tgindex
Buxgalteriya Avizo

Buxgalteriya Avizo

Статистика
@AVIZOACADEMIYASIузбекский

3 oyda malakali buxgalterga aylaning! 💼 Ishga kirish imkoniyati 🔖 Diplom 📋 Sertifikat 💻 1C 8.3 dasturi 🔥 Real amaliyot 📃 Har oy nazorat imtihonlari 😉 1 yillik amaliy yordam ☎️ Tel: (77) 529 99 77 👇 Admin @avizo_academy

Последний пост
27 февр.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
218
+2 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
422
20 постов
Вовлечённость
193,6%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • #JShODS #hisobot JShODS va ijtimoiy soliq boʻyicha hisobotlarda jismoniy shaxslar bilan tuzilgan koʻchmas mulkdan foydalanish shartnomalari aks ettirilishi kerakmi? Soliq solish maqsadida koʻchmas mulkdan tekin foydalanish shartnomalariga ijara toʻlovining eng kam stavkalari qoʻllaniladi. 👉 OʻRQ-son-1105, 8-ilova 25.12.2025-y. Yuridik shaxs jismoniy shaxsdan binoni tekin foydalanishga olgan va aksincha - binoni jismoniy shaxsga bergan vaziyatlarda hisobotda aks ettirish boʻyicha qanday soliq oqibatlari va majburiyatlar yuzaga kelishini misollarda koʻrib chiqamiz. 1-misol. Korxona jismoniy shaxsdan tekin foydalanish shartnomasi boʻyicha bino oldi. Korxona jismoniy shaxsdan Toshkent shahrining 1-zonasida joylashgan maydoni 100 kv.m boʻlgan omborni tekin foydalanishga oldi. Ijara.soliq.uz saytida roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomada soliq solish maqsadida qoʻllaniladigan va ijara toʻlovining eng kam stavkasiga muvofiq keladigan binodan foydalanish qiymati – oyiga 1 kv.m uchun 72 000 soʻm etib belgilangan. Yuridik shaxs – oluvchida 7 200 000 soʻm (100 x 72 000) miqdorida koʻchmas mulkdan tekin foydalanishdan olingan daromad yuzaga keladi. (Soliq kodeksi 297-m. 3-q. 10-b., Soliq kodeksi 299-m.). Ushbu daromadni yuridik shaxs jami daromadiga kiritadi va foyda soligʻi yoki aylanmadan olinadigan soliqni hisob-kitob qilishda hisobga oladi (Soliq kodeksi 297-m., 463-m.). Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar soliq solish maqsadida daromad summasiga bir tomonlama EHF taqdim etadilar. 👉 14.08.2020-y. 489-son VMQ 2-ilova 59-1-b. Jismoniy shaxsda soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi. Yuridik shaxsning JShODS va ijtimoiy soliq boʻyicha hisobotida ushbu shartnoma aks ettirilmaydi. 📞 Tel: (77) 529 99 77 Tgchat: @avizo2012 Instagram | Telegram

  • Odamlar sizdan tortib ololmaydigan narsalar ; •Bilimingiz  •lymoningiz •Sog'ligingiz •Tajribangiz •Xarakteringiz •Individualligingiz •Ichki go'zalligingiz •O'zingizga bo'lgan hurmat Qanday ishlatish sizning qo’lingizda..! 📞 Tel: (77) 287 99 77 Telegram: @avizo2012 Instagram | Telegram

  • #Байрам_муборак 💥Бугун 10-ноябр Халқаро бухгалтерлар куни Ҳурматли бухгалтерлар, ушбу муҳим кун билан самимий табрикларимизни қабул қилинг!  Сизга тўғри ҳисоблар ва тезкор ҳисоблаш, шунингдек, ҳаётда кўп бахт ва қувонч тилаймиз! 📞 Tel: (77) 287 99 77 Telegram: @avizo2012 Instagram | Telegram

  • #barqarorlik_reytingi Imkoniyatlar kengaydi: barqarorlik reytingida 5 ta yangi va 11 ta takomillashtirilgan mezon Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi. 👉 VMQ-662-son 21.10.2025-yil Yangi mezonlar: 🔹Foyda solig‘i bo‘yicha hisoblangan soliq summasi soha, hudud, tadbirkorlik toifasi o‘rtachasidan oshishi – 10 ball 🔹Raqamli markirovkalash qoidalariga (ONKM, 2D-skanerlar) rioya etilishi – 5 ball 🔹Dala cheti mavjud bo‘lgan qishloq xo‘jaligi korxonalari va fermer xo‘jaliklari tomonidan ekinlar ekilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar «e-Fito.uz» tizimiga kiritilgan va samarali deb baholangan bo‘lsa — 10 ball 🔹Ekologik markirovkalash sertifikatining mavjudligini baholashda tadbirkorlik subyekti mazkur sertifikatga ega bo‘lsa — 2 ball 🔹Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortig‘ini o‘rnatganda – 5 ball Qayta tiklanuvchi energiya samaradorligi: ▫️50 foiz va undan yuqori bo‘lsa – 5 ball; ▫️30–50 foizgacha bo‘lsa – 3 ball; ▫️10–30 foizgacha bo‘lsa – 1 ball beriladi. 👉 Batafsil ✅ Endilikda, qonunlarga rioya etib faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari jami 147 balldan (asosiy mezonlar 100 ball, qo‘shimcha 47 ball) 96 ballni qo'lga kiritib, AAA reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘lish imkoniyati oshdi. Ma'lumot uchun. Reyting ma’lumotlarini real vaqt rejimida Soliq mobil ilovasi hamda soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida ko‘rish imkoniyati yaratilgan. 📞 Tel: (77) 287 99 77 Telegram: @avizo2012 Instagram | Telegram

  • 22 окт.333из Lochinbek_bux

    видео или голосовое, без подписи

  • Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashda yangi instrumentlar amaliyotga kiritilarkan. 📞 Tel: (77) 287 99 77 Телеграм: @avizo2012 Instagram | Telegram

  • 📌 Ҳар бир инсон бизга имтиҳон. 📌 Гапиришдан кўра сукут сақлашга кўп куч сарфланади. 📌 Инсонлар билан биринчи марта гаплашганингда эмас, охирги марта гаплашганингда танишасан. 📌 Ғазабда айтилган сўз, ҳотиржамликда режалаштирилган бўлади. 📌 Вақт даволамайди, вақт совутади: чойни пиёладан, одамни одамдан. 📌 Ҳамма ўзида бор нарсани кўрсатади. 📌 Хатойингни кечирмаганлар – аслида хатойингни кутганлар. 📞 Tel: (77) 287 99 77 Telegram: @avizo2012 Instagram | Telegram

  • 💼 Qarshi shahrida joylashgan AVIZO AKADEMIYASINING 3 oylik buxgalteriya kurslari orqali. ✅ 1C 8.3 dasturida ishlash ✅ Soliq va korxona hujjatlarini yuritish ✅ Ish haqi, hisob kitoblari ham nazariy ham amaliy o’rgasiz. ✅ Bunday bilimlardan so’ng Mustaqil buxgalter sifatida ishlay olasiz. 📍 - Kursni tamomlaganingizdan so’ng sizga ham DIPLOM ham SERTIFIKAT beriladi va Avizo xodimlari sizni 1 yil mobaynida qo’llab quvvatlab amaliy yordam berib borishadi. 💼 Kurs aynan siz kabi bu kasbga qiziqadiganlar uchun ! 📞 Joylar soni cheklangan, ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling va batafsil ma’lumotga ega bo’ling. 📚 Darslar tez kunlarda boshlanadi ! ❌ Birinchi va ikkinchi darslarimiz mutlaqo bepul; 📌 Yangi guruhlarga ro’yxatdan o’tish uchun quyidagi raqamlarga bog’laning! 📞 Tel: (77) 287 99 77 Telegram: @avizo2012 Instagram | Telegram

  • Юқори рейтингга эга тадбиркорларга 1,8 трлн сўм ҚҚС 1 кунда қайтарилди Шунингдек, юқори рейтингга эга тадбиркорларга бошқа солиқлар бўйича ортиқча тўловларни 3 кун ичида қайтариш ва солиқ текширувларидан озод этиш афзалликларни тақдим этади Юқори рейтингга эга тадбиркорларга 1,8 трлн сўм ҚҚС 1 кунда қайтарилди Шунингдек, юқори рейтингга эга тадбиркорларга бошқа солиқлар бўйича ортиқча тўловларни 3 кун ичида қайтариш ва солиқ текширувларидан озод этиш афзалликларни тақдим этади 📞 77 287 99 77 Tg: @avizo2012 Instagram | Telegram

