tgindex
UzMathCommunity (Surxondaryo)

UzMathCommunity (Surxondaryo)

Статистика
@umc_surkhanВидеоузбекский

Xalqaro matematika olimpiadalarga tayyorlov kursi. -Kunlik qiziqarli savollar. -Prezident maktabiga kirish testining namunaviy testlari. -Xalqaro matematika olimpiadalari haqida malumotlar. Murojat uchun: +998901251205 @umc_adminka

Последний пост
19 июл.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
31
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Видео (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 332
−6 за 4 дн.
Сутки
−4
−0,30%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
567
31 постов
Вовлечённость
42,6%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 31
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
194
1/48двое суток
222
1/72трое суток
239

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 19 июл.21993из Fan_olimpiadalari_M

    #IMO_2026 IMO 2026: Xalqaro maydonda navbatdagi katta muvaffaqiyat! 🇺🇿Oʻzbekiston terma jamoasi hozirda Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan 67-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO 2026)da munosib ishtirok etib, xalqaro maydonda yana bir bor yuksak natijalarni qayd etdi. ➡️Olimpiadada 119 ta davlatdan 685 nafar o‘quvchilar ishtirok etib, 2 ta kumush 3 ta bronza bronza medalini qo‘lga kiritdi! 🥈 Kumush medal sohiblari: 🥈Elshod Oʻralov — Termiz shahar 14-sonli maktab o‘quvchisi — KUMUSH MEDAL, 🥈Dostonbek Rahmonqulov — Sirdaryo viloyati ITMA IM — o‘quvchisi — KUMUSH MEDAL, 🥉 Bronza medal sohiblari: 🥉Azizbek Mamajonov — Al-Xorazmiy nomidagi IM Guliston filiali — BRONZA MEDAL, 🥉Elbek Zohidjonov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — BRONZA MEDAL, 🥉 Rasulbek G‘afforov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — BRONZA MEDAL. 📊 Ma’lumot o‘rnida: Davlatimiz rahbarining 2024-yil 30-sentabrdagi tegishli qaroriga muvofiq: nufuzli xalqaro olimpiadalarda erishgan medallar uchun oʻzbekistonlik ishtirokchilar uchun quyidagi pul mukofotlari berilishi koʻzda tutilgan: ➖ kumush medal uchun — 618 mln. soʻm, oʻqituvchisiga — 103 mln. soʻm; ➖ bronza medal uchun — 412 mln. soʻm, oʻqituvchisiga — 61,8 mln. soʻm. ⏰ Shuningdek, mazkur olimpiada gʻoliblarini sinovlarga tayyorlagan oʻqituvchilarning malaka toifasi bir pogʻona koʻtarilishi belgilangan. 👏Yoshlarimizni ushbu yuksak yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! 🇺🇿 Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qilgan barcha oʻquvchilarimiz, ularning ustozlari va ota-onalariga chuqur minnatdorlik bildiramiz. Bizni kuzatib boring: ✈️ Telegram 📷 Instagram 🔵 Facebook ▶️ YouTube 🌐Linkedin

  • 13 июл.396152из Fan_olimpiadalari_M

    #IMO_2026 TERMA JAMOA A’ZOLARI XALQARO MATEMATIKA OLIMPIADASIDA ISHTIROK ETISH UCHUN JO‘NAB KETDI 📍Shanxay, Xitoy ✅ Xalqaro Matematika Olimpiadasi (IMO) matematika fanidan dunyodagi eng nufuzli xalqaro musobaqalardan biri bo‘lib, unda 100 dan ortiq mamlakat va hududlarning eng iqtidorli o‘quvchilari ishtirok etadi. 👥 Mazkur nufuzli xalqaro olimpiadada ishtirok etish uchun shakllantirilgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Shanxay shahriga jo‘nab ketdi. 🗓Olimpiada 12–21-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. ⚡️ Fan olimpiadalari markazi mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan o‘quvchilarimizga omad, yuksak natijalar va zafarlar tilaydi! 📌Ma’lumot uchun: Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, ushbu xalqaro olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar, ularning ustozlari hamda terma jamoa rahbarlari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. ⚡️ 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzatib boring: ✈️ Telegram 📷 Instagram 🔵 Facebook ▶️ YouTube 🌐Linkedin

  • без подписи

  • без подписи

  • 22 июн.57791из surxonvmmtb

    📖Surxondaryolik xalqaro olimpiada sovrindori munosib kutib olindi ⭐️Termiz shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Ortiqjon Toxirov bugun tantanali ravishda kutib olindi. 💻Eslatib o‘tamiz, Ortiqjon Toxirov Ruminiyada bo‘lib o‘tgan 30-O‘smirlar o‘rtasidagi Bolqon Matematika Olimpiadasi (JBMO–2026)da muvaffaqiyatli ishtirok etib, kumush medal sohibiga aylangan edi. ✅Ortiqjon Toxirovni yutug‘i bilan yana bir bor muborakbod etamiz hamda kelgusida yanada yuksak marralarni zabt etishini tilab qolamiz! #Surxondaryo #OrtiqjonToxirov #JBMO2026 🕊Telegram   📱Facebook 📱Instagram 📺You tube 🕊Twitter       💡Veb-sayt

  • 19 июн.5046из surxonvmmtb

    📖Surxondaryolik o‘quvchi xalqaro olimpiada sovrindori bo‘ldi ⭐️Ruminiyada bo‘lib o‘tgan 30-O‘smirlar o‘rtasidagi Bolqon Matematika Olimpiadasida (JBMO–2026) O‘zbekiston terma jamoasi yuksak natijalarni qayd etdi. ✅Quvonarlisi, terma jamoa tarkibidagi Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Ortiqjon Toxirov nufuzli xalqaro olimpiadada kumush medalni qo‘lga kiritdi. ✅Ortiqjon Toxirovni ushbu munosib natija bilan tabriklaymiz hamda kelgusidagi ilmiy faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilaymiz! 🌐Telegram   🌐Facebook 🌐Instagram ▶You tube 🌐Twitter       🌐Veb-sayt

  • 19 июн.432131из Fan_olimpiadalari_M

    #JBMO_2026 #Results NAVBATDAGI REKORD: Terma jamoamiz a’zolaridan — 6 ta medal! 🌍 Hozirda Ruminiyada 30-Oʻsmirlar oʻrtasidagi Bolqon Matematika Olimpiadasi (JBMO) bo‘lib o‘tmoqda. ⚡️Ayni paytda olimpiada ishtirokchilarining yakuniy natijalari e’lon qilinmoqda. ➡️Natijalarga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasidan iborat o‘quvchilar katta muvaffaqiyatga erishdi: 🥇1 ta oltin, 🥈4 ta kumush va 🥉1 ta bronza — jami 6 ta medal! G‘oliblarimiz bilan quyida tanishing: 🥇 Umarbek Ubaydullayev - Sergeli tuman IM o‘quvchisi — oltin medal, 🥈Eldorbek Xakimov — Al-Beruniy maktabi oʻquvchisi — kumush medal, 🥈Komronbek Kamolov — Buxoro shahridagi 31-maktab o‘quvchisi - kumush medal, 🥈Ortiqjon Toxirov - Termiz shahar IM o‘quvchisi — kumush medal, 🥈Baxtiyor Ostonov - Qorakoʻl tuman IM o‘quvchisi — kumush medal, 🥉Anvar Abdivaliyev — Qarshi shahridagi 1-IM o‘quvchisi — bronza medal. ✨Ma’lumot uchun: Terma jamoa a’zosi Umarbek eng yuqori natijani qayd etib, mutlaq gʻolib deb topildi. Gʻoliblarni tabriklaymiz! Bizni kuzatib boring: ✈️ Telegram 📷 Instagram 🔵 Facebook ▶️ YouTube 🌐Linkedin

  • 7 июн.557121из surxonvmmtb

    📖Surxondaryolik o‘quvchilar Al-Xorazmiy xalqaro olimpiadasida bronza medalni qo‘lga kiritdi Xalqaro matematika va informatika fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan Al-Xorazmiy nomidagi nufuzli olimpiadada Surxondaryo viloyati o‘quvchilari munosib ishtirok etib, faxrli natijalarni qayd etdi. G‘oliblar: 🥉 Shoqulov Qudrat — 8-sinf o‘quvchisi 🥉 Tohirov Ortiqjon — 8-sinf o‘quvchisi Har ikki o‘quvchi ham Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab vakillari bo‘lib, xalqaro maydonda bronza medalni qo‘lga kiritdi. 15 davlatdan 219 nafar iqtidorli o‘quvchi qatnashgan ushbu nufuzli olimpiadada erishilgan natija Surxondaryo ta’limi uchun yana bir muhim yutuq bo‘ldi. G‘olib o‘quvchilarimizni, ularning ota-onalari va ustozlarini samimiy muborakbod etamiz. Kelgusidagi ilmiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz! 🕊Telegram   📱Facebook 📱Instagram 📺You tube 🕊Twitter       💡Veb-sayt

