QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
СтатистикаO‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry 📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy ☎️ Ishonch telefoni: 1243
- Последний пост
- 18:03
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 285
- Всего постов
- 348
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 930
- 1/48двое суток
- 1 065
- 1/72трое суток
- 1 149
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Jizzaxda Xitoy seleksiyasiga mansub MG-02 navining sifatli urug‘liklari yetishtirilmoqda ☁️ Mahalliy sharoitda navning biologik va xo‘jalik xususiyatlarini namoyon etishi, hosildorligi hamda urug‘lik sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 🌱 MG-02 navi ko'sak qurti va glifosatli eritma bilan ishlov berilganda ham chidamli ekanligi, serhosilligi bilan alohida ajralib turadi. Xitoy g‘o‘za navlarinining urug'larini mahalliy sharoitda tayyorlash va ularga mos agrotexnologiyalarni O‘zbekiston sharoitida joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. 🔺"Jizzax Best seeds" MCHJga qarashli elita urug'chilik xo'jaligi dala maydonida yetishtirilayotgan MG-02 navining sifatli urug‘liklari kelgusida yuqori hosildor, sifatli va raqobatbardosh paxta yetishtirish uchun muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Qorao‘zak qovunlari — xorij bozorlarda munosib o‘rin egallamoqda 🇺🇿 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanida yetishtirilgan qovunlar Qozog‘istonning Aqtau shahridagi bozorlar sari yo‘l olmoqda. Mahalliy fermerlar yetishtirgan mazali va sifatli mahsulotlar xorijiy iste’molchilar orasida ham talabgir bo‘lib bormoqda. 🍈 “Nurjan Bessarı” fermer xo‘jaligi eksportyor “Tumaris Bessari” MChJ bilan hamkorlikda haftasiga o‘rtacha 23–46 tonna qovunni Qozog‘iston bozorlariga yetkazib bermoqda. Bu esa hudud agrar mahsulotlarining eksport hajmi izchil ortib borayotganini ko‘rsatadi. 🍉 Fermer xo‘jaligi tasarrufidagi 65 gektar yer maydonida qovun va tarvuz bilan birga eksportbop oshqovoq hamda kartoshka yetishtiriladi. Bu esa xo‘jalikning mahsulot turlarini kengaytirib, bozor talabiga moslashuvchanligini oshirmoqda. ✅Mutaxassislar fikricha, eksport geografiyasining kengayishi nafaqat fermerlar daromadini oshiradi, balki mavsumiy bandlikni ta’minlash va Qorao‘zak tumanining eksport salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. ➕Qorao‘zak qovunlari — endi Aqtau bozorlarida ham o‘z xaridorini topmoqda. ___________________________________ Qaraózak qawınları — sırt el bazarlarında layıqlı orın iyelep atır 🇺🇿 Qaraqalpaqstan Respublikası Qaraózak rayonında jetistirilgen qawınlar Qazaqstannıń Aqtaw qalasındaǵı bazarlarǵa jönelip atır. Jergilikli fermerler jetistirgen dámlı hám sapalı ónimler shet el tutınıwshıları arasında da surańısqa iye bolıp barmaqta. 🍈 “Nurjan Bessarı” fermer xojalıǵı eksportyor “Tumaris Bessari” JShS menen birge haftasına orta esapta 23–46 tonna qawındı Qazaqstan bazarlarına jetkerip bermekte. Bul aymaq agrar ónimler eksport kóleminiń turaqlı ósiwinen derek beredi. 🍉 Fermer xojalıǵı ixtiyarındaǵı 65 gektar jer maydanında qawın hám tarbuz benen birge eksportqa layıq asqabaq hám kartoshka jetistiriledi. Bul xojalıqtıń ónim túrlerin keńeytip, bazar talabına iykemlesiw qábiletin arttırmaqta. ✅Mamandar pikirinshe, eksport geografiyasınıń keńeyiwi fermerler kirisin arttırıp ǵana qoymay, mawsımlıq jumıssızlıqtı qamtamasız etiw hám Qaraózak rayonınıń eksport potensialın kóteriwge xızmet etedi. ➕Qaraózak qawınları endi Aqtaw bazarlarında da óz alıwshısın tabıp atır. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi agrar hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda 🇺🇿🇯🇵Bugun qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) missiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda qishloq xo‘jaligi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish hamda istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash masalalari muhokama qilindi. ℹ️Uchrashuv davomida Yaponiya Hukumatining imtiyozli kreditlari (ODA Loan) hisobidan yangi loyihalarni jalb etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlash borasida fikr almashdilar. 🗣Aytish kerak, bugungi kunda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish va mahsulotlar raqobatbardoshligini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada Yaponiyaning ilg‘or tajribasi muhim ahamiyat kasb etadi. ✅Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash va istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Bog‘dorchilikda yangi davr: 172 ming gektar sanoatlashgan bog‘lar barpo etiladi! ✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyul kuni “Sanoat usulidagi intensiv mevali bog‘lar barpo etish va eskirgan bog‘larni yangilashni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-108-son Farmoni qabul qilindi 📄Farmonning asosiy maqsadi nima? 🌳2026–2028-yillarda respublika bo‘ylab 172 ming gektar maydonda zamonaviy sanoatlashgan intensiv bog‘lar tashkil etish belgilandi. Bunda iqtisodiy jihatdan samarasiz va kam hosilli eski bog‘lar to‘liq yangilanadi. ℹ️Tadbirkorlar uchun qanday imkoniyatlar yaratilmoqda? ✅Bepul hujjatlashtirish: 5 gektar va undan ortiq maydonda bog‘ yaratish uchun texnik-iqtisodiy asoslar Agentlik tomonidan 15 kun ichida beg‘araz (bepul) ishlab chiqib beriladi ✅Moliyaviy madad: Har bir gektar uchun 120 million so‘mgacha imtiyozli kredit (yillik 14%, 7-yil muddatga, 3-yillik imtiyozli davr bilan) ajratiladi. 🗣O‘z vaqtida to‘langan kredit foizlarining 5 foizlik punkti davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi. ☘️Bog‘larni parvarishlash uchun dastlabki 3-yil davomida har yili har bir gektarga 5 million so‘mdan subsidiya beriladi. ✅Soliq imtiyozlari: Suv tejovchi texnologiya o‘rnatilgan bog‘larda quduq suvi uchun soliq stavkasi 5-yil davomida atigi 1 so‘m etib belgilandi. Yangi bog‘lar uchun yer solig‘i stavkasi 5-yil muddatga 50 foizga kamaytiriladi. ✅Mas’uliyat va monitoring: Bog‘ yaratish ishlari kosmik monitoring va aerofotosuratlar yordamida nazorat qilib boriladi. Agar eskirgan bog‘ o‘rnida 12 oy ichida yangi bog‘ barpo etilmasa, yer va suv soliqlari 3 baravarga oshiriladi, 24 oydan keyin esa suv olish taqiqlanadi. ✅Innovatsion yondashuv: Endilikda sun’iy intellekt yordamida hosildorlikni prognoz qilish va kasalliklarni erta aniqlash imkonini beruvchi “Aqlli bog‘” texnologiyalari joriy etiladi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
“Etefon” bilan paxta hosildorligini oshirish: amaliy tajriba natijalari ☁️ Paxtachilikda defoliatsiya va preparatlarning me’yorini to‘g‘ri tanlash hosil salmog‘iga qanday ta’sir qiladi? Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi AKIS mutaxassisi tomonidan o‘tkazilgan ushbu amaliy tajribada “Etefon” preparatining turli me’yorlardagi (1.0 litr, 1.5 litr va 2.0 litr) samaradorligi nazorat (sepilmagan) varianti bilan taqqoslab ko‘rsatildi. 🗣“Etefon” preparatini me’yorida qo‘llash ko‘saklardagi paxtaning to‘liq pishib yetilishi va vazn olishiga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, bu esa gektaridan olinadigan umumiy hosildorlikni sezilarli darajada oshirish imkonini beradi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Davlatimiz rahbari "Tillo domor" korxonasining mahsulotlari bilan tanishdi. — Глава нашего государства ознакомился с продукцией предприятия «Тилло домор». Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
“Mustaqillik kubogi”: sport, raqobat va hamjihatlik bir maydonda 🌱 Qishloq xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlari xodimlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Mustaqillik kubogi” sport musobaqalarining voleybol turi bo‘yicha qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 🏆Unda 21 ta jamoa ishtirok etib, guruhlar tarkibi hamda o‘yinlar jadvali aniq belgilab olindi. 🏐Musobaqalar 17–27-avgust kunlari voleybol, shaxmat va stol tennisi sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladi. 💬Sport maydonlarida esa nafaqat raqobat, balki hamjihatlik, iroda va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq ham sinovdan o‘tadi. Har bir uchrashuv — yangi tarix, har bir ochko esa jamoa ruhining aks-sadosidir. “Mustaqillik kubogi” — sport, do‘stlik va jamoaviylikni birlashtirgan, g‘alaba ruhi bilan yashaydigan musobaqa! 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
без подписи
без подписи