- Последний пост
- 6 июн.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Ассалому алайкум ва раҳматуллоҳи ва баракатуҳ. 4-синфда таҳсил олаётган бир болажон оғир псориаз касаллиги билан синовдан ўтмоқда. Даволаниши учун маблағ зарур бўлиб турибди. Кимнинг имкони бўлса, ушбу болажоннинг шифо топишига сабабчи бўлиш ниятида эҳсон…
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Ассалому алайкум ва раҳматуллоҳи ва баракатуҳ. 4-синфда таҳсил олаётган бир болажон оғир псориаз касаллиги билан синовдан ўтмоқда. Даволаниши учун маблағ зарур бўлиб турибди. Кимнинг имкони бўлса, ушбу болажоннинг шифо топишига сабабчи бўлиш ниятида эҳсон қилишга чақирамиз. Расулуллоҳ ﷺ дедилар: “Ким бир мўминнинг дунёвий ғамларидан бирини енгиллатса, Аллоҳ унинг Қиёмат кунидаги ғамларидан бирини енгиллатади.” Аллоҳ таоло қилинган ҳар бир эҳсонни қабул қилсин, молу дунёнгизга барака ато этсин. 💳 Карта рақами: 8600 0609 4409 9648 👤 Қабул қилувчи: Sobitxanova Muslims 🤲 Илтимос, болажоннинг ҳаққига шифо сўраб дуо қилиб қўйинг.
Yaxshilar, yana bir yaxshilik yoʻlida hamkorligingiz kerak. Befarq boʻlmaysiz degan umiddaman.
Hamma narsa o‘z vaqtini kutadi. Hatto atirgul vaqti kelmasdan ochilmaydi. Hattoki quyosh muddatidan avval chiqmaydi. Kut, senga yozilgani o‘z vaqtida seni topadi. • Mavlono Rumiy
Ruhlar orasidagi uyg‘unlik muhabbatning eng kuchli sabablaridan biridir. Chunki har kim o‘ziga o‘xshaganiga intiladi. Misrlik mashhur adib Abbos Mahmud Aqqod aytadi: “Ruhga eng ko‘p ozor beradigan narsa — uning o‘ziga tegishli bo‘lmagan joyga bog‘lanib qolishidir”. Inson hayotida ba’zan shunday holatlar bo‘ladiki, u qalbiga yaqin bo‘lmagan muhitda, o‘ziga mos kelmaydigan odamlar orasida, ruhiy ozuqa ololmaydigan joyda turib qoladi yoki o‘ziga mos bo‘lmagan ish bilan mashg‘ul bo‘ladi. Bunday holatda u tashqaridan sokin, xotirjam ko‘rinsa-da, ichida doimiy bezovtalik, huzursizlik va bo‘shliqni his qiladi. Chunki aslida mo‘min kishining ruhi — nozik va pokiza bo‘ladi. U faqat o‘z o‘rnini topganda, o‘ziga mos muhitdagina xotirjam bo‘ladi. Agar inson o‘zini majburan boshqa bir muhitga bog‘lab, u yerda uzoq qolib ketsa, bu holat uni asta-sekin charchatadi, hatto tushkunlikka olib kelishi mumkin. Shuning uchun, inson o‘z qalbini eshitishi, o‘zini qayerda erkin va baxtli his qilishini anglash juda muhim. Har birimiz ruhiy ozuqa bera oladigan kishilarni topishga, o‘zimizga mos muhitda yashashga intilishimiz kerak. Chunki insonning ruhiy xotirjamligi — uning qayerda, qanchalik mashhur kishilar yonida va komfort sharoitda bo‘lishida emas, balki atrofidagilarning uning qalbiga mos yoki mos emasligidadir. • «Oshiqlar bogʻi va mushtoqlar sayri»
Alloh taolo satr qilyapti degani, istagancha gunoh qilish mumkin degani emas. Alloh taolo kechiradi degani, qayta-qayta bir gunohga qaytish mumkin degani emas. Alloh taolo muhlat beryapti degani, tavbani kechiktirib yuraverish mumkin degani emas. Qanday gunoh qilayotganingga qarama, Kimga qarshi gunoh qilayotganingga qara, ey nafsim! Gunoh botqogʻiga gʻarq boʻlayotgan oningda ham Alloh taolo buyuk rahmatini ustingda tajalli etmoqda. Zero, Robbim satr qilmasa, lahzalik holimiz yoʻq!
Allohdan qochish oʻrniga, Allohga qochish yoʻlini qidiryapman. Dilimdagi boʻshliqni toʻldirish uchun bir koʻzgu istayman. Shunday bir koʻzguki, suratimni emas, siyratimni, ichimdagi menni oʻzimga koʻrsatsin. Hech kim koʻrolmagan menni… • «Ishq otashi»
Sen koʻrolmayapsan deya bu olam yoʻq boʻlmaydi. Olamning borligini qul boʻlsanggina anglay olasan… Alloh Muhammad alayhissalomni avval qul, soʻngra Rasul deb atadi. “Abduhu va Rasuluhu” demoqdan maqsad qullik Paygʻambarlikdan oldingi maqomdir… Alloh qarshisida qul boʻlish, borliqda ozod boʻlish demakdir. Dunyo hurligiga Allohga qul boʻlibgina erishish mumkin. Zero hazrati paygʻambarimizning yana bir ismi Abdulloh, ya’ni Allohning qulidir. • «Ishq otashi»
Toʻkilay deb turibman, Robbim… Kuzgi yaproq labiga qoʻngan shudring kabi dir-dir qaltiramoqdaman. Beqaror topgan qoʻnimim bilan soʻnggi bargini ushlab qolishga harakat qilayotgan daraxtni ham, qolgan umricha senga tasbeh aytayotgan yaproqni ham malollantirayotgandekman. Birgina olgan notoʻgʻri nafasim bilan oʻzim birla yaproqning-da umriga yakun yasaydigandekman. Soʻng qaysi biri uchun koʻproq ozorlanaman, qay biri uchun koʻproq tavba qilaman? Omonatgina yaprogʻini yoʻqotgan daraxt uchunmi? Seni zikr qilmoqdan toʻsgan yaproq uchunmi? Yo nabototga hayot ulashish oʻrniga hayotlaridan mahrum qilgan oʻzim uchunmi? Yolvoraman, Robbim. Meni oxiri xayrsiz boʻlgan beqarorliklardan asra! Qismatimga bir shudring boʻlish taqdirini bitgan boʻlsang, meni dunyo va undagilar uchun orombaxsh, xayrli va hayot bagʻishlovchi qil. Yaratilganlarni zikrdan toʻsguvchi emas, Seni koʻproq zikr qilmoqqa sabab boʻlguvchilardan ayla. Qoʻnim topgan yerini vayron qilguvchilardan emas, obod etguvchilardan qil. Qay sur’atda yaratilgan boʻlsam-da, meni yaratilgan maqsadimga eng xayrli qismat bilan rizqlantir. Yakunida jonimni ogʻritguvchi va pushaymonlarga sabab boʻlguvchi qadamlardan qaytar. Yakunida Seni rozi qilguvchi va Sendan rozi boʻlguvchi xayrli yoʻllarga burib qoʻy. Zero, Oʻzing bandalaringga eng xayrlisini ravo koʻrguvchi Poki Parvardigorsan!…
Doimiy odamlar orasida boʻlish insonni ruhan toliqtiradi. Inson vaqti-vaqti bilan yolgʻiz qolishi, oʻzini taftish qilishi, xayollarini tartibga keltirib olishi zarur. Yoʻqsa ichki sokinlikdan, qalb xotirjamligidan mahrum boʻladi. Gavjumlik insonni oʻldiradi.
Men qochmayman, roʻbaroʻ boʻlaman. Nazarimni jarohatim koʻziga tikaman. Mayli, qonayversin. Mening esa kiprigim ham qimirlamaydi. • «Qalbi singanlarga»
اللهم غيّرني حتى تُحبّني O Allah, change me until You love me.
Oʻylar Insonlarga boqaman. Hamma taqdir ularga taqdim etgan sinovlar bilan band, hamma yashab qolishga uringan. Tinglagim keladi. Zora kimningdir joniga oro kirsam deyman. Koshki imkoni boʻlsa-yu, million, milliard boʻlaklarga boʻlinib, har birlarini baxtli qilmoq uchun yashasam. Zulmat ichra mahzun chehralarida oy kabi porlasam. Yuzlaridagi kulguchlarga aylansam. Ojizgina ruhini ezgan dardlarga darmon boʻlolsam… Biroq keyin haddimdan oshmadimmi, deyman. Axir biz faqirlarning ustimizda oʻzimizdan-da mehribon, bizlar uchun oʻzimiz istagandan-da xayrlirogʻini nasib etguvchi Robbimiz bor. Barchasi Uning nazorati ostida-ku, deyman. Sen notavon bir qulning rahmi kelgan bandalarini Alloh taolo azoblarmidi, deyman. Soʻng oʻz hayotimga boqaman. Ortga qarasam, jar yoqasida turgan boʻlaman. Isyonkor ruh birdan sukunat ichra gʻoyib boʻladi…
Kim magʻfirat eshigini tinmay taqillataversa, yaqin orada eshik u uchun ochilganiga guvoh boʻladi. • Ibn al-Qoyyim rahimahulloh
Iymon va ishonch Iymonning sharti nima edi? Koʻrmasdan turib ishonmoq emasmi? Uning biz bilgan ishonchdan farqli va ustun jihati ham shunda emasmi? Moʻmin insonning kofirlardan farqi ham iymon bilan emasmi? Axir koʻrib-bilib tursa, hamma ishonaveradi-ku?! Ba’zan hayotimizda aqlning kuchi yetmaydigan, ishonchning oʻzi kamlik qiladigan vaziyatlar boʻladi. Ana shunday vaziyatlarda esa insondan qalbdagi iymon talab qilinadi. Insonlar nazdida imkonsizdek koʻringan narsalarga ishona olish ham iymondan dalolatdir. Biz bandalar uchun ilojsiz koʻringan narsalar Alloh taolo uchun ilojsiz emas. Makonning ham, zamonning ham, kuch va quvvatning ham mutlaq sohibi Alloh taolodir. U «boʻl!» desa, yoʻqdan bor, bordan yoʻq boʻladi. U «oʻl!» desa, tiriklar oʻladi, oʻliklar tiriladi. U istasa va ixtiyor etsa boʻlgani! Shunday ekan, Alloh taoloning azamatini, qudratini va rahmatini bandalik nazaringiz bilan oʻlchamang! Chunki musulmonlikning ilk sharti shu: ishonmoq va iymon bilan tasdiq etmoq. Ana endi istagan, ammo soʻrashga jur’at eta olmagan, nazdingizga imkonsizdek koʻringan hamma narsani soʻrang! Xayrli boʻlsa, albatta beradi. Xayrli boʻlmasa, oxiratda ajrini olamiz, In shaa Alloh…
Ulgʻaydik. Ochigʻi, bu yaxshi xabarmi yoki yoʻq, bilmadim. Ammo katta boʻldik. Endi bir dunyo shirinlik sotib olish uchun pulimiz bor, lekin sotib olmaymiz. Istasak, kuni boʻyi uxlashimiz mumkin, ammo uxlamaymiz. Xohlagan joyimizga borishimiz, xohlagan ishimizni qilishimiz mumkin, ortiq buning uchun ota-onalarimiz urishib bermaydi. Biroq bunday qilmaymiz. Nega? Chunki endi nazorat oʻzimizda. Bosilgan har bir notoʻgʻri qadam, qilingan har bir xato uchun endi oʻzimiz javobgarmiz. Oʻylamay qabul qilingan har bir qarorning jabrini endi oʻzimiz tortamiz. Hammasi oddiy: nazorat kimda boʻlsa, mas’uliyat ham oʻshanda boʻladi. Ajab, «katta boʻlganingda tushunasan» deganlarini tushunish shu qadar ogʻriqlimi?..