Xurshid Saidmuhammad | Notes
описание
🔹Shaxsiy rivojlanish📚 🔹Tarjimalar📝 🔹Topilgan Hikmatlar💭
541
подписчиков
Охват к подписчикам
256,0%
ERR
Реакции к просмотрам
2,03%
563 на 20 постов
Пересылки к просмотрам
0,59%
163
Постов в день
0,0
всего 20
Где отзываются чаще
доля реакций к просмотрам- 29 мар.Assalomu aleykum azizlar! Qayerda qolgandik?😊 🟩@yetakchi_notes5,63%
- 14 авг. 2024 г.Hamma o’ziga keragini so’raydi😁 O’g’lim bilan namoz o’qiyapmiz. 1-rakat tugatib sajdaga boshni qo’ydik. O’g’lim: Ya Allah! Please give me so many Lego toys! 😊4,76%
- 1 апр.Bugun Yaponiyada hamma 1 yoshga katta bo’ldi! Bilsangiz, 1-aprel Yaponiyadagi barcha tashkilotlarda yangi kalendar yili boshlanish kuni. Katta o’g’lim ham bog’chasida bugundan oxirgi yil, bitiruvchi guruhga o’tdi. Kecha ota-o’g’il gaplashib o’tirib, liderlik haqida o’rgatdim. Yilning o’rtasida tug’ilgani uchun, yapon o’quv sistemasiga ko’ra o’zidan deyarli 1 yosh kichiklar bilan bir guruhda yuradi. Bu haqida 1-marta tushuntirish berib, aytdimki, ertadan bog’chadagi eng katta bola siz bo’lasiz. Shuning uchun ustozlaringizga yordamchi bo’ling, kichiklarga bilmaganini o’rgatib liderlik qiling. O’g’lim: lider nima degani? Men: lider bu guruhdagi eng aqlli, hamma narsani biladigan va tadbirlarda guruh nomidan chiqib gapiradigan odam. Bugun o’g’limni olgani bog’chasiga borsam, ustozi hayratlanib (yarim kulimsirab) shunaqa deyapti: Ertalabdan beri menga yordam beryapti, kichik guruhdagilarga shovqin qilsa tanbeh berib qo’yyapti, tushlikdan keyin men bilan birgalikda stollarni artib qo’yyapti. Nega unaqa qilyapsan deb so’rasam, chunki men bugundan liderman deydi😁 Xullas, meni doim xayratga soladigan narsa shuki muhim soft skillar hali uni nimaligini bilmasdan turib shakllantirilsa, insondagi ajralmas xatti-harakatga aylanib boradi. Agar o’g’limga yuqoridagi gapni 15 yoshligida aytgan bo’lganimda, katta ehtimol bilan liderlik qobilyatini sinab ko’rishi uchun biroz vaqt kerak bo’lgan bo’lardi. Qancha erta boshlasangiz, shuncha tezroq ko’nikasiz! 🟩@yetakchi_notes4,54%
- 31 дек. 2024 г.Sarhisob! Bundan deyarli 3 yil oldin, o’zimning kichik oilam bilan yangi yilni bayram sifatida nishonlashni to’xtatdik. Bunga sabab - boshida shunchaki Yaponiyada u darajada yangi yil shukuhi, bayram kayfiyati yo’qligi sabab bo’lgan bo’lsa, 1 yil o’tib diniy, insoniy va farzand tarbiyasi bilan bog’liq boshqa sabablar bu qarorimizni yanada mustahkamladi. Yil davomida yeyilmaydigan taomlarni aynan shu kuni ertalabdan tayyorlash (vaholanki 30 minutda qorin to’yib qoladi), soat 00:00 da yangi yil kirib kelishini birgalikda kutish, rajdestvo bayramidek bir-birimizga sovg’a berishimizni gapirmasa ham bo’ladi. Xullas, hammaga ma’lum mantiqsiz odatlarimiz sabab, 31-dekabrni bitta bo’lsa ham foydali odatga o’zgartirishga qaror qildik. Bu odat - o’tgan yil sarhisobi va yangi yil uchun maqsadlar qo’yish. Bu odat bizga vaqtni qadriga yetishni, maqsadlar sari qiyinchiliklarga sabrli bo’lishni, muhim qarorlar qabul qilishda anashu yillik maqsadlarimiz asosiy mezon bo’lib berishligini ta’minladi. 2024-yilning oxirgi posti o’laroq (shundoq ham juda faol yozolmadim), bir kichik maslahat berishni o’rinli deb bildim: Albatta, bugunni o’zida 30 minut vaqt o’zingiz uchun ajrating va yangi yil uchun maqsadlar qo’yib chiqing. Qanday formatda bo’lishi u darajada muhim emas. Asosiysi: Oilaviy, Shaxsiy va Professional rivojlanish uchun maqsadlar qo’ying. Va eng muhimi, har bir maqsadni qo’yar ekansiz HIMMATni baland qilishni unutmang. Agar shu yerigacha o’qigan bo’lsangiz, atiga 30 daqiqani xoziroq o’zingizdan ayamang. 2025-yilda suhbatlashguncha👋 🟩 @yetakchi_notes 🟩 @yetakchi_notes4,33%
- 29 мар.Nega bilganlarimizga amal qilmaymiz? Kecha bir guruh ziyoli va ilm egalari bilan bir davrada bo’lish baxti nasib qildi. Va albatta, davra qatnashchilaridan biri yuqoridagi savol bilan murojaat qildi. Savolga savol bilan javob berildi: O’rganayotgan ilmingizning egasi haqqiga hech duo qilganmisiz? Shu lahzadan boshlab, o’rganadigan har qanday foydali ilm uchun uning egasi haqqiga duo qilib qo’yishlikni vazifa qilib oldim! 🟩 @yetakchi_notes4,27%
- 31 окт. 2024 г.Bir narsani kuzatdim. Amerikaga ketgan tanishlarim, amerikaliklarga o’xshab ketmaydi. Germaniyaga ketgan tanishlarim, nemislarga o’xshab ketmaydi. Lekin. Koreyaga ketgan tanishlarim, g’irt karis bo’lib qoladiya negadir. Sochlar o’zgacha, kiyinish o’zgacha.3,09%
- 23 авг. 2024 г.Bir kechada yangi asfalt. Ertalab o’g’limni bog’chasiga olib ketayotganda ko’rib qoldik. Mahallamiz ko’chasida kichik ta’mirlash bo’lgan va hamma uxlayotgan paytda ishni bitirib ketishgan. Yaponiyada odatda shunday, yo’l ta’mirlash ishlari (agar juda katta yo’l bo’lmasa) hech kimga halaqit qilmaydigan paytda, tunda amalga oshiriladi. Albatta buning texnik sabablari ham bor, lekin eng muhimi insonlarga malol kelmasligi uchun😊 🟩 @yetakchi_notes 🟩 @yetakchi_notes2,66%
- 2 янв. 2025 г.Yanvar - kam harajat oy. Statistikalarga ko’ra, har yili yanvar oyidagi oilaviy harajatlar keskin kamayar ekan.(Katta ehtimol bilan yillik moliyaviy maqsad qo’yilganda shunga amal qilish uchun bo’lsa kerak) Fevral oyidan boshlab yana harajatlar ko’payar ekan. Shu gapni ayolimga aytsam, ayolim: 🧕🏻 1-kuni bolalarni aylantirgani olib boraylik? Oldin bormagan joyi… Baribir fevraldan yana harajatlarimiz ko’payarkanku😂 🤦🏻♂️ Xullas, Fevral oyi sabr nuqtasi. Agar fevral oyida ham harajatlarni nazarot qilsangiz moliyaviy maqsadlarga erishishni boshlaysiz! 🟩 @yetakchi_notes2,43%
- 9 окт. 2024 г.Eng yoqimli va samarali texnika! Kun o’rtasida uyqingiz kelsa uyquni yo’qotish uchun Energy Drink ichasizmi? Yoki kofe ichib olasizmi? Yoki shunchaki biroz uxlab olasizmi? Ilmiy izlanishlar esa Coffee-Nap usulini eng samarali deb ko’rsatadi. Ya’ni, Kofe ichib keyin biroz uxlashni (ilmiy jihatdan isbotlangan energiya oshirish usuli). Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, uyqusi yetishmayotgan insonlarga bir chashka kofe va 20 daqiqalik qisqa uyqu kuchli tetiklik his qilishi uchun yetarli bo'ladi. Va men bu usulni 10 kun davomida o’zimda sinab ko’rdim. 📌 Bu qanday ishlaydi? 1 chashka kofedagi kafein tanaga kirib, ta’sir qilib uyquni ochib yuborishi uchun 20 daqiqa vaqt ketadi. 20 daqiqa mizg’ib olish esa charchoq va uyqusirashni yengish uchun yetarli vaqt. ikkalasini birlashtirib, uyqudan tursangiz miyya kofe va qisqa uyqudan kerakli foydani olgan bo’ladi. Manabu, samarali Kofe ichib qisqa uxlashning 5 bosqichli qo'llanmasi: 1. Tushlikdan keyingi eng qulay vaqtingizni toping. 2. Tinch muhit yarating. 3. Bir chashka kofe iching. 4. Taymerni 20 daqiqaga qo'yib, biroz uxlab oling. 5. Buni doimiy odatga aylantiring. Kun bo’yi Kofeni cheksiz ichishni to'xtating. Kun bo'yi uyqusirab yurishni ham to'xtating. Ikkalasini birlashtirib, mukammal va samarali natijaga erishing. ♻️ Ushbu foydali tavsiyani Energy Drinklar ichib yurgan do’stingizga yuborib qo’ying! 🟩 @yetakchi_notes 🟩 @yetakchi_notes2,07%
- 20 авг. 2024 г.Bechora pozitsiyaga o’tib olib nimaga erishmoqchisiz? Yaqinda O’zbekistonga 2 oydan oshiq muddatga borib keldim. Oxirgi 10 yil ichida 1-marta bunaqa uzoq muddatga qaytishim. Uzoq muddat yursangiz atrofni ko’proq analiz qilish imkoni bo’lar ekan. Lekin meni eng xayratga solgan narsa - bu odamlar o’zini BECHORA pozitsiyaga solib olgani. Qanaqa qilib, rostdan ham odamlar qiynalyapti deyishingiz mumkin? Keling bir oddiy voqea bilan tushuntirib beraman. Bundan 5 yil oldin uylangani qaytganimda bir davrada yaqinlar bilan suhbatlashib qoldik. U yerdagi tanishim mahallasidagi men umuman tanimaydigan “Falonchiyevlar” haqida gap ochib qoldi: ularning oilasida hamma oliy ma’lumotliligi, shuning uchun har oy uyiga falon million daromad kelishi, va bir qancha bog’lar qilib ishlari yaxshi bo’lib ketgani haqida. Va buni u tanishim maqtanib aytib bergandi, xuddi o’zi erishgandek. Oradan 5 yil o’tib o’sha tanishim bilan yana bir davraga tushib qoldik. Ishoning, boyagi “Falonchiyevlar” haqida 5 yil o’tib ham yana maqtanib aytib berdi. Ya’ni anavu tanishim 5 yil ichida o’ylab ham ko’rmaganki, nima qilsam menda ham shunaqa daromad bo’lishi mumkin deb. Bu kabi misollarni ko’plab keltirishim mumkin, qaysiki o’zini BECHORA pozitsiyaga solib boshqalar yutug’i bilan o’zini ovutib yurganlar haqida. BECHORA pozitsiyaga o’tib olib erishishingiz mumkin bo’lgan narsa faqat o’zingizni ovutish xolos. Maslahatim, har doim “Nima qilsam yanada hayotim yaxshilanadi?” deyishga o’tib oling. 🟩 @yetakchi_notes 🟩 @yetakchi_notes1,98%
- 29 авг. 2024 г.Boshlagan ishi oxiriga yetmaydiganlar uchun maslahat! Vazifalaringizni kichik bosqichlarga bo‘lib, har safar faqat bitta bosqichni yakunlashga e’tibor qarating. Bu yondashuv bosimni kamaytiradi va kuchayish hissini uyg‘otadi, har bitta kichik qadamlarni oxiriga yetganingizda “Qila olyapman” degan ishonch paydo bo’ladi. Bu esa sizga rejangizda qat’iy qolishga va boshlagan ishingizni tugatishga yordam beradi. 🟩 @yetakchi_notes 🟩 @yetakchi_notes1,78%
- 7 янв. 2025 г.2 dona gapning kuchi. Yangi yilni hamma o’z madaniyatidan kelib chiqib har xil boshlasa kerak. Lekin umumiy olib qaraganda deyarli barcha davlatlarda yangi yilda birinchi marotaba ko’rishgan tanishlariga “Yangi yil bilan tabriklayman” deb aytsa kerak. Yaponlarda esa biroz boshqacha. “Yangi yil bilan tabriklayman!” degan gapga yana bir ajoyib gapni qo’shib aytishadi: “今年も宜しくお願いします!” (O’qilishi: kotoshimo yoroshiku onegaishimasu) - ya’ni “Yangi yilda ham hamkorligimiz davomli bo’lsin!” Ko’pincha bu gapni shu inson bilan qandaydir munosabatlar olib borayotgan bo’lsangiz aytasiz. Masalan, farzandingizni maktab/bog’chadagi ustoziga, ishxonadagi kollektivga, doimiy foydalanadigan servisingizga, doimiy boradigan restaurant/kafe xodimlariga va hkz. Biz ko’pincha biror kimga “Rahmat” so’zini voqea tugab bo’lgandan keyin aytamiz. - Rahmat, o’g’limni yaxshi o’qitib berganingiz uchun; - Rahmat, ishimni bitirib berganingiz uchun; - Rahmat, mazali ovqat uchun va hkz. Ana endi tasavvur qiling! Endigina boshlangan butun boshli yil uchun shu yil davomida men uchun sarflaydigan vaqtingizga, bilimingizga, mehnatingizga, hamkorligimizga oldindan RAHMAT deyish qanchalik munosabatlarni mustahkamlaydi, qanchalik o’zaro xurmatni oshishiga sabab bo’lishi mumkin. Xullas yil endi boshlanganiga ko’ra, siz azizlarga bu yil ham birga bo’lishingiz, postlarimni o’qishga sarflaydigan vaqtingiz va safimiz kengayishi uchun sababchi bo’lishingiz uchun 今年も宜しくお願いします! 🟩 @yetakchi_notes1,54%