tgindex
Oila va xotin-qizlar boshqarmasi axborot xizmati | Namangan viloyati

Oila va xotin-qizlar boshqarmasi axborot xizmati | Namangan viloyati

Статистика
@xqnamvilВидеоузбекский

Namangan viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasining rasmiy telegram kanali

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
4
Всего постов
28
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Видео (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
683
−4 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
127
28 постов
Вовлечённость
18,6%
к подписчикам
Постов в день
0,6
всего 28
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
42
1/48двое суток
48
1/72трое суток
51

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 14 авг.10из oilavaxotinqizlar_uz

    ✅Respublikamiz bo‘ylab oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini kompleks o‘rganish hamda sohaga yangi mexanizmlarni joriy etishga qaratilgan amaliy ishlar Qashqadaryo viloyatida davom etdi. Shahrisabz shahri va G‘uzor tumanida mutasaddilar, mahalla “yettiligi” hamda “xotin-qizlar faollari” ishtirokida ochiq muloqotlar o‘tkazilib, tizimni isloh qilish bo'yicha qator jiddiy takliflar ilgari surildi. Xususan, ayollarni kasb-hunarga o‘qitish markazlarini ko‘paytirish va hunarmandlik mahsulotlari eksportini qo‘llab-quvvatlash, erta nikoh va tug‘ruq holatlari oldini olish, “himoya orderi” berish tizimini takomillashtirish, “Ayollar daftari” ro‘yxatidagi ehtiyojmand xotin-qizlarga uy-joy ta’mirida yordam ko‘rsatish hamda mahallalarda psixologlar faoliyatini kengaytirish. O‘rganishlar faqat muloqotlar bilan cheklanmadi. G‘uzorda “Xotin-qizlar balansi”ni shakllantirish jarayoni chuqur tahlil qilingan bo‘lsa, Shahrisabzda ehtiyojmand va nogironligi bo‘lgan ayollar holidan xabar olindi. Shuningdek, tadbirkor ayollarning oilaviy biznesi bilan tanishilib, kerakli tavsiyalar berildi. Endigi vazifa — ko‘tarilgan barcha masalalar va bildirilgan takliflarni qat’iy nazoratga olgan holda, amaliy yechimlarga erishishdir! 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹 Linkedin

  • 14 авг.44из oilavaxotinqizlar_uz

    🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹 Linkedin

  • без подписи

  • ⚡️ Ayol-qizlarmiz uchun yangilik! “Qizlar akademiyasi” loyihasi tomonidan xotin-qizlarimiz uchun biznes sohasining tajribali mutaxassislaridan bepul bilim va esdalik sovg‘alarga ega bo‘lish imkoniyati taqdim etilmoqda. “Qizlar Biznes Marafoni” sizga 6 nafar biznes sohasining kuchli mutaxassislari tomonidan ekslyuziv darslarda ishtirok etish, qimmatbaho sovg‘alar va maxsus sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniniyatini taqdim etadi! ✔️Marafonda qatnashish mutlaqo bepul va yosh chegaralanmagan! @QizlarAkademiyasiMarafonBot 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹 Linkedin

  • ⚡️“Ipak kashta jilosi” — xotin-qizlar iste’dodini kashf etuvchi tanlov 13–15-avgust kunlari Shahrisabz shahrida ilk bor “Ipak kashta jilosi” festivali va Respublika ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tadi. Tanlov milliy kashtachilik va ipakchilik an’analarini rivojlantirish, hunarmand xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyati va milliy mahsulotlarimizning eksport imkoniyatlarini kengroq namoyon etishga qaratilgan. Ishtirokchilar 6 ta nominatsiya bo‘yicha bellashadi. G‘oliblar pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Aziz opa-singillar! Siz ham milliy hunarmandchilik an’analarini davom ettirayotgan bo‘lsangiz — imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Tanlovda ishtirok etish uchun 11-avgustga qadar hududingizdagi “Hunarmand” uyushmasi boshqarmasiga murojaat qiling. ✔️Batafsil: gov.uz/wcu #IpakKashtaJilosi #Kashtachilik 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹 Linkedin

  • без подписи

  • ⚡️Har bir xotin-qizning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash hamda ularning intilishlarini to‘laqonli qo‘llab-quvvatlash asosiy vazifamizdir! Farg‘ona — 08.08.2026 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹 Linkedin

  • Surxondaryoda xotin-qizlar bilan ishlash: muammoni aniqlashdan — aniq natijaga Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilnoza Kattaxonova Surxondaryo viloyatida bo‘lib, mahallalarda ayollar bandligi, tadbirkorligi va ijtimoiy himoyasi holatini o‘rgandi. Asosiy e’tibor — murojaat tushishini kutib o‘tirmasdan, muammolarni erta aniqlash hamda ularga individual yechim topishga qaratildi. ✔️Batafsil: gov.uz/wcu 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹 Linkedin

  • без подписи

  • 📣Hurmatli kuzatuvchilar! Endilikda O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tizimidagi barcha yangiliklar, muhim e’lonlar va amalga oshirilayotgan loyihalar haqidagi ma’lumotlarni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarimizda orqali kuzatib borishingiz mumkin. Qo‘mitaning rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling! 👉 t.me/oilavaxotinqizlar_uz 👉 instagram.com/oilavaxotinqizlar_uz 👉 facebook.com/oilavaxotinqizlar 👉 linkedin.com/company/oilavaxotinqizlaruz

  • Har bir g‘oya, har bir fikr – islohotlar asosi ✔️taklif.ayol.gov.uz — elektron platformasi ishga tushirilganidan buyon qisqa vaqt ichida yurtdoshlarimizdan 6 mingdan ortiq taklif va tashabbuslar kelib tushdi. ✅Kelib tushayotgan loyihalar orasida mahallalarda xotin-qizlar uchun maxsus ijtimoiy va psixologik markazlar tashkil etish, maktablarda oila etikasi darslarini joriy qilish hamda yoshlarni turmushga puxta tayyorlash masalalari faol ilgari surilmoqda. Shuningdek, ayollar bandligini tahlil qiluvchi yagona integratsion tizim yaratish, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun imtiyozli kreditlar ajratish, olima ayollarni qo‘llab-quvvatlash va hatto plastik chiqindilardan ekologik asfalt qoplamalari ishlab chiqarish kabi juda muhim tashabbuslar ham ilgari surilgan. Biz har bir taklif-tashabbusni va g‘oyani qadrlaymiz. Platforma orqali takliflarni qabul qilish davom etmoqda. 👉 taklif.ayol.gov.uz

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • Хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда, янги имкониятлар яратилмоқда Учқўрғон туманида хотин-қизларнинг бандлигини таъминлаш, уларни меҳнат бозорида талаб юқори бўлган касбларга ўқитиш мақсадида “Уй ҳамширалиги” йўналишида қисқа муддатли бепул ўқув курслари ташкил этилди. Мазкур курсларга “Аёллар дафтари”га киритилган 100 нафарга яқин ишсиз хотин-қизлар жалб қилиниб, улар уй ҳамширалиги асослари, биринчи тиббий ёрдам кўрсатиш, беморларни парваришлаш, санитария-гигиена қоидалари, соғломлаштирувчи массаж ҳамда амалий ҳамширалик кўникмалари бўйича билим ва тажрибага эга бўлдилар. Ўқув курслари якунида иштирокчиларга сертификатлар топширилиб, уларнинг эгаллаган билим ва кўникмалари муносиб эътироф этилди. Бу эса хотин-қизларнинг бандлигини таъминлаш, даромад манбаига эга бўлиши ва келгусида мазкур йўналишда фаолият юритиши учун муҳим замин яратади. Банд аёл — фаровон оила, тараққий этган жамият демакдир.

  • Endi murojaat va takliflarni yo‘llash yanada oson! 🇺🇿Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi aholi bilan tezkor va samarali aloqani ta’minlash maqsadida o‘zining rasmiy Telegram botini ishga tushirdi. Endi siz nafaqat shaxsiy murojaatlaringizni, balki oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladigan takliflaringizni ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llashingiz mumkin. Har bir fikr va murojaat e’tibordan chetda qolmaydi. ✅Murojaatlar uchun: @oilavaxotinqizlarbot 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹 Linkedin

  • 4 авг.157из С.Насимхонова

    Давлат корхоналарида ижтимоий-маънавий мухитни соғломлаштириш юзасидан тадбирлар, туман тарғибот гурухи аъзолари томонидан, Чуст туман, "Садача" МФЙда жойлашган, "Кадастр агентлиги" ходимлари иштирокида ташкил этилди. Тадбирда "Радикал оқимларнинг салбий таъсирлари", "Кибер хавфдан огох бўлайлик", "Мустақиллигимиз-ғуруримиз" мавзуларида очиқ мулоқотлар ташкил этилди. Тадбир иштирокчиларига фан ва тараққиёт билан бирга жиноятчиликнинг ҳам янги турлари вужудга келаётганлиги, ҳозирги даврда кибер жиноятчиликдан огох бўлиш юзасидан, ёт маданиятларга тақлид қилмаслик ва радикал оқимларнинг бузуқ ғояларидан огох бўлиш, айниқса ёшларни бундай таъсирлардан асрашимиз юзасидан кенг ва атрофлича тушунтирилди. Тадбир давомида мавзуга оид видеоролик намойиш этилди. Иштирокчилар томонидан берилган саволлар юзасидан тўлиқ жавоблар берилди. https://t.me/Manaviyat_Minbari