tgindex

T&T Progress

описание

👩🏻‍🎓 Ваш ментор по Учебе за рубежом! 🌍Мои студенты поступают в топ 300 университетов мира! 🇺🇸 Курсы English для детей. Instagram https://www.instagram.com/ttprogress По вопросам услуг обращайтесь в https://t.me/tt_progress

5 092
подписчиков
Охват к подписчикам
16,1%
ERR
Реакции к просмотрам
0,72%
198 на 30 постов
Пересылки к просмотрам
0,42%
117
Постов в день
1,7
всего 30

Где отзываются чаще

доля реакций к просмотрам
  • 6 авг.Bugun sizlar uchun juda katta yangilik bilan bo’lishaman, tayyormisiz? 🥳2,85%
  • 4 авг.без подписи2,10%
  • 14 авг.без подписи2,10%
  • 7 авг.T&T Progress ofline Premium SAT va AP Intensive kursini ochyapti.🔥 📖 SAT Math hamda Reading & Writing bo'yicha chuqurlashtirilgan tayyorgarlik 📘 AP Calculus BC va AP Statistics bo'yicha chuqurlashtirilgan tayyorgarlik 👨‍🏫 Tajribali mentorlar va har bir o'quvchiga individual yondashuv 📝 Muntazam amaliy testlar, xatolar tahlili va progress monitoringi 📚 Mualliflik o'quv materiallari hamda uy vazifalarini tekshirish — barchasi kurs narxiga kiritilgan 🎯 Maqsad — SAT'dan yuqori natija olib, TOP universitetlarga kuchli ariza bilan topshirish Kurs davomida har bir o'quvchining rivojlanishi kuzatib boriladi va natijaga erishishi uchun individual tavsiyalar beriladi. Joylar soni cheklangan. Guruhlar tez to’ladi. Ro'yxatdan o'tish va bepul kirish diagnostikasidan o'tish uchun quyidagi havoladan foydalaning. Barchangizni T&T Progress ofisidagi Premium SAT va AP Intensive kurslarida kutamiz! @ttprogress Savollar uchun @tt_progress ga yozing. Telegram | Instagram | YouTube1,31%
  • 10 авг.SAT 1200 vs 1500: bu university list’ni qanchalik o‘zgartiradi?🎯 SAT’dan 1200 olish va 1500 olish — bir xil natija emas. Ayniqsa, maqsadingiz kuchli universitetlarga topshirish bo‘lsa. 🔹 SAT 1200 Bu yomon natija emas. Lekin ayrim yuqori reytingdagi universitetlarda 1200 ball yetarlicha kuchli natija bo‘lmasligi mumkin. 🔹 SAT 1500 1500 — ancha yuqori natija va ko‘proq kuchli universitetlarni ko‘rib chiqish imkonini beradi. Shuning uchun SAT’da har bir qo‘shimcha ball muhim. Masalan: 1200 → 1300 → 1400 → 1450 Bu shunchaki raqamning oshishi emas. Siz topshirishingiz mumkin bo‘lgan universitetlar ro‘yxati ham o‘zgarishi mumkin. 🎯 Shuning uchun SAT tayyorgarligini: ❌ «1200 olsa bo‘ldi» deb emas, ✅ «Maqsadimdagi universitetlar uchun qanday SAT score kerak?» degan savoldan boshlash kerak. Yana bir muhim narsa — SAT’ni oxirgi daqiqaga qoldirmang. Erta boshlasangiz: • mavzularni yaxshiroq o‘zlashtirasiz; • xatolaringiz ustida ishlashga vaqt bo‘ladi; • practice testlarni ko‘proq ishlaysiz; • kerak bo‘lsa, imtihonni qayta topshirib, balingizni oshirasiz. 🎓 SAT natijangizni bizni 4 oylik oflayn Intensive kursimizda kuchli o'qituvchilar bilan oshirishingiz mumkin. T&T Progress'dan SAT Intensive · Kichik guruhlar · Individual yondashuv · Top universitetlarga tayyorgarlik Kirish diagnostikasi — bepul. Agar siz SAT’dan yuqori ball olishni maqsad qilgan bo‘lsangiz, kursimizda tizimli ravishda tayyorlanishingiz mumkin. 📩 «SAT» deb yozing — kurs dasturi va shartlarini yuboramiz.1,20%
  • 13 авг.Qaysi davlatda hozir o‘qish afzalroq? Bu savolga bitta javob yo‘q. Universitet tanlashda ta’lim sifati + o‘qish narxi + stipendiya imkoniyatlari + o‘qish davomiyligi ni birgalikda hisobga olish kerak. Keling, 5 ta top davlatlarni ko'rib chiqamiz 👇 🇺🇸 AQSh 🎓 Bakalavr: odatda 4 yil 💰 O‘qish narxi: universitetga qarab juda katta farq qiladi. Xalqaro talabalar uchun ayrim universitetlarda yillik xarajatlar $30,000–$70,000+ bo‘lishi mumkin. Universitetlar tanlovi juda katta va xalqaro talabalar uchun turli xil scholarship va financial aid imkoniyatlari mavjud. 🇬🇧 Buyuk Britaniya 🎓 Bakalavr: odatda 3 yil 🏴 Shotlandiyada ko‘pincha 4 yil 💰 Xalqaro talabalar uchun bakalavr kontrakti: taxminan £11,400–£38,000/yil. Ko‘plab bakalavr dasturlarining 3 yil davom etishi sababli umumiy o‘qish muddati qisqaroq. 🇩🇪 Germaniya 🎓 Bakalavr: odatda 3–4 yil 💰 Davlat universitetlarining ko‘pchiligida bakalavr uchun tuition fee yo‘q. Odatda faqat semestr badali to‘lanadi — taxminan €70–€430/semester. ⚠️ Lekin Baden-Württemberg yerida EU/EEA fuqarosi bo‘lmagan talabalar uchun €1,500/semester tuition fee mavjud. Sifatli ta’limni nisbatan past o‘qish xarajati bilan olish imkoniyati. 🇨🇳 Xitoy 🎓 Bakalavr: odatda 4 yil 💰 O‘qish narxi universitet va dasturga qarab farq qiladi. ✨ Eng katta afzalliklardan biri — xalqaro talabalar uchun stipendiya imkoniyatlari. Ayrim dasturlarda stipendiya kontrakt, yotoqxona va yashash xarajatlarining bir qismini yoki barchasini qoplashi mumkin. Masalan, Xitoy hukumatining ayrim stipendiya dasturlarida tuition fee, yotoqxona, sug‘urta va oylik stipendiya ham beriladi. 🇯🇵 Yaponiya 🎓 Bakalavr: odatda 4 yil 💰 Birinchi yil uchun o‘rtacha xarajat: 🏛 Milliy universitet — taxminan ¥820,000 🏫 Davlat universiteti — taxminan ¥910,000 🎓 Xususiy universitet — taxminan ¥1,300,000 Yuqori sifatli ta’lim, kuchli texnologik baza va xalqaro talabalar uchun turli stipendiya hamda tuition reduction imkoniyatlari mavjud. 🎯 Xo‘sh, qaysi biri yaxshiroq? 💰 Kamroq tuition fee → 🇩🇪 Germaniya 🎓 3 yillik bakalavr → 🇬🇧 Buyuk Britaniya 💵 Scholarship imkoniyatlari → 🇺🇸 AQSh / 🇨🇳 Xitoy 🤖 Texnologiya va muhandislik → 🇯🇵 Yaponiya / 🇨🇳 Xitoy 🌍 Universitetlar va dasturlar tanlovi → 🇺🇸 AQSh Lekin eng muhim savol: «Qaysi davlat eng yaxshi?» emas. 👉 «Mening maqsadim, budjetim va yo‘nalishim uchun qaysi davlat eng mos?» Siz qaysi davlatda o‘qishni tanlagan bo‘lardingiz? 👇 🇺🇸 AQSh | 🇬🇧 Buyuk Britaniya | 🇩🇪 Germaniya | 🇨🇳 Xitoy | 🇯🇵 Yaponiya1,14%
  • 15 авг."Nega Harvard 100 taga atigi 4 tasini qabul qiladi?" "Nega Harvard 100 ta abituriyentdan atigi taxminan 3-4 tasini qabul qiladi? Va nega o'sha rad etilgan 96 nafarning deyarli barchasida ham yuqori SAT, ham yuqori IELTS bor edi?" MUAMMO — HAMMADA BOR NARSA AJRALIB TURMAYDI Chunki SAT va IELTS — bu endi hammada bor narsa. Qachonki hamma abituriyentda bir xil kuchli ball bo'lsa, komissiya boshqa narsaga qaraydi: siz kimsiz? Nimani isbotlagansiz? Sizni boshqalardan ajratib turadigan narsa nima?" Yechim - shaxsiy brend Aynan shu yerda 4% ichiga kiradigan abituriyentlar farq qiladi. Ular yillar davomida o'z shaxsiy brendini qurishgan — ilmiy maqolalar, xalqaro konferensiyalar, tanlangan volontyorlik loyihalari, o'z ishonchli ovozi bor passion project. YouTube kanalimizda biz aynan Harvardga kirish uchun sizda nima bo'lishi kerakligini va sizni boshqalardan ajratib turadigan faolliklar haqida gaplashdik. Havola oraqil ko’rishingiz mumkim😊 Sizningcha qaysi sifatingizga Harvard e'tibor beradi?1,09%
  • 11 авг.без подписи0,99%
  • 11 авг.📄 Abituriyentlar eng ko‘p xato qiladigan 5 ta hujjat Chet el universitetlariga topshirishda ko‘pchilik eng qiyin narsa — ko‘p hujjat yig‘ish deb o‘ylaydi. Aslida esa muammo ko‘pincha hujjatlar sonida emas, balki ular ichidagi kichik xatolarda bo‘ladi. Quyidagi 5 ta hujjatni ayniqsa diqqat bilan tekshirish kerak 👇 🔹 1. Academic Transcript Bitta raqam yoki fan nomidagi xato ham muammo keltirib chiqarishi mumkin. Tekshiring: • baholar to‘g‘ri yozilganmi; • maktab yoki universitet nomi to‘g‘rimi; • o‘quv yili to‘g‘ri ko‘rsatilganmi; • boshqa hujjatlardagi ma’lumotlar bilan mos keladimi. 🔹 2. CV / Resume Ko‘p abituriyentlar CV’ga qilgan barcha ishlarini shunchaki ro‘yxat qilib yozib chiqadi. Lekin CV qisqa, tushunarli va eng muhim ma’lumotlarni ko‘rsatadigan bo‘lishi kerak. ❌ «Turli tadbirlarda qatnashdim» ✅ Qaysi tadbirda, nima qildingiz va qanday natijaga erishdingiz — aniq yozish. 🔹 3. Motivation Letter / Essay Eng ko‘p uchraydigan xatolardan biri — juda umumiy gaplar yozish. ❌ «Bolaligimdan chet elda o‘qishni orzu qilganman.» ❌ «Men juda motivatsiyali va maqsadli talabaman.» Bunday gaplarni deyarli har qanday abituriyent yozishi mumkin. Shuning uchun essay’da o‘zingizning real tajribangiz, maqsadingiz va nima uchun aynan shu universitet yoki dasturga qiziqishingizni ko‘rsatish muhim. 🔹 4. Recommendation Letter Ba’zi abituriyentlar o‘qituvchiga shunchaki: > «Menga recommendation letter yozib bering» deb murojaat qiladi. Lekin yaxshi recommendation letter’da talabaning aniq yutuqlari, kuchli tomonlari va o‘qituvchi bilan bog‘liq real misollar bo‘lishi kerak. 🔹 5. Financial Documents Bu hujjatlarda ma’lumotlar bir-biriga mos kelishi juda muhim. Summalar, sanalar, sponsor haqidagi ma’lumotlar va boshqa moliyaviy ma’lumotlar qolgan hujjatlar bilan mos bo‘lishi kerak. 💡 Eng muhimi: Hujjatlarni tayyorlaganingizdan keyin darhol yubormang. Avval tekshiring: ✅ Barcha ma’lumotlar bir xilmi? ✅ Ism, sana va raqamlarda xato yo‘qmi? ✅ Hujjatlar universitet talablariga mos keladimi? ✅ Hujjatlar orasida qarama-qarshilik yo‘qmi? Chunki ba’zida muammo talabaning universitetga mos kelmasligida emas, balki hujjatlarning noto‘g‘ri yoki e’tiborsiz tayyorlanganida bo‘lishi mumkin. 📌Qanday hujjatlar kerakligini bilish uchun bizni bepul konsultatsiyamizga yoziling📩0,94%
  • 7 авг.Eng katta habarga tayyormisiz? 😍0,89%
  • 7 июн.без подписи0,88%
  • 4 авг.Чунки кайнакам у жойга таклиф килинганида борган, ва бизга роса мактаганди, агар кирса жудаям зур универститет деб.0,83%