Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami boshqarmasi | Rasmiy kanal
СтатистикаSog‘liqni saqlash vazirligi Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami boshqarmasining rasmiy axborot kanali. Yangiliklar, me’yoriy hujjatlar va dolzarb ma’lumotlar.
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 8
- Всего постов
- 109
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 356
- 1/48двое суток
- 407
- 1/72трое суток
- 440
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Президент Шавкат Мирзиёев подписал Конституционный Закон «Об Администрации Президента Республики Узбекистан». Хотя Администрация является единственным конституционным институтом, обеспечивающим деятельность Президента и реализацию его конституционных полномочий в организационном, правовом и аналитическом плане, в законодательном регулировании ее взаимодействия с государственными органами существовал правовой пробел. Теперь эти вопросы урегулированы новым законом. Законодательное регулирование деятельности Администрации в пределах ее действующих полномочий по организации исполнения указов, постановлений, распоряжений и поручений главы государства укрепляет правовые основы института президентства. В международной практике закрепление правового статуса института, обеспечивающего деятельность Президента, на уровне закона является институциональным стандартом президентского управления. Закон состоит из 4 глав и 34 статей. В нем получили законодательное оформление конституционные механизмы обеспечения деятельности Президента в рамках действующих полномочий Администрации. В частности: – Администрация определена как государственный орган, обеспечивающий реализацию полномочий Президента Республики Узбекистан в организационном, правовом и аналитическом плане; – Администрация формируется Президентом, осуществляет деятельность по определенным им основным направлениям, непосредственно подчиняется и подотчетна Президенту. Законом определены основные задачи Администрации: – организационное, правовое и аналитическое обеспечение реализации конституционных полномочий Президента Республики Узбекистан; – подготовка проектов указов, постановлений и распоряжений Президента, а также его поручений, организация и контроль их исполнения, содействие их реализации; – разработка новых инициатив Президента по вопросам социально-экономического и общественно-политического развития страны; – организация открытого и прямого диалога с населением и предпринимателями, выработка решений по волнующим их вопросам; – подготовка законов для подписания или возвращения; – организация подготовки Послания Президента Олий Мажлису; – координация деятельности государственных органов и организаций, непосредственно подчиненных и подотчетных Президенту, и другие. Кроме того, законом определены правовой статус и задачи Руководителя Администрации, нормы, касающиеся назначения на должность и освобождения от должности руководящих работников и должностных лиц Администрации, созданы правовые основы организации деятельности Совета безопасности при Президенте. В рамках обеспечения деятельности Президента Администрация взаимодействует с парламентом, Правительством, министерствами и ведомствами, местными хокимиятами, органами судебной власти и судейского сообщества. Администрация координирует деятельность государственных органов, непосредственно подчиненных Президенту, готовит предложения по их совершенствованию и вносит их Президенту. Также предусмотрены меры социальной, экономической и правовой защиты сотрудников Администрации при выполнении ими служебных обязанностей. Принятие Конституционного закона об Администрации Президента послужит выведению на новый этап проводимых в Новом Узбекистане реформ, направленных на утверждение ценности и достоинства человека, повышение благосостояния народа, преобразование государственных органов в открытую и подотчетную систему, служащую народу, а также укрепление авторитета нашей страны на международной арене. Facebook|Instagram|X
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
📌 Sog‘liqni saqlash vazirining 2025 yil 31 yanvardagi 32 son buyrug‘i Mazkur buyruq bilan tibbiyot muassasalarida dori vositalari, tibbiy buyumlar, reagentlar va sarf vositalariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, ularni xarid qilish, taqsimlash hamda ulardan maqsadli va samarali foydalanishni nazorat qilish bo‘yicha Doimiy faoliyatdagi Hay’at faoliyati takomillashtirilgan. Buyruqda Hay’atning vazifalari, faoliyat tartibi, dori vositalari va tibbiy buyumlarni xarid qilish, qabul qilish, taqsimlash, saqlash hamda ulardan samarali foydalanishni nazorat qilish mexanizmlari belgilangan. 📄 32 son buyruqning to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami boshqarmasi
📌 Sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 31-yanvardagi 32-son buyrug‘i Mazkur buyruq bilan tibbiyot muassasalarida dori vositalari, tibbiy buyumlar va sarf vositalariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, ularni xarid qilish, taqsimlash hamda ulardan samarali foydalanishni nazorat qilish bo‘yicha Doimiy faoliyatdagi Hay’at faoliyati takomillashtirildi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami boshqarmasi
