tgindex
Последний пост
12 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
9
Всего постов
60
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Технологии (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
287
0 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
587
40 постов
Вовлечённость
204,5%
к подписчикам
Постов в день
1,3
всего 60
Упоминаний
7
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
94
1/48двое суток
107
1/72трое суток
116

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 12 авг.4811из tuituz_official

    #35000Tashabbus #TATU #TATUYoshlari #SuniyIntellekt #Innovatsiya #Startap #IT #SuniyIntellekt “35 000 TASHABBUS” — YOSHLAR G‘OYALARINI KATTA IMKONIYATLARGA AYLANTIRMOQDA! 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yoshlarning faolligi va ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “35 000 tashabbus” umummilliy yoshlar tashabbusi dasturiga start berildi.🚀 💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti yoshlari! Sizda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan yangi g‘oya, innovatsion loyiha yoki amaliy tashabbus bormi? Unda o‘z imkoniyatingizni namoyon eting! ✅ Ekologiya ✅ Ta’lim ✅ Raqamli texnologiyalar ✅ Muhandislik ✅ Sog‘liqni saqlash va boshqa yo‘nalishlarda o‘z tashabbusingizni ilgari surishingiz mumkin. 🗓 Arizalar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi. 💡 G‘oya sizniki. Imkoniyat sizniki. Kelajak esa barchamizniki! 🔥 “35 000 tashabbus” — o‘z g‘oyang bilan kelajakni yarat! 🔗 Batafsil ma'lumot va ariza: [tashabbus.yito.uz] Bizni kuzating: 🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 11 авг.102из nationalarchiveuz

    #yoshlar_kuni Yosh arxivchilar sun'iy intellekt va robototexnika bo'yicha amaliy bilimlarini oshirdi. 🇺🇿 Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi hamda "Yoshlar kuni" munosabati bilan O'zbekiston Milliy arxivining bir guruh xodimlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universitetiga tashrif buyurdilar. ✅Arxivchlar uchun mutaxassis tomonidan raqamli texnologiyalarning arxiv ishida qo‘llanilishi, hujjatlarni raqamlashtirish, ularni saqlash va boshqarishda sun’iy intellekt imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. ✅Shuningdek, ishtirokchilar universitetning zamonaviy laboratoriyalari bilan yaqindan tanishib, robototexnika yo‘nalishidagi innovatsion ishlanmalarni amalda ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar. Bu esa yosh arxivchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

  • 5 авг.7 799179

    “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasiga start berildi Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasini ishga tushirdi. Loyiha doirasida fuqarolar jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya hamda tashabbuslarini taqdim etishlari mumkin. Tashabbuslar taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat va boshqa yoʻnalishlarda qabul qilinadi. Arizalar 1-avgustdan 31-avgustgacha tashabbus.yito.uz platformasi orqali qabul qilinadi. 👉 TUIT | Innovation 👈

  • 4 авг.1 18717

    🏆 40-Xorazmiy xalqaro mukofoti tanloviga arizalar qabul qilinmoqda! O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2026-yil 17-iyuldagi 15-19568-sonli xati asosida, Eron Islom Respublikasi Prezidenti shafeligida Eron fan va texnologiyalar ilmiy-tadqiqot tashkiloti tomonidan tashkil etilayotgan 40-Xorazmiy xalqaro mukofoti uchun arizalar qabuli boshlandi. 🔹 Mazkur nufuzli xalqaro mukofot fan, texnologiyalar, ilmiy tadqiqot va muhandislik sohalarida salmoqli yutuqlarga erishgan olimlar, tadqiqotchilar hamda ixtirochilarni rag‘batlantirish va taqdirlashga qaratilgan. 📌 Tanlovda ishtirok etish uchun: 🔗 https://ka.irost.org/en/ 📄 Ariza topshirish bo‘yicha yo‘riqnoma: 🔗 https://ka.irost.org/en/docs/guide/AppGuidelines.pdf?2026 👨‍🏫 Hurmatli professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda tadqiqotchilar ushbu xalqaro tanlovda faol ishtirok etishga taklif etiladi. 📢 Muhim! Tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng F.I.Sh. va telefon raqamini 👉 @tatustartup Telegram akkauntiga yuborishlari so‘raladi. 📲 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring! TUIT | Innovation

