AL-BUKHARI ISLAMIC CENTER (Of Orlando FL)
Статистика«Al-Bukhari» Islom markazi AQSH, Florida shtati, Orlando shahri Sahifalarimiz: Facebook: Youtube: Instagram: instagram.com/uamaalbukhari Namoz vaqtlari uchun bot: @al_bukhari_islamic_center_bot Murojaat uchun: @albukhari_ic_support_bot
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 373
- 1/48двое суток
- 427
- 1/72трое суток
- 461
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Assalomu alaykum, hurmatli vatandoshlar! 2025-yil 1-noyabr kuni Amerika va Kanada bo‘ylab vatandoshlarimizning farzandlari o‘rtasida o‘tkazilgan Shimoliy Amerika Qur’on musobaqasining videolarini YouTube kanalimizga joyladik. Musobaqani tomosha qilib, farzandlarimizning Qur’on tilovatlaridan bahramand bo‘lishingiz mumkin. Shimoliy Amerika Qur’on musobaqasi 2025 | 1-kun, 1-qism https://youtu.be/Zi0tnu-VK48 Shimoliy Amerika Qur’on musobaqasi 2025 | 1-kun, 2-qism https://youtu.be/84MgIyVhFo0 Shimoliy Amerika Qur’on musobaqasi 2025 | 1-kun, 3-qism https://youtu.be/5LO85sxOdBs Shimoliy Amerika Qur’on musobaqasi 2025 | 1-kun, 4-qism https://youtu.be/eCMH5zgnQFc Marhamat, tomosha qiling va boshqalarga ham ulashing!
🎬 TEZ KUNDA — PREMYERA! “Ummon ortida Qur’on sadosi” hujjatli filmi Shimoliy Amerikada yashayotgan o‘zbek musulmonlari o‘rtasida o‘tkazilgan Qur’on musobaqasining unutilmas lahzalari endi hujjatli filmda! Qur’onga muhabbat, yosh qorilarning hayajoni, ustozlarning duolari va ummon ortidagi yurtdoshlarimizni birlashtirgan ezgu tashabbus haqida ta’sirli hikoya. 📺 Premyera tez kunda YouTube kanalimizda! 🔔 Kanalga obuna bo‘ling va yangiliklarni kuzatib boring: 👉 https://www.youtube.com/watch?v=9z6es4lV9qY Ummon ortida yangragan Qur’on sadosini birgalikda tinglaymiz! #UmmonOrtidaQuronSadosi #QuronMusobaqasi #TezKunda #HujjatliFilm
AL‑BUKHARI ISLOM MARKAZI DAY ISLAMIC CAMP 2026 – Yozgi islomiy dastur (o‘g‘il bolalar uchun) --- Asosiy matn Bu yozni farzandingiz uchun ma’noli va foydali o‘tkazing! Farzandingizni Qur’on, odob‑axloq va birodarlik ruhidagi yozgi kunlik islomiy lagerga taklif etamiz. • Sana: 1‑iyuldan 7‑avgustgacha (faqat dushanba–jumaga qadar) • Vaqti: 11:00 dan 16:00 gacha • Turi: Faqat kunduzgi dastur, tunab qolishsiz • Manzil: Al‑Bukhari Islamic Center, Orlando, FL --- Dastur mazmuni • Qur’on o‘qish va tajvid darslari • Suralar va duolarni yodlash • Namoz, tahorat va fiqh asoslarini o‘rganish • Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) siyratidan saboqlar • Islomiy odob‑axloq va tarbiya mashg‘ulotlari • Sport, jamoaviy o‘yinlar va foydali kunlik faoliyatlar Farzandingiz uchun xavfsiz va ishonchli islomiy muhit, tajribali ustozlar va mustahkam iymon poydevorini taqdim etamiz.
🌙 ASHURA KUNI IFTORIGA TAKLIF Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh! 📖 Abdullah ibn Abbas rivoyat qiladilar: Rasululloh ﷺ Madinaga kelganlarida yahudiylarning Ashuro kunida ro‘za tutayotganlarini ko‘rdilar va: — “Bu qanday kun?” deb so‘radilar. Ular: — “Bu ulug‘ kun. Alloh bu kunda Muso alayhissalom va qavmlarini najot bergan, Fir’avn va uning qavmini g‘arq qilgan. Muso alayhissalom shukr sifatida ro‘za tutganlar, biz ham tutamiz”, dedilar. Shunda Rasululloh ﷺ: “Biz Musoga sizlardan ko‘ra haqliroqmiz.” dedilar va o‘zlari ham ro‘za tutdilar hamda boshqalarga ham ro‘za tutishni buyurdilar. (Sahih al-Bukhari va Sahih Muslim) 🤲 Shu muborak kunlar munosabati bilan Al-Buxoriy Islom Markazida Ashura ro‘zasi iftori tashkil etiladi. 📅 25-iyun, Payshanba (10-Muharram) 📅 26-iyun, Juma (11-Muharram) 🍽️ Markazimizda iftor dasturxoni ehson tariqasida yoziladi va barcha ro‘za tutayotgan aka-ukalarimizni ushbu savobli dasturxonga taklif etamiz. 🤝 Oila a’zolaringiz, yaqinlaringiz va do‘stlaringiz bilan birgalikda tashrif buyuring. 📍 Al-Buxoriy Islom Markazi 🤲 Alloh taolo ro‘zalarimizni, ibodatlarimizni va barcha solih amallarimizni o‘z dargohida qabul aylasin. Omin. 🌹
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh, hurmatli Al-Buxoriy Islom Markazi jamoati! Siz azizlarni kirib kelayotgan yangi Hijriy yil bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Alloh taolo o’tgan yil davomida qilgan xato va kamchiliklarimizni O’z fazli va rahmati bilan mag’firat aylasin, qilgan ibodat va yaxshi amallarimizni dargohida qabul qilsin. Yangi Hijriy yil barchamiz uchun xayrli, barakali, tinchlik va saodatga to’la yil bo’lsin. O’tgan yilda erisha olmagan ezgu niyat va maqsadlarimizga yetishishda Alloh taolo barchamizga tavfiq va muvaffaqiyat nasib etsin. Tark etmoqchi bo’lgan gunoh va noto’g’ri ishlardan voz kechishda, to’g’ri yo’lda sobitqadam bo’lishda Rabbimiz barchamizga hidoyat va quvvat ato etsin. Alloh taolo yangi yilimizni oilalarimizga, farzandlarimizga, jamoatimizga va butun ummatga baraka va rahmat yili qilsin. 🌙 Yangi Hijriy yil barchangizga muborak bo’lsin! Al-Buxoriy Islom Markazi 🤲 1448 Hijriy yil muborak bo’lsin!
🌟📖 ☀️ AL-BUXORIY ISLOM MARKAZI 2026 YIL YOZGI QUR'ON CAMPI ☀️ 📖🌟 🤲 Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh! 🏡 Hurmatli Al-Buxoriy Islom Markazi jamoati! 📢 2026-yilgi Yozgi Qur'on Campimiz inshaalloh 1-IYUL, CHORSHANBA KUNIDAN boshlanadi. 👦 FAQAT O‘G‘IL BOLALAR UCHUN 🧒 6 yosh va undan katta barcha bolalarni qabul qilamiz. 📅 Dushanbadan Jumagacha 🕚 Soat 11:00 dan 16:00 gacha 🌟 Rasululloh ﷺ marhamat qilganlar: 📖 خَيْرُكُمْ مَنْ تَعَلَّمَ الْقُرْآنَ وَعَلَّمَهُ 📖 «Sizlarning eng yaxshilaringiz Qur'onni o‘rganib va boshqalarga o‘rgatganlaringizdir.» (Imom Buxoriy rivoyati) 📚 CAMP DAVOMIDA: 📖 Qur'on o‘qishni o‘rganish 🌿 Suralar yodlash 🕌 Tajvid qoidalarini o‘rganish 📚 Fiqh darslari 🌹 Siyrat darslari (Payg‘ambarimiz ﷺ hayotlari) 🤝 Odob-axloq tarbiyasi 🎯 Turli qiziqarli mashg‘ulotlar va faoliyatlar ⚽ Sport va jamoaviy o‘yinlar 🎁 Sovg‘alar va rag‘batlantirish dasturlari 🍽️ TUSHLIK VA IKRОMLAR: 🥘 Har kuni issiq tushlik taomi 🍎 Mevalar 🥤 Ichimliklar 🍪 Turli xil snack va yeguliklar 🍫 Shirinliklar 🚨 MUHIM ESLATMA 🚨 🏠 Bu yilgi Qur'on Campimizda yotib qolish (boarding) imkoniyati mavjud emas. 