Yashil Tashabbuslar
СтатистикаYoshlar Ishlari agentligi huzuridagi "Yashil tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash" jamg'armasi https://yashiltashabbus.uz Murojaatlar uchun: @u_nasimovich @mr_sherniyozov @guliranomamirova +998943120035
- Последний пост
- 9 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 27
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 733
- 1/48двое суток
- 840
- 1/72трое суток
- 905
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🚀 STARTUP ARENA AGRO Agro sohada startapingiz bormi? Uni investorlar oldida taqdim etib, rivojlantirish uchun investitsiya olishni xohlaysizmi? Yoshlar Ventures O‘zbekiston bo‘ylab agro sohada startap yaratgan va o‘z loyihasini rivojlantirayotgan jamoalarni izlayapti. Biz uchun qiziq bo‘lgan yo‘nalishlar: 🏡 Aqlli issiqxonalar Issiqxonalarni avtomatlashtirish, harorat, namlik va sug‘orishni boshqarishga yordam beradigan startaplar. 🎯 Precision Agriculture Yer, suv, o‘g‘it va hosildorlikni aniq ma’lumotlar asosida boshqaradigan startaplar. 🌾 Agrotexnologiyalar Hosildorlikni oshirish va qishloq xo‘jaligidagi jarayonlarni yaxshilashga yordam beradigan startaplar. 💧 WaterTech Qishloq xo‘jaligida suvni tejash va undan samarali foydalanishga yordam beradigan startaplar. 🌤 ClimateTech Iqlim va ob-havo sharoitlariga moslashishga yordam beradigan startaplar. 🚚 Supply Chain Mahsulotlarni saqlash, tashish va yetkazib berish jarayonlarini yaxshilaydigan startaplar. 💳 AgriFinTech Fermer va dehqonlar uchun kredit, sug‘urta, to‘lov va boshqa moliyaviy xizmatlarni qulaylashtiradigan startaplar. 🌍 ExportTech O‘zbekiston agro mahsulotlarini xalqaro bozorlarga olib chiqishni osonlashtiradigan startaplar. Bu ro‘yxat faqat biz uchun qiziq bo‘lgan asosiy yo‘nalishlarni ko‘rsatadi. Agar startapingiz agro sohadagi muammoni hal qilsa, yo‘nalishingiz ro‘yxatda aynan shu nom bilan bo‘lmasa ham, ariza topshirishingiz mumkin. ❗ Arizalar 11 avgustgacha qabul qilinadi. Saralashdan o‘tgan jamoalar 16 avgustdan Azizbek Kurbonovning “The Art of Pitch” kursida qatnashadi. Bu jarayonda jamoalar startapini investorlar oldida qanday taqdim etishni o‘rganadi va Demo Dayga tayyorlanadi. 🚀 26 avgust kuni DEMO DAY 👇 Ariza topshirish: https://forms.gle/KSD2tUhamdrm9JHv6 📱Telegram | 📱 Instagram
Ekolog startuperlar shu yerdamisiz? Sizlar uchun zo’r yangilik va imkoniyatimiz bor! Shu yerdamiz-🤩 📱Telegram | 📱 Instagram
без подписи
#video_lavha “Yashil tashabbuslar” forumi muvaffaqiyatli yakunlandi. 📱Telegram | 📱 Instagram
Green Innovations - kelajakni o’zgartiradigan g’oyalar aynan shu yerda.
без подписи
“Green Innovations” Republican Competition idan lavha
без подписи
😍Forumga keladigan maxsus mexmonlarimiz bor? Eng top investorlar kelishi kutilmoqda! 💚Birinchi bo'lib xayolingizga kelgan ismlarni izohlarda yozing!
🌱 Innovatsiya va ekologiya bir maydonda! Butun Oʻzbekistondan "Yashil innovatsiyalar" tanloviga kelib tushgan 443 ta eko-startap orasidan saralangan 87 ta eng istiqbolli loyihalar endi final bosqichida o‘z salohiyatini namoyish etadi. ⚡ Forumda sizni: 💡Ekologik va texnologik yechimlar namoyishi; 🤝Davlat tashkilotlari, biznes vakillari, banklar, investorlar hamda soha ekspertlari bilan ochiq muloqot; 🏆 100 million so‘mgacha grant yutish mexanizmlari va mavjud imkoniyatlar haqida foydali ma'lumotlar kutmoqda. 📅 Sana: 7-avgust 🕙 Vaqt: 10:00 📍 Manzil: Zakovat Arena 🌿 "Yashil tashabbuslar" forumi — ekologiya, innovatsiya va ulkan imkoniyatlar birlashadigan maydon. Siz ham ushbu muhim voqeaning bir qismiga aylaning! Balki keyingi 100 million so‘mlik grant sohibi aynan siz bo‘lishingiz mumkin! 📱Telegram | 📱 Instagram
Balki, bu yangilik hayotingizni butkul o’zgartirib yuborishi mumkin! 🚀
🌿 Assalomu alaykum, jonkuyar eko-faollar! 💚 Sizlar uchun ajoyib yangiligimiz bor! 🎉 💭 Xo‘sh, sizningcha, bu nima bo‘lishi mumkin? 💬 Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring. Eng qiziqarli taxminlarni kuzatib boramiz. 📲 Yangilikni birinchilardan bo‘lib bilish uchun sahifamizni kuzatishda davom eting.