  • 31 июл.1983из president_ai_award

    🧠 President AI Award 2026: arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi! Sun’iy intellekt asosida innovatsion mahsulot yaratayotgan jamoalar uchun tanlovda ishtirok etishga yana bir imkoniyat. ℹ️ President AI Award — umumiy mukofot jamg‘armasi $1,000,000 bo‘lgan, mamlakatdagi eng istiqbolli AI loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan milliy tanlov. Ishtirok etish uchun: 🔸 3–8 kishidan iborat jamoa; 🔸 ishlayotgan MVP; 🔸 loyihani tushuntiruvchi 3 daqiqalik video pitch; 🔸 GitHub repositoriysiga havola; 🔸 PDF formatdagi Pitch Deck va loyiha logotipi talab etiladi. ❗️Barcha materiallar o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan bo‘lishi kerak. 🗓 Arizalar qabuli: 15-avgustgacha Loyihangiz bor bo‘lsa, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. 👉 Awards.gov.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘ting va President AI Award 2026 ishtirokchisiga aylaning! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

  • 14 июл.2355из startupbaseuz

    ☀️ Startapingiz uchun imkoniyatlarga boy yoz Bu yoz startaplar uchun imkoniyatlarga juda boy. Avvalroq biz xalqaro akseleratorlar haqida ulashgan edik, endi esa mamlakatimizdagi eng yirik ikki tanlovni eslatib o'tamiz. 🥇 President Tech Award 2026 Umumiy mukofot jamg‘armasi va investitsiyalar — $5,000,000 Turli bosqichdagi startaplar uchun 3 ta yo‘nalish: 🔹 Incubation Program 🔹 Acceleration Program 🔹 Best Startup Project 📲 Rasmiy Telegram-kanal Sun’iy intellekt yechimlarini rivojlantirayotgan jamoalar uchun esa quyidagi tanlovga arizalar qabuli davom etmoqda: 🧠 President AI Award 2026 Mukofot jamg‘armasi — $1,000,000 5 ta yo‘nalish: 🔹 AI in Public Services 🔹 Industry & Business AI 🔹 Healthcare & Medicine AI 🔹 Education AI 🔹 Green Economy & Agrotech AI 📲 Rasmiy Telegram-kanal Arizalar qabuli awards.gov.uz saytida qizg‘in davom etmoqda. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 🔔 Eng muhim yangiliklar va startaplar uchun imkoniyatlarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimiz bildirishnomalarini yoqing. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Sizni bu borada har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor! Bunda Siz: ✅ Patent olish bo‘yicha bepul maslahatlar olishingiz; ✅ Patent talabnomalarini tayyorlash va rasmiylashtirishda amaliy ko‘mak olishingiz; ✅ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk markaziga hujjatlarni topshirish jarayonida yordam olishingiz; ✅ Patentlash bilan bog‘liq tashkiliy masalalarda ko‘mak olishingiz; ✅ Patent uchun to‘lanadigan davlat bojlari va boshqa to‘lovlarni qoplashda universitet tomonidan amaliy yordam olishingiz MUMKIN. 🚀 Bugungi Innovatsion G‘oya – Kelajakda erishiladigan Yutuq - 🔑BIG-KEY!

  • 7 июл.18714из innovatsion_rivojlanish

    #diqqat_tanlov ❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️ “O‘zbekiston-Yaponiya” xalqaro qo‘shma ilmiy loyihalar tanlovi eʼlon qilindi! Loyihalar Yaponiya ilm-fanni rivojlantirish jamiyati (JSPS) va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida qabul qilinadi. 📌 Asosiy shartlar: ✅ O‘zbekiston va Yaponiya olimlari birgalikda hamkor topib, ikki tomonda ham bir xil mavzuda loyiha topshirishi shart. ✅ Loyihalar 2 yilgacha muddatga mo‘ljallangan bo‘lib, jamoaning o‘rtacha yoshi 45 yoshdan oshmasligi kerak. ✅ 1 yillik loyihaga BHMning 1 000, 2 yillik loyihaga 2 000 barobarigacha. ✅ Filologiya, ijtimoiy-gumanitar, iqtisodiyot, tarix, tabiiy fanlar, kimyo, biologiya, matematika, fizika, ekologiya va yer to‘g‘risidagi fanlar bo‘yicha. ⚠️ Muddat va topshirish tartibi: - Arizalar 2026-yil 5-sentabr soat 23:55 ga qadar faqat elektron shaklda platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali qabul qilinadi. - Loyiha rahbari ScienceID (id.ilmiy.uz) tizimidan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi shart. - Yaponiya tomoni arizalarini JSPS veb-sayti orqali topshiradi. 📞 Bog‘lanish: +99871 203-32-23 (ichki: 247, 219, 211, 413) 🌐 Batafsil Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

  • 3 июл.2147из innovatsion_rivojlanish

    #diqqat_tanlov ❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️ “Kelajak muhandislari” startap akseleratsiya dasturi ishtirokchilarining innovatsion ishlanmalarini dastlabki prototip holatiga keltirish jarayonini moliyalashtirish maqsadida 2026-yilda “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida ilmiy g‘oyalar tanlovida ishtirok eting! Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan asosiy talablar: - O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi; - Yoshi, ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qat’iy nazar 40 yoshdan oshmasligi; - Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi tomonidan tashkil etilgan akseleratsiya dasturi ishtirokchisi yoki dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan bo‘lishi; - 1 nafar ishtirokchi faqat 1 ta loyiha bilan qatnashishi lozim. Topshiriladigan ilmiy g‘oyalarga qo‘yiladigan talablar: - Ilmiy dalil, muammo, faraz, nazariya turli fan sohalarining asosiy tamoyillari, ustuvor qoidalari asosida ishlab chiqilgan loyiha bo‘lishi; - Jamiyat va iqtisodiyotdagi ma’lum bir muammoning yechimiga qaratilgan bo‘lishi; - Ilmiy g‘oyani amalga oshirish uchun talab etiladigan mablag‘lar aniq va asoslangan hisob-kitob qilingan bo‘lishi; - Ilmiy g‘oyaning aniq amalga oshirish mexanizmlari, muddati va dastlabki natijalari ko‘rsatilgan bo‘lishi; - Amalga oshirishning eng ko‘p muddati 1 yilgacha bo‘lishi; - So‘raladigan mablag‘ miqdori bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 400 baravarigacha bo‘lishi zarur; - Ajratilgan mablag‘lar doirasida muallif va ijrochilarga oylik maosh (ish haqi) ko‘rsatish mumkin emas; - G‘olib loyihalar doirasida maket va (yoki) prototip yaratilib, uning bir birlik namunasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi koʻrgazmalar zaliga (show-room) joylashtirilishi shart; - Materiallar ishonchli va ko‘chirmachilikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmagan bo‘lishi lozim (ma’lumotlar haqqoniyligi va kutilayotgan natijalarning sifatli bajarilishiga loyiha rahbari shaxsan javobgar). ❗️Eslatma: Arizalar 2026-yilning 25-iyunidan 25-iyul kuni soat 23:59 ga qadar startup.ilmiy.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi. 🌐 Batafsil Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

  • 3 июл.1844из innovatsion_rivojlanish

    #diqqat_tanlov “EcoStatPro” amaliy tadqiqot loyihalari tanlovida ishtirok eting! 🗣Tanlovga quyidagi fan yoʻnalishlari boʻyicha loyihalar qabul qilinadi: ⏺O‘rmon xo‘jaligi, tuproqshunoslik va o‘simliklarni himoya qilish fanlari; ⏺Iqtisodiyot fanlari; ⏺Yer to‘g‘risidagi fanlari; ⏺Farmatsevtika va biotexnologiya fanlari; ⏺Texnika fanlari; ⏺Qishloq xo‘jaligi fanlari; ⏺Tarix va arxeologiya fanlari; ⏺Filologiya va ijtimoiy fanlari; ⏺Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi fanlari. Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali 2026-yilning 20-iyuliga qadar (shu kuni ham 23:55 gacha) faqat elektron shaklda qabul qilinadi. 🌐 Batafsil Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

  • 3 июл.1634из innovatsion_rivojlanish

    #diqqat_tanlov ❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️ “Maqsadli amaliy” tadqiqot loyihalari tanlovi e’lon qilinadi! Ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari va kompleks chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida amaliy tadqiqotlar tanlovi boshlandi. 🔸 Tanlov yo‘nalishlari: - Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi fanlari; - Texnika fanlari; - Farmakologiya va farmatsevtika fanlari; - Iqtisodiyot fanlari; - Yer to‘g‘risidagi fanlar. 🔸 Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan asosiy talablar: - Ilmiy faoliyat asosiy faoliyat turiga kiradigan tashkilotlar ishtirok etishi shart; - Loyiha rahbari tanlovga faqat 1 ta loyiha taqdim etishi mumkin; - Bir vaqtning o‘zida boshqa amaliy loyihaga rahbarlik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi; - Ilmiy jamoaning o‘rtacha yoshi 45 yoshdan oshmasligi tavsiya etiladi; - Bajarish muddati: 2 yilgacha; - Tegishli vazirlik va idoralarning qo‘llab-quvvatlash xati mavjud bo‘lishi shart. 🔸 Shartlar: - Loyihalar loyiha.ilmiy.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi; - Murojaat uchun: 2026-yil 23-iyundan 23-iyulgacha (soat 23:55 ga qadar); - Dasturiy mahsulotlar yaratilganda intellektual mulk guvohnomasi va texnik ta’minot (hosting/domen) xarajatlari loyihaga kiritilishi shart; - Loyiha rahbari va ijrochilari ScienceID (id.ilmiy.uz) tizimidan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi talab etiladi. ❗️Eslatma: Loyihalar davlat tilida (lotin alifbosida) kiritilishi va ijrochi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanishi lozim. Batafsil ma’lumot va mavzular ro‘yxati bilan platforma orqali tanishishingiz mumkin. 📞 Murojaat uchun: +99871 203-32-23 (ichki raqamlar: 247, 219, 211, 413, 425, 246). 🌐 Batafsil Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

  • 3 июл.1574из innovatsion_rivojlanish

    #diqqat_tanlov “Maqsadli fundamental” tadqiqotlar tanlovi eʼlon qilinadi! Mazkur tanlovga quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha loyihalar qabul qilinadi. ⚪️Matematika, fizika va mexanika fanlari; ⚪️Filologiya va ijtimoiy fanlar; ⚪️Texnika fanlari; ⚪️Tarix va arxeologiya fanlari; ⚪️Tibbiyot fanlari; ⚪️Qishloq xo‘jaligi fanlari; Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar loyiha.ilmiy.uz orqali 2026-yilning 22-iyuligacha (shu kuni ham 23:55 ga qadar) faqat elektron shaklda qabul qilinadi. ➡️ Bajarilishi to‘rt yilga mo‘ljallangan fundamental loyihalar mavzulari bilan tanishing. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

  • 💙💙💙 📣 Xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalaridan yagona platforma orqali o‘zbek tili interfeysida erkin foydalanish imkoniyati yaratildi Innovatsion rivojlanish agentlligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi hamda "Ilmiy tadqiqotchilar va innovatorlar assotsiatsiyasi" jamoat birlashmasi hamkorligida xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalariga yagona kirish imkonini beruvchi SData (sdata.uz) platformasi ishga tushirildi. Platforma olimlar va tadqiqotchilarga: 🔵 xalqaro ilmiy manbalarni qidirish; 🔵 maqolalar va ilmiy ma’lumotlar bilan tanishish; 🔵 turli bazalardan yagona interfeys orqali foydalanish imkonini beradi. SData ochiq fan (Open Science) tamoyillarini qo‘llab-quvvatlaydi va ilmiy ma’lumotlarning ochiqligini ta’minlaydi. Bugungi kunda platforma: ✅ 336 mln+ ilmiy resurslar; ✅ 316 mln+ ilmiy maqolalar; ✅ 118 mln+ tadqiqotchilar profillari; ✅ 283 ming+ ilmiy jurnallar; ✅ 125 ming+ ilmiy va ta’lim muassasalari ma’lumotlarini qamrab oladi. Shuningdek, SData OpenAlex, Zenodo va DOAJ kabi xalqaro tizimlar bilan integratsiya qilingan. 🌐 SData — O‘zbekiston ilm-fanini global ilmiy makon bilan bog‘lovchi zamonaviy raqamli platforma. Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube