tgindex
Fermerlar Maktabi

Fermerlar Maktabi

Статистика

🌱Fermerlikni o‘rgatadigan innovatsion maktab 🇺🇿O‘zbekistonning 5 ta viloyatida: ▪️Toshkent ▪️Аndijon ▪️Nukus ▪️Samarqand ▪️Termiz Telegram-bot: https://t.me/fermerlar_maktabi_bot 📞+998771247999 📞+998771257999 🌐Bizning saytimiz: https://fermermak

Последний пост
12 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
4
Всего постов
29
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
2 416
−587 за 4 дн.
Сутки
−980
−28,86%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
358
29 постов
Вовлечённость
14,8%
к подписчикам
Постов в день
0,6
всего 29
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
282
1/48двое суток
323
1/72трое суток
348

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 🥬Mangold — fermer uchun serhosil va daromadli ekin! 🟢Har qarich yerdan unumli foydalanishni istagan fermerlar uchun mangold istiqbolli ekinlardan biridir. U salqin ob-havoda ham yaxshi rivojlanadi, parvarishi oddiy va mavsum davomida bir necha marta hosil beradi. 🌱Mangoldning afzalliklari: 🔎 50–60 kunda hosilga kiradi. 🔎 Barglari uzib olingandan so‘ng yana o‘sishda davom etadi. 🔎 Salqin haroratda ham yaxshi rivojlanadi. 🔎 Bozor talabi yuqori bo‘lgan vitaminlarga boy ko‘kat hisoblanadi. 🔎 Ochiq maydon va tomorqalarda muvaffaqiyatli yetishtiriladi. 📌 Yetishtirish bo‘yicha qisqacha tavsiyalar: • Tuproq pH — 6,0–7,0 • Ekish chuqurligi — 1,2–2 sm • Qator oralig‘i — 30–45 sm • O‘simlik oralig‘i — 20 sm • Eng maqbul harorat — +15...+18°C 💡Eslab qoling! Mangold barglarini vaqtida yig‘ib turish yangi barglarning tezroq hosil bo‘lishini ta'minlaydi. Bu esa bir ekindan uzoq muddat davomida hosil olish imkonini beradi. 💬 Telegram | 📷 Instagram | 📱Facebook

  • "Fermerlar maktabi"da onlayn ta'lim oling! 🧑🏻‍🌾 "Fermerlar maktabi" va "Suvchilar maktabi" tomorqasidan daromad olishni yoki daromadini ko'paytirishni istayotgan yoshlarga edu.fermermaktab.uz platformasini taqdim etadi! Qishloq xo‘jaligi bo'yicha bilimlaringizni onlayn oshirish hamda tadbirkorlik ko‘nikmalaringizni rivojlantirish orqali tomorqangizdan daromad olishni boshlang. O'quv dastur tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, kurs yakunidagi test sinovidan muvaffaqiyatli o'tgan tinglovchilar maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi. 💻 Saytda bugunoq ro'yxatdan o'ting va agrar sohadagi istalgan yo'nalish bo'yicha bilimlaringizni oshiring.

  • 🍎Fuji olmasi - dunyodagi eng ommabop va shirin olma navlaridan biri 🇯🇵Fuji olma navi 1930-yillarning oxirida Yaponiyada "Red Delicious" va "Ralls Janet" navlarini chatishtirish orqali yaratilgan. U mashhur Fuji tog‘i sharafiga nomlangan bo‘lib, bugungi kunda dunyoning eng ko‘p yetishtiriladigan va eksport qilinadigan olma navlaridan biri hisoblanadi. 🔹 Tabiiy shirinligi yuqori (Brix ko‘rsatkichi 15–18% gacha). Juda sersuv, zich va qarsildoq eti bilan ajralib turadi. Mevasi sarg‘ish-yashil fonda och qizil yoki pushti rangli chiziqlarga ega bo‘lib, yirik va yumaloq shaklda bo‘ladi. 📦 Fuji navining afzalliklari: ✅ Uzoq muddat sifatini saqlaydi. ✅ Maxsus sovutkich omborlarida 1 yilgacha yangi holatda saqlanishi mumkin. ✅ Qattiq eti tufayli uzoq masofalarga tashish va eksport uchun juda qulay. 🌱Kechpishar nav bo‘lib, hosili odatda oktabr oyining o‘rtalari yoki oxirlarida yig‘ib olinadi. Quyosh nuri va issiq iqlimni yaxshi ko‘radi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda intensiv bog‘larda Fuji olmasini yetishtirish kengayib, mahalliy iqlim sharoitiga muvaffaqiyatli moslashtirilmoqda. 💬 Telegram | 📷 Instagram | 📱Facebook

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 5 авг.3124из agrobankpress

    Seminar davomida “Baxmal Agrostar” faoliyati o’rganildi 📗 Agrobank tomonidan tashkil etilgan amaliy seminar doirasida ishtirokchilar “Baxmal Agrostar” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi. ✅Xususan, tumanning Mo’g’ol qishlog’ida 40 sotix maydonda intensiv usulda parvarishlanayotgan, 1 550 tup olma daraxtidan iborat bog’ ishtirokchilarda katta qiziqish uyg’otdi. 📇 Tashrif davomida mutaxassislar an’anaviy va zamonaviy bog’dorchilik usullarining o’ziga xos jihatlari, intensiv bog’larni parvarishlash va yuqori hosildorlikka erishish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. 📈 Shuningdek, ishtirokchilar “Baxmal Agrostar”ning ko'rgazmali tajriba maydonida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishdi. Ayni paytda bu yerda 13,5 gektar maydonda Fransiya tajribasi asosida turli navdagi olma ko‘chatlari parvarishlanmoqda. Bunday loyihalar zamonaviy bog’dorchilik tajribalarini keng joriy etish, meva yetishtirish samaradorligini oshirish va mamlakatimizda mevachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. 📱 Instagram📱 Facebook🖥 Sayt

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 5 авг.2763из agrobankpress

    🔻 Jizzax viloyati, Baxmal tumanida o’tkazilayotgan amaliy seminar davom etmoqda. 📇 Tadbirning navbatdagi manzili — “Gulbuloq” tayanch mahallasi. Bu yerda ishtirokchilarga aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda kambag’allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar amaliy misollar asosida namoyish etilmoqda. 📈Bugungi kunda “Gulbuloq” MFY tumanning iqtisodiy salohiyati yuqori va kambag’allik darajasi eng past hududlaridan biri hisoblanadi. ✅Ilg’or tajribani kengaytirish maqsadida mahallaga 6 ta yondosh mahalla biriktirilgan bo’lib, ularda ham ayni shu tizim asosida manzilli ishlar olib borilmoqda. 📱 Instagram📱 Facebook🖥 Sayt

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 5 авг.2633из agrobankpress

    #LIVE ▶️ Ayni damda Agrobank tomonidan Jizzax viloyatining Baxmal tumanida “Dolzarb 40 kunlik” doirasida mahallalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridan hokim o‘rinbosarlari, bandlik sohasi rahbarlari, tijorat banklari, Mahallalar uyushmasi va “Agrostar” kompaniyalari vakillari ishtirok etmoqda. 📇 Seminarning asosiy maqsadi — mahallalarni ixtisoslashtirish, “tayanch mahalla” va “ixtisoslashgan mahallalar klasteri” modellari asosida hududlarni kompleks rivojlantirish, “Agrostar” kompaniyalari bilan hamkorlikda “yetishtirish – qayta ishlash – saqlash – qadoqlash – sotish” zanjirini shakllantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirish hamda ularni boshqa hududlarda ham samarali joriy etish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat. 📱 Instagram📱 Facebook🖥 Sayt