#Ijtimoiy_rolik 🔴 ⭕️⭕️⭕️ 🫀Prezidentimiz tomonidan shu yil 20-yanvarda “O‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning oldini olish chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaror imzolangan edi. 📋Hujjatga muvofiq xalqaro dasturlar asosida Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturi ishlab chiqildi. 🔬Unga ko‘ra, ayni paytda 30 yoshdan oshgan aholi o‘rtasida yiliga 1 marta o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni barvaqt aniqlash bo‘yicha maqsadli tibbiy tekshiruvlar o‘tkazilmoqda. 🔺 Maqsad — yurak-qon tomir xastaliklarini erta aniqlash, infarkt va insultning oldini olish hamda nogironlik va erta o‘lim holatlarini kamaytirishdan iborat. 📹 Ushbu videorolik orqali mazkur tibbiy ko‘riklarning ahamiyati xususida zarur ma’lumotlarga ega bo‘lasiz. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
⚡️ O‘zbekistonda o‘g‘il bolalar qizlarga nisbatan ko‘proq tug‘ilmoqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida respublikada 373 389 nafar tirik tug‘ilish qayd etilgan. Shundan: 👦 o‘g‘il bolalar — 192,9 ming nafar (51,7 foiz); 👧 qiz bolalar — 180,5 ming nafar (48,3 foiz). Tug‘ilishlarning 51 foizi qishloq joylariga, 49 foizi esa shahar joylariga to‘g‘ri kelgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami boshqarmasi onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, homilador ayollarni sifatli patronaj kuzatuvi bilan qamrab olish hamda bolalarning sog‘lom rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami boshqarmasi
#Raqamli_tibbiyot 🔴 1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ 🤩 Bolalarning necha yoshda qanday kasalliklarga qarshi emlanishi haqidagi ma’lumotlarni onlayn olsa bo‘ladi. ❓ Xo‘sh, bu xizmatdan qanday foydalaniladi? ❓ Tizimda qaysi ma’lumotlar aks ettirilgan? ❓ Foydalanish narxi qancha? 🎞 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali bu savollarga to‘liq javob topasiz. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
📎 ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2026-yil 22-maydagi 176-son buyrug‘i “Davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari uchun milliy klinik protokollar, tashxislash va davolash standartlarini ishlab chiqish, qayta ko‘rib chiqish hamda tibbiyot amaliyotiga joriy etish to‘g‘risida” Mazkur buyruq qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 23-iyundagi 180-son buyrug‘ining 26-ilovasi bilan tasdiqlangan “Alkogolga tobelik”, “Psixoaktiv moddalarga qaramlik” hamda “Narkologik bemorlarning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasi” nozologiyalariga oid milliy klinik protokollar, shuningdek, tashxislash va davolash standartlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. Hurmat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini tashkillashtirish boshqarmasi
📎 ILOVALAR O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2026-yil 22-maydagi 176-son buyrug‘i “Davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari uchun milliy klinik protokollar, tashxislash va davolash standartlarini ishlab chiqish, qayta ko‘rib chiqish hamda tibbiyot amaliyotiga joriy etish to‘g‘risida” Mazkur buyruq ilovalari bilan tanishing. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini tashkillashtirish boshqarmasi
🤱 1–7 avgust — Butunjahon ona suti bilan oziqlantirish haftaligi Ona suti — chaqaloq uchun eng tabiiy, xavfsiz va mukammal ozuqadir. U bolaning sog‘lom o‘sishi, immunitetini mustahkamlashi hamda turli infeksiyalardan himoyalanishida muhim ahamiyatga ega. 📊 "O‘zbekiston – 2030" strategiyasiga muvofiq, mamlakatimizda 6 oylikkacha bo‘lgan chaqaloqlarni faqat ona suti bilan oziqlantirish darajasini 80 foizga yetkazish maqsad qilingan. 💙 Har bir ona va bola sog‘lom kelajagi uchun emizishni qo‘llab-quvvatlaylik! O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami boshqarmasi
📑 Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2026 yil 20 fevraldagi 65 son buyrugʻi ❤️ Oʻtkir yurak qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni barvaqt aniqlash qoʻshimcha choralari toʻgʻrisida 📌 Mazkur buyruq bilan: ✅ 30 yoshdan oshgan aholini yurak qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar boʻyicha skriningdan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi; ✅ bemorlarni erta aniqlash davolash va kuzatuvning yagona tizimi joriy etildi; ✅ birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari hamda ixtisoslashtirilgan markazlar oʻrtasidagi klinik marshrut belgilandi; ✅ yurak xuruji va insultning oldini olish boʻyicha zamonaviy yondashuvlar amaliyotga tatbiq etildi; ✅ elektron reyestr va raqamli monitoring tizimini yuritish vazifalari belgilandi. 📎 Buyruq ilovalari bilan taqdim etiladi.Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Birlamchi tibbiy sanitariya yordami boshqarmasi
🟦🟦🟦🟦 🔺Tibbiy yo‘llanmalar endi DMED orqali rasmiylashtirilmoqda 🔺O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-noyabrdagi 694-son qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-iyuldan boshlab bemorlarga tibbiy yo‘llanmalar DMED yagona axborot tizimi orqali elektron shaklda rasmiylashtirilmoqda. 💟Bugungi kunga qadar tizimda 50 mingdan ortiq faol tibbiy yo‘llanma yaratilgan. Yangi tartibga ko‘ra, bemor yoki uning ishonchli vakili davolanish uchun tibbiyot muassasasini mustaqil ravishda tanlashi mumkin. Shundan so‘ng bemor tanlangan muassasaga haqiqiy elektron navbat asosida yo‘naltiriladi. Bu imkoniyat: • navbatlarning shaffofligini ta’minlaydi; • bemorlarning erkin tanlov huquqini kengaytiradi; • yo‘llanmalarni adolatli taqsimlashga xizmat qiladi. Shuningdek, bemor yoki uning ishonchli vakili yo‘llanmaning yaratilishidan tortib, tibbiyot muassasasi tomonidan qabul qilinishigacha bo‘lgan barcha bosqichlarni DMED mobil ilovasi orqali real vaqt rejimida kuzatib borishi mumkin. Raqamli sog'liqni saqlash markazi Telegram | Linkedin | Facebook | Instagram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи