Aziza Azamatovna | Rasmiy
Статистика💼 https://t.me/eduuz; Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi; “Eng faol yil talabasi-2024” respublika bosqichi sovrindori; “Iste’dod”, “Stipendiantlik sari ilk qadam”loyihalari asoschisi; Bakalavr TerDU; Magistr O’zDSMI 1/2. 🌎🇺🇿🇲🇾🇹🇯🇰🇿
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 12
- Всего постов
- 110
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 85
- 1/48двое суток
- 97
- 1/72трое суток
- 105
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
https://www.instagram.com/p/DcBYtCBCJKA/?igsh=MTkwNWJzaWp4MTIwaQ==
без подписи
без подписи
Oliy ta’lim xizmatlarini rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya boshlandi Toshkent shahridagi “Hilton Tashkent City” mehmonxonasining Kongress zalida “Oliy ta’lim xizmatlarini rivojlantirish: ta’lim dasturlari sifatini oshirish, ta’limda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va bandlik imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi. Konferensiyani O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Maykl Xoulgeyt hamda Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi mintaqaviy ta’lim bo‘yicha maslahatchisi Salim Salamah ochib berdi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/206197 👉 На русском 👉 In English #Xalqaro_anjuman Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Qonunchilik_yangiliklari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
без подписи
без подписи
#no_comment Ayni paytda Toshkentdagi “Hilton Tashkent City“da oliy ta’lim xizmatlarini rivojlantirish, ta’lim dasturlari sifatini oshirish, ta’limda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va bitiruvchilar bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boshlanish arafasida. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
без подписи
Inson bilan tirikdur inson, Muhabbatda hayotning boshi. Yuraklarga baxsh etadi jon, Odamlarning mehr quyoshi. 👉🏻@AzizaAzamatovnaa👈🏻
без подписи
без подписи
Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari — mahoratdan xalqaro maydon sari! Toshkent shahridagi “Humo Arena” majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining Respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tanlov g‘oliblariga tabrigi o‘qib eshittirildi. Mazkur tanlov Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan tashkil etilib, har bir bosqich g‘oliblari hamda ularga biriktirilgan amaliyot ustozlari pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Tanlov g‘oliblari endilikda o‘z kasbiy mahoratini WorldSkills xalqaro musobaqasida namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 🏅 “WorldSkills” xalqaro musobaqasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchiga 2 500 BHM, ya’ni 1 milliard 30 million so‘m, uning ustoziga esa 450 BHM, ya’ni 185 million 400 ming so‘m miqdorida pul mukofoti beriladi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Aziza Azamatovna | Rasmiy pinned a video
📹O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanloviga ariza yuborish 👉🏻@AzizaAzamatovnaa👈🏻
⚫️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga hujjat topshirgan magistratura mutaxassisligida tahsil olayotgan talabgorlarning ko'rsatkichlarini baholash mezoni 👉🏻@AzizaAzamatovnaa👈🏻
⚫️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga hujjat topshirgan bakalavriat ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabgorlarning ko'rsatkichlarini baholash mezoni 👉🏻@AzizaAzamatovnaa👈🏻
без подписи
без подписи
без подписи