  • 18 сент. 2025 г.39111из shaffof_qurilish

    Eskrou – bitmagan uydan kvartira olmoqchi bo‘lganlarni himoya qiladi 🖊Prezidentimizning 27.01.2025-yildagi PF-11-son farmoniga asosan, ulush kiritish asosidagi qurilishlar eskrou tizimiga o‘tkazilishi belgilangan. 🏦 Bunda, hali bitmagan uydan kvartira sotib olmoqchi bo‘lganlar quruvchining o‘ziga emas, bankdagi eskrou hisobvarag‘iga to‘lov qiladi. Uy bitmaguncha quruvchi kompaniyalar bu pullardan foydalana olmaydi. Mazkur tartib joriy yil 31-dekabrgacha ixtiyoriy, 2026-yil 1-yanvardan majburiy kuchga ega bo‘ladi. Ulush kiritish asosida sotuvga qo‘yilgan obyektlar va ular haqidagi batafsil maʼlumotlar bilan uy.shaffofqurilish.uz sayti orqali tanishish mumkin. 🏗Sotib oluvchi ushbu platformaga kirib obyektdan o‘ziga kerakli xonadonni tanlaganda uning chizmasi, maydoni, narxi, xonalar soni, topshirish muddati va boshqa maʼlumotlar paydo boʻladi. Shu bilan birga tizimda xonadon sotilgani, sotuvda ekani hamda band qilingani to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham aks etadi. 🔑Sotuvdagi xonadon tanlangach "sotib olish" tugmasi bosiladi va elektron raqamli imzo (ERI) bilan tasdiqlanadi. Shundan so‘ng so‘rov avtomatik ravishda quruvchiga yuboriladi. 📝Quruvchi bilan kelishuvga erishilgach, tomonlar o‘rtasida ulushli elektron shartnoma tuziladi va xaridorga imzolash uchun yuboriladi. Xaridor shartnomani ERI orqali tasdiqlaganidan so‘ng, bank orqali quruvchining eskrou hisob raqamiga boshlang‘ich yoki to‘liq to‘lovni amalga oshiradi. So‘ngra, bu maʼlumotlar notariusga yuboriladi. Xaridor va quruvchi vakili notariusga borib, shartnomani notarial tasdiqlatadi. Ushbu jarayondan so‘ng kadastr organlari tomonidan xonadonga kadastr raqami berilib, xaridor nomiga band qilinadi. 💬Shuningdek, xaridor uy.shaffofqurilish.uz orqali ulush kiritgan obyekti qurilish jarayonini onlayn kuzatib borishi mumkin. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

  • #Адлия_хабари ❗️ Мустақиллик байрами муносабати билан неча кун дам оламиз? 🔰 Мустақиллик куни арафасида қуйидаги кунлар дам олинади: 🔹30 август (шанба) – 5 кунлик иш ҳафтасидаги ходимлар учун дам олиш куни, 6 кунлик иш ҳафтасида ишлайдиган ходимлар учун иш куни; 🔹 31 август (якшанба) – дам олиш куни; 🔹1 сентябрь (душанба) – Ўзбекистон Республикаси Мустақиллик куни. 📞 77 287 99 77 📞 77 114 11 88 Tg: @avizo2012 Instagram | Telegram

  • ❗️ Tadbirkorlarga ogohlantiruv: Mehnat inspektorlari endi oldindan ogohlantirishsiz reyd o'tkazishi mumkin bo'ladi 📍 Prezidentning farmoniga ko‘ra, 2025-yil dekabrgacha davlat mehnat inspektorlari tomonidan tekshiruvlar o‘tkazish tartibini tasdiqlash bo‘yicha hukumat qarori loyihasi tayyorlanib, Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. 🔑 Yangi tartib va talablar: – Tadbirkorlik subyekti nomi aniq bo‘lmagan holatlarda tekshiruv tayinlash to‘g‘risidagi buyruqda huquqbuzarlik sodir etilgan ob’yekt (manzil)ni ko‘rsatgan holda tekshiruv o‘tkazish; – Davlat mehnat inspektorlarining qonun buzilishini bartaraf etish to‘g‘risidagi yozma ko‘rsatmalarini belgilangan muddatlarda bajarmagan ish beruvchilarni tekshirish; – Ish beruvchini tekshiruv tayinlanganligi to‘g‘risidagi buyruqdan YAMMTdagi shaxsiy kabineti orqali xabardor qilish; – Tekshiruv davomida faoliyati legallashtirilgan ishchilarga ish haqi hisoblanmasligi, bu esa qayta tekshiruv o‘tkazishga asos bo‘ladi. 📅 Yangi tartib va qonuniy o‘zgarishlar: – 2025-yil 1-sentyabrdan "Xavfni tahlil etish" tizimi natijalariga asosan o‘tkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida kamida 10 ish kuni oldin tadbirkorlik subyektini xabardor qilish tartibi davlat mehnat inspektorlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlarga tatbiq etilmaydi. 🔑 Tadbirkorlar uchun yangi majburiyatlar: – O‘zbekistonda korxonalar o‘zida mavjud vakansiyalar haqida bandlik organlariga ma’lumot berish majburiyatidan ozod etiladi. – Ish beruvchilardan bandlik organlari yo‘llanmasi asosida yuborilgan nomzodlarni ishga qabul qilmaganlik uchun sabab keltirish talabi bekor qilinadi. – Bu holatda ish beruvchi ma’muriy javobgarlikka tortilishiga chek qo‘yiladi. – Norasmiy bandlikka yo‘l qo‘ygan ish beruvchilarga nisbatan javobgarlik kuchaytiriladi. 📞 77 287 99 77 📞 77 114 11 88 Tg: @avizo2012 Instagram | Telegram

  • 20 авг. 2025 г.3041из Press_Secretary_Uz

    Қўшилган қиймат солиғи ставкаси 12 фоизга туширилгани ҳисобига бу солиқ режимида ишлаётган тадбиркорлар сони кун сайин кўпаймоқда. Лекин, ҳали кўпчилик ҚҚСга ўтсам, ҳисоб-китоб қийинлашади, бухгалтер олишим керак, харажат ошади, деб шубҳаланмоқда. Шу боис, айланма солиқдан ҚҚСга ўтадиган корхоналар бир йил давомида фойда солиғи тўлашдан озод қилинади, ҳисоботида хатолик бўлса ҳам, жарима қўлланмайди, бухгалтерлар маошининг 5 миллион сўмгача қисми олти ойгача бундай корхона тўлаётган солиқдан чегириб ташланади. Бугунги кунда солиқ текширувлари бўйича 20 мингдан зиёд тадбиркорларда 16 триллион сўмлик хато ва камчиликлар аниқланган. Бу минглаб бизнес вакилларининг тадбиркорлик рейтингидаги ўрнига салбий таъсир қилади. “Шу боис бугун ўзига хос “амнистия” эълон қиламиз, ушбу текширишлар бўйича жазо қўлланмайди. Бунинг ўрнига 1 ноябргача тадбиркорларимизга барча хато ва камчиликларни ихтиёрий тўғирлаш имкони берилади. Бир сўз билан айтганда, 1 ноябрдан бошлаб бизнес вакиллари тадбиркорлик рейтингини “тоза саҳифадан” бошлайди”, - деди Президент. Facebook|Instagram|X

  • 13 авг. 2025 г.3253из soliqnews

    #rasmiy_munosabat Hurmatli soliq toʻlovchilar! my3.soliq.uz tizimdagi texnik nosozlik sababli solishtirma dalolatnoma boʻyicha vaqtincha notoʻgʻri maʼlumotlar (soliq qarzdorligi paydo boʻlishi, mablagʻ yechib olinishi va hokazo) aks etishi mumkin. Vaziyat nazoratga olingan. Hozirda mutaxassislar mazkur muammoni bartaraf etish ustida ishlamoqda. Nosozliklar bartaraf etilgach, barcha maʼlumotlar tiklanadi, noto'g'ri yechilgan mablag'lar qaytariladi. Tushunganingiz uchun rahmat! Qo‘shimcha: Pulni qaytarish uchun yozma murojaat taqdim etish talab etilmaydi — mablag‘lar avtomatik tarzda qaytariladi. __________ #официальная_информация Уважаемые налогоплательщики! Сообщаем, что в связи с техническим сбоем в системе my3.soliq.uz в актах сверки могут временно отображаться некорректные данные (появление налоговой задолженности, списание средств и т.п.). Ситуация взята под контроль. Специалисты уже работают над устранением неполадок. После исправления вся информация будет восстановлена, неправильно списанные средства будут возвращены. Благодарим за понимание! Дополнено: Для возврата средств не требуется подавать письменное обращение — возврат будет произведён автоматически. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

  • ❗️ Ўзбекистонда ишдан бўшагандан кейин иш берувчи яна 3 ой маош тўлайди. Янги қонун қабул қилинди! 📑 2025 йил 1 ноябрдан ишсизлик нафақаси тўлашнинг янги тартиби жорий этилади: 🔷 Нафақа фақат расман ишдан бўшаган ходимларга тўланади, агар: 🔷 Охирги 5 йилда камида 18 ойлик меҳнат стажи бўлса 🔷 Бўшатилгандан кейин 6 ой ичида ариза берилса ✅ Тўлов миқдори: 🔷 1-ой — ойлик маошнинг 75% 🔷 2–3-ойлар — 50% 🔷 Қайта олиш учун камида яна 1 йил ишлаш керак. 📞 77 287 99 77 📞 77 114 11 88 Tg: @avizo2012 Instagram | Telegram

  • ❗️БУГУНДАН БОШЛАБ ТИЖОРАТ БАНКЛАРИДА ИЧКИ НАЗОРАТ ТАРТИБИГА МУҲИМ ЎЗГАРТИРИШЛАР КУЧГА КИРДИ Ўзбекистонда жиноий даромадларни легаллаштириш, терроризмни молиялаштириш ва оммавий қирғин қуролларини тарқатишга қарши курашиш мақсадида тижорат банклари фаолиятидаги ички назорат қоидаларига бир қатор янгиликлар киритилган эди. ☑️ Операциялар лимити чекланмоқда: Жисмоний шахслар ва якка тартибдаги тадбиркорлар бир ойда БҲМнинг 1000 бараваригача (ҳозирги ҳисобда 375 млн сўм) валютани нақд ёки халқаро тўлов карталари орқали ечиб олиш, сотиш ёки чиқариши мумкин. Юридик шахслар ҳисобварқида фаолиятсизлик (3 ойдан кўп) аниқланса, улар учун лимит 20 000 БҲМ этиб белгиланди. ☑️ Шубҳали операциялар бўйича аниқ тушунчалар берилди: Агар операциялар мураккаб схемалар ёки одатий фаолиятдан фарқ қилувчи кўринишда бўлса, бу ҳолатлар алоҳида назоратга олинади. ☑️ "Номинант" ва "номинатор" тушунчалари киритилди: ▪️Номинант — ташкилот номидан иш юритиш учун тайинланган шахс. ▪️Номинатор — номидан амал қилувчи ёки акциядор сифатида ҳаракат қилувчи шахс. ☑️ Мижозларнинг шахсий маълумотларини тўлиқ киритиш талаби кучайтирилди: Банкка ҳисоб очишда, мижознинг барча идентификация маълумотлари тўлиқ ва тўғри киритилиши шарт. ☑️ Банк ичидаги ички назорат хизмати тузилиши: 50 та ва ундан ортиқ филиали бўлган банкларда ички назорат хизмати камида 10 нафар ходимдан ташкил топиши шарт. ☑️ Мобил иловалар орқали ҳисоб очиш: Жисмоний шахслар энди банк мобил иловаси орқали ҳам ҳисоб очиш учун мурожаат қилишлари мумкин. ☑️ Тижорат банклари мижоз операцияларининг "аниқлик даражаси"ни баҳолайди: Ҳар бир операциянинг хавф даражаси алоҳида аниқланади. 📞 77 287 99 77 📞 77 114 11 88 Tg: @avizo2012 Instagram | Telegram

  • #Қонунчиликдаги_янгиликлар ❗️ Рақамли маркировка қоидаларига риоя қилинишини назорат қилиш бўйича ҳудудлараро солиқ инспекцияси ташкил этилади 🏛 Қарорга кўра, Рақамли маркировка қоидаларига риоя қилинишини назорат қилиш бўйича ҳудудлараро солиқ инспекцияси ташкил этилади. ✅ Рақамли маркировкаланган маҳсулотлар айланмасининг барча босқичларида тизимли назоратни таъминлаш Инспекциянинг асосий вазифаларидан бири этиб белгиланди. 📋 2025 йил 1 сентябрдан: 🔹 хавфни таҳлил қилиш тизимида мажбурий рақамли маркировкалаш қоидаларини бузиш ҳолатлари солиқ хавфи даражасини юқори деб баҳолаш учун асос бўлади; 🔹 мажбурий рақамли маркировкаланадиган маҳсулотларни реализация қилишда маркировка коди бириктирилмаган электрон ҳисобварақ-фактурани расмийлаштиришга йўл қўйилмайди; 🔹 мажбурий рақамли маркировкаланадиган маҳсулотларни чакана реализация қилишда: ▪️ маркировка коди киритилгандан сўнг онлайн назорат-касса техникасининг касса чеки шакллантирилади; ▪️ аввал фойдаланилган маркировка кодлари киритилганда онлайн назорат-касса техникасининг касса чекини шакллантиришга йўл қўйилмайди. Каналга уланиш👇👇👇 📞 77 287 99 77 📞 77 114 11 88 Tg: @avizo2012 Instagram | Telegram

