tgindex
"Qarshi vagon ekspluatatsiya uchastkasi" rasmiy kanali

"Qarshi vagon ekspluatatsiya uchastkasi" rasmiy kanali

Статистика
Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
35
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
305
−2 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
299
34 постов
Вовлечённость
98,0%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 35
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
109
1/48двое суток
124
1/72трое суток
134

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • ⏺⏺⏺⏺⏺⏺⏺⏺ Mahmudov Akramjon Farhodovich "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" filiali boshlig'ining tegishli buyrug'iga asosan "Qarshi vagon ekspluatatsiyasi uchastkasi" filiali bosh muhandisi lavozimiga tayinlandi. Mahmudov Akramjon Farhodovich shu vaqtgacha "Qarshi vagon ekspluatatsiyasi uchastkasi" filiali yetakchi hisobchi vazifasida faoliyat yuritib kelgan. Mahmudov Akramjon Farhodovichga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. 🏢 Qarshi MTU matbuot xizmati. 📌WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube✉️ Rahbarga_murojaat

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • Joriy yilning 11-avgust kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali boshlig‘i M.X. Mirzayev tomonidan harakat xavfsizligini ta’minlash, ishchi-xodimlar bilan suhbatlashish hamda korxonada raqamlashtirish bo'yicha olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirish maqsadida Qarshi vagon ekspluatatsiyasi uchastkasi filialida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida temir yo‘l infratuzilmasi obyektlarining holatini baholash maqsadida ma’muriy binolar, ishlab chiqarish jarayonini ta’minlovchi omborxonalar, xodimlarning malakasini oshirishga mo‘ljallangan o‘quv va mashg‘ulot xonalari, shuningdek, mahsulot tayyorlash va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmalar batafsil ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, temir yo‘l tizimining uzluksiz va xavfsiz faoliyatini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mehnat sharoitlari, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan qulayliklar, jumladan, ovqatlanish va dam olish xonalarining holati hamda ularning sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi alohida o‘rganildi. Bugungi kunda muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblangan raqamlashtirish sohasida olib borilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi. Amalga oshirilayotgan loyihalar, ularning joriy etilish bosqichlari va samaradorligi yuzasidan tegishli o‘rganishlar olib borildi. Bundan tashqari, mavjud infratuzilmaning texnik holati, ish jarayonlarini samarali tashkil etish, harakat xavfsizligini ta’minlashga ta’sir etuvchi omillar, mehnat unumdorligini oshirish hamda xodimlar uchun xavfsiz va qulay mehnat muhitini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ko‘rik davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi. 🏢 Qarshi MTU matbuot xizmati. 📌WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube✉️ Rahbarga_murojaat

  • без подписи

  • Hurmatli temir yo‘l transporti sohasi vakillari, qadrli temiryo‘lchilar! Sizlarni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan Temir yo‘l transporti xodimlari kuni bilan “Temiryo‘linfratuzilma” aksiyadorlik jamiyati nomidan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz. Temir yo‘l infratuzilmasi mamlakatimiz iqtisodiyoti, sanoati va transport tizimining mustahkam tayanchi hisoblanadi. Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida temir yo‘l tarmoqlarini modernizatsiya qilish, yangi magistral yo‘llarni barpo etish, mavjud uchastkalarni rekonstruksiya va elektrlashtirish, stansiyalarni zamonaviy talablarga mos ravishda yangilash bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Signalizatsiya, markazlashtirish va aloqa tizimlarining takomillashtirilishi, raqamli texnologiyalar hamda avtomatlashtirilgan boshqaruv yechimlarining joriy etilishi harakat xavfsizligini mustahkamlash, yuk va yo‘lovchi tashish jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash hamda temir yo‘l infratuzilmasining samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Soha rivojiga qo‘shilayotgan har bir hissa, avvalo, siz aziz temiryo‘lchilarning fidokorona mehnatingiz, yuksak kasbiy mahoratingiz va Vatan taraqqiyotiga bo‘lgan sadoqatingiz samarasidir. Qadrli hamkasblar! Mamlakatimiz ravnaqi va milliy temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lidagi samarali mehnatingiz uchun barchangizga samimiy minnatdorlik bildiramiz. Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda yangi yutuqlar, ulkan muvaffaqiyatlar hamda ezgu ishlaringizda bardavom zafarlar tilaymiz. Temir yo‘l infratuzilmasi ravnaqi yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz doimo yuksak e’tirofga sazovor bo‘lsin! Hurmat va ehtirom bilan “Temiryo‘linfratuzilma” AJ boshqaruvi raisi S.A. Norqabilov 🌎railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram  ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram

  • Hurmatli temir yo‘l transporti sohasi fidoyilari, aziz temiryo‘lchilar!   Sizlarni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan Temir yo‘l transporti xodimlari kuni bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz. Bugungi kunda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar temir yo‘l transporti tizimini ham mutlaqo yangi bosqichga olib chiqmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyotining strategik tayanchi bo‘lgan mazkur tarmoqda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, transport-logistika zanjirlarini takomillashtirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida sohaning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari barqaror o‘sib, yuk va yo‘lovchi tashish hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Yangi temir yo‘l liniyalari qurilib, mavjud tarmoqlar modernizatsiya qilinib va elektrlashtirilmoqda. Harakat tarkibi parki izchil yangilanib, tarmoq sanoat korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlari tobora ortib bormoqda. Zamonaviy raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt elementlari, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va innovatsion yechimlarning keng joriy etilishi xizmatlar sifati, harakat xavfsizligi va boshqaruv samaradorligini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Soha har tomonlama bilimli va yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlanib, mamlakatimizning xalqaro transport-tranzit salohiyati izchil yuksalmoqda. Ayniqsa, Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston xalqaro temir yo‘li loyihasining amaliy bosqichga o‘tishi, yangi temir yo‘l liniyalari va yuqori tezlikdagi yo‘nalishlarning barpo etilishi, “Jaloliddin Manguberdi” zamonaviy elektropoyezdi qatnovining yo‘lga qo‘yilishi milliy temir yo‘l tizimi taraqqiyotining yangi sahifasini ochdi. Bularning barchasi Yangi O‘zbekistonda temir yo‘l sohasi mutlaqo yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qo‘yganining, uning mamlakatimiz iqtisodiy qudrati va xalqaro nufuzini mustahkamlashdagi o‘rni tobora yuksalib borayotganining yorqin ifodasidir. Bu yuksak yutuqlar, avvalo, sizlarning yuksak kasbiy mahorati, fidokorona mehnatingiz, mas’uliyatingiz va Vatan taraqqiyotiga bo‘lgan sadoqatingiz samarasidir. Qadrli hamkasblar! Barchangizga mamlakatimiz ravnaqi va temir yo‘l sohasi taraqqiyoti yo‘lidagi samarali mehnatingiz uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz. Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda yangi yutuqlar, ulkan zafarlar va ezgu ishlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yurtimiz taraqqiyoti va milliy temir yo‘l sohasi ravnaqi yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz doimo yuksak e’tirofga sazovor bo‘lsin!   Hurmat va ehtirom bilan   “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Z.Gʻ.Narzullayev   O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Q.S.Sabirov |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

  • O‘zbekiston temiryo‘lchilari o‘z kasb bayramini nishonlamoqda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan 2017-yildan buyon avgust oyining birinchi yakshanbasi mamlakatimizda  Temir yo‘l transporti xodimlari kuni sifatida nishonlab kelinmoqda. Ushbu kasb bayrami munosabati bilan bugun “Temiryo‘lchilar madaniyat saroyi”da tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.     Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin|

  • #Axborot24 | 31.07.2026 Temir yo‘l transporti xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri va “Faxriy temiryo‘lchi” ko‘krak nishonini topshirish marosimi

  • без подписи

  • без подписи

  • ✅ Joriy yilning 31-iyul kuni Qarshi vagon ekspluatatsiya uchastkasi filiali boshlig‘i J.J. Bozorov tomonidan o‘rta bo‘g‘in rahbarlari hamda ishchi-xodimlar ishtirokida Temir yo‘l transporti xodimlari kuni munosabati bilan bayram oldi yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilish davomida poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash, bayram kunlarida xushyorlik va mas’uliyatni yanada oshirish, vagonlarga texnik xizmat ko‘rsatish sifatini yuksaltirish hamda belgilangan texnologik talab va me’yorlarga qat’iy rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, barcha mas’ul bo‘linmalarda navbatchilikni samarali tashkil etish maqsadida tegishli joylar bo‘yicha navbatchilar ro‘yxatini shakllantirish, nazoratni kuchaytirish hamda berilgan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. 📲 https://t.me/vche_qarshi

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи