"SUVXOʻJALIKNAZORAT" INSPEKSIYASI.
СтатистикаOʻzbekiston Respublikasi "Suvxoʻjaliknazorat" inspeksiyasi rasmiy kanali Axborot xizmat raqami: +998940272772 Manzil: Toshkent shahri, Turkqoʻrgʻon koʻchasi 26 uy ☎️Ishonch telefoni: +998555207166 Murojaat uchun: +998555006999 🌐Web-sayt:gov.uz/uz/vnadzo
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 9
- Всего постов
- 50
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 166
- 1/48двое суток
- 190
- 1/72трое суток
- 205
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Президент Администрацияси тўғрисидаги қонунга шарҳ берилди Администрация Президент фаолияти ва Конституциявий ваколатларини ташкилий, ҳуқуқий ва таҳлилий жиҳатдан таъминловчи ягона конституциявий институт ҳисобланса-да, давлат органлари билан муносабатларда унинг фаолиятини қонун билан тартибга солиш бўйича ҳуқуқий бўшлиқ мавжуд эди. Эндиликда янги қонун билан ушбу масалалар тартибга солинди. Президентнинг фармон, қарор, фармойиш ва топшириқлари ижросини ташкил этишда Администрациянинг амалдаги ваколатлари доирасидаги фаолияти қонун билан тартибга солиниши Президентлик институтининг ҳуқуқий асосларини кучайтиради. Халқаро амалиётда Президент фаолиятини таъминловчи институтнинг ҳуқуқий мақоми қонун даражасида белгиланиши Президентлик бошқарувининг институционал стандарти ҳисобланади. Қонун 4 та боб ва 34 та моддадан иборат бўлиб, Администрациянинг амалдаги ваколатлари доирасида Президент фаолиятини таъминлашнинг конституциявий механизмлари қонунда ҳуқуқий жиҳатдан расмийлаштирилди. Хусусан: – Администрация Ўзбекистон Республикаси Президентининг ваколатлари амалга оширилишини ташкилий, ҳуқуқий, таҳлилий жиҳатдан таъминлайдиган давлат органи сифатида белгиланди; – Администрацияни Президент шакллантиради, Президент белгилаган асосий йўналишларда фаолият юритади, Президентга бўйсунади ва ҳисобдор бўлади. Администрациянинг асосий вазифалари белгиланди: – Ўзбекистон Республикаси Президентининг конституциявий ваколатларини амалга оширилишини ташкилий, ҳуқуқий ва таҳлилий таъминлаш; – Президентнинг фармон, қарор ва фармойишлари лойиҳаларини ҳамда топшириқларини тайёрлаш, уларнинг ижросини ташкил этиш, назоратини олиб бориш ҳамда уларни амалга оширишга кўмаклашиш; – Президентнинг мамлакатни ижтимоий-иқтисодий ва ижтимоий-сиёсий ривожлантиришга оид янги ташаббусларини ишлаб чиқиш; – аҳоли ва тадбиркорлар билан очиқ ва тўғридан-тўғри мулоқотларни ташкил этиш ва уларни қийнаётган масалаларга ечимларни ишлаб чиқиш; – қонунларни имзога ёки қайтаришга тайёрлаш; – Президентнинг Олий Мажлисга мурожаатномасини ташкил этиш; – Президентга бевосита бўйсунувчи (ҳисобдор) давлат органлари ва ташкилотлари фаолиятини мувофиқлаштириш ва бошқалар. Шунингдек, қонунда Администрация раҳбарининг ҳуқуқий мақоми ва вазифалари, Администрациянинг мансабдор ва бошқарув шахсларини лавозимга тайинлаш ҳамда озод этишга оид нормалар белгиланган, Президент ҳузуридаги Хавфсизлик кенгаши фаолиятини ташкил этишнинг қонуний асослари яратилган. Администрация Президент фаолиятини ташкил этиш доирасида парламент, Ҳукумат, вазирлик ва идоралар, маҳаллий ҳокимликлар, суд ҳокимияти ва судьялар ҳамжамияти органлари билан ҳамкорлик қилади. Администрация Президентга бевосита бўйсунувчи давлат органлари фаолиятини мувофиқлаштиради, уларни такомиллаштириш бўйича таклифлар тайёрлайди ва Президентга киритади. Администрация ходимлари учун уларга юклатилган вазифаларни бажаришда ижтимоий, иқтисодий ва ҳуқуқий ҳимоя чоралари назарда тутилмоқда. Rasmiy sahifalar👇 📱Veb-sayt 💬 Telegram 💬 Facebook 📷 Instagram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Administratsiyasi to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi. ——— Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#31_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. Rasmiy sahifalar👇 📱Veb-sayt 💬 Telegram 💬 Facebook 📷 Instagram
Қорақалпоғистон: «Сорали» канали тантанали тарзда фойдаланишга топширилди Ўзбекистон Республикаси Давлат мустақиллигининг 35 йиллиги арафасида Нукус туманидаги «Сорали» каналининг реконструкцияси якунланиб, объект тантанали тарзда фойдаланишга топширилди. Тадбирда Ўзбекистон Республикаси Сув хўжалиги вазирлиги ҳузуридаги «Сувхўжаликназорат» инспекцияси бошлиғи Р. Раҳимов, Қорақалпоғистон Республикаси Сув хўжалиги вазири Б. Юсупов ҳамда Нукус тумани ҳокими З.Зайтов, кенг жамоатчилик вакиллари иштирок этди. Реконструкция доирасида каналнинг 6,6 километри бетонлаштирилиб, бош сув олиш иншооти, 3 та сув тўсиш гидротехник иншооти ва 40 та сув олиш иншооти реконструкция қилинди. Натижада сувдан фойдаланиш коэффициенти 0,60 дан 0,95 гача оширилиб, Нукус тумани «Арбаши» ОФЙ ҳудудидаги 25 та фермер хўжалиги ва аҳолининг 2 943 гектар суғориладиган ер майдони сув таъминоти яхшиланди.
“Eng yaxshi suvchi kitobxon” tanlovi uchun tavsiya etilgan adabiyotlar RO‘YXATI Badiiy asarlar 1. Alisher Navoiy “Farhod va Shirin” 2. Munis Xorazmiy tarjimai holi 3. Muhammadrizo Ogahiy tarjimai holi 4. Kaykovus “Qobusnoma” 5. Forobiy “Fozil odamlar shahri” 6. Sohibqiron Amir Temur “Temur tuzuklari” 7. Abdulla Qodiriy “O‘tkan kunlar” 8. Tohir Malik “Alvido bolalik” 9. O‘tkir Hoshimov “Nur borki soya bor”, “Ikki eshik orasi” 10. Ahmad Lutfiy Qozonchi “Saodat asri qissalari” 11. Usmon Azim “Saylanma” 12. Halima Xudoyberdiyeva “Saylanma” 13. Eshqobil Shukur “Hamal ayvoni” Sohaga oid asarlar 1. Ismoil Jo‘rabekov ibrat maktabi haqida (Vazirlik kutubxonasida mavjud). 2. Shavkat Xamrayev, Ilhom Jo‘rayev “Suvdan foydalanish etikasini rivojlantirishda Xitoy tajribasi” 3. Suv xo‘jaligi, irrigatsiya, melioratsiya va gidrotexnika sohasiga oid asosiy darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va ilmiy monografiyalar RO‘YXATI 4. B. Saliyev “Suv-tabiat mo‘jizasi” 5. S. Mamatov, Sh. Xamrayev va boshqalar “Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari asoslari” 6. Suv kitob to‘plami 7. R.Jumaniyozov “Suv va so‘z saxovati” 8. Suv kodeksi Motivatsion asarlar 1. Sh.Mirziyoyev “Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston” 2. Sh.Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” 3. H.Sultonov “Yaldo kechasi” 4. Muhammad Abbos Xon “O‘zbekiston: Uchinchi Renessans-taraqqiyot konsepti” 5. Chingiz Aytmatov “Asrga tatigulik kun”, “Cho‘qqida qolgan ovchining ohu zori” 6. Paulo Koelo “Alkimyogar” 7. Jeyms Klir “Atom odatlar” 8. Deyl Karnegi asarlari 9. Shum bola (G‘afur G‘ulom) 10. Mo‘'jizalar sodir bo‘lmaydi (Li Myon Bak). 11. Daftar hoshiyasidagi bitiklar (O‘tkir Hoshimov). 12. Odamiylik mulki (Tohir Malik). 13. Sayohatnoma (ibn Batuta). 14. Muvaffaqiyat kaliti (Deyl Karnegi). 15. Masnaviy ma'naviy (Jaloliddin Rumiy).
без подписи
без подписи
без подписи
СУВ ТЕЖОВЧИ ТЕХНОЛОГИЯЛАР БЎЙИЧА ТАЖРИБА АЛМАШИЛДИ Сув хўжалиги соҳасида сув ресурсларидан самарали ва оқилона фойдаланиш, замонавий сув тежовчи технологияларни кенг жорий этиш борасида амалий ишлар изчил давом эттирилмоқда. Сувхўжаликназорат инспекцияси Самарқанд вилояти бошқармаси бош мутахассиси Л.А. Бойқобилов ҳамда АҚШнинг Флорида университети профессори Рок Местер Пастдарғом туманидаги “Pastdarg‘om Agrosoy Gardens” фермер хўжалигида бўлиб, сув тежовчи технологиялар асосида қишлоқ хўжалиги ер майдонларини суғориш жараёнлари билан яқиндан танишдилар. Ташриф давомида замонавий суғориш технологияларидан самарали фойдаланиш, сув ресурсларини тежаш ва қишлоқ хўжалиги экинларининг сувга бўлган эҳтиёжини мақбул таъминлаш масалалари муҳокама қилиниб, ўзаро тажриба алмашилди.
#30_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. Rasmiy sahifalar👇 📱Veb-sayt 💬 Telegram 💬 Facebook 📷 Instagram
без подписи
без подписи
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan bayramona bezaklar o‘rnatildi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan "Suvxo‘jaliknazorat" inspeksiyasi ma'muriy binosida bayramona muhitni yaratish maqsadida kirish qismi va bino tashqi fasadiga maxsus bayram bannerlari hamda bezak elementlari o‘rnatildi. Mazkur bezaklarda mustaqillikning 35 yilligi ramzi, davlat bayrog‘i ranglari, milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi tasvirlar hamda "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori o‘z ifodasini topgan. Shuningdek, binoning asosiy kirish qismiga bayramona peshlavha, hududga esa Mustaqillikning 35 yilligi ramzi tushirilgan maxsus stend va bannerlar joylashtirilib, jamoada yurtimiz taraqqiyoti, tinchligi va farovonligiga daxldorlik tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan ushbu bezatish ishlari davlatimiz ramzlariga bo‘lgan hurmatni yuksaltirish, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan. "Suvxo‘jaliknazorat" inspeksiyasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi hamda yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik va ravnaq tilaydi. Rasmiy sahifalar👇 📱Veb-sayt 💬 Telegram 💬 Facebook 📷 Instagram
👍 Xorazm viloyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boshlandi Ayni vaqtda Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev rahbarligidagi Hukumat komissiyasi Xorazm viloyatida tadbirkorlar va investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Mazkur ochiq muloqotda "Suvxo‘jaliknazorat" inspeksiyasi boshlig‘i Rustam Raximov ishtirok etayotgan tadbirda inspeksiyasi vakillari mas’ullarga bevosita murojaat qilib, dolzarb masalalarni ko‘tarishlari, takliflar kiritishlari hamda muammolarni tezkor hal etishda yordam olishlari mumkin. 👍 Tadbirni jonli efir orqali tomosha qilishingiz mumkin! 📱Veb-sayt 💬 Telegram 💬 Facebook 📷 Instagram
без подписи
без подписи
Davlat xizmatchilarining malakasini oshirish onlayn platformasi – kasbiy rivojlanish uchun zamonaviy ta'lim muhiti Davlat xizmatchilarining malakasini oshirish onlayn platformasi davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, uzluksiz ta'limni qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy boshqaruv kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiladi. ⚡️Platforma statistikasi: 🔒 9 ta o‘quv kursi; 🔒 186 803 nafar foydalanuvchi; 🔒 624 459 ta elektron sertifikat. 👍Platformada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kurslar mavjud: • Ma'muriy tartib-taomillar islohoti; • Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun kiberxavfsizlik asoslari; • Energiya tejamkorligi; • Davlat xizmatchisiga zarur kompetensiyalar; • Yashil energetika; • Davlat fuqarolik xizmatchisining etikasi; • Iqtisodiy bilim asoslari; • Davlat xizmatiga kirish; • Har bir davlat xizmatchisi – ma'naviyat targ‘ibotchisi. Platformaning afzalliklari: ➡️video darslar, o‘quv materiallari va test sinovlari; ➡️kurslarni mustaqil o‘zlashtirish imkoniyati; ➡️kurs yakunida elektron sertifikat olish; ➡️mobil qurilmalarda qulay foydalanish; ➡️"Mustaqil ta'lim" bo‘limida ekspertlarning dolzarb mavzulardagi videomateriallari bilan tanishish imkoniyati. 👍Platformadan davlat fuqarolik xizmatchilari, rahbar kadrlar va davlat tashkilotlari xodimlari foydalanishi mumkin. Ayrim kurslar davlat xizmatiga kirishni rejalashtirayotgan nomzodlar uchun ham ochiq. Rasmiy sahifalar👇 📱Veb-sayt 💬 Telegram 💬 Facebook 📷 Instagram
🚫 Korrupsiyaga qarshi birlashaylik! 🗣 Korrupsiya haqida xabar berish – xavf emas, masʼuliyat. Siz boshlang – sizning ortingizdan boshqalar ham ergashadi. Agar korrupsiyaga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz: ⏺Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: 📞 Call-markaz – 1386 👍 "Suvxo‘jaliknazorat" inspeksiyasi: 📞 Ishonch telefoni: +998555207166 📨 Elektron pochta: v-nadzor@minwater.uz Rasmiy sahifalar👇 📱Veb-sayt 💬 Telegram 💬 Facebook 📷 Instagram
Сувчилар оиласидаги иқтидорли ёшлар АҚШнинг Бостон ва Нью-Йорк шаҳарларида бўлиб ўтган STEAM SPIRES Global Final 2026 халқаро олимпиадасида Ўзбекистондан 3 нафар ўқувчи совриндор бўлди. 🥇 Ботиров Мирзиё Рустамович (9–10-синфлар) — математика йўналишида олтин медал ва мутлақ ғолиб, iPad совриндори бўлди. Энг қувонарлиси, Мирзиё сувчилар сулоласининг вакили, “Сувхўжаликназорат” инспекцияси раҳбари Рустам Ботирович Раҳимовнинг ўғлидир. Бу оила аъзоларини халқаро олимпиадаги олтин медал ва чемпионлик билан қутлаймиз ва Мирзиёнинг янада улкан ютуқларга эришишини тилаб қоламиз.
TAKLIFNOMA 🇺🇿🇹🇷Hurmatli ziyolilar, davlat va jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari! Sizlarni turkiyalik taniqli adib, olim va jamoat arbobi, doktor Kemal Yavuz Atamanning “Men tanigan О‘zbekiston” kitobi taqdimot marosimiga taklif etamiz. Taqdimotda О‘zbekistonning boy tarixi va ma’naviy merosi, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi о‘rni hamda bugungi Yangi О‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida horijlik muallifning fikr-mulohazalari aks etgan kitob keng jamoatchilikka taqdim etiladi. Kitob Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati hamda Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tashabbusi bilan “Ma’rifat elchilari” loyihasi doirasida о‘zbek va turk tillarida nashr etildi. 📅 Sana: 2026-yil 7-avgust 🕚 Vaqt: soat 11:00 📍 Joy: Azimut Grand Hotel Tashkent, “Amir Temur” zali ✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTube