287- MAKTAB MATBUOT XIZMATI. UCHTEPA TUMANI
Статистика«NAJOT TA"LIMDA, NAJOT TARBIYADA,. NAJOT BILIMDA»
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 28
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 82
- 1/48двое суток
- 93
- 1/72трое суток
- 101
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
DIQQAT! 2000 VA 2009 YILLAR ORASIDA TUG'ILGAN YOSHLAR UCHUN! Uchtepa tumani ma'muriyati 2027-yilgi harbiy chaqiruvda (bir yil) xizmat qilish uchun fuqarolarni tanlash jarayoni 2026-yil 12-avgustdan boshlab boshlanganini e'lon qiladi. Talablar: 1. Bo'yi kamida 1,65 metr. 2. Vazni kamida 55 kg. 3. Sog'lig'i bilan bog'liq muammolar bo'lmasligi kerak. 4. Uchtepa tumanida yashovchi fuqarolar 2026-yil 12-avgustdan 2026-yil 10-fevralgacha, dushanbadan jumagacha, soat 9:00 dan 13:00 gacha pasportlarini taqdim etgan holda, quyida ko'rsatilgan manzildagi Uchtepa tumani ma'muriyati binosiga kelishlari shart. ✍️Uchtepa tumani mudofaa bo'limi telefoni: 55-503 01 14 Mudofaa ishlari bo'limi boshlig'i tel: 91 207 85 88 Bizning manzilimiz: Uchtepa tumani, 13-mavze, 15B-bino (Mo'ljal: Chuponota masjidi ro'parasida)
#qabul_2026 #web ✅ 2026-2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga elektron qabul joriy etilgan hududlarda mikrohududdan tashqari qabul jarayoni joriy yil 1-avgust kuni soat 10:00 dan boshlanadi. Agar sizda elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar bo‘lsa, call-markazning 71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlari yoki telegramdagi @mymaktab_uz rasmiy kanali orqali javob olishingiz mumkin.
Миллат келажаги ва Учинчи Ренессанс пойдеворини барпо этадиган билимли авлодни тарбиялашда Сизнинг таьлим соҳасига қаратаётган эьтиборингиз энг асосий куч бўлмоқда. Ўқитувчи ва мураббийларни жамиятдаги нуфузини юксалтириб, касбий қадрини баланд кўтарганингиз учун Сиздан беҳад миннатдормиз. Туғилган кунингиз муборак, муҳтарам Президент! #Mirziyoyev #PresidentUZ #MillatOtasi
без подписи
Xushxabar, Toshkent hududi uchun sun'iy intellekt bo'yicha 20 o’rinli grant 🎉 🔥 Najot Ta'lim yoshlarni zamonaviy kasblarga yo'naltirish, malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda "Raqamlashtirish orqali farovonlik sari" ta'lim grantini e'lon qiladi. 🤩 Dastur doirasida 20 nafar yosh Najot Ta'limning Prompt Injinering kursida 2 oy mutlaqo bepul oflayn ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'ladi. 📌 Grant shartlari: — 17–30 yosh oralig'idagi yoshlar; — Toshkent shahrida yashovchilar; — «Temir daftar» ro'yxatida bo'lgan insonlar ishtirok etishi mumkin. 📝 Saralash 1-3 daqiqadan iborat motivatsion video asosida amalga oshiriladi. Agar siz ham sun'iy intellekt bo'yicha grantda ishtirok etishni istasangiz, hoziroq ariza topshiring 👇 🔗 Ro'yxatdan o'tish 🔖 Grant haqida batafsil ma'lumot ❓ Grant haqida eng ko'p beriladigan savollar ⏳ Eslatma: Ro'yxatdan o'tish 6 kun, 26-iyul soat 23:59'ga qadar davom etadi. P.S. Ushbu imkoniyatni kerakli insonlarga yuborib qo'ying :)
Tadbir poytaxtimizdagi Xalqaro anjumanlar saroyida bo‘lib o‘tdi. Ma’lumot uchun: mazkur olimpiada bahslarida dunyoning 90 dan ortiq davlatlaridan kelgan 1000 nafarga yaqin o‘quvchilar ishtirok etmoqda.