📍 Shu sababli campga faqat Orlando va uning atrofidagi hududlarda yashaydigan hamda har kuni kelib-ketish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘quvchilar qabul qilinadi. ❌ Boshqa shtatlardan yoki uzoq shaharlardan kelib yotib qolish imkoniyati bu yil mavjud emas. ✅ Orlando va yaqin hududlarda istiqomat qiluvchi barcha 6 yoshdan katta o‘g‘il bolalarni Qur'on Campimizga taklif qilamiz. 🌹 Farzandlaringizning yozgi ta'tilini Qur'on, ilm, odob va foydali mashg‘ulotlar bilan o'tkazish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 📝 RO‘YXATDAN O‘TISH UCHUN: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdmvmTeScquiK5WMgDViQfV7zGJVuPKlO6tN3-EIb3A5PFZQA/viewform?vc=0&c=0&w=1&flr=0 📞 MA'LUMOT UCHUN: 📱 (530) 730-0000 🤲 Alloh taolo farzandlarimizni Qur'on ahlidan, ilm va taqvo egalaridan qilsin. Omin. 🌟 Joylar cheklangan. Oldindan ro‘yxatdan o‘tish tavsiya etiladi. 🏡 Al-Buxoriy Islom Markazi 📖 Ilm • Tarbiya • Qur'on • Odob
🌙🕌 Hurmatli Al-Buxoriy Islom Markazi jamoati! 🕌🌙 🎉 Kirib kelayotgan muborak Iyd al-Adha bayrami namozida jamoatimiz juda ko‘p bo‘lishi kutilmoqda, shu sababdan barchangizdan parking masalasiga jiddiy e’tibor berishingizni iltimos qilamiz. 🚗⚠️ ❗️Mashinalarni tartibsiz yoki qo‘shnilar yo‘llariga qo‘yish sababli qo‘shnilar tomonidan shikoyatlar bo‘lishi mumkin. ⚠️ Afsuski, yuqori shtatlarda bir nechta masjidlar parking muammolari va shikoyatlar sabab katta qiyinchiliklarga duch kelgan, hatto yopilib ketgan holatlar ham bo‘lgan. 🤝 Kelinglar, dinimiz odobiga amal qilib: ✅ Faqat belgilangan joylarga park qilaylik ✅ Qo‘shnilar haqqiga rioya qilaylik ✅ Yo‘llarni to‘sib qo‘ymaylik ✅ Bir-birimizga chiroyli muomala qilaylik Bu ham musulmonning odobi va da’vatidir. Alloh barchangizdan rozi bo‘lsin va bayramingizni muborak qilsin! 🤲✨
🌙✨ Hurmatli Al-Buxoriy Islom Markazi jamoati! ✨🌙 📢 Ushbu yangi telegram guruhimiz orqali siz azizlarga markazimizdagi barcha faoliyatlardan yaqindan va tezkor ravishda ma’lumot berib boriladi. 📌 Guruhda quyidagi mavzular muntazam ulashiladi: 🕌 Markazimizdagi yangilik va faoliyatlar 📊 Moliyaviy va faoliyat hisobotlari 🏗 Amalga oshirilayotgan loyihalar 🎙 Haftalik darslar va diniy suhbatlar 📅 Turli tadbir va dasturlar 🤝 Muhim e’lon va eslatmalar 💡 Ayrim masalalarni birgalikda muhokama qilish 📖 Diniy mavzularni yanada faolroq, tartibli va foydali tarzda davom ettirish maqsadida ushbu guruh ochildi. 🔗 Quyidagi link orqali guruhga qo‘shilishingiz mumkin: 👉 https://t.me/albukhariuama 🔒 Guruh a’zolarining shaxsiy ma’lumotlari va obunachilar ro‘yxati maxfiy saqlanadi. 🤲 Alloh taolo barchamizni ilmli, ittifoqli va din xizmatida bardavom bandalaridan qilsin. Omin. 🕌 Al-Buxoriy Islom Markazi
🐑🌙 Hurmatli Al-Buxoriy Islom Markazi jamoati! 🌙🐑 ⏳ Qurbon Hayitiga ham atigi 6 kun qoldi! Alloh yo‘lida qilinadigan ushbu ulug‘ ibodatni 📖 shariat tamoyillariga asoslangan holda ado etishni xohlasangiz hamda 🍖 Qurbonlik go‘shtlarini Qur’on talabalariga ehson qilish niyatida bo‘lsangiz, biz bilan bog‘lanishingiz mumkin. 🤲 Qurbonliklaringiz orqali Qur’on yo‘lida ilm olayotgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini boy bermang! 📞 Aloqa uchun: 📱 (530) 730-0000 💳 Pul o‘tkazish hisob raqamlari: 📌 Zelle: 📧 donate@albukhariorlando.org 🌐 Online to‘lov: Stripe Online Donation ✨ Alloh taolo qilayotgan qurbonlik va ehsonlaringizni dargohida qabul aylasin! 🤲 Alloh barchamizni bu muborak kunlarga sog‘-salomat yetkazsin!