  • 📞 77 287 99 77 📞 77 114 11 88 Tg: @avizo2012 Instagram | Telegram

  • Ta'sischi ustav fondidagi ulushini qaytarib olsa, soliq oqibatlari qanday bo'ladi? Ta'sischi ustav fondidagi ulushini qaytarib olsa, jismoniy shaxs sifatida unda hech qanday soliq oqibati yuzaga kelmaydi! 😎Endi yuridik shaxsda qanday soliq oqibati yuzaga kelishini ko'rib chiqamiz! - Agar yuridik shaxs ta'sischiga ulushini qaytarib olishida qandaydir moddiy boylik, ya'ni o'zini aktivlari bilan beradigan bo'lsa (tovar moddiy boyliklari, bino, inshoot va hakazo), bu yuridik shaxs uchun sotish (realizatsiya) hisoblanadi va bu holatda: Yuridik shaxs AOS to'lovchisi bo'lsa, bu bergan mol-mulkidan AOS to'laydi (4%). ‼️ Soliq kodeksi 463-moddasi 3-qismi, 1-bandi, 1-xatboshi Agar yuridik shaxs QQS to'lovchisi bo'lsa QQS to'laydi (12%). ‼️ Soliq kodeksi 239-moddasi 4-qismi, 3-bandi, 1-xatboshi Aynan tovar moddiy boyliklar emas balki ta'sischi ulushini pul ko'rinishida qaytarib oladigan bo'lsa, bu holatda hech kimda hech qanaqa soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi. ‼️Soliq kodeksi 304-moddasi 1-qismi, 1-bandi Yanada ko’proq buxgalteriya va soliq qonunchiliklariga oid ma’lumotlarini bilish uchun ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo’ling ! 📞 77 287 99 77 📞 77 114 11 88 Tg: @avizo2012 Instagram | Telegram

  • #QQS Tadbirkor auksion orqali yer sotib olsa QQS to‘laydimi? O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat mol-mulki realizatsiya qilinganda QQSni hisoblash va to‘lash soliq agenti (xaridor) tomonidan amalga oshirilishi belgilangan. 👉 Soliq kodeksi 256-modda O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-1014-son) bilan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan, 2025-yil 1-yanvardan boshlab, davlat mol-mulkini, shu jumladan mulk huquqi asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma QQS bo‘yicha soliq solishdan ozod etildi. 👉 Soliq kodeksi 243-modda ✅ Ya’ni, 2025-yil 1-yanvardan boshlab ushbu turdagi mulklarni xarid qilgan tadbirkorlar uchun QQS to‘lash majburiyati mavjud emas. ⚠️ Ammo, 2025-yil 1-yanvarga qadar ushbu yer uchastkalarini xarid qilgan korxonalar uchun QQSni hisoblash va belgilangan tartibda budjetga to‘lash majburiyati mavjud. QQS ushbu holatda soliq agenti — xaridor tomonidan to‘lanadi. ❗️Tadbirkorlar diqqatiga: Agar siz yer uchastkasini 2025-yildan keyin xarid qilgan bo‘lsangiz, QQS to‘lovidan ozodsiz. Ammo, 2024-yilda xarid qilingan yerlar uchun QQS to‘lovi majburiy hisoblanadi. Bunda 2025-yildan keyin xarid qilgan davlat mol-mulki uchun soliq hisobotini imtiyoz qoʻllagan holda taqdim etish lozim boʻladi. 📞 77 287 99 77 📞 77 114 11 88 Tg: @avizo2012 Instagram | Telegram

Buxgalteriya Avizo — tgindex