bukhari.uz
СтатистикаIMOM BUXORIY XALQARO ILMIY-TADQIQOT MARKAZINING RASMIY KANALI Sayt: www.bukhari.uz • facebook.com/bukharicenter • instagram.com/bukhari.uz • ok.ru/bukhari.uz Murojaat uchun: @Zafar_Uzaqov
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 99
- Всего постов
- 3 067
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 112
- 1/48двое суток
- 128
- 1/72трое суток
- 138
Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#bukhariuz #Yangiliklar #Fotolavha #birdamjamiyat #yangiruhiyat Ilmiy-maʼrifiy mavzularda dolzarb maʼruzalar tinglandi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida ilmiy-maʼrifiy yoʻnalishdagi navbatdagi maʼruzalar tashkil etildi. Unda Imom Buxoriyning…
#bukhariuz #Videolar #Raddiya #shorts 📝ASOSSIZ FATVOLAR — JAMIYAT UCHUN JIDDIY XATAR ♾️ (TAS-IX) HD da: 👇 👇 👇 bukhari.uz/?p=51724&lang=oz 🎬 👉 YouTube da: youtube.com/shorts/0C82r69hYyY Videodars O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasi asosida tayyorlandi. Yaqinlaringizga ulashing! ✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X
#Videolar #Podcast #Dolzarb #IRFON 📝 MAʼRIFAT YOGʻDUSI: ZAMONAVIY YOSHLAR: IMKONIYATLAR, ILM VA MAʼNAVIY IMMUNITET (12-avgust – Xalqaro yoshlar kuni) 👤 Dr. Baxtiyor TURSUNOV – Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi boʻlim boshligʻi 👤 Usmonxon MUHAMMADIYEV – Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi 🎞 👉 Toʻliq video YouTube da: https://youtu.be/sCKTl3HS5po 🎥 Toʻliq video (TAS-IX) HD da: 👇 👇 👇 bukhari.uz/?p=51848&lang=oz Yaqinlaringizga ulashing! ✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X
#Tadbir #Mustaqillikka_35_yil #Samarqand “Jaholatga qarshi ma’rifat” targ’ibot tadbirlari Samarqand viloyati bo’ylab davom etmoqda 🔺 Respublika ishchi guruhi tomonidan “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari Urgut tumani bo‘ylab o‘tkazildi. 🔺 Tadbirlar davomida tumandagi tashkilotlar vakillari, mahalla yettiligi, maktab direktorlari hamda ularning o‘rinbosarlari ishtirok etdi. Jami 700 nafarga yaqin ishtirokchi qamrab olindi. 🔹 Tadbir davomida so’zga chiqqanlar tomonidan diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, turli axborot xurujlariga qarshi immunitet hosil qilish, shuningdek yoshlarda vatanparvarlik tuyg’ularini yuksaltirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. 🔺 Shuningdek, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan amaliy ishlar yuzasidan aniq misollar keltirilib, aholining diniy-ma’rifiy savodxonligini oshirish, jaholat va turli yot g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🔄 Tadbir yakunida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar berildi. Manba: Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati Yaqinlaringizga ulashing! ✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X
#Videolar #Intervyu #YANGI_NASHR 📝 MARKAZ NASHRLARI — YOSHLARNI SOGʻLOM EʼTIQODGA YETAKLOVCHI MUHIM MANBA 👤 Habibulloh domla ABDURAZZAQOV – Toshkent shahar “Hasti Imom” jome masjidi imom-xatibi 🎞 👉 YouTube da: https://youtu.be/IqWtuLRIAa0 🎥 (TAS-IX) HD da: 👇 👇 👇 bukhari.uz/?p=51726&lang=oz Yaqinlaringizga ulashing! ✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X
#maqola #Mustaqillikka_35_yil ISLOHOTLAR BAHOSI odamlar hayotidan yoʻqotilgan mashaqqatlar bilan oʻlchanadi ✅Prezidentimiz 2021-yilda “Bugungi Oʻzbekiston – bu hali tom maʼnodagi, biz orzu qilayotgan, intilayotgan yangi Oʻzbekiston emas” degan edi. Bu iqror islohotni tayyor gʻalaba sifatida koʻrsatishdan koʻra masʼuliyatliroq. Chunki mavjud kamchilikni tan olmagan davlat uni tuzatish uchun ham chora izlamaydi. ✅Bu gal biz nazarda tutayotgan “yoʻl” soʻzi shunchaki metafora emas. Gap mamlakatning qishloq yoʻllaridan tortib, xalqaro avtomagistraligacha, temir yoʻllaridan metrogacha, havo qoʻnalgʻasidan tranzit yoʻlagigacha boʻlgan harakat tizimi haqida boradi. Aniqrogʻi, Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston transport tafakkuriga olib kirgan eng muhim yangilik – yoʻlni alohida qurilish obyekti emas, inson, iqtisodiyot va davlatni harakatga keltiradigan yaxlit tizim sifatida koʻra boshlagani haqida. 🖌Abdulhamid Muxtorov, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi, “Ziyo” media markazi direktori 🔶Manba: “Yangi O‘zbekiston” gazetasi Yaqinlaringizga ulashing! ✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X
#Videolar #Mustaqillikka_35_yil Mustaqilligimizning 35 yilligi: Samarqandda bayram shukuhi Манба: O’zbekiston24 Yaqinlaringizga ulashing! ✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X
#Videolar #Mustaqillikka_35_yil ▶️Mustaqillik solnomasi: 1993-yil 🟢Mamlakatimiz mustaqilligining shonli 35 yilligi munosabati bilan yurtimiz tarixiga oid unutilmas voqea-hodisalarni oʻzida jamlagan “Mustaqillik solnomasi” loyihasining bu galgi soni 1993-yilga bag‘ishlanadi. 🏬Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Yaqinlaringizga ulashing! ✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
#Аудиолар #Раддия ⁉️ Интернет саҳифалари ва ижтимоий тармоқларда тўрт фиқҳий мазҳабдан бирини тутмаган айрим кимсаларнинг фатволари учрамоқда. Уларга амал қилиш мумкинми? 👤 Шайх Салоҳ Абулҳож Ўзбекистон Республикаси Дин ишлари бўйича қўмитанинг хулосаси асосида тайёрланди. Яқинларингизга улашинг! ✅️https://t.me/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35 🫥https://taplink.cc/bukhariuz
#Mustaqillikka_35_yil #Infografika 1993-yil MUSTAQILLIK SARI TARIXIY QADAMLAR Yaqinlaringizga ulashing! ✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X
#Видеолар #Раддия ⁉️ ЮЗАКИ КЎРИНГАН АДОЛАТСИЗЛИК ОРТИДАГИ ҲИКМАТ 👤 Шайх Рамазон Бутий 🎞 👉 YouTube да: https://youtu.be/SBy2-9rvkDc ♾(TAS-IX) HD да: 👇 👇 👇 bukhari.uz/?p=51823 Видео Ўзбекистон Республикаси Дин ишлари бўйича қўмитанинг хулосаси асосида тайёрланди. Яқинларингизга улашинг! ✅️https://t.me/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35 🫥https://taplink.cc/bukhariuz
#Videolar #Intervyu 📝 “XALQINGIZNING YUKSAK ILM-MAʼRIFATI BIZNI QUVONTIRADI” 👤 Tengku MAIDA – MARA Texnologiya universiteti (UiTM) Zamonaviy islom tadqiqotlari akademiyasi (ACIS) oʻqituvchisi (Malayziya) Ilmiy-akademik faoliyat, tadqiqotlar va ijtimoiy loyihalar boʻyicha kamtarona tajribaga egaman. Ilmiy yoʻnalishim doirasiga islomshunoslik, ijtimoiy rivojlanish, islom tadbirkorligi va taʼlim sohalari kiradi. Jamiyatga manfaat keltiradigan, dalillarga asoslangan siyosatni qoʻllab-quvvatlaydigan va xalqaro tadqiqotlarga hissa qoʻshadigan manfaatli ilmiy izlanishlar olib borishga harakat qilaman. Oʻzbekistonda mehmon boʻlib turganimdan juda baxtiyorman. Bu birinchi kelishimdir. Avval Toshkentda boʻldim, keyingi kuni esa Samarqandga keldim. Oʻzbekistonda meni eng quvontirgan jihat – bu yerdagi musulmonlarning goʻzal chehrasi va yuksak ilm-maʼrifati boʻldi. Kelasi yili yana kelishni va Samarqanddagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlik oʻrnatishni juda xohlayman. Shuningdek, Markazingiz rahbarining fikrlari menda katta taassurot qoldirdi. Unda teran hikmat, ilm va yuksalish mujassam boʻldi. Ayniqsa, Oʻzbekistondagi musulmonlar va nomusulmonlar oʻrtasidagi diniy bagʻrikenglik muhiti toʻgʻrisida aytganlari meni juda qiziqtirdi. Guvohi boʻldimki, Oʻzbekiston aholisining aksariyati musulmonlardan iborat va ular islom qonun-qoidalarini teran anglab, unga amal qiladi. Bu mening Oʻzbekiston haqidagi eng eʼtiborli xulosalarimdan biridir. Kelgusida Malayziyadagi universitetimdan hamkasb va doʻstlarimni bu yerga olib kelmoqchiman. Eʼtiboringiz uchun rahmat. 🎞 👉 YouTube da: https://youtu.be/9QogKnK4OSI 🎥 (TAS-IX) HD da: 👇 👇 👇 bukhari.uz/?p=51720&lang=oz Yaqinlaringizga ulashing! ✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X
#bukhariuz #Yangiliklar #Fotolavha #Xalqaro_aloqalar #Stipendiat KALIMANTANPOST: «SAHIHUL BUXORIY» IZIDAN — INDONEZIYALIK IKKI OLIM SAMARQANDDA ILMIY IZLANISHDA Indoneziyaning Jakarta shahridagi Qurʼon ilmlari instituti (Institut Ilmu Al-Qurʻan — IIQ Jakarta)ning ikki oʻqituvchisi — doktor Shamsul Ariyadi va doktor Ahmad Havosiy “Imam Bukhari International Scholarship 2026” (Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya) dasturi doirasida tadqiqotchi sifatida Oʻzbekistonda ilmiy izlanish olib borish huquqini qoʻlga kiritdi. Mazkur dastur Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imomi Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tashkil etilgan boʻlib, amaliyot 2026-yil 1-avgustdan 30-sentyabrga qadar davom etadi. Uning doirasida tadqiqotchilarimiz islom ilmlari, Markaziy Osiyoning ilmiy-intellektual merosi, mintaqaning tarixi va madaniyati, shuningdek, qoʻlyozmalar va Sharq sanʼati yoʻnalishlarida ilmiy izlanishlar olib bormoqda... Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=51841&lang=oz 📝 Кирилл алифбосида ўқинг Yaqinlaringizga ulashing! ✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X