AL-BUKHARI ISLAMIC CENTER (Of Orlando FL) pinned a photo
🌙✨ Hurmatli Al-Buxoriy Islom Markazi jamoati! 🤲 Siz azizlarni kirib kelayotgan Iyd Al-Adha — Qurbon Hayiti bilan markazimiz nomidan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Alloh taolo qilgan ibodat va qurbonliklaringizni dargohida qabul aylasin. 🤍 🕌 Bayram dasturimiz: 📅 27-May, Chorshanba kuni 🕠 05:45 — Bomdod namozi 🎙 07:10 — Bayram suhbati 🕌 07:45 — Namozga tayyorgarlik 🌙 08:00 — Iyd Al-Adha (Qurbon Hayiti) namozi 👨👩👧👦 Barcha oila a’zolaringiz bilan tashrif buyurishingizni so‘rab qolamiz. Farzandlarimiz bilan birga bayram shukuhini masjidda his qilaylik! ✨ 📌 Eslatma: 🚨 JOY YETMASLIGI EHTIMOLI SABABLI, ILTIMOS O‘ZINGIZ BILAN JOYNAMOZ OLIB KELISHNI UNUTMANG! 📍 Al-Buxoriy Islom Markazi
📢 QURBONLIK E’LONI Hurmatli Al-Buxoriy Islom Markazi jamoati! Alloh taolo Qur’onda marhamat qiladi: ﴿فَصَلِّ لِرَبِّكَ وَانْحَرْ﴾ “Bas, Robbing uchun namoz o‘qi va qurbonlik qil.” (Qur’an, Kavsar surasi, 2-oyat) Rasululloh ﷺ dedilar: «مَا عَمِلَ ابْنُ آدَمَ يَوْمَ النَّحْرِ عَمَلًا أَحَبَّ إِلَى اللَّهِ مِنْ إِهْرَاقِ الدَّمِ» “Qurbonlik kunida bandaning qilgan amallari ichida Allohga eng mahbubi — qon chiqarishdir.” (Jomi’ at-Termiziy) ⸻ ✨ Alhamdulillah, siz azizlar bilan birgalikda 10 yildan beri qurbonlik ibodatini ado etib kelmoqdamiz. Bu savobli amal yildan-yilga kengayib, ko‘plab muhtojlarga yetib bormoqda. ⸻ 📌 2026-yil Qurbon hayiti uchun xizmatlarimiz: 🔹 🇺🇸 AQShda o‘zingiz uchun qurbonlik — $550 🔹 🕌 Markazimizdagi Qur’on talabalariga — $450 🔹 🌎 Janubiy Amerikadagi muhtoj Qur’on talabalariga — $175 ⸻ ✅ Siz quyidagi qurbonliklarni ishonch bilan biz orqali ado etishingiz mumkin: Vojib qurbonlik Nazr qurbonligi Aqiqa Nafl qurbonlik ⸻ 📞 Batafsil ma’lumot uchun: (530) 730-0000 💳 Zelle: donate@albukhariorlando.org 🔗 Online to‘lov: https://buy.stripe.com/fZu7sKah31c20G88No08g0e ⸻ 🤲 Alloh taolo qilgan qurbonliklaringizni qabul qilsin, niyatlaringizni xolis va maqbul qilsin!
📢 HAR SHANBA – BOMDOD BARAKATI AL-BUXORIYDA! 🌙 Aziz birodarlar! Har shanba kuni sizlarni Al-Bukhari Islamic Center da bo‘lib o‘tadigan barakotli dasturga taklif qilamiz! 🕌 Bomdod namozi – 06:30 (jamoat bilan, imom bilan) 📖 Namozdan so‘ng – ilmiy suhbat 🍽 So‘ngra – birga “Turkcha breakfast” (nonushta) Rasululloh ﷺ dedilar: صَلَاةُ الْجَمَاعَةِ أَفْضَلُ مِنْ صَلَاةِ الْفَذِّ بِسَبْعٍ وَعِشْرِينَ دَرَجَةً “Jamoat bilan o‘qilgan namoz yakka o‘qilgan namozdan yigirma yetti daraja afzaldir. Rasululloh ﷺ dedilar: مَنْ صَلَّى الْعِشَاءَ فِي جَمَاعَةٍ فَكَأَنَّمَا قَامَ نِصْفَ اللَّيْلِ، وَمَنْ صَلَّى الصُّبْحَ فِي جَمَاعَةٍ فَكَأَنَّمَا صَلَّى اللَّيْلَ كُلَّهُ “Kim xufton (isha) namozini jamoat bilan o‘qisa, go‘yo tunning yarmini ibodat bilan o‘tkazgandek bo‘ladi. Kim bomdodni jamoat bilan o‘qisa, go‘yo butun tunni ibodat bilan o‘tkazgandek bo‘ladi 🤝 Keling, jamoat bo‘lib ibodat qilaylik, ilm olaylik va birga nonushta qilib ukhuvvatni mustahkamlaylik! 📍 Manzil: Al-Buxoriy markazi 🗓 Har shanba | ⏰ 06:30
📢 Qurbonlik e’loni Hurmatli Al-Buxoriy Islom Markazi jamoati! Alloh taolo Qur’onda marhamat qiladi: ﴿فَصَلِّ لِرَبِّكَ وَانْحَرْ﴾ “Bas, Robbing uchun namoz o‘qi va qurbonlik qil.” (Kavsar surasi, 2-oyat) Rasululloh ﷺ dedilar: «مَا عَمِلَ ابْنُ آدَمَ يَوْمَ النَّحْرِ عَمَلًا أَحَبَّ إِلَى اللَّهِ مِنْ إِهْرَاقِ الدَّمِ» “Qurbonlik kunida bandaning qilgan amallari ichida Allohga eng mahbubi — qon chiqarishdir.” (Jomi’ at-Termiziy) Alhamdulillah, sizlar bilan birgalikda 10 yildan beri qurbonlik ibodatini ado etib kelmoqdamiz va bu savobli amal yildan-yilga kengayib bormoqda. Bu yil ham Qurbon hayiti munosabati bilan quyidagi xizmatlarimiz mavjud: 🔹 AQShda o‘zingiz uchun qurbonlik – $550 🔹 Al-Buxoriy markazidagi Qur’on talabalariga – $450 🔹 Janubiy Amerikadagi muhtoj Qur’on talabalariga – $175 Siz vojib, nazr, aqiqa va nafl qurbonliklaringizni biz orqali ishonch bilan ado etishingiz mumkin. 📞 Batafsil ma’lumot uchun: (530) 730-0000 💳 Zelle: donate@albukhariorlando.org Alloh taolo qilgan qurbonliklaringizni qabul qilsin! 🤲
🔴 Hurmatli Jamoatimiz, AQSh va Kanada masjidlar kengashi tomonidan ushbu yakshanba kuni "Oq uy" jome masjidi imom-xatibi Isroiljon domla Ismoiljon o‘g‘li bilan jonli onlayn suhbat bo‘ladi. Islomda ota-onaga hurmat va ehtirom mavzusi haqida foydali suhbat — eng muhimi, savollaringizga javob olasiz. ✅ Mavzu haqida savollaringiz bormi? Hozirdan tayyorlab qo‘ying va jonli efirda so‘rang. 🗓 Sunday, April 5, 2026 🕚 12:00 AM — New York (EST) 🕙 11:00 AM — Chicago (CST) 🕘 10:00 AM — Denver (MST) 🕗 9:00 AM — Los Angeles (PST) 🕓 5:00 PM — London, UK (GMT) 🕓 9:00 PM — Tashkent, (GMT+5) 📡 Jonli efir: 🔗 Telegram: https://t.me/icmoh2024 ▶️ YouTube: https://youtube.com/live/fvMFYzU0dCs?feature=share
🌙 Hurmatli Al-Buxoriy Islom Markazi jamoati! 🌙 Sizlarni 20-mart kuni bo‘lib o‘tadigan Ramazon hayiti dasturimizga taklif qilamiz. Bayram dasturimiz quyidagicha: 🕌 BAYRAM DASTURI: • 🕰 06:30 — Bomdod namozi (jamoat bilan) • 🕗 08:00 — Bayram suhbati • 🕣 08:30 — Hayit namozi • 🕘 09:00 — Bayramlashuv va osh ehsoni 🎉 Bayram davomida: • Jamoatimiz uchun osh ehsoni • Bolajonlarimiz uchun sovg‘alar va o‘yin maydonchalari tayyorlangan ⸻ 📌 ESLATMA: • 💰 Fitr sadaqasi bu yil minimum $20 etib belgilangan To‘lov uchun: Zelle — donation@albukhari.org • 🧥 Bayram namozi tashqarida o‘qilishi sabab issiq kiyim va joynamoz olib kelishni unutmang • 🤝 Imkoni borlar ertaroq kelib, oshni idishlarga solishda va boshqa xizmatlarda yordam bersangiz juda yaxshi bo‘ladi ⸻ 🤲 Alloh taolo barchamizning qilayotgan xizmatlarimizni qabul qilsin! 🌸 Bayramingiz muborak bo‘lsin! 🌸
🌙 EID AL-FITR BAYRAMI E’LONI 🌙 🤲 Hurmatli Al-Buxoriy Islom Markazi jamoati! Sizlarni muborak Ramazon Hayiti (Iydul Fitr) bilan samimiy muborakbod etamiz! 🌸 📍 Hayit namozi: 🗓 20-mart, Juma kuni 🕰 Soat 08:30 da 📌 Al-Buxoriy Islom Markazida 🍽 Bayram munosabati bilan jamoatimiz uchun osh ehsoni tayyorlanadi 🎉 Bolajonlarimiz uchun: 🎈 Turli qiziqarli o‘yinlar 🎁 Sovg‘alar va shodiyona muhit 🤝 Keling, ushbu ulug‘ bayramni birgalikda, mehr-oqibat va birlikda nishonlaylik! ✨ Barchangizni oilangiz bilan tashrif buyurishga taklif qilamiz! 🕌 Alloh taolo tutgan ro‘zalarimizni va qilgan ibodatlarimizni qabul qilsin! Eid Mubarak! 🌙
🕌 Orlando Al Bukhari Islom Markazida Ramazon boshlanganidan beri, alhamdulillah, har kuni Taroveh namozlari jamoat bilan fayzli va tartibli tarzda ado etilmoqda. 🤲 Alloh taolo ibodatlarimizni qabul qilsin, Ramazonimiz barakali bo‘lsin! 📍 Manzil: Al-Bukhari islamic center Orlando Al Bukhari Islom Markazi 8009 S Orange Ave, Orlando, FL 32809 ▶️Do’stlaringizga ham ulashing Bizning rasmiy sahifalarimiz: Instagram | Youtube | Telegram | Facebook
🕌 Orlando Al Bukhari Islom Markazi 🤲 Alloh taolo ibodatlarimizni qabul qilsin, Ramazonimiz barakali bo‘lsin! 📍 Manzil: Al-Bukhari islamic center Orlando Al Bukhari Islom Markazi 8009 S Orange Ave, Orlando, FL 32809
https://telegra.ph/QURON-XATMONASI--FOTO-LAVHALAR-03-18