tgindex
Urologiya (Erkaklar salomatligi)

Urologiya (Erkaklar salomatligi)

Статистика
@urologiya_uzузбекский

Diqqat !!! Kanaldagi barcha materiallar ma'lumot uchun qo'yilgan. Agarda sizda jiddiyroq savol paydo bo'lsa, albatta shifokorga murojaat eting! Admin: @Urologiya_bot Rasmiy bot: @Soglom_Oilabot

Последний пост
11 авг.
Последнее чтение
20:01
Постов за неделю
0
Всего постов
26
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
6 231
−17 за 5 дн.
Сутки
−4
−0,06%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
4 185
26 постов
Вовлечённость
67,2%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 26
Упоминаний
3
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
980
1/48двое суток
1 123
1/72трое суток
1 211

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Urologiya erkaklar salomatligi @urology_01

  • 10 авг.1 24849

    🚫 NOSVOY — “ZARARSIZ” EMAS! Nosvoyni oddiy odat deb o‘ylamang. U sog‘liq uchun jiddiy zarar yetkazishi mumkin. ⚠️ Nosvoy: • Og‘iz bo‘shlig‘i va tishlarga zarar yetkazadi • Yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta’sir qiladi • Qon tomirlarini toraytiradi • Jinsiy quvvat va ereksiyaga salbiy ta’sir qilishi mumkin • Sperm sifati va farzand ko‘rish imkoniyatiga zarar yetkazishi mumkin • Nikotinga qaramlikni kuchaytiradi • Uzoq muddatda og‘iz bo‘shlig‘i saratoni xavfini oshiradi ❗ “Nosvoy chekish emas, shuning uchun zararsiz” — bu noto‘g‘ri tushuncha. 💪 Sog‘lig‘ingiz, jinsiy hayotingiz va kelajakdagi farzandlaringiz uchun nosvoyni tashlash — eng to‘g‘ri qaror. 🚫 NOSVOYGA YO‘Q DENGL!

  • 27 июн.4 0701517

    🤔 Farzand ko‘rish qaysi moyakka bog‘liq: chapmi yoki o‘ngmi? Ko‘pchilik erkaklar orasida shunaqa savol yuradi: 👉 “Chap moyak kuchliroq emish” 👉 “O‘ng moyak farzandga mas’ul emish” ❗ Keling, ilmiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqamiz 🧠 TIBBIY HAQIQAT ✅ Farzand ko‘rish bitta moyakka bog‘liq EMAS ✅ Ikkala moyak birgalikda spermatozoid ishlab chiqaradi ✅ Qaysi tomoni “kuchli” bo‘lishi individual holat 🔬 Nega ko‘pincha CHAP moyak haqida gap ko‘p? • Chap moyak odatda biroz pastroq joylashadi • Chap tomonda varikotsel ko‘proq uchraydi • Shu sababli ba’zida chap moyak faoliyati pasayishi mumkin ⚠️ Ammo bu har doim farzand bo‘lmaydi degani emas 📊 Farzand ko‘rishga ASOSIY ta’sir qiladigan omillar: • ✔️ Spermogramma sifati • ✔️ Spermatozoid soni va harakatchanligi • ✔️ Varikotsel, yallig‘lanishlar • ✔️ Gormonlar (testosteron) • ✔️ Hayot tarzi (chekish, stress, semizlik) 👉 Qaysi moyak emas, umumiy reproduktiv salomatlik muhim 📌 Agar bitta moyak sog‘lom bo‘lsa ham, erkak farzandli bo‘lishi mumkin. @Urologiya_Uz

  • 25 июн.2 1036из urologiya_uz

    ⚠️ Урологик безовталикларни эътиборсиз қолдирманг! Бу муаммолар кўпчиликда учрайди ва ўз вақтида мурожаат қилиш асоратларнинг олдини олади. 📌 Агар сизда: • простатит белгилари • цистит аломатлари • сийдик йўллари ёки буйрак тошлари • тез-тез ҳожатга чиқиш, ачишиш • пастки қорин ёки бел оғриқлари • эркакларда жинсий муаммолар мавжуд бўлса — @urology_01 📩 Уялманг, бемалол ёзинг. 👨‍⚕️ Саволларингизга маслаҳат берамиз. 🔒 Махфийлик кафолатланади.

  • 18 июн.4 48969

    🩺 Varikosilemi yoki Chov churrasi (Paxaviy grija)? 📋 Asosiy farqlar: Varikosile — bu moyak venalarining kengayishi (variqoz). Belgisi: Moyakda "qurtlar to‘plami"ga o‘xshash yumshoq tomirlar seziladi (ko‘pincha chap tomonda). Og‘riq: Simillagan, tortuvchi og‘riq bo‘lib, jismoniy mehnatda kuchayadi va yotganda o‘tib ketadi. Xavfi: Davolanmasa, bepushtlikka olib kelishi mumkin. Chov churrasi (Paxaviy grija) — bu qorin bo‘shlig‘idagi a’zolarni (ichak shilliq pardasi yoki qismini) chov kanali orqali pastga siljishi. Belgisi: Chov sohasida yoki moyak tepasida dumaloq, yumshoq bo‘rtma (shish) paydo bo‘ladi. O‘ziga xosligi: Yo‘talganda, zo‘riqqanda shish kattalashadi, yotganda esa joyiga qaytib, yo‘qolib qolishi mumkin. Xavfi: Eng yomoni — churra qisilib qolishi (bu shoshilinch operatsiyani talab qiladi). 🔍 Qanday tekshiriladi? Aniq tashxis qo‘yish uchun bor-yo‘g‘i bitta apparat — Chov sohasi va moyaklar UZIdan (O‘TT) o‘tish kifoya. @Urologiya_Uz Erkaklar salomatligi uchun maxsus kanal

  • 31 мая5 060612

    * 2. Siydik yo‘llarining to‘silib qolishi: Tosh siydik yo‘liga tiqilib qolsa, siydik haydalishi buziladi. Bu buyrakda bosim oshishiga va uning shishishiga (**gidronefroz**) olib keladi. * 3. Og‘ir infeksiyalar: Siydikning yaxshi yurishmasligi bakteriyalar ko‘payishi uchun ajoyib muhitdir. Natijada buyrakning yiringli yallig‘lanishi (**piyelonefrit**) va hatto qonning zaharlanishi (**sepsis**) kelib chiqishi mumkin. * 4. Ichki jarohatlar va qon ketish: Toshning o‘tkir qirralari siydik yo‘li devorlarini tirnaydi. Siydikda qon paydo bo‘lishi (gematuriya) aynan shu shikastlanishdan dalolat beradi. * 5. Buyrak yetishmovchiligi (Eng yomoni!): Agar tosh uzoq vaqt davolanmasa va siydik yo‘lini to‘sib tursa, buyrak to‘qimalari o‘la boshlaydi. Bu esa buyrakning butkul ishdan chiqishiga va umrbod apparatga (gemodializ) bog‘lanib qolishga sabab bo‘lishi mumkin. > 💡 Muhim eslatma: "Menda hozircha og‘rimayapti, demak hammasi joyida" deb o‘ylash — eng katta xato. Katta hajmdagi toshlar ko‘pincha yashirin (simptomsiz) rivojlanadi va birdaniga asorat beradi. > ❗️ Nima qilish kerak? Yilda kamida 1 marta buyrakni UTT (UZI) qildiring, ko‘p suv iching va og‘riq paydo bo‘lishini kutmasdan urolog huzuriga boring. *Sog‘ligingizga befarq bo‘lmang!

  • 31 мая4 294511

    🚨 Buyrakda tosh borligini bilasiz-u, lekin shifokorga borishni ortga suryapsizmi? Ko‘pchilik buyrak toshlariga oddiygina og‘riq beruvchi muammo deb qaraydi. Ammo aslida ular vaqtida davolanmasa, organizmga jiddiy va tiklab bo‘lmas zarar yetkazishi mumkin! ⚠️ Buyrak toshlarining asosiy 5 ta xavfi: * 1. Doimiy va chidab bo‘lmas og‘riqlar: Tosh siljiganda paydo bo‘ladigan sanchiq (kolika) inson boshdan kechirishi mumkin bo‘lgan eng kuchli og‘riqlardan biridir. U ko‘ngil aynishi va qayt qilish bilan ham kuzatiladi. 2-qism⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️

  • 26 мая2 58445из urologiya_uz

    ⚠️ Урологик безовталикларни эътиборсиз қолдирманг! Бу муаммолар кўпчиликда учрайди ва ўз вақтида мурожаат қилиш асоратларнинг олдини олади. 📌 Агар сизда: • простатит белгилари • цистит аломатлари • сийдик йўллари ёки буйрак тошлари • тез-тез ҳожатга чиқиш, ачишиш • пастки қорин ёки бел оғриқлари • эркакларда жинсий муаммолар мавжуд бўлса — @urology_01 📩 Уялманг, бемалол ёзинг. 👨‍⚕️ Саволларингизга маслаҳат берамиз. 🔒 Махфийлик кафолатланади.

  • 18 мая5 458617

    🚹 Erkaklarda Estrogen Oshib Ketishi: Zararlari Nima? Ko'pincha estrogen faqat ayollar gormoni deb hisoblanadi, lekin u erkaklar organizmida ham mavjud va muhim rol o'ynaydi. Biroq, uning darajasi me'yordan oshib ketishi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin: • 💪 Moneylarning Kamayishi: Estrogen oshishi mushak massasini kamaytiradi va erkaklar uchun xos bo'lgan jismoniy shaklni o'zgartiradi. • 📉 Libido Kamayishi: Jinsiy istakning pasayishiga sabab bo'lishi mumkin. • 😡 Hissiy O'zgarishlar: Depressiya, bezovtalik va kayfiyat o'zgarishlariga olib kelishi mumkin. • 🍗 Ko'krak Bezi O'sishi: Ginekomastiya - ko'krak bezlarining o'sishiga sabab bo'ladi. • 🦴 Suyaklar Salomatligi: Suyaklar mustahkamligiga ta'sir qilishi mumkin. • 🫀 Yurak-Qon Tomir Kasalliklari: Yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshirishi mumkin. ✅ Nima Qilish Kerak? Agarda sizda shunday alomatlar bo'lsa, mutaxassis shifokor (urolog) bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Gormonlar balansini saqlash erkaklar salomatligi uchun juda muhimdir.

  • 3 мая6 4771633

    🛡 Erkaklik quvvati: Testosteron me’yori qancha bo‘lishi kerak? Testosteron — bu shunchaki gormon emas, bu erkak kishining kayfiyati, kuchi, xotirasi va tashqi ko‘rinishi asosidir. Ko‘pchilik erkaklar charchoq yoki jizzakilikni ish ko‘pligiga yo‘yishadi, aslida esa muammo gormonlarda bo‘lishi mumkin. @urology_01 urolog maslahati kanalida bugun ushbu muhim mavzuni tahlil qilamiz. 📊 Testosteronning umumiy miqdori (norma): Tibbiyotda erkaklar uchun o‘rtacha ko‘rsatkich 8.6 dan 29.0 nmol/L gacha hisoblanadi. Ammo bu ko‘rsatkich yoshga qarab o‘zgarib boradi: • 20–30 yosh: Eng yuqori nuqta (12–30 nmol/L). • 40 yoshdan keyin: Har yili gormon miqdori taxminan 1-2% ga kamayib boradi. • 60 yoshdan keyin: Ko‘pincha quyi chegaraga (9-10 nmol/L) tushadi. ⚠️ Muhim: Faqat "Umumiy testosteron"ga qarab xulosa qilib bo‘lmaydi. Organizmda erkin (biologik faol) testosteron ham bor, u jami gormonning atigi 2% ini tashkil qiladi, lekin asosiy "ishni" o‘sha bajaradi.

  • 27 апр.3 09062из urologiya_uz

    ⚠️ Урологик безовталикларни эътиборсиз қолдирманг! Бу муаммолар кўпчиликда учрайди ва ўз вақтида мурожаат қилиш асоратларнинг олдини олади. 📌 Агар сизда: • простатит белгилари • цистит аломатлари • сийдик йўллари ёки буйрак тошлари • тез-тез ҳожатга чиқиш, ачишиш • пастки қорин ёки бел оғриқлари • эркакларда жинсий муаммолар мавжуд бўлса — @urology_01 📩 Уялманг, бемалол ёзинг. 👨‍⚕️ Саволларингизга маслаҳат берамиз. 🔒 Махфийлик кафолатланади.

  • 23 апр.5 42848

    👨‍⚕️ Gonoreya — Faqatgina "ajralma" emas! Ammo vaqtida va to‘g‘ri davolanmagan so‘zak erkak kishini butun umrlik nogironlikka yoki bepushtlikka olib kelishi mumkin Gonoreyaning erkaklar uchun eng xavfli 3ta asorati: 1. Epididimit (Moyak ortig‘ining yallig‘lanishi) Bakteriyalar yuqoriga ko‘tarilib, moyak ortig‘ini zararlaydi. • Natija: Moyakda kuchli shish, qizarish va chidab bo‘lmas og‘riq. Bu holat ko‘pincha sperma yo‘llarining bekilib qolishiga va bepushtlikka sabab bo‘ladi. 2. Uretra strikturasi (Siydik yo‘lining torayishi) Yallig‘lanish o‘rnida chandiq hosil bo‘ladi. • Natija: Siydik yo‘li torayib qoladi. Siydik chiqarish nihoyatda qiyinlashadi, oqim sustlashadi va vaqt o‘tishi bilan faqat jarrohlik amaliyoti (operatsiya) orqali yordam berish mumkin bo‘ladi. 3. Surunkali Prostatit Infeksiya prostata beziga o‘rnashib oladi. • Natija: Doimiy chov sohasidagi og‘riqlar, jinsiy quvvat (potensiya) pasayishi va tez-tez siyish muammolari. Surunkali prostatitni davolash yillab vaqt va katta mablag‘ talab qiladi.

  • 20 апр.4 331515

    👦 Yigitlarda balog‘at yoshi qachon boshlanadi? Balog‘at — bu organizm jinsiy va gormonal jihatdan yetiladigan davr hisoblanadi. 📊 Odatda yigitlarda balog‘at: ➡️ 9–14 yosh oralig‘ida boshlanadi ➡️ 16–18 yoshgacha davom etadi ⚠️ Har kimda bu jarayon individual — kimdadir erta, kimdadir biroz kech boshlanishi mumkin. 🔍 Balog‘atning asosiy belgilari: • Ovozning o‘zgarishi (yo‘g‘onlashadi) • Soqol-mo‘ylov chiqishi • Jinsiy olat va moyaklar kattalashishi • Tana mushaklari rivojlanishi • Tungi pollyutsiyalar (sperma chiqishi) 💡 Muhim: Agar 14 yoshgacha umuman belgilari ko‘rinmasa yoki juda kechiksa, shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi. 🧠 Bu tabiiy jarayon — qo‘rqish yoki uyalish kerak emas! 📌 Kanalga obuna bo‘ling — sog‘lom hayot haqida foydali ma’lumotlar berib boramiz

  • 17 апр.4 3961225

    📌 To‘y oldidan erkaklar uchun UROLOGIK tekshiruvlar 👨‍⚕️ 1. Urolog ko‘rigi Shifokor: • jinsiy a’zoni ko‘zdan kechiradi • moyaklarni tekshiradi • varikotsele, gidrotsele, yallig‘lanishlarni aniqlaydi 🧪 2. Spermogramma (sperma tahlili) • spermatozoid soni • harakatchanligi • shakli 👉 Farzand ko‘rish imkoniyatini baholaydi 🦠 3. Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalar (JYBI) tekshiruvi • gonoreya • xlamidioz • trixomoniaz 👉 Ko‘pincha belgisi bo‘lmaydi, lekin asorat beradi 🔬 4. Prostata tekshiruvi • UZI (ultratovush) • kerak bo‘lsa prostata sekreti tahlili 👉 prostatitni erta aniqlash uchun 💧 5. Siydik tahlili (OAM) • yallig‘lanish • infeksiya • buyrak bilan bog‘liq muammolarni ko‘rsatadi 🧫 6. Uretral surtma (mazok) 👉 yashirin infeksiyalarni aniqlash uchun olinadi ⚠️ Nega bu muhim? • Erta aniqlangan kasallik oson davolanadi • Jinsiy hayotdagi muammolar oldi olinadi • Kelajakdagi bepushtlik xavfi kamayadi ✅ Xulosa: Urologik tekshiruv — erkak uchun uyat emas, balki mas’uliyat! @urology_01

  • 14 апр.4 05957

    ⚠️ Урологик безовталикларни эътиборсиз қолдирманг! Бу муаммолар кўпчиликда учрайди ва ўз вақтида мурожаат қилиш асоратларнинг олдини олади. 📌 Агар сизда: • простатит белгилари • цистит аломатлари • сийдик йўллари ёки буйрак тошлари • тез-тез ҳожатга чиқиш, ачишиш • пастки қорин ёки бел оғриқлари • эркакларда жинсий муаммолар мавжуд бўлса — @urology_01 📩 Уялманг, бемалол ёзинг. 👨‍⚕️ Саволларингизга маслаҳат берамиз. 🔒 Махфийлик кафолатланади.

  • 3 апр.5 0241016

    👦 O‘g‘il bolalarda urologik sog‘liq: yoshligidan nimaga e’tibor berish kerak? 🔍 1. Moyaklar (tuxumdonlar) joyidami? Yangi tug‘ilgan chaqaloqda ikkala moyak ham skrotumda (yorg‘oqda) bo‘lishi kerak. ❗ Agar tushmagan bo‘lsa (kriptorkizm) – albatta shifokorga murojaat qiling. 🩺 2. Siydik chiqarish holati • Siydik chiqishi qiyin emasmi? • Tomchilab chiqmayaptimi? • O‘g‘il bola tez-tez siyib qo‘ymayaptimi? ❗ Bu belgilar muammo bo‘lishi mumkin. 🔄 3. Sunnat terisi (fimoz) Kichik yoshda sunnat terisi ochilmasligi normal, lekin: • Siyishda og‘riq • Shishish yoki qizarish bo‘lsa – e’tibor bering ⚠️ 4. Shish yoki churralar ❗ Bu yorg‘oq kanali churrasi yoki gidrotsele bo‘lishi mumkin. 🔥 5. Og‘riq va qizarish • Moyakda og‘riq • Qizarish • Harorat ko‘tarilishi ❗ Zudlik bilan shifokorga boring 🧬 6. O‘sish davrida (10–16 yosh) • Moyaklar simmetrik rivojlanayaptimi? • Juda kichik yoki katta emasmi? • Varikotsele (tomir kengayishi) yo‘qmi? @Urologiya_Uz Erkaklar salomatligi uchun maxsus kanal

  • 29 мар.5 18135

    ⸻ 📌 BOLALARDA YORGOQ KANALI CHURRASI (INGUINAL HERNIA) Yorg‘oq kanali churrasi — bu ichki a’zolarning (ko‘pincha ichak) qorin devoridagi zaif joy orqali yorg‘oq kanaliga chiqib ketishidir. Ko‘pincha o‘g‘il bolalarda uchraydi. ⸻ ⚠️ Qachon paydo bo‘ladi? • Tug‘ma bo‘lishi mumkin • Erta tug‘ilgan bolalarda ko‘proq uchraydi • Qorin bosimi oshganda (yig‘laganda, yo‘talda) ⸻ 🔍 Belgilarini bilasizmi? • Qov yoki moyak atrofida shish paydo bo‘ladi • Bola yig‘laganda yoki kuchanganda kattalashadi • Yotganda kichrayishi yoki yo‘qolishi mumkin • Ba’zan og‘riq ham bo‘ladi ⸻ 🚨 XAVFLI HOLAT (SIQILIB QOLGAN CHURRA) Quyidagilar bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qiling: • Shish qattiq va qaytmaydi • Bola tinmay yig‘laydi • Qusish, ich ketish yoki ich qotishi • Moyak qizarib shishadi ⸻ 💊 Davolash ❗️ Faqat operatsiya bilan davolanadi • Dori yoki massaj bilan ketmaydi • Operatsiya oddiy va tez amalga oshiriladi • Vaqtida qilinsa, asorat bo‘lmaydi @Urologiya_Uz Erkaklar salomatligi uchun maxsus kanal

  • 17 мар.3 88193из urologiya_uz

    ⚠️ Урологик безовталикларни эътиборсиз қолдирманг! Бу муаммолар кўпчиликда учрайди ва ўз вақтида мурожаат қилиш асоратларнинг олдини олади. 📌 Агар сизда: • простатит белгилари • цистит аломатлари • сийдик йўллари ёки буйрак тошлари • тез-тез ҳожатга чиқиш, ачишиш • пастки қорин ёки бел оғриқлари • эркакларда жинсий муаммолар мавжуд бўлса — @urology_01 📩 Уялманг, бемалол ёзинг. 👨‍⚕️ Саволларингизга маслаҳат берамиз. 🔒 Махфийлик кафолатланади.

  • 13 мар.5 823912

    🟢 Buyrakdagi tuzlar (qum, mikrolitlar) qancha mm gacha dorilar bilan tushishi mumkin? Ko‘p bemorlar savol beradi: “Doktor, buyrakdagi toshni operatsiyasiz tushirib bo‘ladimi?” 📌 Agar buyrakdagi tosh yoki tuzlar 5 mm gacha bo‘lsa, ko‘p hollarda dori-darmon, ko‘p suyuqlik ichish va maxsus davolash yordamida tabiiy yo‘l bilan tushib ketishi mumkin. 📌 5–7 mm bo‘lgan toshlar ham ba’zi hollarda tushishi mumkin, lekin bu bemorning holatiga, tosh joylashgan joyiga va siydik yo‘llarining kengligiga bog‘liq. 📌 Agar tosh 7 mm dan katta bo‘lsa, ko‘pincha: 🔹 lazer orqali maydalash 🔹 endoskopik operatsiya 🔹 boshqa urologik muolajalar kerak bo‘lishi mumkin. ⚠️ Muhim: Buyrakdagi tuz yoki toshni o‘zboshimchalik bilan davolash xavfli. Noto‘g‘ri davolash buyrak sanchig‘i, yallig‘lanish yoki siydik yo‘li tiqilib qolishiga olib kelishi mumkin. 👨‍⚕️ Agar sizda ham buyrakda tuz yoki tosh aniqlangan bo‘lsa, albatta urolog @urology_01 ko‘rigidan o‘ting. @Urologiya_Uz Erkaklar salomatligi uchun maxsus kanal

  • 9 мар.5 73246

    ⚠️ Gonoreya – ko‘pchilik o‘ylagandan ham keng tarqalgan infeksiya Gonorrhea — bu jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiya bo‘lib, erkak va ayollarda uchraydi. Uni Neisseria gonorrhoeae bakteriyasi chaqiradi. Ko‘pchilik bu kasallikni oddiy shamollash yoki sovuq urish deb o‘ylab yuradi, lekin aslida u davolanishi kerak bo‘lgan infeksiya. Erkaklarda asosiy belgilar: • Siyganda achishish 🔥 • Jinsiy olatdan sariq yoki yashil ajralma kelishi • Tez-tez siydik chiqarish • Ba’zida moyaklarda og‘riq ⚠️ Davolanmasa nima bo‘ladi? • Bepushtlik • Jinsiy a’zolarda yallig‘lanish • Infeksiya boshqa a’zolarga tarqalishi mumkin Eng muhim narsa: ✔️ Analiz topshirish ✔️ Shifokor belgilagan antibiotiklarni to‘liq ichish ✔️ Davolanish vaqtida jinsiy aloqani cheklash ❗ O‘zbilarmonlik bilan dori ichish kasallikni yashirin surunkali holatga o‘tkazib yuborishi mumkin. 👨‍⚕️ Erta murojaat – tez va oson davolanish demak. @Urologiya_Uz Erkaklar salomatligi uchun maxsus kanal