Bolalar Nevropatologi_Shohista Shavkatovna
Статистика👩🏻⚕️Bolalar nevropatologi__Normatova Shohista Shavkatovna ✍️Murojat uchun: @Dr_Shohista_Shavkatovna 📝Qabulga yozilish uchun: +998954110440 📍Manzil: Samarqand shahri, Ezgu Med klinikasi, Beruniy 99
- Последний пост
- 4 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 639
- 1/48двое суток
- 732
- 1/72трое суток
- 789
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
D vitamini va allergiya haqida 5 ta muhim fakt D vitamini faqat suyaklar uchun kerak, deb o‘ylaysizmi? Aslida u immun tizimi faoliyatida ham muhim rol o‘ynaydi. 🌱 Organizm — yaxlit tizim. Shu sababli D vitamini darajasi va allergik kasalliklar o‘rtasidagi bog‘liqlik ham ko‘plab ilmiy tadqiqotlarda o‘rganilgan. 1. D vitamini yetishmovchiligi allergik kasalliklar bilan bog‘liq. D vitamini immun javobni boshqarishda ishtirok etadi. Uning past darajasi atopik dermatit, bronxial astma va ayrim boshqa allergik kasalliklarda ko‘proq uchrashi aniqlangan. 2. D vitamini yetishmovchiligi allergiyaning og‘irroq kechishi bilan bog‘liq. Ayniqsa atopik dermatit va astma bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarda D vitamini darajasi past bo‘lgan bemorlarda kasallikning og‘irroq kechishi kuzatilgan. 3. D vitamini immun tizimining to‘g‘ri ishlashida muhim ahamiyatga ega. U immun hujayralar faoliyatini boshqarishda va organizmdagi yallig‘lanish jarayonlarini nazorat qilishda ishtirok etadi. 4. D vitamini yetishmovchiligini bartaraf etish muhim. D vitamini tanqisligi aniqlangan bemorlarda uning darajasini me’yorga keltirish umumiy salomatlik uchun zarur va ayrim allergik kasalliklarning kechishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 5. D vitamini terining himoya funksiyasida ishtirok etadi. U teri va shilliq qavatlarning barer funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Atopik dermatitda esa aynan teri barerining buzilishi kasallik rivojlanishidagi asosiy mexanizmlardan biridir. 📌 Muhim: D vitamini allergiyani davolovchi dori emas. Ammo uning yetishmovchiligi mavjud bo‘lsa, tanqislikni aniqlash va to‘g‘ri korreksiya qilish muhim. Shuning uchun D vitaminini shunchaki «suyak uchun vitamin» deb emas, balki immun tizimi va teri bareri faoliyatida ishtirok etuvchi muhim modda sifatida qarash kerak.
без подписи
👶Bola boshini urayaptimi — bu xavflimi? Ko‘pchilik chaqaloq va kichik bolalarda boshini urish, tebranish yoki ritmik harakatlar uchrab turadi. 💡 Ko‘pincha bu: 🔸o‘zini tinchlantirish usuli 🔸charchoq yoki uyqu oldidan holat 🔸ortiqcha qo‘zg‘alish belgisi 👉 Aksariyat hollarda bu xavfli emas. ✔️ Qachon norma? Bola yaxshi rivojlanayotgan bo‘lsa: o‘ynasa, muloqot qilsa, yangi ko‘nikmalar o‘rgansa. 🚩 Nimalarga e’tibor berish kerak? — Bola o‘ziga zarar yetkazyaptimi? — Bu holat kuchayib boryaptimi? — Bola bezovta, injiq yoki aksincha juda sust bo‘lib qoldimi? ✅ Nima qilish kerak: ✔️kun tartibini to‘g‘rilash ✔️xavfsiz muhit yaratish ✔️qachon ko‘proq bo‘layotganini kuzatish 👩⚕️ Qachon shifokorga murojaat qilish kerak? ❗️bola o‘ziga zarar yetkazsa ❗️harakatlar tez-tez va kuchli bo‘lsa ❗️rivojlanishda kechikish yoki orqaga ketish bo‘lsa 💬 Eng muhimi — vahimaga tushmang, lekin bolani diqqat bilan kuzating.
без подписи
❓Savol: Farzandim zinadan tushishdan qo‘rqadi. Nima qilish kerak? ❗️Javob: Aniq va to‘g‘ri tavsiya berish uchun qo‘shimcha ma’lumot zarur: bolaning yoshi, motor rivojlanishi, qo‘rquv qachon boshlangan va undan oldin qanday holatlar bo‘lganini bilish muhim. Zinadan tushishdan qo‘rqish turli sabablarga bog‘liq bo‘lishi mumkin: 🔹 Gravitatsion ishonchsizlik — bu ko‘pincha sensor integratsiya (ayniqsa vestibulyar tizim)dagi o‘ziga xosliklar bilan bog‘liq bo‘ladi 🔹 Oldin boshdan kechirilgan salbiy tajriba (yiqilish, qo‘rqib ketish) 🔹 Yoki bola hali kichkina bo‘lib, bu ko‘nikma hali shakllanish bosqichida Ota-onalarga tavsiyalar: 💛 Bolani qo‘llab-quvvatlang va sabrli bo‘ling 💛 Uni shoshirmang — har bir bola o‘z tempida o‘rganadi 💛 Har bir kichik muvaffaqiyatini maqtang 💛 Zinadan tushishni asta-sekin mashq qildiring 💛 Bola panjaradan va sizning qo‘lingizdan ushlab tushsin — bu unga xavfsizlik hissini beradi Qachon mutaxassisga murojaat qilish kerak? 🔸 Agar bolada sensor integratsiya bilan bog‘liq belgilar kuzatilsa — sensor integratsiya terapevtiga 🔸 Agar qo‘rquv kuchli bo‘lsa va uzoq vaqt davomida kamaymasa — bolalar psixologiga murojaat qilish tavsiya etiladi
без подписи
👶🧠 Liqildoq normal ekanligini qanday aniqlash mumkin? Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda liqildoq — bu bosh suyagidagi yumshoq joy bo‘lib, bola rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. 🔍 Normal liqildoq qanday bo‘ladi? ✔️Tekis bo‘ladi ✔️Tinch holatda juda bo‘rtib chiqmaydi ✔️Yengil pulsatsiya (urish) sezilishi mumkin — bu normal 😢 Bola yig‘laganda nima bo‘ladi? Chaqaloq yig‘laganda yoki qichqirganda liqildoq: 🔸Biroz bo‘rtib chiqishi mumkin 🔸Pulsatsiya kuchayishi mumkin Bu holat — normal fiziologik jarayon ✅ ⚠️ Qachon ehtiyot bo‘lish kerak? Agar bola tinch holatda ham: 🔸Liqildoq ko‘tarilib turgan bo‘lsa 🔸Kuchli pulsatsiya kuzatilsa ➡️ Bu holatda albatta shifokorga murojaat qilish kerak! 💡 Esda tuting: Liqildoq holati bolaning umumiy sog‘lig‘i haqida muhim signal bo‘lishi mumkin.
🧠 Bolalarda EEG tekshiruvi nima? EEG (elektroensefalografiya) — bu miya yarim korteksining elektr faolligini qayd etish orqali uni o‘rganish usulidir. ⚡️ Ushbu tekshiruv miyada hosil bo‘ladigan elektr potensiallarini yozib boradi va shifokorga miya faoliyati haqida muhim ma’lumot beradi. 👶 EEGning afzalliklari: • Har qanday yoshdagi bolalarda o‘tkazish mumkin • Og‘riqsiz va xavfsiz • Miya faoliyatini aniq baholash imkonini beradi 🧩 Bilasizmi? Inson asab tizimi milliardlab neyronlardan tashkil topgan. Aynan shu hujayralar orqali elektr impulslar hosil bo‘ladi va EEG shu jarayonni qayd etadi. 🔍 Qachon EEG kerak bo‘ladi? • Tutqanoq (sudoroga) bo‘lganda • Hushdan ketish holatlarida • Nutq yoki rivojlanish kechikishida • Uyqu buzilishlarida • Bosh miya faoliyatini baholash zarur bo‘lganda 💡 Erta tashxis — to‘g‘ri davolash kaliti! Agar bolangizda yuqoridagi belgilar kuzatilsa, mutaxassisga murojaat qilishni kechiktirmang.