📚Markaziy Osiyoda ilk bor Oʻzbekistonda oʻtkazilayotgan , dunyodagi eng nufuzli intellektual musobaqalardan biri 58-Xalqaro kimyo olimpiadasining tantanali ochilish marosimida 287-maktab kimyo fani óqituvchisi Hamrayeva Charos Aktamovna ham ishtirok etdi.
🎒 Farzandingizni o‘z qo‘lingiz bilan maktabdan sovutib qo‘ymang! (Ota-onalar yo‘l qo‘yadigan eng katta xato) 🏫 Ayni qabul vaqtida ko‘pchilik ota-onalar farzandining kelajagi uchun eng yaxshisini xohlab, ammo e’tibordan chetda qoladigan bir jiddiy xatoga yo‘l qo‘yishadi. “Maktabda o‘zi o‘rganib ketadi”, “Zehni o‘tkir, yoshligidan qo‘shimcha til bilsa, foyda” degan o‘y bilan bolani u umuman tushunmaydigan tildagi sinfga joylashtirishadi. Biroq, bilmay qilingan bu qaror bolaning butun ta’lim hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 🧠 Nima uchun ta’lim tilini to‘g‘ri tanlash o‘ta muhim? ➖ Fanlarni o‘zlashtirishdagi to‘siq: 1-sinfda bola nafaqat o‘qish va yozishni, balki matematika, atrof-olam kabi fanlarni anglashi, mantiqiy fikrlashni o‘rganishi kerak. O‘qituvchisini tushunmasa, u fanni qanday o‘zlashtiradi? Tilni bilmasa, uy vazifalarini qanday bajaradi? Bu jarayonda siz unga qanday yordam bera olasiz? ➖ Psixologik zarba: Psixologlarning ta’kidlashicha, 1-sinf — shundoq ham bola uchun katta stress. Yangi muhit, yangi tartib, notanish jamoa. Bu stress ustiga “til to‘sig‘i” ham qo‘shilsa, bola xato qilishdan va savol berishdan qo‘rqadigan bo‘lib qoladi. ➖ O‘ziga ishonchning sinishi: Bolaning ichidagi ulkan salohiyat va iqtidor faqatgina shu tilni tushunmaslik kompleksi sababli yuzaga chiqmay, so‘nib qoladi. 🎓 Eng muhimi — farzandingiz maktabga o‘zlashtirishdan qiynalib, tushkun kayfiyatda emas, balki bilim olishga bo‘lgan katta ishtiyoq bilan borsin! ✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
2025-26-ўқув йилини имтиёзли тамомлаб, олтин медал соҳибасига айланган 11-а синф ўқувчиси Ҳусанова Моҳинага келгусидаги ўқишларига омад тилаймиз. Нуфузли олийгоҳларда ўқиб, Ватанимизнинг фидоий кадри бўлиб етишишига ишонамиз! Бугунги муваффақият муборак бўлсин!
без подписи
Qadrli yoshlar! ⚡️30-iyun kuni soat 19:00 da sizlarni Toshkent shahri, Olimpiya shaharchasida bo‘lib o‘tadigan “Yoshlar kuni” galakonsertiga taklif etamiz. Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting va yutuqli sovrinlarni qo‘lga kiriting. ✔️ Ro‘yxatdan o‘tish Ishtirokchilar uchun quyidagi manzillarda bepul avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi: Barcha yoshlarni kutamiz. Kirish bepul!
Texnikumlarning oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlarining bitiruvchilarining 2026/2027-o‘quv yilida oliy taʼlim tashkilotlarining 2-bosqichidan oʻqishni davom ettirishi mumkin boʻlgan oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari ro‘yxati tasdiqlandi Unga ko‘ra, texnikum bitiruvchilari oliy ta'limga quyidagi tartib va imtiyozlar asosida qabul qilinadi: ➖ oliy taʼlimga kirish imtihonlarisiz, faqat yakka tartibdagi suhbat orqali; ➖ o‘z mutaxassisligiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining 2-bosqichidan boshlab; 📌Bunda oʻqishga qabul qilish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram |Facebook | Threads | Linkedin | Telegram-bot
🏫 Eng yaxshi maktab — uyingizga eng yaqin maktab(mi)? ➖ Har yili yoz yaqinlashishi bilan farzandi 1-sinfga chiqadigan ota-onalarda "shirin tashvish" boshlanadi. Kimdir ishxonasiga yaqin, kimdir "nomdor", yana kimdir binosi muhtasham maktabni qidiradi. 🔰 Lekin aslida tanlov qanday bo‘lishi kerak? Bolangizning tongi qanday boshlanishini xohlaysiz? Tasavvur qiling, uzoqdagi "mashhur" maktabga borish uchun 7 yoshli bola kamida bir soat avval uyg‘onishi kerak. Uyquga to‘ymagan ko‘zlar, shoshilinch nonushta va tirbandlikdagi asabiy yo‘l... Nima uchun o‘z mikrohududingizdagi maktabni tanlash afzal? ➖ Sog‘lom rejim: Bola uyquga to‘yadi va xotirjam nonushta qiladi. Bu — bilimni o‘zlashtirishning birinchi sharti! ➖ Vaqt tejalishi: Yo‘lga sarflanadigan 1-2 soat vaqtni bola dam olishga yoki sevimli to‘garagiga sarflashi mumkin. ➖ Xavfsizlik va xotirjamlik: Yo‘ldagi tirbandliklar (ertalabki hamda kechki vaqtlardagi) boshqa soha vakillari ham ta'sir qilishi va uzoq masofa nafaqat bolani, balki ota-onani ham ruhiy charchatadi. Yaqin maktab — bu xavfsiz muhit demakdir. ➖ Ijtimoiy muhit va do‘stlar: Bola o‘z mahallasidagi do‘stlari bilan birga o‘qiydi, yaqinlari oldida oldida oʻzini yaxshiroq his qiladi, ota-onaning ham ko‘ngli to‘q bo‘ladi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi barcha maktab rahbarlari va qadrli ustozlar bilan birga har bir bolaga har bir maktabda sifatli ta’lim berilishini ta’minlash yo‘lida bor imkoniyatlarni ishga soladi. Siz qanday fikrdasiz? Farzandingiz uchun maktab tanlashda asosiy mezoningiz nima? Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Qabul_2026 #Eslatma 🔴 Xabar berganimizdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2026–2027-o‘quv yilida 1-sinfga qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish maqsadida Respublikamizning barcha hududlari bo’ylab shtablar faoliyati tashkil etilgan. Fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish hamda qabul jarayonlari bo‘yicha savollariga tezkor javob berish maqsadida Call-markaz raqamlari bilan quyida tanishishingiz mumkin: 📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi 📍 Andijon viloyati 📍 Buxoro viloyati 📍 Farg‘ona viloyati 📍 Jizzax viloyati 📍 Namangan viloyati 📍 Navoiy viloyati 📍 Qashqadaryo viloyati 📍 Samarqand viloyati 📍 Sirdaryo viloyati 📍 Surxondaryo viloyati 📍 Toshkent shahri 📍 Toshkent viloyati 📍 Xorazm viloyati 👉 Eslatib o‘tamiz, shtab onlayn va offlayn tarzda tashkil etiladigan qabul jarayonlarini muvofiqlashtirib, haftaning dushanba kunidan juma kuniga qadar soat 09:00 dan 17:00 gacha faoliyat yuritadi. 📞 Agar sizda elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar bo‘lsa, call-markazning 71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlari yoki telegramdagi @mymaktabuz_bot boti orqali javob olishingiz mumkin. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
‼️‼️‼️ #Qabul_2026 🔴 2026-2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga onlayn qabul jarayonlari 20-IYUN kuni boshlanishi haqida xabar bergan edik. 👉 Bugun soat 10:00 dan elektron arizalarni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining my.maktab.uz elektron platformasi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali yuborish mumkin. 📞 Agar sizda elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar bo‘lsa, call-markazning 71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlari yoki telegramdagi @mymaktabuz_bot boti orqali javob olishingiz mumkin. ⏰ Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20-iyunidan 31-iyuligacha mikrohudud doirasida qabul jarayonlari bo‘lib o‘tadi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
⭕️⭕️⭕️ 2026-2027 O'QUV YILIGA TAYANCH O'QUV REJASI TASDIQLANDI ❗️ Asosiy o'zgarishlar ➡️ Informatika fani 4-sinfda 1 soat joriy etildi, 1 soat tabiiy fan kamaytilib haftasiga 1 soat etib belgilandi. ❗️ P.S.: MMTVning 2026-yil 10-apreldagi 133-sonli buyrug'i "Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun 2026-2027-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv rejalarni tasdiqlash toʻgʻrisida" 🤖Hujjatlar, ish rejalar,darsliklar, testlar, oylik hisoblash botimiz 👉@ebazaga_bot ✅️Ta'limda birinchi kanal👇 https://t.me/e_baza_ishreja https://t.me/+mi15W-aqCcFhOTIy
Тошкентда мактаб ўқувчилари иштирокидаги жиноий гуруҳ ушланди Тошкент шаҳрининг Юнусобод туманида товламачилик билан шуғулланганликда гумон қилинаётган уюшган жиноий гуруҳнинг тўрт нафар аъзоси қўлга олинди. Улар орасида 15 ва 16 ёшли икки нафар мактаб ўқувчиси ҳам бор. Тергов маълумотларига кўра, гуруҳга 20 ёшли шахс раҳбарлик қилган. Унинг шериги ҳамда икки нафар вояга етмаган шахс жиноий фаолиятга жалб этилган. @u_generalissimus
🏫 Farzandingiz 1-sinfga chiqadimi? Qabul jarayonlari bo‘yicha ota-onalar uchun muhim ma’lumot ➖ Har yili yoz oylari kelishi bilan farzandi 1-sinfga chiqadigan ota-onalarni bir savol o‘ylantiradi: “Hujjat topshirish uchun qachon maktabga borsam ekan? Uzun navbatlarda qanday turaman?” Endilikda bu xavotirlarga o‘rin yo‘q! 🔰 So‘nggi yillarda ta’lim tizimidagi raqamlashtirish jarayonlari yildan-yilga kengayib bormoqda. Xususan, 1-sinfga elektron qabul jarayoni o‘tgan o‘quv yilida 64 ta tuman va shaharda amalga oshirilgan bo‘lsa, bu yil qamrov yanada kengaytirilib, 135 ta tuman va shaharlarda ushbu tizim orqali qabul tashkil etilmoqda. Bu esa ota-onalar uchun ortiqcha ovoragarchiliklarni to‘liq bartaraf etadi. Kelgusi yillarda mazkur qulaylikni respublikamizning barcha tuman va shaharlarida ham joriy etish rejalashtirilgan. Ushbu qulaylikdan qanday foydalanamiz? ➖ my.gov.uz yoki my.maktab.uz elektron portallariga kirib, ONE ID tizimi yoki telefon raqamingiz orqali ro‘yxatdan o‘tasiz. ➖ Yashash manzilingiz va farzandingiz haqidagi ma’lumotlarni kiritib, so‘rovnoma to‘ldirasiz. Tizim avtomatik tarzda mikrohududingizga biriktirilgan maktabni belgilaydi. Sizdan faqat ta’lim tilini tanlash talab etiladi. ➖ Kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlaysiz va “Arizani yuborish” tugmasini bosasiz. Yuborilgan arizangiz 3 ish kuni ichida o‘rganiladi. Shundan so‘ng elektron navbat orqali o‘zingizga qulay vaqtni tanlab, maktabga borishingiz mumkin. Qabul qilinganlik holati bo‘yicha 1 ish kuni ichida telefoningizga SMS-xabarnoma keladi. Jarayonning muhim jihatlariga e’tibor bering: ➖ Qabul muddatlari: Arizalar 20-iyundan 1-avgustga qadar faqat o'z mikrohududingiz bo‘yicha qabul qilinadi. Boshqa hududdagi maktablarga qabul esa 1-avgustdan so‘ng (bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lganda) amalga oshiriladi. ➖ Yosh chegarasi: Qonunchilikka muvofiq, bu yil 1-sinfga 2019-yil 31-dekabrga qadar tug‘ilgan, ya’ni yil davomida 7 yoshga to‘ladigan bolalar qabul qilinadi. ➖ Til bilish darajasi: Agar ta’lim boshqa tilda (masalan, rus tilida) olib boriladigan sinflarni tanlasangiz, bolaning shu tildagi boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmalari maktab qabul komissiyasi tomonidan suhbat asosida baholanadi. Agar bolada yetarli til ko‘nikmasi shakllanmagan bo‘lsa, qabul rad etilishi mumkin. Bu tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentning 21-bandida qat’iy belgilab qo‘yilgan. ➖ Xizmat narxi: Mazkur davlat xizmatidan foydalanish mutlaqo bepul! ✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
без подписи
без подписи