tgindex
O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI

O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI

Статистика

Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi agentligi rasmiy kanali +99871 2028484 www.karantin.uz FB: https://www.facebook.com/uzdavkarantin.rasmiy/?ref=pages_you_manage Instagram: https://www.instagram.com/uzdavkarantin/

Последний пост
6 июн.
Последнее чтение
17 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
259
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
4 439
−3 за 6 дн.
Сутки
−4
−0,09%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 816
40 постов
Вовлечённость
40,9%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 259
Упоминаний
13
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI pinned a photo

  • 6 июн.3 49425из food_safety_uzb

    🟦🟦🟦 O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasining rasmiy Telegram-kanaliga xush kelibsiz! 🌐 Ushbu kanal orqali oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida amalga oshirilayotgan davlat siyosati va islohotlar, sanitariya, veterinariya va fitosanitariya chora-tadbirlari, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi ustidan nazorat, xalqaro hamkorlik, shuningdek, sohadagi muhim voqea va yangiliklar haqida tezkor ma’lumot berib boriladi. ✅ Qo‘mitaning rasmiy kanalida tekshirilgan xabarlar, mutaxassislar sharhlari, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar uchun tavsiyalar, tahliliy materiallar, qonunchilikdagi yangiliklar hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijalari bo‘yicha muntazam axborot berib boriladi. ✅ Asosiy maqsadimiz — Qo‘mita faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, aholining xabardorligini oshirish hamda xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish madaniyatini shakllantirishga hissa qo‘shishdir. 🖥 Yangiliklarni rasmiy manbalarda kuzatib boring! 🌐Telegram 📷 Instagram 📺Youtube ✖️Twitter

  • 6 июн.2 8028

    🇺🇸 “Siz sudga chaqirildingiz” — navbatdagi firibgarlik tuzog‘i ⚠️ Telegram foydalanuvchilari yana yangi firibgarlik sxemasiga duch kelmoqda. Kiberjinoyatchilar messenjer orqali fuqarolarga go‘yoki sudga chaqirilgani haqida xabar yuborib, unga APK fayl yoki shubhali havolani ilova qilmoqda. ⚡️ Aslida esa bunday xabarlarning maqsadi — qurilmangizga zararli dastur o‘rnatish, shaxsiy ma’lumotlaringizni qo‘lga kiritish yoki bank kartalaringizga noqonuniy kirish imkoniyatini yaratishdir. ❗️Unutmang: ➡️ Sud organlari rasmiy hujjatlarni tasodifiy Telegram akkauntlari orqali yubormaydi; ➡️ Noma’lum manbalardan kelgan APK fayllarni yuklab olmang; ➡️ Shubhali havolalarga kirmang; ➡️ Har qanday xabarni faqat rasmiy manbalar orqali tekshiring. 🥷 Firibgarlar usullari o‘zgarishi mumkin, ammo ularning maqsadi bitta – sizning ishonchingizdan foydalanish. Hushyor bo‘ling va yaqinlaringizni ham ogohlantiring! 🔰 gov.uz/oz/karantin  🕊 Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺 Youtube ✖️Twitter

  • 6 июн.2 1657

    🖥🖥-Fargʻona bogʻlaridan dunyo dasturxonlariga 🔰 gov.uz/oz/karantin  🕊 Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺 Youtube ✖️Twitter

  • 5 июн.2 2049

    🦗 #chigirtka_nazoratda: hududlarda kimyoviy ishlovlar davom etmoqda 5-iyun holatiga ko‘ra: 🔎 658 ming 959 gektarda monitoring olib borildi 🚜 490 ming 406 gektarda kimyoviy ishlov amalga oshirildi. ❕ Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati hozirgi kunda 24/7 rejimida faoliyat olib bormoqda. 🤳 Murojaatlar 1288 yoki 712021000 telefon raqamlari orqali kun-u tun qabul qilinmoqda. Kimyoviy ishlovlar olib borilishi va xizmatlar bepul. ‼️ Kunlik ma’lumotlar #chigirtka, #chigirtka_nazoratda, #chigirtkaga_qarshi_kurash xeshteglari orqali taqdim etib kelinmoqda. 🔰 gov.uz/oz/karantin  🕊 Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺 Youtube ✖️Twitter

  • 5 июн.1 7773

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda. Davlatimiz rahbari Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga mazkur forumga taklif etgani va samimiy mehmondoʻstlik uchun minnatdorlik bildirdi. Tanzaniya Prezidenti Samiya Suluhu Hasanni, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi oʻrinbosari Xan Chjenni qutladi. “Oʻzining oʻttiz yillik faoliyati davomida jahon miqyosidagi eng muhim masalalar yuzasidan fikr almashish boʻyicha nufuzli va zarur muloqot maydonlaridan biriga aylangan Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etish men uchun katta sharafdir. Oʻzbekiston bilan tarix, maʼnaviy yaqinlik va insoniy taqdirlar orqali bogʻlangan Rossiyaning madaniy poytaxti – Sankt-Peterburg shahrida bugun yana bir bor boʻlib turganimdan gʻoyat xursandman. Urushning ogʻir yillarida koʻplab oʻzbekistonliklar Leningrad mudofaasida qatnashgan, Toshkent esa bir yarim million nafardan ortiq evakuatsiya qilingan bolalar, ayollar va keksalarga boshpana bergan edi. Bu haqdagi xotira umumiy maʼnaviy makonimizning bir qismi boʻlib qolmoqda”, – dedi Prezidentimiz.

  • 5 июн.2 06710

    🇺🇿 🇵🇭 O‘zbekiston gilosi uchun Filippin bozori ochildi 🍒 Filippin Qishloq xo‘jaligi departamenti huzuridagi O‘simlik sanoati byurosi (BPI) bilan olib borilgan tizimli muzokaralar va fitosanitariya yo‘nalishidagi hamkorlik natijasida O‘zbekistondan yangi uzilgan shirin gilos mahsulotini Filippinga eksport qilish uchun ruxsat olindi. 🖋 Filippin tomonining belgilangan talablari asosida eksport qilinadigan gilos mahsulotlari O‘zbekiston tomonidan rasmiylashtiriladigan fitosanitariya sertifikati bilan birga jo‘natilishi lozim. 🟦 Sertifikatda mahsulotlar xalqaro standartlar asosida tekshirilgani hamda Filippin tomonidan tartibga solinadigan qator zararkunanda va kasalliklardan xoli ekanligi tasdiqlanishi talab etiladi. 🤩Xususan, eksportga mo‘ljallangan giloslar Cydia pomonella, Grapholita molesta, Harmonia axyridis, Lobesia botrana, Mercetaspis halli, Pseudomonas syringae pv. syringae Clasterosporium carpophilum kabi zararkunanda va kasalliklardan xoli bo‘lgan bog‘larda yetishtirilgan bo‘lishi kerak. 🔍Shuningdek, qadoqlashdan oldin mahsulotlar davlat fitosanitariya inspektorlari tomonidan ko‘zdan kechirilib, Anarsia lineatella, Diaspidiotus ostreaeformis, Diaspidiotus perniciosus, Grapholita funebrana, Leucoptera malifoliella, Myzus cerasi, Rhagoletis cerasi, Coccomyces hiemalis, Podosphaera clandestina va Podosphaera tridactyla kabi zararkunanda hamda kasalliklardan xoli ekanligi tasdiqlanishi lozim. ◽️ Bundan tashqari, eksport qilinadigan mahsulotlar sovutkichli konteynerlar yoki boshqa harorat nazorati ostidagi transport vositalarida tashilishi, yuk jo‘natilayotgan joyda muhrlanishi hamda Filippinning Sanitariya va fitosanitariya import ruxsatnomasi (SPSIC) raqami fitosanitariya sertifikatida ko‘rsatilishi talab etiladi. ✔️ Aholisi 115 milliondan ortiq bo‘lgan Filippin Respublikasi Janubi-Sharqiy Osiyoning yirik iste’mol bozorlaridan biri sanaladi. Ushbu bozorning ochilishi O‘zbekistonning eksport salohiyatini oshirish, mahalliy bog‘dorchilik mahsulotlarining xalqaro bozorlardagi o‘rnini mustahkamlash va eksport hajmlarini oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. 📈 Mahalliy mahsulotlar uchun yangi eksport bozorlarini ochish, xalqaro fitosanitariya talablarini uyg‘unlashtirish hamda eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda. 🔰 gov.uz/oz/karantin  🕊 Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺 Youtube ✖️Twitter

  • 5 июн.1 7064

    без подписи

  • 5 июн.1 7424

    без подписи

  • 5 июн.1 5874

    без подписи

  • 5 июн.1 5504

    без подписи

  • 5 июн.1 4944

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin mamlakatimizda integratsiyalashgan atom elektr stansiyasining birinchi energiya blokini qurish ishlariga start berdilar. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Российской Федерации Владимир Путин дали старт началу строительства первого энергоблока интегрированной атомной электростанции в нашей стране. #Mirziyoyev #marosim #AES #start 🔰 gov.uz/oz/karantin  🕊 Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺 Youtube ✖️Twitter

  • 5 июн.1 57912

    без подписи

  • 5 июн.2 40012

    без подписи

  • 5 июн.2 29212

    без подписи

  • 5 июн.1 39612

    без подписи

  • 5 июн.1 26312

    🟦 Senatorlar tomonidan Namangan viloyatida oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganilmoqda 🇺🇿🇺🇿🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sayyora Abdikarimova boshchiligidagi ishchi guruh Namangan viloyatning Yangiqo‘rg‘on va Uychi tumanlarida qishloq xo‘jaligi hamda o‘simliklar karantini va himoyasi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. 🤩 O‘rganishlar doirasida Yangiqo‘rg‘on tumani “Sura General Investments” MCHJ korxonasida yetishtirilayotgan hamda saqlanayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining holati ko‘zdan kechirildi. 🌳 Korxonaga tegishli 260 gektar maydonda gilos, o‘rik, shaftoli, olxo‘ri hamda olma bog‘lari parvarish qilinmoqda. ◽️ Tashrif davomida ayniqsa eksportga yo‘naltirilayotgan mahsulotlarni yig‘ish, saralash va tashqi bozorlarga yetkazib berish jarayonlariga alohida e’tibor qaratildi. 💬 O‘rganish jarayonida eksportyorlar uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek, mahsulotlarni eksport qilish jarayonida yuzaga keladigan masalalarni tezkor hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. 🏘 Korxonaga tegishli 1 000 tonna mahsulot saqlash quvvatiga ega zamonaviy sovutish omborxonasi orqali mahsulotlar Saudiya Arabistoni, BAA hamda MDH davlatlariga eksport qilinadi. 🦗🦗 Shuningdek, ishchi guruh Uychi tumanidagi “Uychi Bioservis” MCHJ biolaboratoriyasida bo‘lib, o‘simliklar karantini va himoyasi tizimi samaradorligini oshirish borasidagi ishlarni o‘rgandi. 📊 Biolaboratoriyaning yillik quvvati 19 million dona oltinko‘z, 23 kilogramm trixogramma va 7 million dona brakon entomofaglarini ko‘paytirishga ega. ✅ Ta’kidlanganidek, biologik himoya vositalaridan samarali foydalanish kimyoviy preparatlar sarfini kamaytirish, ekologik muvozanatni saqlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini oshirish va mo‘l hosil yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 🔰 gov.uz/oz/karantin  🕊 Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺 Youtube ✖️Twitter

  • 4 июн.1 2774

    🦗 #chigirtka_nazoratda: monitoring olib borilgan maydon 650 ming gektardan oshdi 4-iyun holatiga ko‘ra: 🔎 651 ming 432 gektarda monitoring olib borildi 🚜 484 ming 277 gektarda kimyoviy ishlov amalga oshirildi. ❕ Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati hozirgi kunda 24/7 rejimida faoliyat olib bormoqda. 🤳 Murojaatlar 1288 yoki 712021000 telefon raqamlari orqali kun-u tun qabul qilinmoqda. Kimyoviy ishlovlar olib borilishi va xizmatlar bepul. ‼️ Kunlik ma’lumotlar #chigirtka, #chigirtka_nazoratda, #chigirtkaga_qarshi_kurash xeshteglari orqali taqdim etib kelinmoqda. 🔰 gov.uz/oz/karantin  🕊 Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺 Youtube ✖️Twitter

  • 4 июн.1 2532

    без подписи

  • 4 июн.1 2582

    без подписи