tgindex
TOMCHI

TOMCHI - Сув тежашда ёрдамчи. Савол ва таклифлар бўйича мутахассислар билан алоқа: @tomchiguruhi “TOMCHI” мобил иловасини ўрнатиб олиш: https://nwrmp.uz/link.html

Последний пост
13:59
Последнее чтение
09:30
Постов за неделю
48
Всего постов
113
Тип
открытый
Язык
az
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
11 085
−56 за 4 дн.
Сутки
−8
−0,07%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
700
40 постов
Вовлечённость
6,3%
к подписчикам
Постов в день
6,9
всего 113
Упоминаний
12
каналов
Охват размещения
по 13 постам
1/24сутки в ленте
663
1/48двое суток
759
1/72трое суток
818

Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.

Посты

  • 13:592082

    #Meteopost 🌱💧 2026-yil 13–16-avgust kunlari bug‘lanish tahlili va paxta maydonlarida sug‘orish tavsiyalari Suvchilar maktabi tajriba uchastkalaridagi meteostansiyalar ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 13–16-avgust (4 kun) davomida tuproq namligining bug‘lanish ko‘rsatkichlari quyidagicha qayd etildi: 🔴 Nisbatan yuqori bug‘lanish – Navoiy, Jizzax va Buxoro viloyatlarida. 🟡 Nisbatan o‘rtacha bug‘lanish – Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida. 🟢 Nisbatan past bug‘lanish – Namangan, Farg‘ona, Andijon viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida. ⏳ Tomchilatib sug‘orish tizimi joriy qilingan paxta maydonlarini barcha viloyatlarda hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida kamida 5–6 soat davomida sug‘orish tavsiya etiladi. 💡 Xulosa: Hosil to‘planayotgan ushbu kunlarda bug‘lanish natijasida yo‘qotilgan tuproq namligini o‘z vaqtida tiklash, tavsiya etilgan sug‘orish me’yorlari va davomiyligiga amal qilish ekinlarning barqaror rivojlanishi hamda suv resurslaridan samarali foydalanishga xizmat qiladi. 📊 Batafsil ma’lumotlar infografikada. 😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM

  • 12:0145141

    🌱 Daladagi mehnat — hosilga qo‘yilgan poydevor Navoiy viloyati Karmana tumani Madaniyat hududidagi “Porloq Niyat Karmana” fermer xo‘jaligi rahbari Mohigul Axmedova g‘o‘za parvarishi, dalada olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar va kutilayotgan hosil natijalari haqida fikr bildirdi. 🎥 Fermerning fikrlari — videolavhada. 😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM

  • 09:5456832

    #Meteopost 🌱💧 Ekin dalalaridan bug‘langan namlik miqdori Suvchilar maktabining viloyatlar markazlarida joylashgan tajriba uchastkalaridagi meteostansiyalar ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 16-avgust kuni tuproq namligining bug‘lanishi quyidagicha kuzatildi: 🔴 Nisbatan yuqori bug‘lanish — Buxoro, Surxondaryo, Navoiy va Jizzax viloyatlarida. 🟠 Nisbatan o‘rtacha bug‘lanish — Qashqadaryo, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida. 🟢 Nisbatan past bug‘lanish — Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida. 💡 Xulosa: Bug‘lanish nisbatan yuqori kuzatilgan hududlarda sug‘orishni o‘z vaqtida amalga oshirish, qolgan hududlarda esa tuproq namligini muntazam kuzatib, sug‘orish muddatlari va me’yorlarini meteostansiya ma’lumotlari asosida belgilash tavsiya etiladi. 📊 Batafsil ma’lumotlar infografikada. 😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM

  • 08:0161532

    💧 Suv resurslaridan samarali foydalanish va suv tanqisligining oldini olish masalalari Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev Gazeta.uz ga bergan intervyusida iqlim o‘zgarishi sharoitida suv resurslarini boshqarish, kutilayotgan suv tanqisligi, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish hamda sohada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida fikr bildirdi. ▶️Intervyuning to‘liq shaklini Gazeta.uz ning YouTube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin. 😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM

  • 06:065932

    🌱 Avgust oyida g‘o‘zani kultivatsiya qilish ⚠️Agar kultivatsiya kechiktirib o‘tkazilsa yoki qator orasi yumshatilmay qolib ketsa, jo‘yaklar qurib, yuzasi yoriladi, g‘o‘za ildizlari shikastlanadi, vilt kasali ko‘payadi, tuproqdagi namlik tezda yo‘qotiladi, begona o‘tlar o‘sib ketadi, hosil elementlari tezda to‘kilib, hosildorlik 15–25% pasayadi. 📉 Bir so‘z bilan aytganda, kultivatsiya obi-tobidan 1–2 kunga kechiksa 1–2 s/ga, 2–3 kunga kechiktirilsa 3–4 s/ga va shu tarzda hosil kamayib ketaveradi. 🚜 Shu davrda kultivatsiyani chuqur o‘tkazish ham shart emas, ya’ni kultivatsiya yuzaroq o‘tkazilishi lozim. Yuza kultivatsiya dalani mashina terimiga yaxshi tayyorlash imkonini berib, paxta terish mashinalarining bir tekis yurishini ta’minlaydi. 📌 Qator oralig‘i 60 sm va qo‘shqator qilib ekilgan maydonlarda g‘o‘za shoxlari bir-biri bilan tutashgandan so‘ng, kultivatsiya o‘tkazilmaydi. 😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM

  • #Meteopost 🌱💧 Ekin dalalaridan bug‘langan namlik miqdori Suvchilar maktabining viloyatlar markazlarida joylashgan tajriba uchastkalaridagi meteostansiyalar ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 15-avgust kuni tuproq namligining bug‘lanishi quyidagicha kuzatildi: 🔴 Nisbatan yuqori bug‘lanish — Buxoro, Jizzax, Toshkent va Navoiy viloyatlarida. 🟠 Nisbatan o‘rtacha bug‘lanish — Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida. 🟢 Nisbatan past bug‘lanish — Sirdaryo, Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida. 💡Xulosa: Bug‘lanish nisbatan yuqori kuzatilgan hududlarda sug‘orishni o‘z vaqtida amalga oshirish, qolgan hududlarda esa tuproq namligini muntazam kuzatib, sug‘orish muddatlari va me’yorlarini meteostansiya ma’lumotlari asosida belgilash tavsiya etiladi. 📊 Batafsil ma’lumotlar infografikada. 😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM

  • 👇

  • #Meteopost 🌱💧 Ekin dalalaridan bug‘langan namlik miqdori Suvchilar maktabining viloyatlar markazlarida joylashgan tajriba uchastkalaridagi meteostansiyalar ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 14-avgust kuni tuproq namligining bug‘lanishi quyidagicha kuzatildi: 🔴 Nisbatan yuqori bug‘lanish — Samarqand, Jizzax, Toshkent va Navoiy viloyatlarida. 🟠 Nisbatan o‘rtacha bug‘lanish — Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm, Farg‘ona, Namangan viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida. 🟢 Nisbatan past bug‘lanish — Sirdaryo, Andijon va Buxoro viloyatlarida. 💡Xulosa: Bug‘lanish nisbatan yuqori kuzatilgan hududlarda sug‘orishni o‘z vaqtida amalga oshirish, qolgan hududlarda esa tuproq namligini muntazam kuzatib, sug‘orish muddatlari va me’yorlarini meteostansiya ma’lumotlari asosida belgilash tavsiya etiladi. 📊 Batafsil ma’lumotlar infografikada. 😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM

  • 🌿 G‘o‘za defoliatsiyasida purkagichlarni ishlatish tartiblari (2): 🌬️ Shamolning tezligi 4 m/s dan yuqori bo‘lsa ventilyatorli purkagichlar o‘rniga shtangali purkagichlardan foydalanish zarur; 🔹ventilyator soplosining tebranish amplitudasini rostlang: past bo‘yli g‘o‘za maydonlari uchun 1800, o‘rtacha bo‘yli g‘o‘za maydonlari uchun 1600, baland bo‘yli 🔹g‘o‘za maydonlari uchun 1400 (defoliatsiyada sifat ta’minlanadi); 📏defoliatsiya jarayonida ventilyatorning pastki qirrasi va g‘o‘za tuplari orasidagi masofa 0,8-1 metr bo‘lsin (tuplarga to‘la ishlov beriladi); 💧 to‘zg‘itgich qopqoqlari uning korpusiga konusi ichkariga qaragan holatda mahkamlanganda suyuqlik kam sarflanadi va mayda tomchilar shaklida purkaladi; 💦 qopqoqlar konusi tashqariga qaragan holatda mahkamlansa suyuqlik sarfi ortadi va yirikroq purkaladi; ⚠️ manometr strelkasi 1 atmosferadan past bosimni ko‘rsatganda filtr ifloslangan yoki nasos buzilgan yoki baklar bo‘shagan bo‘ladi (filtr darhol tozalansin, nasos tuzatilsin, baklar eritma bilan to‘ldirilsin); 😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM

  • #BilibOling 🛰💧 KOSMOSDAN YER OSTIDAGI SUVNI “KO‘RISH” MUMKINMI? Ha, lekin oddiy kamera bilan emas. 🌎 Yer ostidagi suv miqdori o‘zgarganda hududdagi umumiy suv massasi ham o‘zgaradi. Bu esa Yerning gravitatsion maydonida juda kichik o‘zgarishlar yuzaga keltiradi. 🛰 Maxsus sun’iy yo‘ldoshlar ana shu o‘zgarishlarni o‘lchash orqali katta hududlarda suv zaxiralarining kamayishi yoki ko‘payishini kuzatishga yordam beradi. 📡 Masalan, GRACE va GRACE-FO sun’iy yo‘ldosh missiyalari Yerning gravitatsion maydonidagi o‘zgarishlarni kuzatib, olimlarga yer osti suvlari zaxirasidagi o‘zgarishlarni baholash imkonini beradi. 💡 Demak, kosmosdan yer ostidagi suvning o‘zi emas, uning massasi o‘zgarishi qoldirgan “gravitatsion iz” aniqlanadi. 😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM

  • #DunyoTajribasi 🌍 DUNYO TAJRIBASI 🇪🇸 Ispaniyada sug‘orish kanallari ustiga quyosh panellari o‘rnatilmoqda ☀️ Ispaniyada sug‘orish kanallari infratuzilmasidan samaraliroq foydalanish maqsadida ularning ayrim qismlarini quyosh panellari bilan qoplash loyihalari amalga oshirilmoqda. ⚡ Panellar kanal ustidagi bo‘sh maydondan foydalanib elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. 💧 Shu bilan birga, panellar suv yuzasiga tushadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlarini kamaytirgani sababli bug‘lanish yo‘qotishlarini kamaytirishga ham yordam berishi mumkin. 🌱 Natijada bitta infratuzilma bir vaqtning o‘zida suvni yetkazish va qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish vazifalarini birlashtiradi. 💡 Suv + quyosh energiyasi — mavjud infratuzilmadan ikki tomonlama foydalanish yechimi. 😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAMi

  • #TerminlarLugati 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 💾 Datalogger (ma’lumotlar xotirasi) — o‘lchash ma’lumotlarini yig‘ish, saqlash va yetkazib berish uchun mo‘ljallangan elektron moslama. 😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM

  • #Fermertajribasi 🌱 Namangan viloyati Norin tumanidagi “Jamshid Botirov” fermer xo‘jaligi rahbari Jamshid Botirov xo‘jalikda olib borilayotgan ishlar va amaliy tajribasi haqida fikr bildirdi. 💧 Shuningdek, suvdan samarali foydalanish, sug‘orish jarayonlarini tashkil etish hamda zamonaviy yondashuvlarning amaliy ahamiyati xususida so‘z yuritdi. 🎬 Fermer tajribasi — videolavhada. 😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM

  • #Meteopost 🌱💧 2026-yil 9–12-avgust kunlari bug‘lanish tahlili va paxta maydonlarida sug‘orish tavsiyalari Suvchilar maktabi tajriba uchastkalaridagi meteostansiyalar ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 9–12-avgust (4 kun) davomida tuproq namligining bug‘lanish ko‘rsatkichlari quyidagicha qayd etildi: 🔴 Nisbatan yuqori bug‘lanish – Navoiy va Toshkent viloyatlarida. 🟡 Nisbatan o‘rtacha bug‘lanish – Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Buxoro, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida. 🟢 Nisbatan past bug‘lanish – Sirdaryo, Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida. ⏳ Tomchilatib sug‘orish tizimi joriy qilingan paxta maydonlarini quyidagi davomiylikda sug‘orish tavsiya etiladi: • 6–7 soat – Navoiy, Toshkent, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida. • 5–6 soat – qolgan viloyatlarda. 💡 Xulosa: Hosil to‘planayotgan ushbu issiq kunlarda bug‘lanish natijasida yo‘qotilgan tuproq namligini o‘z vaqtida tiklash, tavsiya etilgan sug‘orish me’yorlari va davomiyligiga amal qilish ekinlarning barqaror rivojlanishi hamda suv resurslaridan samarali foydalanishga xizmat qiladi. 📊 Batafsil ma’lumotlar infografikada. 😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM

  • #Meteopost 🌱💧 Ekin dalalaridan bug‘langan namlik miqdori Suvchilar maktabining viloyatlar markazlarida joylashgan tajriba uchastkalaridagi meteostansiyalar ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 13-avgust kuni tuproq namligining bug‘lanishi quyidagicha kuzatildi: 🔴 Nisbatan yuqori bug‘lanish — Navoiy, Samarqand va Jizzax viloyatlarida. 🟠 Nisbatan o‘rtacha bug‘lanish — Toshkent, Buxoro, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm va Namangan viloyatlarida. 🟢 Nisbatan past bug‘lanish — Farg‘ona, Andijon viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida. 💡 Xulosa: Bug‘lanish nisbatan yuqori kuzatilgan hududlarda sug‘orishni o‘z vaqtida amalga oshirish, qolgan hududlarda esa tuproq namligini muntazam kuzatib, sug‘orish muddatlari va me’yorlarini meteostansiya ma’lumotlari asosida belgilash tavsiya etiladi. 📊 Batafsil ma’lumotlar infografikada. 😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM

  • 📌 G‘O‘ZA DEFOLIATSIYASIDA PURKAGICHLARNI ISHLATISH TARTIBLARI (1) ▪️ Purkagichning ostki qismini yumshoq mato yoki qoplar bilan o‘ramasdan defoliatsiyani boshlashga ruxsat etilmaydi. 🚜 Agregatning ishchi tezligi: ▪️ g‘o‘zalari past bo‘yli va siyrak maydonlarda — 6,3–7,5 km/soat; ▪️ g‘o‘zalari baland va qalin maydonlarda — 5,3–6,5 km/soat. ❗️ AGREGAT TEZLIGI HAR BIR DALADAGI G‘O‘ZANING RIVOJIGA QARAB INDIVIDUAL RAVISHDA TANLANISHI LOZIM! 💨 Shamol tezligi 1,0 m/s dan past bo‘lsa — eritmani agregatning orqa tomonidan yoyib sepish usulini qo‘llang (ventilyator tebranma harakat qiladi). 💨 Shamol tezligi 1–3 m/s bo‘lsa — shamol yo‘nalishi bo‘yicha yonboshdan purkash usulini qo‘llang (ventilyatorning tebranma harakati to‘xtatiladi). 📌 Davomi keyingi postlarda 😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM

  • #Fermertajribasi 🎥 Suvdan samarali foydalanish — amaliyotda 💧 Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Abdulla-Onorjon-Rivoji” fermer xo‘jaligi rahbari Nazarov Rivojdin Abdillayevich xo‘jalikda suvdan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va amaliy tajribasi haqida fikr bildirdi. 🌱 Suv resurslaridan oqilona foydalanish va zamonaviy yondashuvlarning amaliy natijalari — videolavhada 😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM

  • #SuvKodeksi 📘 SUV KODEKSI | 6-MODDA | 8-BAND ⚖️ Suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish 📖 O‘zbekiston Respublikasi Suv kodeksining 6-moddasi 8-bandida yer usti, yer osti va qaytarib tashlanadigan suvlarni muvofiqlashtirilgan holda boshqarish prinsipi belgilangan. ☑ Ushbu yondashuvda: ⏺ yer usti, yer osti va qaytarib tashlanadigan suvlarni yagona tizim sifatida boshqarish; ⏺ yer osti suvlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish; ⏺ drenaj va qaytarib tashlanadigan suvlardan qayta foydalanish; ⏺ suv resurslarini muntazam monitoring qilish va baholash muhim ahamiyat kasb etadi. 📚 Moddaning to‘liq ilmiy-amaliy sharhini o‘qimoqchimisiz? Quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin:⤵️ 🖇Batafsil 😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM

  • 🌍Markaziy Osiyo davlatlari suv sohasi mutaxassislari tajriba almashmoqda! 💙“Suvchilar maktabi”da Markaziy Osiyo mamlakatlarining suv xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassis va vakillari ishtirokida o‘tkazilgan mintaqaviy seminar doirasidagi muhim jarayonlar videolavhada. 🌐Website|💬 Telegram | 📷Instagram | 📺YouTube

  • #Fermertajribasi 💧 “Suv ham tejalyapti, hosil ham ko‘payyapti” 📍 Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi “Luqmonov” fermer xo‘jaligida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi samarali qo‘llanilmoqda. 🌱 Xo‘jalik rahbari Dilshod Luqmonovning aytishicha, tomchilatib sug‘orish natijasida: 🔹 suv sarfi kamida 50 foizga kamaygan; 🔹 o‘g‘it sarfi qariyb 40 foizga qisqargan; 🔹 paxta hosildorligi avvalgi 35–40 sentnerdan 60 sentner va undan yuqori bo‘lishi kutilmoqda. 💬 “Bu texnologiya bizga suv, o‘g‘it va mehnat resurslarini tejashda har tomonlama manfaatli bo‘lyapti”, — deydi fermer. 📷 Batafsil videoda. 🖇 Manba: Sirdaryo–So‘x ITHB matbuot xizmati 😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM