FARG‘ONA VILOYATI OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI BOSH BOSHQARMASI
СтатистикаFARG‘ONA VILOYATI OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI BOSH BOSHQARMASI rasmiy kanali @uzdavkarantin_antikor_bot e-mail:anticorruptoin@karantin.uz Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=61567333014592
- Последний пост
- 08:48
- Последнее чтение
- 17:18
- Постов за неделю
- 25
- Всего постов
- 116
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 67
- 1/48двое суток
- 76
- 1/72трое суток
- 82
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotdagi nutqidan eng muhim fikr va tashabbuslar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
– Bugun tadbirkorlarimiz “biznesni boshlash” bosqichidan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tyapti, – dedi davlatimiz rahbari. Besh yilda korxonalarning asosiy kapitalga investitsiyasi 3 karra ko‘payib, 363 trillion so‘mga yetdi. Sanoati 100 million dollardan oshgan tumanlar soni 66 tadan 116 taga koʻpaydi. Axborot texnologiyalari, fintex va boshqa servis sohalarining jadal rivojlanayotgani hisobiga xizmatlar hajmi 1 trillion so‘mlik marradan o‘tgan tumanlar soni 41 tadan 152 taga yetdi. Yetakchi xalqaro marketpleyslar bilan ishlayotgan korxonalar esa 3,5 mingtani tashkil etmoqda. Biznesini mahallada boshlab, yurtimiz bo‘ylab o‘nlab filiallarga ega bo‘lgan tadbirkorlar 550 tadan, milliy brendini yaratganlar 300 tadan oshdi. So‘nggi yillarda mis, oltin, metall prokat, polietilen, PVX, kaolin va boshqa xomashyolarning taklifi oshirildi. Natijada elektrotexnika, qurilish materiallari, farmatsevtika, to‘qimachilik va mebelsozlik kabi sohalarda “katta sakrash” qilindi. Elektromobil, polimer va maishiy kimyo, “yashil” energetika, zargarlik sanoati kabi yangi yo‘nalishlar shakllandi. “BYD”, “ADM Jizzakh”, “Sirdaryo Asaka Motors” kabi zamonaviy avtomobil zavodlari sohaga yangi kompetensiya va texnologiyalar olib kirdi. Facebook|Instagram|X
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Bugungi anjumanda ilk bor tuman studiyalaridan ham 25 mingga yaqin tadbirkor ishtirok etmoqda. Davlatimiz rahbari yurtimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashga faol hissa qo‘shayotgan 1 million 200 minglik biznes hamjamiyatini Tadbirkorlar kuni bilan tabrikladi. Besh yil oldin tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazish anʼanasi boshlanganidan buyon biznesga to‘siq bo‘lgan minglab masalalarga yechim berildi. Bu borada 84 ta qonun, 861 ta farmon va qaror qabul qilindi. – Nima uchun? Tadbirkorlarimizga sharoit yaratib, yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish, odamlarimizni uzoqqa bormasdan, mahallasining o‘zida daromadli qilish uchun! – dedi Prezidentimiz. O‘tgan davrda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi. Ko‘plab biznes vakillari xorijiy banklardan o‘z loyihalariga mustaqil ravishda 1 milliard dollar jalb qildi. Davlatimiz rahbari buni tadbirkorlarimiz zabt etgan yana bir ulkan marra sifatida baholadi. Facebook|Instagram|X
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti boshlanadi. Tadbirda 500 nafarga yaqin tadbirkor bevosita, ilk bor tumanlardagi studiyalardan yana 25 mingga yaqin biznes vakillari ishtirok etmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan: – tadbirkorlik uchun barqaror o‘sish trayektoriyasini ta’minlash, – hududlarda biznes imkoniyatlarini oshirish, – “sun’iy intellekt – boshqaruv samaradorligi – yangi investitsiyalar” ekotizimini yaratish, – eksport salohiyatini oshirish, milliy brendlarni tashqi bozorlarga olib chiqish, – biznesga ma’muriy bosimni keskin kamaytirish yo‘nalishlarida muhim tashabbuslar ilgari surilishi kutilmoqda. — Скоро начнется VI открытый диалог Президента Шавката Мирзиёева с предпринимателями. В мероприятии непосредственно принимают участие около 500 предпринимателей, а также впервые – еще порядка 25 тысяч представителей бизнеса из студий в районах. Ожидается, что глава нашего государства выдвинет важные инициативы по таким направлениям, как: – обеспечение устойчивой траектории роста предпринимательства; – расширение возможностей для бизнеса в регионах; – создание экосистемы «искусственный интеллект – эффективность управления – новые инвестиции»; – наращивание экспортного потенциала, продвижение национальных брендов на внешние рынки; – резкое сокращение административного давления на бизнес. 🌐Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺Youtube ✖️Twitter
🔴Farg'ona 24 Aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyatida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 💻𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚|📝𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚|📱 YouTube|🎙Radio FM 90.8 |Facebook
Matbuot anjumani: uy hayvonlarini identifikatsiyasi nima uchun kerak? ❓Qaysi turdagi uy hayvonlari majburiy identifikatsiya qilinadi? ❓ It, mushuk va otlarni identifikatsiya qilishda mikrochipdan qanday foydalaniladi? ❓ Identifikatsiya va ro‘yxatga olish jarayoni pullikmi? ❓ Hayvonlarga «pasport» beriladimi? "Sputnik Uzbekistan" axborot agentligi matbuot markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi huzuridagi Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish markazi mutaxassisi G‘ayrat Qo‘ziboyev javob berdi. 💬 Eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan mavzular yuzasidan aniq ma’lumotlar haqida mutaxassis sharhidan bilib olishingiz mumkin. 🌐Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺Youtube ✖Twitter
без подписи
без подписи
без подписи
Prezident Shavkat Mirziyoyevga tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotga tayyorgarlikning borishi yuzasidan axborot berildi. — Президенту Шавкату Мирзиёеву доложено о ходе подготовки к очередному открытому диалогу с предпринимателями. #Mirziyoyev #hisobot #tadbirkorlik #ochiqmuloqot Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇰🇬 Qirg‘izistonga eksport qilingan piyoz va sabzi fitosanitar talablarga javob beradi 🖥 Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondan Qirg‘iziston Respublikasiga eksport qilingan 23 tonna piyoz va 5 tonna sabzi qaytarilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Ushbu holat yuzasidan vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida tezkor o‘rganish o‘tkazildi. 💬 Surishtiruv davomida Qirg‘iziston Respublikasining fitosanitar xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi vakolatli organi bilan muloqot o‘tkazildi. Hamkor davlat mutasaddilari ma’lumotiga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari markirovkaga oid talablar buzilgani sababli chegarada to‘xtatilgan. ✅ Shuningdek, E-fito.uz avtomatlashtirilgan axborot platformasida qayd etilgan ma’lumotlar orqali eksportga yo‘naltirilgan yuk haqida to‘liq axborot olindi. Aniqlanishicha, piyoz va sabzi Farg‘ona viloyatida yetishtirilgan bo‘lib, “O‘zbekiston” chegara posti orqali Qirg‘iz Respublikasiga jo‘natilgan. Yuk egasining ma’lum qilishicha, markirovkaga oid kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng mahsulot Qirg‘iziston hududiga olib kirilgan va uni realizatsiya qilishga ruxsat berilgan. 🖋 Qirg‘iz Respublikasining karantin-fitosanitar qoidalariga ko‘ra, mamlakatga olib kiriladigan meva-sabzavot mahsulotlarining har bir qadog‘ida mahsulot nomi, uning kelib chiqish mamlakati, eksportchi va/yoki reeksportchi haqida ma’lumot qayd etilishi talab qilinadi. 🔗 Bu talablar mahsulotning kelib chiqishini aniqlash, yukni identifikatsiya qilish, kuzatuvchanlikni ta’minlash va fitosanitar nazoratni samarali amalga oshirish uchun muhim hisoblanadi. ❗️ Hurmatli tadbirkorlar va eksportchilar! Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishda nafaqat fitosanitar sertifikat va boshqa turdagi ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish, balki importchi davlatning markirovka, qadoqlash va boshqa fitosanitar talablariga qat’iy rioya qilish muhimligini eslatib o‘tamiz. ✔️ Eksportdan oldin mahsulot qadog‘idagi markirovka ma’lumotlarini import qiluvchi davlat talablari bilan solishtirib tekshirish yukning chegarada to‘xtatilishi, qo‘shimcha xarajatlar va eksport jarayonidagi kechikishlarning oldini oladi. #rasmiy_munosabat 🌐Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺Youtube ✖Twitter
Channel name was changed to «FARG‘ONA VILOYATI OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI BOSH BOSHQARMASI»
🇺🇿 🇳🇴 O‘zbekiston qovunlari Skandinaviya (Norvegiya) bozorida 🍈 O‘zbekistonda yetishtirilgan sarxil, xushbo‘y va shirin qovunlarning Skandinaviya mamlakatlariga eksporti izchil davom etmoqda. 📊 O‘tgan yildagi ijobiy tendensiya joriy yilda ham davom etib, mamlakatimizda yetishtirilgan qovunlar xorijiy bozorlarda, xususan, Norvegiyada o‘z iste’molchilarini topmoqda. 🏪 Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 25–29-iyun kunlari Shvetsiyaning Stokgolm shahrida “O‘zbekiston mahsulotlari” yarmarkasi tashkil etilgan edi. 🍎 Mazkur yarmarkada mamlakatimizda yetishtirilgan turli xil meva-sabzavot mahsulotlari qatori o‘zbek qovunlari ham namoyish etilib, xorijiy iste’molchilar va hamkorlarda katta qiziqish uyg‘otgan. 🌐 Bugun ushbu qiziqish amaliy natijalar bilan davom etmoqda. O‘zbek qovunlari Skandinaviya bozoriga kirib borib, Norvegiyada o‘z xaridorlarini topmoqda. ✔️ Bu esa yurtimizda yetishtirilayotgan sifatli va eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining xalqaro bozorlardagi talab va raqobatbardoshligi tobora ortib borayotganini ko‘rsatadi. 🇺🇿 O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari — xalqaro bozorlarda munosib o‘rin egallayotgan “Made in Uzbekistan” brendining muhim tarkibiy qismi. #Eksport #Qovun #Norvegiya #Skandinaviya #MadeInUzbekistan 🌐Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺Youtube ✖Twitter
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🇺🇿 🇰🇷 O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida oziq-ovqat mahsulotlari eksportini kengaytirish masalalari muhokama qilindi 🤝 O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi raisi Azizbek Urunov Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Von Do Yon bilan uchrashdi. 💬 Muloqotda ikki davlat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdosini yanada kengaytirish, yangi turdagi mahsulotlar eksportini yo‘lga qo‘yish, fitosanitariya, veterinariya va oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. ✅ Xususan, O‘zbekistonda yetishtirilayotgan limon va qovun mahsulotlarini Koreya Respublikasi bozoriga eksport qilish jarayonlarini jadallashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur yo‘nalishda ikki davlatning vakolatli xizmatlari tomonidan zarur hujjatlarni ko‘rib chiqish va muvofiqlashtirish ishlarini tezlashtirishga kelishildi. 📊 Uchrashuvda mavjud salohiyatdan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha o‘zaro savdo hajmini oshirish uchun eksport tartib-taomillarini soddalashtirish va bozorlarga kirish jarayonlarini jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi. 🤝 Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash tizimini xalqaro talablar asosida takomillashtirish masalalari ham muhokama qilindi. Xususan, sohada tajribali mutaxassislarni jalb etish, zamonaviy nazorat va laboratoriya usullarini, xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribani milliy tizimga joriy etish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi. 🛡 Bu borada Koreya Respublikasining tajribasi O‘zbekiston uchun muhim. Xususan, fitosanitariya, veterinariya va sanitariya nazorati, mahsulotlarni laboratoriya diagnostikasidan o‘tkazish, xavflarni baholash hamda oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini ta’minlash mexanizmlari bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirish belgilandi. ❤️ Koreya Respublikasi tomoni O‘zbekiston bilan ishonchli va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdosi hajmini oshirish hamda sohadagi ilg‘or tajriba almashinuvini kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi. ✔️ Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirish, mas’ul idoralar o‘rtasidagi muloqotni faollashtirish va amaliy natijalarga yo‘naltirilgan qo‘shma ishlarni kuchaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdi. 🌐Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺Youtube ✖Twitter
QUVADA NASLLI QORAMOLCHILIK: OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI SARI YANA BIR MUHIM QADAM Аholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, avvalo, sohaga zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etishni taqozo etadi. Ayniqsa, chorvachilikda naslni yaxshilash, mahsuldor mollarni ko‘paytirish va veterinariya nazoratini kuchaytirish oziq-ovqat xavfsizligining muhim omillaridan biridir. Quva tumanida faoliyat yuritayotgan «Salohiddin imkoni» fermer xo‘jaligiga Belarussiyadan sut va go‘sht yo‘nalishidagi 143 bosh naslli qoramol olib kelindi. Xorijdan keltirilgan qoramollar belgilangan tartibda qabul qilinib, veterinariya talablariga muvofiqligi nazoratdan o‘tkazildi. Mutaxassislar tomonidan klinik ko‘riklar tashkil etilib, hayvonlarning sog‘lomligi baholandi. Shuningdek, belgilangan veterinariya-sanitariya va karantin tadbirlari to‘liq amalga oshirildi. Prezidentimizning 2026-yil 12-maydagi PF-84-son «Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, fitosanitariya va veterinariya sohalarida yagona davlat boshqaruvi va nazorat tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni bilan sohada yagona davlat siyosati va nazoratini ta’minlashning yangi mexanizmlari belgilandi. Farmonda oziq-ovqat xavfsizligi, veterinariya va fitosanitariya sohalarida «daladan dasturxongacha» tamoyili asosida xavf tahliliga asoslangan davlat nazoratini yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan. Bu esa oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligiga uni yetishtirish yoki ishlab chiqarish jarayonidan tortib, iste’molchi dasturxonigacha bo‘lgan barcha bosqichlarda kompleks yondashishni anglatadi. Quva tumaniga naslli qoramolning olib kelinishi ham ana shu maqsadlar bilan uyg‘un. Yangi naslli chorva mollarining xo‘jalikka olib kelinishi sut va go‘sht mahsulotlarini oshirish, sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Facebook | Telegram | You Tube | karantin.uz
без подписи