  • 21 мая711171из surxonvmmtb

    📖Xalqaro olimpiadadan yana bir oltin medal Toshkent Xalqaro matematika olimpiadasida yurtimiz hamda dunyoning turli davlatlaridan tashrif buyurgan iqtidorli yoshlar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 14-son umumta’lim maktabi o‘quvchisi Elshod O‘ralov olimpiadada yuksak natija ko‘rsatib, oltin medal sohibiga aylandi. Ushbu yutuq nafaqat o‘quvchining, balki uning ustozlari, ota-onasi hamda vohamiz ta’lim tizimining ulkan muvaffaqiyati sifatida e’tirof etilmoqda. Yosh matematikning kelgusidagi ilmiy faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz! 🕊Telegram   📱Facebook 📱Instagram 📺You tube 🕊Twitter       💡Veb-sayt

  • 18 мая52323из iqtidorlarligasi

    🏆 IQTIDORLAR LIGASI — Xalqaro matematika olimpiadasi 📢 Iqtidorlar maktabi tomonidan iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning matematik fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda matematika faniga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida xalqaro matematika olimpiadasi tashkil etilmoqda. 👥 Kimlar qatnashishi mumkin? Olimpiada 4–5–6–7–8-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorlanayotgan 4-sinf o‘quvchilari ham o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin. Ular 5-sinf yo‘nalishida qatnashib, tengdoshlari va yuqori sinf o‘quvchilari bilan sog‘lom raqobatda ishtirok etadi. 📌 Olimpiada 3 bosqichda o‘tkaziladi: 1️⃣ 1-bosqich — Masofaviy bosqich 📅 Sana: 31-may 🤖 Platforma: Iqtidorlar Ligasi bot 📝 Format: 20 ta yopiq test 2️⃣ 2-bosqich — Hududiy bosqich 📅 Sana: 14-iyun 📍 Manzil: viloyat markazlari 📝 Format: 15 ta yopiq test 3️⃣ 3-bosqich — Xalqaro bosqich 📅 Sana: 28-iyun 📍 Manzil: Toshkent, Melistone International School ✍️ Format: yozma ish 🏅 Yakuniy bosqich g‘oliblari medal, diplomlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. 🌐 Olimpiada tillari: o‘zbek va rus tillari 💸 Ishtirok etish narxi: mutlaqo bepul 📝 Ro‘yxatdan o‘tish: @iqtidorlar_ligasi_bot ⏳ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 30-mayga qadar 🔥 Ishtirok etish bepul! Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va bilimingizni sinab ko‘ring! @iqtidorlarligasi @iqtidorlarligasi @iqtidorlarligasi

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 12 мая661222из surxonvmmtb

    📖Xalqaro olimpiada g‘oliblari tantanali kutib olindi 43-Bolqon Matematika Olimpiadasida tarixiy natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritgan surxondaryolik o‘quvchilar — Javohir Anvarov hamda Elshod O‘ralovlar bugun Termiz temiryo‘l vokzalida tantanali ravishda kutib olindi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Tashpulatov tomonidan bilimdon yoshlar samimiy qarshi olinib, ularning xalqaro maydondagi ulkan yutug‘i alohida e’tirof etildi. Shuningdek, o‘quvchilar tahsil oladigan Termiz shahridagi 14-sonli maktabda ham tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida ustozlar, ota-onalar hamda tengdoshlari yosh matematiklarning muvaffaqiyatini katta quvonch bilan qarshi oldilar. Bilimli, izlanuvchan va Vatan sharafini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilayotgan yoshlarimiz bilan faxrlanamiz! 🕊Telegram   📱Facebook 📱Instagram 📺You tube 🕊Twitter       💡Veb-sayt