без подписи
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda “marmar teri” – bu nima? Ba’zan chaqaloq terisida qizil-ko‘k rangli, to‘rga o‘xshash naqsh paydo bo‘ladi. Bu holat “marmar teri” deb ataladi. Ko‘rinishi qo‘rqinchli bo‘lishi mumkin, lekin aksariyat hollarda bu xavfli emas va vaqt o‘tishi bilan o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. ❗️Nima sabab bo‘ladi? 👶 Chaqaloqlarda vegetativ-qon tomir tizimi hali to‘liq shakllanmagan bo‘ladi. Shu sabab: Sovuq yoki issiq ta’sirida ayrim tomirlar torayadi (ko‘kimtir rang) Boshqa tomirlar kengayadi (qizg‘ish rang) Natijada terida “marmar” ko‘rinish paydo bo‘ladi. Qachon bu normal holat? ✅Vaqti-vaqti bilan paydo bo‘lsa ✅Tezda yo‘qolib ketsa ✅Bola o‘zini yaxshi his qilsa 👉 Odatda bu holat 6–7 oylikkacha o‘tib ketadi. 👩🏻⚕️Qachon shifokorga murojaat qilish kerak? ❗ Agar: Marmar naqsh doimiy bo‘lsa Bola juda rangpar yoki holsiz bo‘lsa Ko‘p terlash kuzatilsa Nafas olish yoki emishda muammo bo‘lsa 👉 Bu holatlar boshqa kasalliklar belgisi bo‘lishi mumkin. Qanday yordam berish mumkin? 🌿 Kundalik rejimni to‘g‘ri tashkil qiling (uyqu + o‘yin) 🌿 Yengil chiniqtirish: havo vannalari, iliq suv bilan artish 🌿 Massaj – qon aylanishini yaxshilaydi 🌿 Suzish (agar imkon bo‘lsa) juda foydali 💬 Xulosa: “Marmar teri” ko‘pincha chaqaloq organizmining yetilmaganligi bilan bog‘liq va xavfli emas.
без подписи
‼️ DUDUQLANISH (LOGONEVROZ) ‼️ Duduqlanish (logonevroz) — bu bola gapirayotganda to‘xtab qolishi, tovush yoki bo‘g‘inlarni takrorlashi bilan namoyon bo‘ladigan nutq muammosi. Ko‘pincha to‘satdan boshlanadi va vaqt o‘tishi bilan kuchayishi mumkin. 👶 Qachon ko‘proq uchraydi? Asosan 3–5 yosh oralig‘ida. Bu davrda nutq hali to‘liq shakllanmagan bo‘ladi. 📊 Statistika: O‘g‘il bolalarda qizlarga nisbatan 3–4 marta ko‘proq uchraydi. 🔍 Sabablari (4 asosiy guruh) 🔸 Psixologik sabablar • Kuchli stress • Qo‘rquv (qorong‘ulik, baland ovoz, jazodan qo‘rqish) • Travmatik holatlar (masalan, it hujumi, hatto jarohatsiz bo‘lsa ham) 🔸 Fiziologik sabablar • Asab tizimi kasalliklari • Tug‘ruq travmalari • Infeksiyalar: qizamiq, raxit, ko‘k yo‘tal, og‘ir otit • Irsiy omillar 🔸 Ijtimoiy sabablar • Oiladagi janjallar, baland ovoz, qo‘rqitish • Haddan tashqari talabchanlik yoki shafqatsizlik • Bola nutqiga yetarli e’tibor bermaslik • Oilada kimdadir duduqlanish bo‘lsa — bola taqlid qilishi mumkin 🔸 Qo‘zg‘atuvchi omillar • Ortiqcha charchash (kasallikdan keyin yoki yuklama ortganda) • Televizor va gadjetlardan ortiqcha foydalanish 📱 • Noto‘g‘ri ovqatlanish (oqsilni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish) 🧠 Nima qilish kerak? ✔️ Logopedga murojaat qiling Mutaxassis bola zo‘riqishini kamaytiradi va nutq nuqsonlarini tuzatadi ✔️ Nevrologga murojaat qiling, agar qo‘shimcha nevrologik belgilar bo‘lsa yoki holat tez kuchayayotgan bo‘lsa ✔️ Oilaviy muhitni tinch va barqaror qiling 💛 • Oiladagi janjal va keskinliklarni kamaytirish • Baland ovoz, baqirish va qo‘rqitishdan saqlanish • Jazolash o‘rniga tushuntirish va muloqotni tanlash ✔️ Kun tartibini yo‘lga qo‘ying • 3–5 yosh: 10 soat tungi uyqu + 2 soat kunduzgi • 7+ yosh: 8 soat tungi + 1,5 soat kunduzgi ✔️ Sog‘lom ovqatlanish ✔️ Oilaviy muhitni tinch va barqaror qiling • Oiladagi janjal va keskinliklarni kamaytirish • Baland ovoz, baqirish va qo‘rqitishdan saqlanish • Jazolash o‘rniga tushuntirish va muloqotni tanlash 🌱 Muhim: Duduqlanish — bu oddiy nutq muammosi emas. Bu bola nerv tizimining signalidir. 💛Eng yaxshi davo — sabr, qo‘llab-quvvatlash va to‘g‘ri yondashuv.
без подписи
❗️Bolalarda nutq rivojlanishining kechikishi: nimalarga e’tibor berish kerak?
👶 Tug‘ruq travmasi: bo‘yin sohasi va yelka chigali zararlanishi Ba’zi tug‘ruqlarda (hatto kesarcha kesishda ham) chaqaloqning bo‘yin sohasi yoki yelka nervlari cho‘zilishi mumkin. Bu holat yelka chigali zararlanishi deyiladi va qo‘l harakatiga ta’sir qiladi. 🧠 Oddiy qilib aytganda: Bo‘yindan chiqadigan nervlar qo‘lni harakatlantiradi. Agar ular tug‘ruq paytida shikastlansa, bola qo‘lini to‘liq ishlata olmasligi mumkin. ⚠️ Qanday belgilarni sezish mumkin? 🔸Bola bir qo‘lini kam harakatlantiradi 🔸Qo‘l osilib turgandek ko‘rinadi 🔸Ikki qo‘l harakati teng emas 🔸Emayotganda bezovta bo‘lishi mumkin 🔸Zararlangan tomonda reflekslar sust bo‘ladi ❗️ Nima qilish kerak? Shu belgilarni sezsangiz, vaqtni o‘tkazmang — bolalar nevrologiga murojaat qiling. 🔍 Qanday tekshiruvlar qilinadi? ✔️Nevrolog ko‘rigi ✔️ENMG (nerv faoliyatini tekshiradi) ✔️Zarurat bo‘lsa NSG va doppler tekshiruvlar 💊 Davolash mumkinmi? Ha, ko‘p hollarda vaqtida boshlangan davolash yaxshi natija beradi: ✔️Maxsus massaj va mashqlar ✔️Fizioterapiya ✔️Dori vositalari 👩🏻⚕️Muhim: Erta boshlangan reabilitatsiya bola qo‘l funksiyasini tiklashda katta rol o‘ynaydi.
без подписи
Autizmning erta belgilari: ❗️E’tibor bering, bu autizmning diagnostik mezonlari emas! Bu faqat imkon qadar erta e’tibor qaratish va mutaxassis bilan maslahatlashish kerak bo‘lgan belgilardir. Ba’zilari 1 yoshgacha paydo bo‘lishi mumkin, boshqalari esa 12-16 oylikdan keyin seziladi. ♦️ Ko‘z bilan yetarli aloqa yo‘qligi. Bola sizning ko‘zingizga tikilib qaramaydi yoki faqat qisqa muddat yuzaki qaraydi. ♦️ Tovushlarga javob bermaslik. Bola gapirganingizda yoki ismi bilan chaqirganingizda javob bermaydi. Musiqa ritmiga mos harakatlar qilmaydi. Shu bilan birga, u baland yoki yuqori chastotali tovushlarga ortiqcha sezgir bo‘lishi mumkin. ♦️ O‘z-o‘zini rag‘batlantirish harakatlari (stimlar). Qo‘llarini silkitish, oyoqlarini tepish, sakrash, aylanish kabi bir xil harakatlar. Bunday harakatlar neyrotipik bolalarda ham kuzatilishi mumkin. ♦️ Barmoq uchida yurish. Bola doimiy ravishda barmoqlari uchida yuradi. Bu ham sensor integratsiya buzilishining belgisi bo‘lishi mumkin. Bunday yurish orqali bola o‘ziga kerakli stimullarni oladi. ♦️ Nutq rivojlanishining orqada qolishi. Ko‘pincha autizmli bolalar 3 yosh yoki undan keyin gapirishni boshlaydi. Rivojlangan nutq odatda muloqot uchun ishlatilmaydi va mexanik takrorlashga o‘xshaydi. Bola o‘z-o‘zi gapirishi mumkin, lekin sizning so‘rovingizga javob bermaydi. Birinchi so‘zlar odatiy emas: masalan, “mama” va “dada” o‘rniga “shlagbaum” yoki “kran”. Bir xil so‘z va iboralarni takrorlash (echolaliya) ham kuzatiladi. ♦️ Ma’lum materiallarga yoki kiyimlarga sezgirlik. Matolar, kiyimlarning choklari, etiketkalar, yoki pizhama shimlarining aylanishiga ortiqcha sezgirlik. ♦️ Bir xil va takroriy o‘yinlar. Bola o‘yinchoqlarni qator qilib qo‘yadi yoki mashinaning g‘ildiraklarini aylantiradi, lekin buyumlarning xususiyatlaridan foydalanmaydi. ♦️ Ovqat bilan bog‘liq muammolar. Ovqat tanlash, ma’lum mahsulotlardan bosh tortish. Muayyan konsistensiya, hid, rang yoki turli mahsulotlarning birgalikda bo‘lishiga nisbatan chidab bo‘lmaslik. ♦️ Tajovuzkor xulq-atvor. Autizmli bolalarda asossiz tajovuzkorlik holatlari ko‘proq kuzatilishi mumkin. Har bir ko‘rsatilgan buzilish albatta autizm belgisidir, deb bo‘lmaydi. Albatta mutaxassis bilan maslahatlashing! ✍️Murojat uchun @Dr_Shohista_Shavkatovna
без подписи
Kefalogematoma (cephalhematoma) (yunoncha dan. bosh va qon) — suyak usti pardasi va kalla suyagi tashqi yuzasi oraligi’ga qon quyilishi. Gematoma kalla suyagi maʼlum bir suyagining chekkalari bilan chegaralanadi, koʻpincha tepa suyagida, kamroq ensa suyagida uchraydi . 3-8 haftadan keyin yoʻqoladi. Kefalogematoma yangi tugʻilgan chaqaloqlarda tugʻruq travmalari borligini anglatadi. Tashqi tomondan, kefalogematoma bosh sohasidagi shishga oʻxshaydi. Kefalogematomaning chastotasi 1000 yangi tugʻilgan chaqaloqqa 3-5 holat toʻgri keladi. Tekkanda kefalogematoma tarang boʻlib, qon ketish joyiga bosganda suyuqlikning harakatini his qilish mumkin. Kefalogematomani tashxislash qiyin emas. 99 % hollarda xarakterli belgilar bilan boshni tekshirish tashxis qoʻyish uchun yetarli boʻladi. Singanga shubha boʻlsa, rentgen tekshiruvidan foydalanish mumkin. 8 sm va undan katta oʻlchamdagi kefalogematomani punksiya qilish kerak (punksiyada bolalar jarrohi ishtirok etadi) va suyuq qonni aspiratsiya qilish kerak. Keyin bosim boylami qoʻllaniladi. ❗️Onalar esda tutishlari kerakki, kefalogematomasi bor bolani silkitib yoki chayqatib boʻlmaydi. ✍️Murojat uchun @Dr_Shohista_Shavkatovna
Chaqaloqlarda kefalogematoma