- Последний пост
- 10 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 80
- 1/48двое суток
- 91
- 1/72трое суток
- 98
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Sovg'a keldi) Syurpriz bo'lgani 1x baxt. Kitob ekani 2x baxt. Turkcha kitob ekani 100x baxt.) @Mufarridaa
Odatda ishlayotganda serial ochib qo'yaman. Ko'rganda ham shunchaki emas, psixologik tahlillar-la ko'riladi seriallar menda. Yaxshi serial edi Maraşlı. Ayniqsa oxirgi 4 bo'lim personajlarda kuchli ruhiy inqirozlar bilan o'tdi Uzun narsalar yozishga hafsalam qolmagan afsuski,yo'qsa tahlillarimni bo'lishardimalbatta) @Mufarridaa
"Maraşlı" tugadi. Serial ta'siridan tezroq chiqib ketish uchun srazu yangisini boshladim.
Bolalik nafaqat inson umrining, balki insonning og'riqlarining ham poydevori. @Mufarridaa
#Shunchaki Kipriklaring ham nafas olishini kechasi kiprigingga surgan tushingni yuvmasdan uxlab qolganingda anglaysan. @Mufarridaa
Sizning oshqozoningiz yillar o'tsa ham hazm qilolmaydigan toshning nomi nima? Mendagisini nomi- adolatsizlik! @Mufarridaa
Uch o'g'ilning onasi bo'lish nima degani deb so'rasalar shunday deyman: Uydagi yagona prinses menman. Baxtga qarshi, uydagi yagona qul ham menman)) @Mufarridaa
Faqat o'zini sevadiganlar alal oqibat faqat o'zidan keladigan sevgiga qanoatlanishga majbur bo'ladilar. Hudbinlikning badali budir... @Mufarridaa
#no_comment... @Mufarridaa
Baliq(lar)ni ko'nglini rozi qilish uchun emas Xoliqni rozi qilish uchun harakat qilganlargina yutadi... @Mufarridaa
Shukur qilishni bilmaydigan insonlar bilan diqqatli bo'ling. Robbisidan rozi bo'lmagan sizdan rozi bo'larmidi?)) @Mufarridaa
Ertadan. Dushanbadan. Kelasi oyning birinchi kunidan... Ertaga degan kishining ertasi hech qachon kelmaydi. Chunki har "ertaga"ning o'z "ertaga"si bor. @Mufarridaa
Ayrim davlat maktablarida tizim quyidagicha; Yo "rahbarlar"ga yoqadigan oʻqituvchi boʻlasan, oʻquvchilar yomon koʻrishadi. Yo oʻquvchilarga yoqadigan oʻqituvchi boʻlasan "rahbarlar" yomon koʻrishadi. Men oʻquvchilarni muhabbati bilan bir qatorda rahbarlarni nafratini qozongan pedagogman)) Yana kimda shunaqa? Kommentlarda fikringizni qoldiring. @Mufarridaa
Millatning onalariga ayting, agar oʻgʻlini qizgʻansa uylantirmasin. Oʻzi ham yonadi. Kamiga qoʻshib oʻgʻli va kelinini ham yoqadi. @Mufarridaa
Agar viqor rang boʻlganda shubhasiz qora boʻlardi. @Mufarridaa
Angla: Oʻzing hech narsaga qodir emassan, agar U ilhom va quvvat bermasa. Tushun: Qoʻlingga kelgani ham, ketgani ham Undandir. His qil: Butun hayoting, qarorlaring, ortingdagi-yu o'ningdagi qadamlaring toʻlaligicha Uning nazoratidadir. Iqror boʻl: Shunday buyuk Yozuvchining ssenariysida yashayapsan. Va so'nggida: Hotirjam boʻl.... @Mufarridaa
Tom maʼnoda ulgʻayish boshqalarning etagini va yoqasini qoʻyib yuborganingdan keyin boshlanadi. Boshqalarni etagini qoʻyib yuborish- bu sen uchun boshqalar qilishini kutishni toʻxtatish. Boshqalarni yoqasini qoʻyib yuborish bu- hayotingdagi yomon kunlar uchun boshqalarni aybdor qilish. @Mufarridaa
Hech qachon oshqozon gʻami birlamchi boʻlgan odam bilan hamroh boʻlma. Och qolsa seniyam tap tormay yeydi! Ya'ni bu dunyoda yagona gʻami shaxsiy ehtiyojlari boʻlgan odam joyi kelganda hech ikkilanmay oʻz hamrohini ham qurbon qilib yuboradi @Mufarridaa
Нцц. Xato qarash. Ertani kutish, ertaga tong otishini kutish... Faqat bugun bor insonni qoʻlida. Hadaflar ,orzular doim yangilanadi. "Erta"ga yetdim deganizda yangi "erta" paydo boʻladi. Shu uchun kutmaslik kerak. Nimani yashasangiz bugun yashang, yaltiroq gaplar maqsaddan chalgʻitmasin. @Mufarridaa
#osha_gap Tovuq hech qachon arslon ulg'aytirolmaydi. Arslon ham hech qachon tovuq ulg'aytirmaydi. Hoy, er kishi! Arslon kabi avlod istarsan, ortiq arslon kabi ayol tanla. Zotan millatning tovuqlari keragidan ko'p. @Mufarridaa