Ming bir hadis🫀
Статистикаوذكر فإنَّ الذكرىٰ تنفعُ المؤْمنينَ. Va eslatgin. Albatta, eslatish mo'minlarga manfaat berur. Zaariyat surasi 55-oyat Anonim murojaat uchun: https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=32f25a7f38a
- Последний пост
- 14 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 24
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#tafakkur Kamaymayapmiz... Chiqib ketganlar ortiqcha edi... @zaariyat_55🫀
#maxtumquli 🍂...Kimlar toj-u taxtda farmon jo'natib, Kimlar saman minib, surar sakratib, Kimlar padarini, elni xor etib, Gunoh zindoniga botib boradir...❗️ @zaariyat_55
#ibrat G'amlarning ko'pligi qovoq solish uchun mantiqiy sabab emas. Payg'ambar sallollohu alayhi va sallam insonlar orasida eng g'ami ko'p kishi bo'lishlariga qaramay, insonlarning eng sertabassumi edilar. 📜Oiz Qarniy Hafizahulloh @zaariyat_55
#tafakkur G'aflatdasan, qalbing adashmoqda. Umring o'tdi, gunohlaring qalashmoqda...🌘 @zaariyat_55
#bir_chimdim Ey tabib! Haq soʻzga zaboning yoʻqmi? Hech gʻaflat dardiga imkoning yoʻqmi? Uxlatguvchi dori-darmonlaring koʻp, Qalbni uygʻotguvchi darmoning yoʻqmi? Tabib der: komil soʻz tilimdan kelmas, Har kimni davolash ilmdan kelmas. Oqilni uxlatish qoʻlimdan kelar, Gʻofilni uygʻotish qoʻlimdan kelmas. 📜M.Kenjabek @zaariyat_55
#tafakkur Hazrat Ali roziyallohu anhu bunday marhamat qiladilar: "Sir sening asiring sanaladi. Uni birovga oshkor qilsang, sen uni asiriga aylanasan" 📜Imom Muslim. Nikoh,124. @zaariyat_55
68-hadis... عَائِدُ الْمَرِيضِ يَخُوضُ فِي الرَّحْمَةِ، فَإِذَا جَلَسَ عِنْدَهُ غَمَرَتْهُ الرَّحْمَةُ. (رواه أحمد عن أبي أمامة) Kasalning holidan xabar oluvchi rahmatda suzib yuradi. Agar uning huzurida o'tirsa, rahmat uni o'rab oladi. 📜Abu Umoma roziyallohu anhudan. Ahmad rivoyati @zaariyat_55
#mulohaza Said ibn Jubayr rahimahulloh aytadilar: "Ilm olayotgan kishi olimdir. Qachonki kishi o'zini olim bo'ldim deb hisoblab, ilm olishdan to'xtasa, ana shu eng johildir"📚📖 @zaariyat_55
67-hadis... إِنَّ اللَّهِ تَعَالَى مَا أَخَذَ، وَلَهُ مَا أَعْطَى، وَكُلٌّ شَيْءٍ عِنْدَهُ بِأَجَلٍ مُسَمَّى، فَلْتَصْبِرْ وَلْتَحْتَسِبْ. (رواه ابن ماجه عن أسامة بن زيد). Alloh taolo bergan narsasini olishi bor. Har bir narsa Uning huzurida ma'lum vaqt bilan belgilangan. Shunday ekan, o'sha (sodir bo'lgan) voqeaga sabr qilib, Undan savob talab etsin. 📜Usoma ibn Zayd roziyallohu anhudan. Ibn Moja rivoyati. @zaariyat_55
#mutolaa Imom Ahmad va imom Abu Dovud Oisha onamiz roziyallohu anhodan keltirgan rivoyatda quyidagilar aytiladi: "Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam men bilan musobaqalashgan edilar, men u zotdan o'zib ketdim. Bir muddatdan so'ng mening go'shtim og'irlashganda yana men bilan musobaqalashib, mendan o'zib ketdilar va "Haligi bilan bir-u bir", dedilar". 📜 Hadis va hayot – 25 @zaariyat_55
#hikmat Solih amallar tufayli jannatga kirsak, unda abadiy qolishimiz niyatlarimiz tufayli bo'ladi...🪽 📜Hasan al-Basriy @zaariyat_55
#hikmat Bir kishi so'radiki, Payg'ambar (s.a.v) aytganlarkim: – Alloh ko'p go'sht yeyiladigan uyni dushman tutar! Bu so'zga tushunmadik. Shayx dedi: – Go'sht degani odam go'shtidir va birovni g'iybat qilmoq odam go'shtini yemoqdir...❗️ @zaariyat_55
#bayt Yor uchun majruh ersang, Luqmondan yordam istama, Bor bo'lsa darding agar, o'zgadin darmon istama...🍂 📜Shamsiddin Sivasiy @zaariyat_55
Kalomullohdan namozlarga kerak bo'ladigan miqdorda yod olish – farz...
66-hadis... جُبِلَتِ الْقُلُوبُ عَلَى حُبِّ مَنْ أَحْسَنَ إِلَيْهَا، وَبُغْضِ مَنْ أَسَاءَ إلَيْهَا . (رواه البيهقي عن ابن مسعود) Qalblar tabiatan yaxshilik qilgan kishini yaxshi ko'radigan va yomonlik qilgan odamni yomon ko'radigan qilib yaratilgandir. 📜Ibn Ma'sud roziyallohu anhudan. Bayhaqiy rivoyati. @zaariyat_55
Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Duoning eng yaxshisi arafa kunidagi duodir. Men va mendan oldingi Paygʻambarlar aytgan eng yaxshi soʻz "Laa ilaaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu lahul mullku va lahul hamdu va huva aʼlaa kulli shayʼin qodir" soʻzidir". Imom Termiziy rivoyat qilganlar Duoning maʼnosi: Allohdan oʻzga iloh yoʻq, Uning Oʻzi yolgʻizdir, Uning sherigi yoʻqdir, barcha mulk Unikidir va hamd Ungadir, U hamma narsaga qodirdir ©alilmunuur @zaariyat_55
#hikmat –Hakimlardan biri o'g'liga dedi: "Falon qo'shnilarimiz bor-ku, shular bizning oilani yomon ko'radi" – Otajon, axir ular biz bilan doim yaxshi ko'rishib, chiroyli muomala qiladi-ku? –Sen ularning kattalari kulib qaraganiga emas, kichik yoshdagi bolalarining bizga nisbatan qanday muomalada bo'layotganiga diqqat qilgin. Kichik yoshli bolalar uyidan eshitgan suhbatga qarab boshqalarga muomala qiladilar...🍂 @zaariyat_55
#mulohaza Imom ibn al-Javziy rohimahulloh aytadilar: "Allohga qasamki, agar qabr egalariga: "Istang" deyilsa, ular Ramazonning bir kunini xohlagan boʻlar edilar" @zaariyat_55
#tafakkur #ShamsTabriziy Yomg'irli havodan shikoyat qiladiganlar qurg'oqchilik bilan tarbiya etiladilar...🌒 @zaariyat_55
#hikmat – Ey Shayx! Bizning qalbimiz uxlagandir, so'zlaring ta'sir etmas, biz ne qilaylik? – Koshki uxlagan bo'lsa edi! Uxlagan qalbni uyg'otmoq osondir. Ammo sizlarning qalbingiz o'lgandir, har qancha harakatlantirgan bilan uyg'onmas...🪽 📜Hazrati Shayx Hasan Basriy @zaariyat_55