🚀 Respublika bo'ylab Yashil Qo'llar plogging tadbirlari! 🗓 Sana: 9 Avgust ⏰ Vaqt: 8:30 📍 Joylar: Quyidagi 10ta shaharda 🔵Toshkent shahar: Xalqlar do'stligi metro 🔵Jizzax shahar: G'ozg'ontepa mahallasi 🔵Farg'ona shahar: Al-Fargʻoniy bog'i 🔵Samarqand shahar: Mikrorayon 1- Bekat (Damir Zapravka) 🔵Andijon shahar: Navoiy bog'i 🔵Buxoro shahar: Somoniylar maqbarasi 🔵Xorazm (Urganch): Avesto park 🔵Surxondaryo (Termiz): Termiz Davlat Universiteti 🔵Qashqadaryo (Qarshi): Milliy bog' 🔵Qoraqalpog'iston respublikasi (Nukus): Do'stlik kanali ✅ Talablar: 🔵 Ijobiy kayfiyat 🔵 Jismoniy tayyorgarlik 🔵 Mas’uliyat 💫 Nimalar taqdim etiladi: 🔵 Sertifikat 🔵 Chiqindilarni yig‘ish asboblari 🔵 Suv & sneyklar 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: @yashilqollarbot 🤝 Homiy: @BeTraderuzb 👉 Qo‘shiling: @yashilqollar
🚀Green University’da 2026-yil qabul jarayoni davom etmoqda! 📣Barqaror rivojlanish yetakchisiga aylanishga tayyormisiz? Green University’ga hujjat topshiring va Markaziy Osiyodagi eng ilg‘or akademik muhitlardan birida o‘z kelajagingizni quring. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari: 🟢Atrof-muhit va barqaror boshqaruv 🟢Ekologiya va davlat boshqaruvi 🟢Yurisprudensiya 🟢 “Yashil” iqtisodiyot Magistratura ta’lim yo‘nalishlari: 🔴Barqaror rivojlanish 🔴Ekologiya huquqi 🔴Sirkulyar iqtisodiyot 🔴Barqaror turizm 🔴Barqaror moliya 🔴Ekologik fanlar va tadqiqotlar, ekologik tahlil, bilim va innovatsiyalarni boshqarish 🔴Atrof-muhit muhofazasi (Tabiatni saqlash) 🤩Nega aynan Green University? ✅Zamonaviy, fanlararo ta’lim tizimi ✅Barqaror rivojlanish va iqlim yechimlariga yo‘naltirilgan yondashuv ✅Kuchli ilmiy-tadqiqot va akademik imkoniyatlar ✅ Milliy va xalqaro hamkorlik tarmog‘i 👉 Hujjat topshiring 📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
“35 000 tashabbus” umummilliy loyihasiga start berildi. Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasini ishga tushirdi. Loyiha doirasida fuqarolar jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya hamda tashabbuslarini taqdim etishlari mumkin. Tashabbuslar taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat va boshqa yoʻnalishlarda qabul qilinadi. Arizalar 1-avgustdan 31-avgustgacha tashabbus.yito.uz platformasi orqali qabul qilinadi. 📱Telegram | 📱 Instagram
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident!🇺🇿🌱 Bugun yurtimizda ekilayotgan har bir nihol, tiklanayotgan har bir yashil hudud, amalga oshirilayotgan har bir ekologik loyiha va shakllanayotgan ekologik madaniyat ortida Siz boshlab bergan ulkan islohotlar va uzoqni ko‘zlagan strategik qarashlar mujassam. Sizning ishonchingiz bizni yanada katta loyihalarni amalga oshirishga, yashil innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashga va kelajak avlod uchun sog‘lom ekologik muhit yaratishga ruhlantiradi. Tavallud ayyomingiz munosabati bilan Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, cheksiz kuch-g‘ayrat va mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yurtimizning har bir qarich yeri yashillikka burkansin, har bir avlod musaffo tabiat bag‘rida kamol topsin. Ana shu ezgu maqsadlar yo‘lida biz — Yashil tashabbuslar jamg‘armasi jamoasi hamisha Siz bilan birgamiz! 📱Telegram | 📱 Instagram
без подписи
Navoiy viloyati yoshlarining loyihalarini qo’llab-quvvatlashga keldik. O’zingizni izohlarda tanishtiring. Loyihangiz, tadbirkorlik g’oyangizni kengaytirishda yordam beramiz. Albatta, sizning hududingizga, hatto eng olis hududlarga ham boramiz.
без подписи
без подписи