tgindex
Xurshid Abdurasilov️

Xurshid Abdurasilov️

Статистика
@Abdurasilovузбекский

👨🏻‍💻Dasturchi Xurshid Abdurasilov kundaligi! ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ Sukunat bilan ish qiling, natijasi shovqinli boʻlsin! ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ ✍️ Murojaat uchun: @uzxzn © 2019-2026

Последний пост
25 июл.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
22
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
82
+1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
138
22 постов
Вовлечённость
168,3%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 22
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
38
1/48двое суток
43
1/72трое суток
46

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Alifbo islohoti atrofidagi bahslardan keyin oʻylanib qoldim... Oʻ va Gʻ harflarini yozishdagi noqulayliklar hamda har xil tutuq belgilari sababli aybni alifboga agʻdarib, uni oʻzgartirish shart emas. “Toʻgʻri belgilarni chiqarishni avtomatlashtirish mumkin-ku”, dedim-da, ochiq kodli UzTypist utilitasini yaratdim. UzTypist nima qiladi? Windows OS uchun moʻljallangan ushbu ixcham dastur fonda ishlaydi va istalgan joyda matn terishni avtomatik ravishda toʻgʻri tipografiyaga moslaydi: 🔹 O' va G' deb yozishingiz bilan uni darhol toʻgʻri Oʻ va Gʻ harflariga oʻtkazib beradi. 🔹 Tutuq belgisi hamda qoʻshtirnoqlarni oʻzbek tili imlo qoidalariga moslaydi. 🔹 Qisqa va uzun tirelarni 2–3 marta minus (-) belgisini ketma-ket yozganda avtomatik almashtiradi (en-dash va em-dash). 🔹 Tizim resurslarini (RAM va CPU) deyarli sarflamaydi. Qisqasi, odatdagidek yozaverasiz — dastur avtomatik toʻgʻrilaydi. 💻 Batafsil maʼlumot va dasturni yuklab olish uchun: 👉 https://github.com/abdurasilov/uz-typist Gʻoya va dastur haqidagi fikrlaringizni izohlarda kutaman!

  • Alifbo islohoti: Raqamli dunyodagi inqirozmi yoki taraqqiyot? 2026-yilda alifbo faqat qog‘ozdagi harflar to‘plami emas, u — sun’iy intellekt va ma’lumotlar bazasi suyanadigan poydevordir. Yangi harflar bugungi raqamli infratuzilmaga aslida qanchaga tushadi va nega ishlab turgan tizimga tegmagan ma’qul? 🔗Batafsil: https://abdurasilov.uz/post/alifbo-islohoti

  • без подписи

  • Va nihoyat, shaxsiy veb-saytimni yaratdim. U yerdagi birinchi maqola internetning eng gʻalati, nostalgik va sirli estetikalari haqida: 👉 https://abdurasilov.uz/post/internet-estetikasi-liminal-space-dreamcore

  • Hozir men shunday oʻtiribman:

  • Endi men ham portugallarga ilovalar yaratib bermayman.

  • Bu futbol tomosha qilish buncha qiyin boʻlmasa-ya🥲

  • Kecha internetni portlatayotgan “Dacha” (2026) filmini koʻrib tugatdim. Qanday baholashni bilmadim. Bizda ham Gollivud uslubidagi, shafqatsiz slasher janriga qoʻl urishibdi. Qonli sahnalar va vizual dinamika aʼlo darajada. Lekin, goʻyoki yaxlit film emas, uzun klip koʻrgandek boʻldim. Trillerga xos boʻlgan oʻsha ichki xavotir biroz yetishmadi, yoki menga shunday tuyildi. Lekin baribir film menga yoqdi! Kim koʻrdi? Sizlarda qanday taassurot qoldi?

  • Angina — bu shunday kasallikki, har bir yutunish uchun ham oldin ruhan tayyorgarlik ko‘rib, keyin “Bismillah” deb tavakkal qilasan💀 🔜@Abdurasilov

  • Angina — bu shunday kasallikki, har bir yutunish uchun ham oldin ruhan tayyorgarlik ko‘rib, keyin “Bismillah” deb tavakkal qilasan💀 🔜@Abdurasilov

  • Men uxlashdan oldin karavotim yoniga ikkita stakan qo‘yaman. Biri suv bilan to‘la — agar tunda chanqab qolsam ichish uchun. Ikkinchisi esa bo‘m-bo‘sh — agar tunda chanqamasam ichmaslik uchun. 👨‍💻 @Abdurasilov | #Yana_men

  • 🌈🌿

  • Choʼlponni boltalashdi... 🪓 “Passhalar gulzorimda ari bilan bol talashdi.”

  • “Bring us the girl, and wipe away the debt.” 🕊 Yaqinda bir o‘yinni tugatdim va hozir ichimda g‘alati bir bo‘shliq... To‘g‘risi, bu o‘yin haqida oldin umuman eshitmaganman. Shunchaki chegirmada juda arzon ($6) sotib olganim uchun oddiy “shooter” bo‘lsa kerak deb o‘ylagandim, lekin qattiq adashibman. Bu — BioShock trilogiyasi. Ayniqsa, uning Infinite qismi... Bu shunchaki o‘yin emas, haqiqiy san’at asari. 1912-yil, bulutlar orasidagi muallaq shahar, men hech qachon ko‘rmagan “bolalik xotirasi” va aql bovar qilmaydigan darajada murakkab syujet. Aytgancha, bu sizning “kartoshka” kompyuteringizda ham uchadi. Agar hali o‘ynamagan bo‘lsangiz, sizga hasad qilaman🥹 👨🏻‍💻 @Abdurasilov

  • Qizlar, 8-mart bilan!🌷 Izohga istalgan emoji qoldiring🙂 Kichkina sovgʻa bor🎁

  • Qizlar, 8-mart bilan!🌷 Izohga istalgan emoji qoldiring🙂 Kichkina sovgʻa bor🎁

  • 3 nafar voyaga yetmagan shaxslar radarni yiqitib, kanalga tashlashibdi. Izohlar esa bayram: “Otasiga rahmat”, “Alloh rozi boʻlsin”, “Xalq qahramonlari”. Zo‘r. Endi yoʻl belgilarini sindirganlarga “xalq qahramoni” unvonini beramizmi? Muammo radarni yiqitgan bolalarda emas. Muammo — vandalizmni olqishlayotganimizda. Keyin esa hayron bo‘lamiz: “Nega avariyalar ko‘p?” “Nega hech kim qonunga amal qilmaydi?” Chunki biz o‘zimiz betartiblikni qo‘llab-quvvatlayapmiz. Bolalar xato qiladi, mayli — yosh. Jamiyat xatoni qahramonlikka aylantirsa — bu ancha xavfli menimcha.

  • ChatGPTʼga quyidagini yozib koʻring va natijasini ulashing: Shu vaqtgacha siz bilan qanday muomala qilganimni bitta rasm bilan tasvirlab bering

  • Yaxshi xabar-a?

  • ⚠️Firibgarlarlardan ehtiyot bo‘ling! Yangi firibgarlik turi paydo bo‘ldi. Bunday firibgarliklar biror tanishingizni nomidan (Ismi, bio, profil rasmlari bir xil) hisob yaratib, sizdan pul so‘rab yozadi. Siz: "O‘sha tanishim", deb pul o‘tkazasiz, qarabsizki…