tgindex
O'RMON AGENTLIGI

O'RMON AGENTLIGI

Статистика

🌐 Oʻrmon va yashil hududlarni ko'paytirish, cho'llanishga qarshi kurashish agentligi 📬 E-mail: info@urmon.uz ☎️ Ishonch raqami: +998 (71) 207-88-77 🌐 Rasmiy veb-sayt: https://gov.uz/urmon 📍 Toshkent shahri, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 7-A

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
9
Всего постов
56
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 738
−4 за 5 дн.
Сутки
−2
−0,11%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
871
40 постов
Вовлечённость
50,1%
к подписчикам
Постов в день
1,3
всего 56
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
714
1/48двое суток
818
1/72трое суток
882

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • #EkoTalim 📚Andijon "yashil" texnikumiga kitoblar sovg‘a qilindi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov va O‘rmon agentligi direktori Erkin Muhiddinov Andijon "yashil" texnikumiga tashrif buyurdi. 👉Batafsil - https://gov.uz/oz/urmon/news/view/206389 💻Instagram 😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt

  • 14 авг.3173из Press_Secretary_Uz

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X

  • 💬Tadbirkorlar bilan videomuloqot Tadbirkorlarning ekologiya sohasidagi muammolari, taklif va murojaatlarini o‘rganish hamda ularga amaliy yechim topish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi mas'ul rahbarlari va ekspertlari ishtirokida 14-avgustdan boshlab, soat 09:00 dan 18:00 gacha videomuloqot o‘tkaziladi. https://gov.uz/oz/eco/news/view/205975 💬Видеоконференция с предпринимателями В целях изучения проблем, предложений и обращений предпринимателей в сфере экологии, а также поиска практических решений, с участием ответственных руководителей и экспертов Национального комитета по экологии и изменению климата Республики Узбекистан 14 августа с 09:00 до 18:00 будет проводиться видеоконференция. https://gov.uz/ru/eco/news/view/205975 📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin

  • #Seminar Pavlovniya plantatsiyalari - Andijonning chinakam yashil hududiga aylanmoqda Shu kuni seminar doirasida ishtirokchilar Andijon davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan Asaka tumanidagi Sharq haqiqati o‘rmon bo‘limi hududida barpo etilgan pavlovniyazor bilan ham tanishishdi. 👉Batafsil - https://gov.uz/oz/urmon/news/view/205418 💻Instagram 😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt

  • #Seminar 🌱O‘zbekistonda zamonaviy intensiv usulda ko‘chat yetishtirish tadbirlari yanada kengaytiriladi Andijon davlat o‘rmon xo‘jaligida daraxt ko‘chatlari yetishtirishdagi ilg‘or tajribalar, erishilgan natijalar va kelgusi rejalar muhokamasiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. 👉Batafsil - https://gov.uz/oz/urmon/news/view/205253 💻Instagram 😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • #live Ayni paytda Andijon davlat o‘rmon xo‘jaligi Baliqchi o‘rmon bo‘limida daraxt ko‘chatlari yetishtirishda Andijon tajribasi, erishilgan natijalar va kelgusi rejalar muhokamasiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov, O‘rmon agentligi direktori Erkin Muhiddinov, agentlik va tizim tashkilotlari mas'ullari, hududiy davlat o‘rmon xo‘jaliklari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

  • 8 авг.1 1664

    🌳Daraxtlar: Tabiiy filtr va hayot manbai. Biz har kuni ming litrlab havo yutamiz. Lekin uni haqiqatdan ham toza deb oʻylaysizmi? Keling, daraxtlarning ekologik ahamiyatiga qisqacha nazar solamiz. Kislorod fabrikasi: Fotosintez orqali daraxtlar karbonat angidridni yutib, biz nafas olayotgan toza kislorodni ishlab chiqaradi. Tabiiy filtr: Barglarning mikrotuzilishi havodagi zaharli gazlar, ozon va mayda chang zarrachalarini tortib oladi. Salomatlik qalqoni: 2014-yilgi USDA tadqiqotiga koʻra, daraxtlar bir yilda 850 dan ortiq oʻlim va 670 000 dan ziyod oʻtkir respirator hamda astma alomatlarining oldini oladi. Ular chiqaradigan fitonsidlar havodagi bakteriyalarni oʻldiradi. ⚠️ Agar daraxtlar boʻlmasachi? Organizm darhol kislorod tanqisligiga uchrab, allergik, bronxit va ogʻir oʻpka kasalliklari keskin koʻpayib ketgan boʻlardi. Atrofimizni yashillikka burkaylik, chunki har bir koʻchat bu sog‘lom va toza hayot deganidir! 💻Instagram 😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook  🌍Sayt

  • 6 авг.1 1292

    без подписи

  • 6 авг.1 1672

    без подписи

  • 6 авг.1 0982

    без подписи

  • 6 авг.1 0602

    без подписи

  • 6 авг.1 0693

    без подписи

  • без подписи

  • 6 авг.7613из Aziz_Abduhakimov

    💬Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi Videokonferensaloqa formatida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va mamlakatimizning barcha viloyatlari tadbirkorlik hamjamiyati vakillari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari bo'yicha maslahatchisi – Ekologiya va iqlim o'zgarishi milliy qo'mitasi raisi Aziz Abduhakimov ishtirokida ochiq muloqot o'tkazildi. https://gov.uz/oz/eco/news/view/202400 💬Состоялся открытый диалог с предпринимателями   В формате видеоконференцсвязи состоялся открытый диалог с представителями предпринимательского сообщества Республики Каракалпакстан, города Ташкента и всех областей страны с участием советника Президента Республики Узбекистан по вопросам экологии – председателя Национального комитета по экологии и изменению климата Азиза Абдухакимова. https://gov.uz/ru/eco/news/view/202400 Instagram | Telegram | Facebook

  • 🌳"Mening bog'im": O'zbekiston bo'ylab yangi yashil jamoat maskanlari barpo etilmoqda O'zbekistonda fuqarolar tashabbusi asosida zamonaviy yashil jamoat hududlarini yaratishga qaratilgan "Mening bog'im" umummilliy loyihasi izchil amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha davlat organlari, mahalliy hokimiyatlar, o'rmon xo'jaligi, ekologiya xizmatlari hamda aholi sa'y-harakatlarini birlashtirib, qulay shahar muhitini shakllantirish, hayot sifatini yaxshilash va aholi punktlarini iqlim o'zgarishi oqibatlariga moslashtirishga xizmat qilmoqda. 👉Batafsil - https://gov.uz/oz/urmon/news/view/202822 💻Instagram 😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt

  • 5 авг.1 0616

    #EkoTalim Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi O‘rmon agentligi direktori Erkin Muhiddinov Sirdaryo viloyati "Yashil" texnikumida bo‘lib, 2026–2027-o‘quv yili uchun olib borilayotgan qabul jarayonlari, bu yerda talabalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shu kuni Agentlik tomonidan texnikum kutubxonasiga ilmiy va badiiy kitoblar tuhfa qilindi. 💻Instagram 😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt

  • 4 авг.7599из ecogovuz

    🍀Rasmiy munosabat! Kecha, 3-avgust kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani Sangardak mahallasidagi Uzun o‘rmon xo‘jaligiga qarashli yer maydonida daraxtlarni qo'porish va ularga shikast yetkazish holatlari qayd etilgan. Ayni damda Ekologiya milliy qo'mitasi Ekopolitsiyasi, Bosh prokuratura, viloyat hokimligi hamda ekologiya hududiy bosh boshqarmasi vakillaridan iborat ishchi guruh vaziyat yuzasidan o'rganish ishlarini olib bormoqda. https://gov.uz/oz/eco/news/view/201748 🍀Официальное сообщение! Вчера, 3 августа, в махалле Сангардак Сариасийского района Сурхандарьинской области зафиксированы случаи выкорчевывания и повреждения деревьев на земельном участке Узунского лесного хозяйства. В настоящее время рабочая группа в составе представителей Экополиции Национального комитета по экологии и изменению климата, Генеральной прокуратуры, областной администрации и областного главного управления экологии изучает ситуацию. https://gov.uz/ru/eco/news/view/201748 📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin