• Daily ✍️ Lexicon •
Статистика• So'z • Ma'no • Ruh • So'zlaringni boyit 📈 Ma'no izlovchilar uchun 🎯 Asoschi: @silence_loversss
- Последний пост
- 30 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 69
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 150
- 1/48двое суток
- 171
- 1/72трое суток
- 185
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: "Xislatli hikmatlar sharhi — 1"
NAZR #arabcha — نذر — "atash, va'da qilish, zimmasiga olish" 📌 Nazr — Alloh rizosi uchun biror ibodat yoki xayrli ishni o‘z zimmasiga majburiyat qilib olish. Ⓜ️asalan: "Agar sog‘ayib ketsam, uch kun ro‘za tutaman" "Ishim bitgach, sadaqa beraman" 🪧Izoh: Oddiy qilib aytganda: "Alloh uchun bir yaxshilikni bajarishga va'da berish"
IMMERSIV #lotincha — immergere — "to‘liq singdiruvchi, chuqur sho‘ng‘ituvchi, to‘liq jalb qiluvchi" 📌 Immersiv — insonni ma'lum bir muhit yoki tajribaga to‘liq kirgizadigan, o‘zini uning ichida his qildiradigan narsa. 🪧Izoh: Oddiy qilib aytganda: "Odamni butunlay o‘ziga tortib, o‘sha muhitda yashayotgandek his qildiradigan" holat yoki narsa.
APOKALIPSIS ⚡️ #yunoncha — apokálypsis — apo- — ochish, chetga surish, kalyptein — yopmoq, berkitmoq = "pardani ochish", "oshkor bo‘lish", "vahiy". 📌 Apokalipsis — oxirzamon voqealari, dunyoning yakuni yoki buyuk halokat haqidagi vahiy.
ALEKSITIMIYA #yunoncha — a- — yo‘qlik, lexis — so‘z, thymos — his-tuyg‘u, ruh = "his-tuyg‘ularni ifodalash uchun so‘zning yo‘qligi" 📌 Aleksitimiya — insonning o‘z his-tuyg‘ularini anglash, ularga nom berish va ularni so‘z bilan ifodalashda qiynalishi. 🪧Izoh: Oddiy qilibaytganda: "Nima his qilayotganini tushunsa ham, uni aytib bera olmaslik" holati. Ⓜ️asalan "Kayfiyating qanday?" deyilsa, "Bilmayman... Ichim g‘alati," deb javob beradi, lekin bu g‘ammi, qo‘rquvmi yoki g‘azabmi — aniq ayta olmaydi.
TAJARRUD #arabcha — تجرّد — "xoli bo‘lish, ajralish, voz kechish" 📌 Tajarrud — insonning dunyoviy bog‘liqliklardan, nafs istaklaridan va ortiqcha manfaatlardan qalban xoli bo‘lishi, butun vujudi bilan Allohga yuzlanishi. 🪧Izoh: Bu dunyoni butunlay tark etish emas, balki qalbni dunyoga haddan tashqari bog‘lab qo‘ymaslik.
DISFORIYA 🌫 #yunoncha — dys — yomon, buzilgan, phoros — olib yurmoq, kechirmoq = "noqulay ruhiy holat" 📌 Disforiya — insonning uzoqroq davom etuvchi bezovtalik, asabiylik, ichki norozilik va tushkunlik bilan kechadigan salbiy ruhiy holati. 🪧Izoh: Oddiy qilib aytganda: "Sababsiz ichki siqilish va hech narsadan ko‘ngli to‘lmaslik" holati. EYFORIYA 🎈 #yunoncha — eu — yaxshi, phoros — olib yurmoq, his qilmoq = "o'zini juda yaxshi his qilish" 📌 Eyforiya — nihoyatda kuchli quvonch, ko‘tarinki kayfiyat va o‘zini juda baxtli his qilish holati.
RASHODAT #arabcha — رشادة — "to‘g‘ri yo‘l, to‘g‘ri fikr, oqillik, hidoyat" 📌 Rashodat — insonning to‘g‘ri yo‘lni tanlashi, oqilona va dono qaror qabul qilishi, ma'naviy yetukligi.
SUKR #arabcha — سُكْر — "mastlik, hushning to‘silishi, aqlning vaqtincha berkilishi" 📌 Sukr — ilohiy jazba va muhabbat ta'siridagi ruhiy "mastlik" holati. Bunda 🚨 dunyoviy narsalar ikkinchi darajaga tushadi, qalb ilohiy muhabbat bilan to‘ladi va odam ba'zan…
APATIYA #yunoncha — a- — yo‘qlik, pathos — his-tuyg‘u, kechinma = "his-tuyg‘usizlik, befarqlik" 📌 Apatiya — insonning atrofdagi voqealar, odamlar yoki o‘z hayotiga nisbatan qiziqishi, motivatsiyasi va hissiy munosabatining pasayishi. 🪧Izoh: Oddiy qilib…
Bu shunchaki leksikon emas ⚠️ balki siz sira uchratmagan so'zlar bazasi 📈
RUMINATSIYA #lotincha — ruminare — "bir narsani qayta-qayta o‘ylash" 🔂 📌 Ruminatsiya — bir xil salbiy fikr, xato yoki muammoni qayta-qayta o‘ylashdan to‘xtay olmaslik: ○ Nega bunday dedim? ○ Boshqacha qilganimda nima bo'lardi? ○ Nega aynan men bilan shunday bo‘ldi? Bu kabi fikrlar qayta-qayta aylanaveradi.
EVRISTIKA #yunoncha — heuristics — "topish usuli, kashf etish yo‘li" 💡 📌 Evristika — muammo yoki masalani to‘liq tahlil qilmasdan, tajriba yoki mantiqqa tayanib, tez yechim topish usuli. #diqqat ⚠️ Evristika har doim ham eng mukammal javobni bermasligi mumkin, lekin qisqa vaqt ichida foydali yechim topishga yordam beradi.
manipulyator
favoritist
DOMINANT #lotincha — dominans / dominari — hukmronlik qilmoq, ustun turmoq. 📌 Dominant — boshqalarga nisbatan ustunlik qiluvchi, yetakchilik qiluvchi yoki ta’siri kuchli bo‘lgan. 🪧Izoh: Oddiy qilib aytganda: “Davrani boshqarib turadigan, so‘zi o‘tadigan…
SUKR #arabcha — سُكْر — "mastlik, hushning to‘silishi, aqlning vaqtincha berkilishi" 📌 Sukr — ilohiy jazba va muhabbat ta'siridagi ruhiy "mastlik" holati. Bunda 🚨 dunyoviy narsalar ikkinchi darajaga tushadi, qalb ilohiy muhabbat bilan to‘ladi va odam ba'zan odatdagidan boshqacha holatni boshdan kechiradi.
HUVIYYAT #arabcha — هويّة — "kimlik", "o‘zlik", "mohiyat", "asl borliq" 📌 Huviyyat — shaxs yoki narsaning asl mohiyati, o‘zligi va kimligini belgilovchi xususiyatlar majmui. 🪧Izoh: Oddiy qilib aytganda: "Men kimman?" degan savolga javob beradigan tushuncha.
ANHEDONIYA #yunoncha — an- — yo‘qlik hēdonē — zavq, rohat = "zavqning yo‘qligi". 📌 Anhedoniya — ilgari zavq va quvonch bergan narsalardan endi zavq ololmaslik holati. Anhedoniya belgilari: ● quvonch hissining pasayishi, ● sevimli mashg‘ulotlarga qiziqmaslik, ● motivatsiyaning kamayishi, ● hissiy bo‘shliq hissi. 🪧Izoh: Oddiy qilib aytganda: "Hech narsa xursand qilmay qo‘yishi"🚨
EMPATIK #yunoncha — em — ichida pathos — his, kechinma = “boshqaning hissiyotini ichdan his qila olish” 📌 Empatik — boshqalarning his-tuyg‘ularini tushunadigan va ularga hamdard bo‘la oladigan inson. 🚨 Empatik odam yaxshi tinglaydi, boshqalarning kayfiyatini…