Engineer in Japan 🌐
описание
Yaponiyadagi O‘zbek dasturchilar hamjamiyati. Chat - https://t.me/+P0TDKSHS7iM5ZWJi
119
подписчиков
Охват к подписчикам
168,9%
ERR
Реакции к просмотрам
2,88%
110 на 19 постов
Пересылки к просмотрам
0,68%
26
Постов в день
0,0
всего 20
Где отзываются чаще
доля реакций к просмотрам- 24 июн.#foydali Dastur sekin ishlayotgan paytda eng xavfli gap: "Manimcha muammo qayerdaligini bilaman." Ko‘pincha bilmaysiz. Bir paytlar men ham kodning eng murakkab joylari sekin ishlaydi deb o‘ylardim. Keyin profiling ishlatishni boshladim. Natija qiziq bo‘ldi. Eng ko‘p shubha qilgan kodim millisekundlarda ishlardi. E'tibor ham bermagan bitta API request esa butun dastur vaqtining 80-90% ini yutayotgan bo‘lardi. Shunda bir narsani tushundim: Dastur sekinlashayotgan bo‘lsa, muammo har doim ham eng katta yoki eng murakkab kodda bo‘lmaydi. Ba'zan bitta SQL query. Ba'zan bitta API request. Ba'zan esa oddiygina fayl o‘qish operatsiyasi. Shuning uchun performance haqida gap ketganda birinchi savol: "Kodni qanday optimizatsiya qilamiz?" emas. "Vaqt qayerga ketmoqda?" Profiling aynan shu savolga javob beradi. O‘lchamasdan turib optimizatsiya qilish — xaritaga qaramasdan yo‘l qidirishga o‘xshaydi. Ba'zan yugurasiz. Lekin noto‘g‘ri tomonga.4,98%
- 17 июл.Agar siz yaponiyada dasturchi sifatida ish qidirayotgan bo'lsangiz. Albatta quyidagi platformalarda profil ochishingiz kerak. Bu saytlar orqali Yaponiyadagi IT kompaniyalariga to'g'ridan-to'g'ri ariza topshirish yoki kompaniyalardan taklif olish imkoniyati mavjud. 1️⃣ GitTap 👨💻 Xorijlik Software Engineer'lar orasida eng mashhur platformalardan biri. 2️⃣ Connect Job 🌏 Xorijlik talabalar va mutaxassislar uchun Yaponiyada ish topishga ixtisoslashgan platforma 3️⃣ Mynavi 🏢 Yaponiyaning eng yirik ish qidirish platformalaridan biri. New Graduate va Mid-career vakansiyalari mavjud. 4️⃣ Wantedly 🚀 Startup va zamonaviy IT kompaniyalari uchun juda yaxshi platforma. 5️⃣ Findy ⭐️ GitHub profilingiz asosida kompaniyalardan scout olish imkoniyati mavjud 6️⃣ Green 💼 Web, Backend, Frontend, Mobile va Startup kompaniyalarida juda ko'p vakansiyalar mavjud 💡 Tavsiyalar: ✅ Profilingizni to'liq to'ldiring. ✅ Resume (CV) ni ingliz yoki yapon tilida tayyorlang. ✅ GitHub va LinkedIn profilingizni qo'shing. ✅ Har kuni yangi vakansiyalarni kuzatib boring. Agar yana shunga o'xshash foydali platformalar yoki Yaponiyada ish topish bo'yicha maslahatlar kerak bo'lsa, 👍 reaksiyasini qoldiring. Keyingi postlarda ulashib boraman.4,85%
- 11 июн.🇺🇿🇯🇵 Assalomu alaykum va kanalga xush kelibsiz! Bu kanal Yaponiyada ishlashni maqsad qilgan o‘zbekistonlik dasturchilar va IT mutaxassislari uchun ochildi. Ko‘pchiligimiz bir xil savollarga duch kelamiz: Yaponiyada ishni qayerdan topish mumkin? Qaysi texnologiyalarga talab yuqori? JLPT qanchalik muhim? Interviewlar qanday o‘tadi? Visa va relocation jarayonlari qanday? Shu kabi savollarga birgalikda javob topish, tajriba almashish va bir-birimizga yordam berish uchun ushbu community tashkil qilindi. Bu yerda: 📢 IT vakansiyalari 📚 Foydali resurslar 🇯🇵 Yapon tili va JLPT materiallari 💼 Ish qidirish tajribalari 🤝 Networking va hamkorlik imkoniyatlari 📈 Karyera bo‘yicha maslahatlar ulashib boriladi. Agar siz ham shu yo‘lda bo‘lsangiz, o‘zingizni tanishtirib o‘ting: 👤 Ism 💻 Yo‘nalish 📚 Yapon tili darajasi 🎯 Hozirgi maqsadingiz Yaponiyaga borish yo‘li har kimda har xil bo‘lishi mumkin, lekin tajriba almashsak, bu yo‘l ancha osonlashadi. Kanalga yana bir bor xush kelibsiz! 🚀 Channel 🌍4,36%
- 15 июн.🇯🇵 "Nima uchun Yaponiya?" — Tahlil va xulosa qilamiz Komentariyalar uchun barchaga kattakon rahmat! Hammasini o'qib chiqdim, oralaringizda haqiqatan ham juda qiziq va o'ziga xos sabablar bor ekan. Keling, endi bu masala bo'yicha o'z kuzatishlarim bilan o'rtoqlashsam. Shuni aytishim kerakki, bu savol sizga faqatgina ishga joylashish suhbatlaridagina emas, balki Yaponiyada yashaydigan butun vaqtingiz davomida ko'p marotaba beriladi. Bu savolga noto'g'ri javob yo'q. Tasavvur qiling, Yaponiyadek muammosiz, osoyishta va toza yurtda tug'ilib o'sgan odamlar nima uchun kimdir o'z vatanini tashlab, boshqa uzoq davlatga ishlash uchun kelishini tushunib yetmaydi. Ular uchun "boshqa davlatda yaxshi karyera qilish, yaxshi daromad topish yoki yaxshi kelajak qurish" degan tushunchalar begona. Chunki ularning o'zida sharoit yaxshi — ishlab topgan puli yetarli, hayot tinch va xavfsiz, atrofi dengiz va mazali taomlarga boy. Shuning uchun ham ularga chet elliklarning bunaqa qat'iyatliligi hayratga soladi. Eng asosiysi savolga samimiy va rost javob bering. Har safar har xil sabab aytib o'zingizni chalkashtirmasangiz bo'ldi. Bitta aniq maqsadingiz bo'lsin. Yaponiyaga qiziqishingizni aytish bilan birga, o'z yurtingizni ham unutib qo'ymang. Biz manqurt emasmiz, Yaponlarga ham manqurtlar yoqmaydi. "Men o'z bilim va mehnatim bilan ham Yaponiyaga, ham o'z yurtim taraqqiyotiga manfaat keltirmoqchiman" deb javob bersangiz, bu ularga juda manzur bo'lishi aniq. O'z vatanini qadrlagan insonni yaponlar juda hurmat qiladi.3,51%
- 13 июл.#foydali 🚀 HTTP'da yangi o'zgarish! IETF rasmiy ravishda RFC 10008 ni e'lon qildi. Endi HTTP'da "QUERY" deb nomlangan yangi metod mavjud. Lekin avval HTTP metodlarini eslab olaylik: - GET → ma'lumot olish - POST → yangi ma'lumot yuborish - PUT/PATCH → ma'lumotni yangilash - DELETE → ma'lumotni o'chirish Muammo nimada edi? GET ma'lumot olish uchun juda qulay: - ✅ Safe (serverdagi ma'lumotni o'zgartirmaydi) - ✅ Idempotent - ✅ Cache qilinadi Ammo GET'da parametrlar URL orqali yuboriladi. Masalan: GET /users?age=18&country=uzbekistan&skill=python Oddiy filterlar uchun yaxshi. Lekin murakkab qidiruvlar, uzun filterlar yoki JSON yuborish kerak bo'lsa, URL juda uzun va noqulay bo'lib ketadi. Shuning uchun ko'p dasturchilar quyidagicha yozishga majbur bo'lishadi: POST /users/search { "age": { "min": 18, "max": 30 }, "country": "Uzbekistan", "skills": [ "Python", "Django" ] } Ammo bu yerda bitta muammo bor. Aslida biz hech qanday ma'lumot yaratmayapmiz. Faqat qidiryapmiz. Demak, "POST" semantik jihatdan to'g'ri tanlov emas. Endi esa "QUERY" "QUERY" metodi aynan shu muammoni hal qiladi. QUERY /users { "age": { "min": 18, "max": 30 }, "country": "Uzbekistan", "skills": [ "Python", "Django" ] } Ya'ni: - ✅ POST kabi request body qabul qiladi. - ✅ GET kabi faqat o'qish uchun ishlatiladi (Safe). - ✅ Idempotent. - ✅ Cache qilinishi mumkin. Bu GraphQL query, murakkab filterlar, analytics va search API'lar uchun juda qulay. ⚠️ Muhim: Bu standart endigina qabul qilindi. Hozircha barcha brauzerlar, frameworklar va serverlar uni qo'llab-quvvatlamaydi. Shu sababli yaqin vaqt ichida "POST /search" endpointlarini hali ham ko'p uchratamiz. Ammo kelajakda REST API'larda murakkab qidiruvlar uchun "QUERY" metodini ko'rishimiz ehtimoli juda yuqori. Nima deb õylaysiz, "POST /search" o'rniga "QUERY" ishlatish REST API'larni yanada toza va tushunarli qiladimi?3,40%
- 19 июн.🇯🇵 AI rivojlanishi bilan kiberxavfsizlik yanada dolzarb bo‘lib bormoqda Bugun bir kouhai'ning kiberxavfsizlik mavzusidagi ma'ruzasini tinglash nasib qildi. Senpai sifatida aytishim mumkinki, mavzu juda qiziqarli va ayni paytda juda dolzarb ekan. So‘nggi kunlarda Yaponiya Banklar Assotsiatsiyasi AI yordamida amalga oshiriladigan kiberhujumlar haqida xavotir bildirgan. Hatto ayrim holatlarda mijozlar mablag‘larini himoya qilish maqsadida ATM yoki online banking xizmatlarini vaqtinchalik to‘xtatishga to‘g‘ri kelishi mumkinligi ham ta'kidlanmoqda. Yaponiyada ayniqsa quyidagi hujumlar eng ko‘p muammo tug‘dirayotgan yo‘nalishlar qatorida tilga olinadi: 🔹 Phishing va ijtimoiy muhandislik (social engineering) 🔹 Ransomware 🔹 Supply Chain Attack 🔹 Cloud va identifikatsiya tizimlariga hujumlar 🔹 AI yordamida zaifliklarni tezkor aniqlash va ekspluatatsiya qilish Qiziq tomoni shundaki, endi AI nafaqat himoya vositasi, balki hujumchilar uchun ham kuchli qurolga aylanib bormoqda. Yaponiya hukumati, Markaziy bank va yirik moliyaviy tashkilotlar hatto bu masala bo‘yicha maxsus ishchi guruhlar tuzishni boshlagan. AI hujumchilar qo‘lida ham kuchli vositaga aylanayotgan bir paytda, sizningcha kelajakda eng qimmat mutaxassis kim bo‘ladi?3,18%
- 22 июн.#foydali Oramizda Pitonda (Pythonda) ishlaydigan dasturchilar bormi ? Ko'pchilik yaxshi tushunmaydigan Pythondagi Multi-threading haqida gapirmoqchiman. Bir paytlar men ham shunday o‘ylardim: "Thread ko‘paytiraman, dastur tezlashadi." Bundoq o'ylab ko'rsa qandaydir mantiqli tuyiladi. 1 ta ishchi o‘rniga 10 ta ishchi ishlasa, ish tezroq tugashi kerak. Lekin baxtga qarshi Python'da bunday emas. Sababi — GIL. GIL bu nima ? GIL'ni texnik ta'riflash mumkin, lekin oddiyroq tushuntiraman. Tasavvur qiling, ofisda 10 ta xodim bor. Hammaning qiladigan ishi bor. Lekin direktor bitta qoida qo‘ygan: Kompyuterdan bir vaqtning o‘zida faqat bitta odam foydalana oladi. Natijada 10 ta xodim bo‘lsa ham, ular navbat bilan ishlaydi. Python'dagi threadlar bilan ham shunga yaqin holat yuz beradi. Shu sababli quyidagi ishlarni thread bilan tezlashtirish qiyin: - katta matematik hisob-kitoblar - millionlab elementlarni qayta ishlash - rasm va video processing - murakkab algoritmlar Chunki bu yerda asosiy ishni CPU qilyapti. Bunday vazifalar CPU-bound deyiladi. Ya'ni bottleneck — protsessorning o‘zi. Lekin .... Masalan: Bot yozdingiz. - Bot database'dan ma'lumot olyapti. - API'ga request yuboryapti. - Fayl yuklayapti. - Internetdan ma'lumot kutyapti. Bu vaqtda CPU ishlamaydi. Dastur shunchaki kutib turadi. Mana shu holat I/O-bound deyiladi. Input/Output bilan bog‘liq kutishlar. Bu yerda threadlar juda yaxshi ishlaydi. Chunki bitta thread API javobini kutayotgan paytda, boshqasi database bilan ishlashi mumkin. Boshqasi esa fayl o‘qiyotgan bo‘ladi. Natijada dastur ancha responsiv ishlaydi. Shuning uchun tajribali Python dasturchilar: "Ko‘proq thread ochish kerak" deb o‘ylashmaydi. Avval boshqa savol berishadi: Muammo CPU'dami yoki kutishlardami? Agar CPU'da bo‘lsa — multiprocessing. Agar kutishlarda bo‘lsa — threading yoki asyncio. Siz bularda ham amaliy va ham nazariy farqni tushunganingizdan keyin Python'dagi performance mavzularining yarmi o‘z-o‘zidan tushunarli bo‘lib qoladi. Keyingi postda yana batafsil bo'ladi ...3,15%
- 28 июл.Mynavi haqida yozishdan avval ulashgim keldi. Claude foydalanuvchilari uchun muhim ogohlantirish Anthropic'ning Artifacts funksiyasida yaratilgan public (ulashilgan) havolalar ayrim holatlarda Google tomonidan indekslangan. Bu nimani bildiradi? Agar siz Artifact'ni public link sifatida ulashgan bo'lsangiz, u qidiruv tizimlari orqali topilishi mumkin. Agar unda: - 🔑 API key yoki tokenlar, - 📄 shaxsiy hujjatlar, - 💻 maxfiy kodlar, - 📊 ichki loyiha ma'lumotlari bo'lsa, ular boshqalarga ham ko'rinib qolish xavfi mavjud. Muhimi: Bu Claude'ning buzilgani emas. Faqat o'zingiz public qilgan Artifacts qidiruv tizimlari tomonidan indekslanishi mumkin bo'lgan. • Public link yaratishdan oldin uning ichidagi ma'lumotlarni tekshiring. • Hech qachon API key, parol yoki maxfiy ma'lumotlarni public Artifact ichida qoldirmang. • Maxfiy loyihalar uchun public ulashish o'rniga shaxsiy usullardan foydalaning. AI vositalaridan foydalanayotganda qulaylik bilan birga xavfsizlikni ham unutmang.3,05%
- 8 июл.🗓2024: "Prompt yozishni o'rganing" 🗓2025: "AI Agentlardan foydalanishni o'rganing" 🗓2026: "Tayyor workflow'lardan foydalaning" Anthropic Claude Code uchun rasmiy Prompt Library chiqardi. Oldin: ❌ Nima yozishni bilmaysiz Hozir: ✅ Tayyor promptni olasiz ✅ Claude Code'ga berasiz ✅ Natijani olasiz Kutubxonada: 🧠 Code Review 🐛 Bug Fix 🧪 Test Writing ⚡️ Refactoring 📖 Documentation 🚀 CI/CD hatto Product Manager va Marketing uchun ham workflow'lar mavjud. Eng foydali qismi esa — "Why this works". Anthropic sizga baliq bermayapti. Baliq tutishni ham o'rgatyapti. AI bilan ishlashni endi prompt yozishdan emas, workflow tushunishdan boshlash kerak. Siz Claude Code ishlatasizmi or Codex or something else ? ✍️Fikrlaringizni yozing.2,96%
- 14 июн.🇯🇵 "Nima uchun Yaponiya?" Yaponiyaga ishga topshirayotgan yoki interviewlarda qatnashayotgan dasturchilar bu savolni deyarli albatta eshitgan bo‘lsa kerak. 💬 Why Japan? 💬 Nima uchun aynan Yaponiyada ishlamoqchisiz? Keling, ushbu savolni birgalikda muhokama qilib ko‘ramiz. ❓ Siz bu savolga qanday javob bergansiz? ❓ Agar hali interviewda qatnashmagan bo‘lsangiz, qanday javob berar edingiz? ❓ Sizningcha, kompaniyalar bu savol orqali nimani bilmoqchi bo‘ladi? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring 👇 Keyingi postda esa men ushbu savol bo‘yicha o‘z tahlilim va kuzatishlarimni ulashaman.2,96%
- 18 июл.Mynavi o'zi nima? Mynavi (マイナビ) — Yaponiyadagi eng yirik ishga joylashtirish kompaniyalaridan biri bo'lib, millionlab talabalar va mutaxassislar har yili aynan shu platforma orqali ish topishadi. Oddiy qilib aytganda, O'zbekistondagi ish.uz yoki hh.uz qanday bo'lsa, Yaponiyada Mynavi shunday eng mashhur platformalardan biridir 👨💻 Dasturchilar uchun ham juda foydali platforma. Bu yerda quyidagi yo'nalishlarda minglab vakansiyalar mavjud: ✅ Backend Engineer ✅ Frontend Engineer ✅ Full Stack Engineer ✅ Mobile Engineer ✅ DevOps ✅ Cloud Engineer ✅ AI Engineer ✅ Data Engineer ✅ QA Engineer 🏢 Qanday kompaniyalar ish e'lon qiladi? • Startup kompaniyalar • O'rta hajmdagi IT kompaniyalar • Rakuten, Fujitsu, NEC, NTT DATA kabi yirik korporatsiyalar • Va yana minglab boshqa kompaniyalar Kimlar foydalanishi mumkin? Yaponiyadagi universitet talabalari New Graduate (yangi bitiruvchilar) Ish tajribasiga ega dasturchilar Career change qilayotganlar Xorijlik mutaxassislar 📌 Nima uchun profil ochish tavsiya qilinadi? ✔️ Minglab vakansiyalarni bitta joydan ko'rish mumkin. ✔️ O'zingiz kompaniyalarga ariza topshirishingiz mumkin. ✔️ Profilingiz kuchli bo'lsa, kompaniyalarning o'zi sizga Scout (スカウト) yuborishi mumkin. ✔️ Ko'plab kompaniyalar aynan Mynavi orqali nomzod qidiradi. 💡 Muhim eslatma Ko'p vakansiyalar yapon tilida yozilgan bo'ladi. Shu sababli kamida JLPT N2 darajasi bo'lsa, ish topish imkoniyatingiz ancha yuqori bo'ladi. Lekin ingliz tilida ishlaydigan kompaniyalar ham uchraydi. Agar Yaponiyada Software Engineer sifatida ishlashni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, Mynavi'da profil ochib qo'yishni tavsiya qilaman. 📌 Keyingi postda: Mynavi'da profilni qanday to'g'ri to'ldirish, kompaniyalardan Scout olish ehtimolini qanday oshirish va yangi bitiruvchilar (新卒) bilan tajribali mutaxassislar (中途) uchun farqlar haqida yozaman.2,81%
- 16 июн.Minasan So‘nggi kunlarda Yaponiyada AI va kiberxavfsizlik bo‘yicha katta qadamlar tashlanmoqda. SoftBank va OpenAI yangi AI asosidagi kiberxavfsizlik xizmatini ishga tushirdi, hukumat esa AI rivojlanishiga investitsiyalarni oshirmoqda. Natijada quyidagi yo‘nalishlarga talab tobora ortib bormoqda: • AI Engineer • Cybersecurity Engineer • Cloud Engineer • Data Engineer • Backend Engineer (Java / Go) • DevOps Engineer Yaponiyada ishlashni rejalashtirayotgan yoki hozir IT yo‘nalishida o‘qiyotganlar uchun bu yaxshi imkoniyat. Endilikda faqat dasturlash emas, AI, cloud va infratuzilma bo‘yicha bilimlar ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. 💬 Siz hozirdan qaysi yo‘nalishga ko‘proq e'tibor qaratyapsiz ? Qanday suniy intellekt dasturlardan foydalanyapsiz ?2,72%