o'rnashadi. Shu zaylda har 3-4 oyda bir marta takrorlab turilsa vaqtlar o'tib mutlaqo unutilmas bo'lib o'rnashadi. Xuddi hafta kunlari, oy nomlari, sanoq sonlari kabi. ❗️Shu narsa muhimki, bir ilmni avval tushunib olmay turib uni yodlab bo'lmaydi. Yodlansa ham unutilishi aniq bo'ladi. Imtixondan o'tib olgach o'sha kuniyoq unutiladi. Va yana bir jihati - tushunilmay yodlangan ma'lumotlar kishini charchatadi, depressiyaga olib boradi, o'ziga bo'lgan ishonchini o'ldiradi, ilmdan sovutadi. Bilsangiz, shunaqa talabalar ham ko'p. Tushunmaydi, anglamaydi, ammo yodlayveradi. Darsda ham, imtixonda ham sharillatib mavzuni aytib beraveradi, orada biror savol berib fikrlataman desangiz qotib qolaveradi. ❗️Yana bir muhim jihati shuki, tushunib anglab bo'lgandan keyin uni yodlamay tashlab qo'yish ham noto'g'ri. Chunki, u ham chuqur xotiraga o'tkazilmagani sabab bir necha kun o'tib esdan chiqib ketadi. Bu holat zakosi o'tkir talabalarda ko'p bo'ladi. Boshqalarga nisbatan oson tushunadi, tezda anglaydi, iqtidoriga ishonib takror qilmaydi, erinadi, shu bilan qarabsizki 1 haftaga bormay miyada hech nima qolmaydi. Xulosa shuki, ilm avval tushunilishi kerak, keyin esa yodlanishi kerak. Tushunilmay yodlash ham, tushungandan keyin yodlamay tashlab qo'yish ham to'g'ri emas. Bu bilan avvaliga o'zimizni ilm olgandek his qilamiz, ammo biroz vaqtdan keyin u unutilganini bilgach qattiq tushkunlikka tushib qolamiz, ilmdan sovib ketamiz. To'g'ri tartib va usul bilan o'rganilsa, ishtiyoq ham ortib boraveradi. @tibosfera
➖➖➖➖➖ ⚡️"Kardiovaskulyar sistema fiziologiyasi" mavzusida tayyorlangan materiallar ➖➖➖➖➖ 👉Konspekt 👉Video 1-qism 👉Video 2-qism 👉Video 3-qism 👉Video 4-qism 👉Video 5-qism 👉Video 6-qism 👉Video 7-qism 👉Video 8-qism 👉Video 9-qism 👉Video 10-qism ❗️Videomateriallar konspekt asosida tayyorlangan. ❗️Material tibbiyot talabalari, ordinatr, magistr va shifokorlar uchun mo'ljallangan. Yuqori saviya darajasida. @tibosfera
без подписи
BIZ { 5 } YOSHDAMIZ 🥳
Channel photo updated
🔰"TIBOSFERA" online kurslari 1. Kurs haqida batafsil ma'lumot: https://telegra.ph/TIBOSFERA-KURSI-HAQIDA-04-09 2. Kurs haqida talabalarimizning fikrlari: 2024-yil 👉https://t.me/tibosfera/1512 2025-yil 👉https://t.me/tibosfera/1602
Tibosferada nega ta'lim uzoq davom etadi? ➖➖➖➖➖ Puxta ilm qisqa muddatda hosil qilinmaydi. Qisqa muddatda hosil qilingan ilm puxta bo'lmaydi. Bu oltin qoida, do'stlar. Tibosferada fanlar juda uzoq ham, juda qisqa ham o'qitilmaydi. Eng optimal muddat belgilangan…
Tibosferada nega ta'lim uzoq davom etadi? ➖➖➖➖➖ Puxta ilm qisqa muddatda hosil qilinmaydi. Qisqa muddatda hosil qilingan ilm puxta bo'lmaydi. Bu oltin qoida, do'stlar. Tibosferada fanlar juda uzoq ham, juda qisqa ham o'qitilmaydi. Eng optimal muddat belgilangan bo'lib, juda uzoq cho'zib talabaning vaqti va puliga hiyonat qilinmaydi. Shuningdek, juda qisqa muddatda o'qitilib talabaning ilmiga, kelajakdagi uning bemori hayotiga hiyonat qilinmaydi. Eng optimal muddatda, puxta bilim beradi. Shu sabab takrorlash darslari, nazorat imtixonlari, olimpiadalar ko'proq bo'ladi. Talabaga avval har bir mavzuni atroflicha tushunishi uchun vaqt beriladi, so'ng bu ilmlar xotiraga muhrlanishi uchun ko'p takrorlanadi, yodlanadi. To'g'ri, biroz ko'proq vaqt ketadi, ammo yuzaki emas rostakam ilm hosil qilinadi, xotiraga muhrlanadi. @tibosfera
Shu bilan "Tibosfera" kursini birinchi - fundamental fanlar bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar soni 299 taga yetdi🙃 Alloh taolo bardavom qilsin! Kursimizda tahsil olayotgan talabalarning hammasiga mana shunday muvaffaqiyat va xursandchilik nasib qilsin! "Tibosfera" da o'qish oson emas. Bitirish esa mutlaqo oson emas. Shunday bo'lsa ham, eplayotgan, bajarayotganlar bor, Alhamdulillah!