Buxoriy Education
СтатистикаPrezident, Al-Xorazmiy, Mirzo Ulug'bek va boshqa ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorlov kurslari 1️⃣Matematika 2️⃣Tanqidiy fikrlash 3️⃣Ingliz tili 4️⃣Nutq Tel: +998931424882 Natijalar gapirsin👇 @BUXORIY_YUTUQLARI
- Последний пост
- 7 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 217
- 1/48двое суток
- 248
- 1/72трое суток
- 268
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#imtihon_natijalari_2026 🔴 DIQQAT! HURMATLI OTA-ONALAR VA TALABGORLAR! 🖌 Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabga 2026–2027-o‘quv yili uchun saralash va kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinmoqda. Joriy yilning 25–26-iyul kunlari Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning tayyorlov guruhi hamda 1-sinfiga o‘tkazilgan 1-bosqich saralash imtihonlari, shuningdek, 31-iyul hamda 1–2-avgust kunlari 2-, 3- va 4-sinflar uchun o‘tkazilgan kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinmoqda. Imtihon natijalari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin: 🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095 🟢 https://ariza.piima.uz Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Natijalar shaxsiy kabinetlarda ko'rinmoqda degan xabarlar kelmoqda! https://ariza.piima.uz/cabinet/natijalar Yuqoridagi link orqali yoki shaxsiy kabinetingizni tekshirib ko'rsangiz bo'ladi. Sayt biroz qotmoqda!
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#Yangi_taʼlim_maskani #BuxoriyEducation Shofirkonda zamonaviy nodavlat ta’lim maskani – “Buxoriy Education” o‘z faoliyatini boshladi Shofirkon tumanida ta’lim sifatini yanada oshirish, yoshlarning bilim olishi uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Buxoriy Education” nodavlat ta’lim maskanining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida Shofirkon tumani hokimi Mo‘min Amonov ishtirok etib, ushbu ta’lim maskanining yoshlar kelajagini ta’minlashdagi o‘rni haqida to‘xtaldi hamda jamoaga muvaffaqiyatlar tiladi. Xo‘ja Orif mahallasida joylashgan mazkur zamonaviy ta’lim maskanida ayni paytda 50 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Dars mashg‘ulotlari zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion dasturlar va raqamli texnologiyalar asosida tashkil etilgan bo‘lib, o‘quvchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Ta’lim maskanining tashkiliy masalalari bo‘yicha Hakimov Ikrom mas’ul etib belgilangan. Maskanda tajribali ustozlar faoliyat yuritmoqda. Jumladan, matematika fani o‘qituvchisi Baqoyev Ilhom ko‘plab yoshlarning oliy ta’lim muassasalariga muvaffaqiyatli o‘qishga kirishiga munosib hissa qo‘shgan bo‘lsa, ingliz tili fani o‘qituvchisi Axtamov Umid xorijiy tillarni o‘qitish borasida tumandagi salohiyatli pedagoglardan biri sifatida e’tirof etiladi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 365-son qarori asosida ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turgan, bilim olishga intiluvchan o‘quvchilar uchun ta’lim xizmatlari bepul tashkil etiladi. O‘quvchilarning intellektual salohiyatini oshirish va bilimlarini mustahkamlash maqsadida har oy “Zakovat” turnirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, bu orqali ularning bilim va ko‘nikmalari muntazam sinovdan o‘tkaziladi. Yangi ta’lim maskanining ish boshlashi Shofirkon tumanida sifatli ta’limni rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning kelajakdagi yutuqlariga mustahkam zamin yaratishda muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Shofirkon tumani hokimligi axborot xizmati
https://www.cambridgeinternational.org/Images/760722-results-tashkent_city-grade-5.pdf
#qabul_2026 #imtihon_natijalari 🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar! 🎓 PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 1-SARALASH BOSQICHI NATIJALARI E'LON QILINMOQDA! ✅ Joriy yilning 25-iyun kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-saralash bosqichi imtihon natijalari Cambridge xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi. ✅ Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin: https://www.cambridgeinternational.org/preselection-results-J26/ Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#qabul_2026 🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar! 🖌 2026/2027-o‘quv yili uchun: 🖱️ Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 7-, 8-, 10-sinflar; 🖱️ Muhandislik maktablari, 7-, 8-, 9-, 10-sinflarga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomalar arizachilarning ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga joylashtirildi! 🎓 Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab hamda Muhandislik maktablariga hujjat topshirgan talablardan ruxsatnomani ariza.piima.uz orqali yuklab olishingizni so'raymiz. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#qabul_2026 DIQQAT, E’LON! 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga kirish imtihonlarini o‘tkazish GRAFIGI. ✅ 2026-yil 25-iyundan boshlab Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, sport, tayanch, muhandislik va jasorat maktablari, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati, xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda“Prezident iqtidorli farzandlari” qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi. 📨 Imtihon ruxsatnomalari imtihon sanasidan 3 kun oldin talabgorning shaxsiy kabinetiga yuklanadi va bu haqida arizada ko‘rsatilgan telefon raqamga SMS-xabarnoma yuboriladi. Talabgorlar ruxsatnomani ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetlari orqali yuklab olishlari mumkin bo‘ladi. 👉 Talabgorlardan imtihon vaqtlarini oldindan diqqat bilan o‘rganib chiqishlari hamda imtihon kuni belgilangan vaqtdan kechikmasdan test sinovi o‘tkaziladigan hududga yetib kelishlari so‘raladi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
25-iyun Prezident maktabi saralash imtihonlari bo'ladigan manzillar ro'yxati: 1. O'zekspomarkaz Milliy ko'rgazmalar majmuasi (konferens xoll) Toshkent shahri, Amir Temur ko'chasi, 107-uy 2. Oliy o'quvyurtlararo sport majmuasi Toshkent shahri, Niyozbek yo'li ko'chasu 57-uy 3. O'zbekiston Milliy universiteti sport zali Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko'chasi, 27-uy 4. Yoshlik sport majmuasi (B sektor) Toshkent shahri, Islom Karimov ko'chasi 98-A uy Buxoriy_education
⏰ DIQQAT, YO‘RIQNOMA! 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga onlayn hujjat topshirish jarayoni quyidagi platformalar orqali amalga oshiriladi: 👉 my.gov.uz 👉 ariza.piima.uz 🇺🇿 Mazkur video yo‘riqnoma orqali ariza.piima.uz saytida Prezident maktabiga hujjat topshirish jarayoni bilan bosqichma-bosqich tanishishingiz mumkin. ☎️ Hujjat topshirishda barcha ma’lumotlarni to‘g‘ri va to‘liq kiritishni unutmang. Savollar yuzaga kelganda, Agentlikning 1206 qisqa raqamiga murojaat qiling. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
❗️ PREZIDENT MAKTABLARI 2026/2027-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI! 🎓 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2026/2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 25-maydan – 14-iyunga qadar ONLAYN shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi. ❓Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi? Prezident maktablariga ariza topshirish uchun o‘quvchilarning: ⚫️oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati, ⚫️tug‘ilganlik haqida guvohnomasi (ya’ni metrikasi), ⚫️tegishli oʻquv yili natijalariga koʻra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi yoki QR-kod bilan tasdiqlangan elektron tabel, ⚫️ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti ma’lumotlari, ⚫️bog‘lanish uchun telefon raqamlari talab qilinadi. ❗️DIQQAT Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari “5” (aʼlo) boʻlishi lozim. ❓Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi? ⚫️ Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadi. ☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun - Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal
#ijod_yoshlari #tanlov_birinchi_bosqich ❗️"IJOD YOSHLARI" RESPUBLIKA TANLOVIGA HUJJAT TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA! "Ijod yoshlari" tanlovining tuman (shahar) bosqichi joriy yilning 11-may kuni 5-sinflar uchun, 12-may kuni 6-sinflar uchun belgilangan manzillarda oʻtkaziladi. 🔴 Ruxsatnomani mazkur havola orqali yuklab olish mumkin, unda test sinovlari oʻtkaziladigan manzil hamda vaqti koʻrsatilgan boʻladi. ➡️Talabgor tanlovga ruxsatnoma va shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID-karta) bilan kelishi so'raladi! 📍 Tanlovning tuman (shahar) bosqichi test shaklida oʻtkaziladi. Oʻquvchining ijodkorligi, tanqidiy va mantiqiy fikrlashi, berilgan maʼlumotni tahlil qila olishi hamda akademik salohiyatini baholashga qaratilgan intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha 20 ta test beriladi va quyidagi tartibda oʻtkaziladi: ⚫️ oddiy darajadagi 5 ta test, har bir toʻgʻri javob uchun 2 balldan, jami 10 ball; ⚫️ oʻrta darajadagi 10 ta test, har bir toʻgʻri javob uchun 2,5 balldan, jami 25 ball; ⚫️ murakkab darajadagi 5 ta test, har bir toʻgʻri javob uchun 3 balldan, jami 15 ball. Umumiy 50 ball beriladi. ➡️Test topshiriqlarini bajarish uchun har bir savolga 2 daqiqadan, jami 40 daqiqa vaqt ajratiladi. Oʻquvchilarning test natijalari teng kelib qolgan taqdirda savollar darajasi inobatga olinadi. Murakkab darajadagi savollarga toʻgʻri javob topgan oʻquvchilarga ustunlik beriladi. ✅ Tanlovning birinchi bosqichida sinflar kesimida ballar ketma-ketligiga koʻra umumiy ballning 46 foizi (23 ball) va undan yuqori natijaga ega 60 nafargacha (imtiyoz qoʻllaniladigan har bir oʻringa 20 nafardan) ishtirokchiga ikkinchi (viloyat) bosqichda ishtirok etish huquqi beriladi. ➡️ Eslatma: Test sinovlari boshlanishidan kamida 30 daqiqa oldin belgilangan manzilga yetib kelish tavsiya etiladi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal