UTYCARGO Uzbekistan
СтатистикаMultimodal xalqaro yuk tashish xizmati Site: utycargo.uz Tel: +998 55-515-05-00 E-mail: pressa@utycargo.uz
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 18
- Всего постов
- 64
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 367
- 1/48двое суток
- 420
- 1/72трое суток
- 453
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Tadbirkorlar va temir yo‘l sohasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ 408-NZ buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi, "Temiryo‘lkargo" AJ Qo‘qon filiali, Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzel filiali vakillari ishtirokida muhim uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda yuk tashish jarayonlarida vagonlarga bo‘lgan ehtiyojni o‘z vaqtida ta'minlash, logistika zanjirini uzluksiz tashkil etish va mavjud muammolarga tezkor yechim topish masalalari muhokama qilindi #⃣web sayt ❤️🔥linkedin.com ❤️🔥instagram ❤️🔥facebook
#Rasman 🇺🇿Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishi e’lon qilindi Bu yil 1-sentyabr – Mustaqillik bayrami munosabati bilan haftada 5 kun ishlaydiganlar ketma-ket 4 kun, 6 kunliklar esa 3 kun dam oladi. 31-avgust, dushanba kuni qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan. Asos: 2025-yil 24-dekabrdagi PF-257-sonli Prezident farmoni. Unga ko‘ra, dam olish kunlari quyidagicha: 🔘29-avgust, shanba — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga ish; 🔘30-avgust, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni; 🔘31-avgust, dushanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni; 🔘1-sentyabr, seshanba — Mustaqillik bayrami. #⃣web sayt ❤️🔥linkedin.com ❤️🔥instagram ❤️🔥facebook
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida transport-logistika hamkorligini rivojlantirish istiqbollari o‘rganildi Joriy yil 10 – 11-avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi delegatsiyasining Qozog‘iston Respublikasiga tashrifi amalga oshirildi. Tashrif doirasida Qozog‘iston Respublikasining transchegaraviy transport-logistika infratuzilmasi faoliyati bilan yaqindan tanishilib, temir yo‘l va multimodal yuk tashish jarayonlarini tashkil etish tajribasi o‘rganildi hamda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi transport-logistika hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, tashrif davomida delegatsiya a’zolari Qozog‘iston–Xitoy chegarasida joylashgan Oltenko‘l temir yo‘l stansiyasi, «Kedentransservis» AJ terminali, «KTZE-Khorgos Gateway» quruq porti, «Xorgos – Sharqiy darvoza» maxsus iqtisodiy zonasi, «Xorgos» xalqaro chegaraoldi hamkorlik markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida Xitoy – Qozog‘iston – Markaziy Osiyo yo‘nalishida yuk oqimlarining uzluksizligini ta’minlash, konteyner tashuvlarini kengaytirish, multimodal transport koridorlarini rivojlantirish va logistika yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, “Kedentransservis” AJning Oltinko‘l stansiyasidagi terminalida Qozog‘iston tomoni bilan qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Изучены перспективы развития транспортно-логистического сотрудничества между Узбекистаном и Казахстаном 10-11 августа текущего года состоялся визит делегации Министерства транспорта Республики Узбекистан в Республику Казахстан. В рамках визита состоялось ознакомление с деятельностью трансграничной транспортно-логистической инфраструктуры Республики Казахстан, был изучен опыт организации железнодорожных и мультимодальных грузоперевозок, а также обсуждены перспективы дальнейшего развития транспортно-логистического сотрудничества между Узбекистаном и Казахстаном. В частности, в ходе визита члены делегации подробно ознакомились с деятельностью железнодорожной станции Алтынколь на казахстанско-китайской границе, терминала АО "Кедентранссервис", сухого порта "KTZE-Khorgos Gateway”, специальной экономической зоны "Хоргос – Восточные ворота" и международного центра приграничного сотрудничества "Хоргос”. В ходе визита особое внимание было уделено вопросам обеспечения бесперебойности грузопотоков по маршруту Китай – Казахстан – Центральная Азия, расширения контейнерных перевозок, развития мультимодальных транспортных коридоров и диверсификации логистических маршрутов. Также на терминале АО «Кедентранссервис» на станции Алтынколь достигнута договорённость с казахстанской стороной о создании совместного предприятия.
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: Hamkorlik va amaliy yechimlar yo‘lida Qoʻqon shahridagi "INDORAMA KOKAND FERTILIZERS AND CHEMICALS" AJ binosida Qoʻqon mintaqaviy temir yoʻl uzeli rahbariyati va "Temiryo‘lkargo" AJ Qo‘qon filiali hamda eksport, import va mahalliy yoʻnalishlarda yuk tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari vakillari oʻrtasida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi. Uchrashuv davomida temir yoʻl transportida yuk tashish jarayonlari, mavjud imkoniyatlar va yuzaga kelayotgan masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Tadbirkorlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olib, logistika yoʻnalishidagi muammolari va takliflarini bildirdilar. Ochiq va konstruktiv ruhda oʻtgan muloqotda koʻtarilgan har bir murojaat diqqat bilan oʻrganilib, ularni ijobiy hal etish boʻyicha masʼullarga tegishli vazifalar belgilandi. Bunday uchrashuvlar oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda tadbirkorlarga qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi. #⃣web sayt ❤️🔥linkedin.com ❤️🔥instagram ❤️🔥facebook
XITOY–QIRG‘IZISTON–O‘ZBEKISTON TEMIR YO‘LI QURILISHI JADALLASHMOQDA Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li qurilishida asosiy infratuzilma obyektlari bo‘yicha ishlar faol bosqichga o‘tdi. Loyiha qiymati $4,7 mlrd bo‘lib, 20 ta temir yo‘l stansiyasi va 26 ta tonnel qurilishi rejalashtirilgan. Hozirga qadar asosiy tonnellarda 13 562 metr yoki 13,1%, yordamchi shtolnyalarda esa 12,5 km yoki 51,2% ishlar bajarilgan. Temir yo‘l yer polotnosi bo‘yicha tayyorgarlik 35% ga yetgan. 50 ta ko‘prik obyektidan 38 tasida ishlar boshlangan. Ularning umumiy uzunligi 15,18 km bo‘lib, ko‘prik konstruksiyalari bo‘yicha ishlar 17,3%, suv o‘tkazuvchi quvurlar bo‘yicha 49% ga bajarilgan. Yangi magistral O‘zbekistonning Xitoy bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri temir yo‘l aloqalarini kengaytirib, mamlakatning Yevroosiyo transport tizimidagi o‘rnini kuchaytirishi kutilmoqda. Eng katta iqtisodiy samara esa faqat tranzitdan emas, balki yo‘nalish bo‘ylab logistika markazlari, terminallar, omborlar, bojxona va raqamli transport xizmatlarini rivojlantirish orqali shakllanishi mumkin. СТРОИТЕЛЬСТВО ЖЕЛЕЗНОЙ ДОРОГИ КИТАЙ–КЫРГЫЗСТАН–УЗБЕКИСТАН НАБИРАЕТ ТЕМП Строительство железной дороги Китай–Кыргызстан–Узбекистан перешло в активную фазу на ключевых инфраструктурных объектах. Стоимость проекта составляет $4,7 млрд, предусмотрено строительство 20 железнодорожных станций и 26 тоннелей. На основных тоннелях уже выполнено 13 562 метров, или 13,1% работ, на вспомогательных штольнях — 12,5 км, или 51,2%. Готовность земляного полотна достигла 35%. Работы начаты на 38 из 50 мостовых объектов общей протяжённостью 15,18 км. Готовность конструкций мостов составляет 17,3%, водопропускных сооружений — 49%. Новая магистраль должна расширить прямую железнодорожную связанность Узбекистана с Китаем и усилить его позиции в евразийской транспортной системе. При этом основной экономический эффект может формироваться не только за счёт транзита, но и благодаря развитию вдоль маршрута терминалов, логистических центров, складов, таможенных и цифровых транспортных сервисов. #⃣web sayt ❤️🔥linkedin.com ❤️🔥instagram ❤️🔥facebook
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUV Joriy yilning 10-avgust kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli” filiali rahbari, "Temiryo'lkargo" AJ Qarshi filiali boshlig'i hamda tegishli xodimlar ishtirokida O‘zbekiston GTL hamda Navoiy kon metallurgiya zavodi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etilib, o‘zaro manfaatli va istiqbolli hamkorlik yuzasidan kelgusidagi rejalar kelishib olindi. Uchrashuv “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining 136-UN-sonli farmoyishi hamda "O'zbekiston temir yo'llari" AJ boshqaruv raisi o'rinbosari A.A. Kamildjanovning 408-NZ-sonli buyruq ijrosi doirasida tashkil etildi. Hamkorlar tomonidan ilgari surilgan taklif va savollar atroflicha muhokama qilinib, mavjud muammolarni joyida hal qilish, yuk tashish jarayonlarini optimallashtirish va hamkorlikni mustahkamlashga doir konkret kelishuvlar amalga oshirildi. Ushbu muloqotlar tadbirkorlik muhitini yaxshilash, logistika sohasida zamonaviy yondashuvlarni joriy qilish hamda mijozlarga yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida olib borilmoqda. #⃣web sayt ❤️🔥linkedin.com ❤️🔥instagram ❤️🔥facebook
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи