Yosh fermerlar
СтатистикаO‘zbekiston yosh fermerlari Kengashining Telegramdagi rasmiy sahifasi Web: http://yoshfermer.uz Facebook: https://www.facebook.com/yoshfermer Instagram: https://www.instagram.com/yosh_fermerlar?igsh=MWh6a2hzY2 Youtube: https://youtube.com/@yoshfermer5215
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 15
- Всего постов
- 154
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 376
- 1/48двое суток
- 430
- 1/72трое суток
- 464
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
“MEN CHEMPIONATDA QATNASHYAPMAN, SIZ-CHI?” – O‘zbekiston sharoitida Gollandiyaning 20 dan ortiq atirgul navlarini ekib, yetishtirib kelmoqdamiz. 🎙Akbarjon Abduxakimov “Yosh fermerlar chempionati” Toshkent viloyati ishtirokchisi 🟢 Chempionatda ishtirok etish uchun hoziroq yoshfermer.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘ting. 🌐 Bizni kuzatib boring: @yoshfermer
🍑“Bankrot” bogʻdan 10 000$ daromad! Batafsil videoda tomosha qiling! Videoni bogʻbon doʻstlaringizga yuborib qoʻying! 🌐 Bizni kuzatib boring: @yoshfermer
👩🏻🌾“YILNING YOSH AYOL FERMERI” NOMINATSIYASIGA MARHAMAT! Qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan, o‘z mehnati va tashabbuslari bilan yuqori natijalarga erishayotgan yosh ayol-qizlar, bu chempionat — Siz uchun! Ushbu nominatsiyada: ➡️Qishloq xo'jaligida faol va tashabbuskor yosh ayol-qizlar aniqlanadi; ➡️Ayollarning agrar sohadagi liderligi va tadbirkorligi qo‘llab-quvvatlanadi; ➡️qishloq joylarda xotin-qizlarning bandligi va iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qilayotgan ilg‘or tajribalar targ‘ib qilinadi. 📄Nominatsiya nizomi bilan tanishish uchun bosing. 🟢yoshfermer.uz sayti orqali hoziroq ro‘yxatdan o‘ting. Arizalar 31-avgustgacha qabul qilinadi! 🌐 Bizni kuzatib boring: @yoshfermer
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
⚡️MKBANK va Agrobank chorvachilik loyihalari uchun 10 yilgacha muddatga 20 mlrd so‘mgacha 10 foizli kredit ajratishni boshladi Chorvachilik sohasida yangi loyiha boshlash yoki mavjud biznesni kengaytirishni rejalashtirayotgan tadbirkorlar uchun MKBANK va Agrobankda imtiyozli kredit imkoniyatlari mavjud. Har ikki bankda ham moliyalashtirish miqdori loyiha yo‘nalishiga qarab 20 mlrd so‘mgacha yetadi. 🏦 MKBANKning “Chorva” kredit moduli orqali chorvachilik majmualarini tashkil etish va nasldor qoramol xarid qilish uchun 5 mlrd so‘mgacha, naslli buqalar urug‘ini yetishtirish korxonalarini tashkil etish uchun esa 20 mlrd so‘mgacha kredit ajratiladi. 🟣Kredit yillik 10 foiz stavkada, 10 yilgacha muddatga beriladi va 48 oygacha imtiyozli davr taqdim etiladi. ➡️MKBANK krediti haqida batafsil ma’lumot 🏦 Agrobankning chorvachilik loyihalari uchun krediti doirasida chorvachilik majmualarini tashkil etish hamda nasldor yirik va mayda shoxli qoramollarni sotib olish uchun 5 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi. Naslli buqalar urug‘ini yetishtiruvchi tadbirkorlik sub’yektlariga qurilish, asbob-uskunalar va naslli qoramollar xaridi uchun esa 20 mlrd so‘mgacha kredit olish imkoniyati mavjud. 🟣Kredit yillik 10 foiz stavkada, 120 oygacha muddatga va 48 oygacha imtiyozli davr bilan ajratiladi. To‘lovlarni annuitet yoki differensial grafik asosida amalga oshirish mumkin. Kredit yuridik shaxs maqomiga ega tadbirkorlik sub’yektlari uchun mo‘ljallangan. ➡️Agrobank krediti haqida batafsil ma’lumot 🌐 Bizni kuzatib boring: @yoshfermer
без подписи
🐐Iqlimga mos ham go‘sht, ham sut beradigan echki zotini bilasizmi? Bu — Alp qo‘ng‘ir zotli echkilari. Ular Shveytsariyaning tog‘li hududlarida shakllangan bo‘lib, juda chidamli va og‘ir iqlim sharoitiga yaxshi moslashadi. Alp qo‘ng‘ir echkilari — chidamliligi, go‘shtdorligi va sut mahsuldorligi bilan ajralib turadi! 📏 Takalarining balandligi o‘rtacha 86 sm, tirik vazni 100 kg gacha, urg‘ochilarining vazni esa 70 kg atrofida bo‘ladi. 🥛 Sut mahsuldorligi birinchi tug‘ishda o‘rtacha 324 litr, keyingi laktatsiyalarda esa 507 litrgacha yetadi. 🐐 Uloqlari tug‘ilganda o‘rtacha 3,5 kg, 60 kunligida esa 12,5 kg gacha yetishi mumkin. 🌱O‘zbekiston yosh fermerlar kengashi hamkorligida tayyorlandi. 🌐 Bizni kuzatib boring: @yoshfermer
❓SAVOL: “Yosh fermerlar chempionati”da nomzod 1 dan ortiq nominatsiyalarda ishtirok eta oladimi? ✅ JAVOB: Ha, agar ishtirokchining faoliyati bir nechta nominatsiya talablariga mos kelsa, u 3 tagacha yo‘nalish bo‘yicha ariza topshirishi mumkin. ⏳Ro‘yxatdan o‘tish yakunlanishiga 19 kun qoldi! 📲Hoziroq yoshfermer.uz orqali ariza yuboring. Siz albatta chempion bo‘lasiz. Biz sizga ishonamiz! #YoshFermerlarChempionati 🌐 Bizni kuzatib boring: @yoshfermer
🍎 “YILNING AGRO BRENDI” NOMINATSIYASIDA KIMLAR ISHTIROK ETISHI MUMKIN? Ushbu nominatsiyada: 🔘qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini muvaffaqiyatli brendga aylantirgan; 🔘mahsulotining bozordagi tanilishi va raqobatbardoshligini oshirgan; 🔘qo‘shilgan qiymat yaratgan; 🔘milliy agro brendlarni ichki va tashqi bozorlarda ommalashtirishga hissa qo‘shayotgan yoshlar ishtirok etishi mumkin. 📄Nominatsiya nizomi bilan tanishing. ➡️Hoziroq yoshfermer.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘ting! 🌐 Bizni kuzatib boring: @yoshfermer
🔵YOSH FERMERLAR, SHOSHILING! ⏳“Yosh fermerlar chempionati”ga ro‘yxatdan o‘tish yakunlanishiga atigi 20 KUN qoldi! 📲 Hoziroq yoshfermer.uz orqali ro‘yxatdan o‘ting! Arizalar 31-avgustgacha qabul qilinadi. 🥇20 kunni kutib o‘tirmang — hoziroq g‘oliblik sari ilk qadamni tashlang! #YoshFermerlarChempionati #AgroKelajak 🌐 Bizni kuzatib boring: @yoshfermer
🚀YOSH FERMERLAR, BU CHEMPIONLIK — SIZ UCHUN! 🧑🏻🌾Siz ekasiz 🌱Siz yetishtirasiz 📈Siz natija yaratasiz Respublikamizda ilk bor “Yosh fermerlar chempionati” boshlandi! Endi natijangizni butun O‘zbekistonga ko‘rsating! 🔘12 ta nominatsiya 💰50 mln so‘mgacha pul mukofoti Chempion bo‘lish uchun faqat bir qadam qoldi — ISHTIROK ETISH! 📲yoshfermer.uz orqali ro'yxatdan o'ting ⏳Arizalar 31-avgustgacha qabul qilinadi. Siz ham g'oliblar safida bo‘ling! 🌐 Bizni kuzatib boring: @yoshfermer
🐄 Bitta sigir yiliga 10 ming litrdan ortiq sut berishi mumkin Ana shunday rekordchi zotlardan biri — Golshtin qoramolidir. Dunyoda eng ko‘p sut beradigan qoramol zotlaridan biri — Golshtin hisoblanadi. Bu zot Niderlandiyada shakllanib, keyinchalik AQSh va Kanadada yuqori mahsuldorlik yo‘nalishida takomillashtirilgan. Yaxshi parvarish va to‘g‘ri oziqlantirish sharoitida bitta Golshtin sigiri bir laktatsiya davrida o‘rtacha 8–12 ming litr, ayrim yuqori mahsuldor podalarda esa 15 ming litrdan ortiq sut berishi mumkin. Sutining yog‘lilik darajasi odatda 3,5–3,8 foiz, oqsil miqdori esa 3,0–3,3 foiz atrofida bo‘ladi. Voyaga yetgan sigirlar 600–700 kg, buqalari esa 900–1200 kg vaznga yetadi. 🟢O‘zbekiston yosh fermerlar kengashi hamkorligida tayyorlandi. 🌐 Bizni kuzatib boring: @yoshfermer
❓“YILNING YOSH DEHQONI” NOMINATSIYASI KIMLAR UCHUN? “Yilning yosh dehqoni” nominatsiyasi — qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda yuqori natijalarga erishayotgan, yerdan samarali foydalanayotgan va zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga joriy etayotgan yoshlar uchun. Nominatsiyada: 🔴yuqori hosildorlik va samaradorlikka erishayotgan; 🔴 yerdan unumli foydalanayotgan; 🔴 ilg‘or agrotexnologiyalarni qo‘llayotgan; 🔴 dehqonchilik sohasida ilg‘or tajribaga ega yoshlar ishtirok etishi mumkin. 📄Nominatsiya nizomi bilan tanishing. ➡️Hoziroq yoshfermer.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘ting! 🌐 Bizni kuzatib boring: @yoshfermer
❓3-SAVOL: "Arizalar bo'limida telefon kodi qayerga keladi?" JAVOB: Nomzod o'zi ishlatayotgan telefon raqamini kiritadi va "kodni yuborish" tugmasini bosadi. Keyin telegram bo'limiga o'tib unga kelgan maxsus kodni yozadi. ➡️"Yosh fermerlar chempionati" bo'yicha savollaringiz bo'lsa @Yoshfermer_uz orqali yozib qoldiring, tez orada biz siz bilan bog‘lanamiz! 🌐 Bizni kuzatib boring: @yoshfermer
❓2-SAVOL: Ariza bo'limidagi "Rasmiy faoliyat hujjati" so'roviga qanday hujjat joylanadi? JAVOB: Bu qismga qishloq xo'jaligi sohasida rasmiy faoliyat yuritayotganligingizni tasdiqlovchi hujjatni yuklashingiz kerak bo‘ladi. Misol uchun: Fermer xo‘jaligi, dehqon xo‘jaligi, MChJ yoki shu kabi tashkiliy-huquqiy faoliyat shakllari orqali qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjat yoki guvohnoma yuklanadi. 💻Agar siz rasmiy faoliyat yuritmasangiz, lekin uy sharoitida qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullansangiz — "Soliq" mobil ilovasi yoki my.gov.uz portali orqali “O'zini o'zi band qilish” bo'limidan ro‘yxatdan o‘tib, ma'lumotnomani yuklashingiz kerak bo‘ladi. 🌐 Bizni kuzatib boring: @yoshfermer
❓“CHEMPIONAT NIZOMI BILAN QANDAY TANISHAMIZ?” Javob: Buning uchun siz yoshfermer.uz saytiga kirasiz va chempionat sahifasi paydo boʻladi. Sahifa oynasida “Nominatsiyalar bilan tanishib chiqing” boʻlimi bor, boʻlimga kirib, oʻzingizga toʻgʻri keladigan nominatsiyalardan birini tanlashingiz va nizom bilan tanishib chiqishingiz mumkin! 💬Sizning ham savollaringiz boʻlsa izohlarda yozib qoldiring! 🌐 Bizni kuzatib boring: @yoshfermer
⚡️ Yoshlarning ekologik loyihalariga 1 milliard 140 million so‘m grant ajratildi Toshkent shahrida “Yashil innovatsiyalar” tanlovining respublika bosqichi doirasida yoshlarning ekologik loyihalari taqdim etildi. ✔️Final bosqichiga yo‘l olgan 87 ta loyiha orasidan 24 ta ekologik loyiha jami 1 milliard 140 million so‘m grant bilan qo‘llab-quvvatlandi. 🌐 Bizni kuzatib boring: @yoshfermer