Algoritm markazi | (Al-jabr)
СтатистикаIlmdan o'zga najot bo'lmagay! Manzillar va aloqa: https://t.me/Algoritm_manzillar +998-87-801-70-77 @algoritm_operator Natijalar biz haqimizda gapiradi: https://t.me/Al_Jabr_natijalar
- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 6
- Всего постов
- 26
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 775
- 1/48двое суток
- 888
- 1/72трое суток
- 957
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
❓ Fair schoolda ta'lim, tarbiya va sport bir nuqtada birlashadi! 1️⃣ Ta'lim ⏺Maktabning eng asosiy qiladigan ishi bu albatta ta'lim berishdir. Ota-ona sifatida siz tanlagan yo'nalishingiz bo'yicha mukammal tayyorgarlik so'raysiz. Biz esa aynan mana shu qolibni bola uchun individual ishlab chiqamiz va shu asosida bolani o'qitamiz. Tajribali ustozlarimizning asosiy qismi maktabda ham ishlaydi. Maxsus tayyorgarlik darslarini tashkillab beramiz. Barcha maktablarga bor fokus bilan tayyorlanadi. Matematika, ingliz tilisini chiqarib beramiz. Bolaning kuni mazmunli o'tadi, o'rganmasa uyiga ketmaydi. Biroz qattiqqo'l rejimga tayyor holda bizga olib kelishingiz tavsiya etiladi. 2️⃣ Tarbiya ⏺Maktablarning ko'pida hozirgi kunda asosiy muammo bu tarbiyada! Ustozlarga qo'yilgan cheklovlar deysizmi, yoki beparvolik sababmi bolalarning ko'pchiligida xattoki zarurat bo'lgan muomala, salom-alik, yurish-turish ham chiroyli bo'lmay qoldi. Kitob o'qishniku umuman yig'ishtirishganiga qancha bo'lib ketdi. Ona yoki Vatan haqida bitta she'r aytolmaydi, sizni ta'sirlantira olmaydi hozirgi bolalar. Sizni ham she'r so'raydigan vaqtingiz yo'q katta ehtimol. Telefon va ishlaringizga ovorasiz... Bizning Fair school bu mummoni shunchaki chetlab o'tolmaydi. Kitob o'qish, she'r yod olish, yaxshi amallar va yaxshi odatlar shakllantirish, intizomli qilish bo'yicha aniq rejalarimiz bor. Navbati bilan sekinlik bilan bo'lsada bu narsalarni shakllatiramiz. Bolada bu xulqlar refleks o'laroq shakllanishini ta'minlaymiz InshaAlloh! 3️⃣ Sport ⏺Jismoniy faollik bolaning aqliy qobiliyatiga bevosita ta'sir ko'rsatuvchi omildir. Shunday ekan bolani to'liq bilim olishiga fokusini qaratib, jismoniy faollikdan ajratish xattoki o'rganishning ham sifatini tushiradi. Oddiygina futbolning o'zi bolada tez qaror qabul qilishning shakllanishiga yordam beradi. Diqqatini jamlaydigan qiladi. Suzish, robototexnika, futbol, stol tennisi, takvando, gimnastika, shaxmat, milliy o'yinlar... Bolalarni darsdan tashqari shunaqa to'garaklar bilan band qilamiz. Fair school — maxsus maktablarga tayyorlov biz bilan yanada osonroq! 📲@Fair_school_sergili 📞 +998881338880 Maktabning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga obuna bo'ling: ✈️ Telegram 📷 Instagram 🖤 You Tube
🇺🇿 The 2026 International Olympiad in Informatics starts today in Tashkent. 🏆 The IOI is the ultimate coding competition for high-school students. Years ago, many members of the Telegram team won medals there. 🤝 To support the best young programmers in the world, Telegram will award the 235 winners exclusive digital collectibles — Algorithm Cups — worth at least $117,000 in total. 🕌 It’s fitting that IOI is hosted in Uzbekistan — the homeland of Al-Khwarizmi, the father of algebra whose name became the word “algorithm." Let the best algorithm win! 💪
без подписи
без подписи
Dunyoda bilim va jismoniy baquvvatlikdan ham kattaroq kuch bu qat'iyatdir! Bundan bir necha yillar oldin Munisa ustoz darslarida o'qigan, hammamizga qadrli bo'lgan 4 ta aziz o'quvchilar bor edi. O'sha 4 ta bolaning 3 tasi Prezident maktabiga kirib, bittasida o'xshamay qolgan edi. Bu Saidabror Erkinov! Ixtisoslashgan maktabga qabul qilingan Saidabror va uning volidayi muhtaramalaridagi qat'iyat bugun o'z so'zini aytdi. Alloh taolo onaning duolarini ijobatsiz qoldirmadi, eng xayrlisini nasib etdi. Farzandlari ta'limi uchun ortga qaytmasdan qilingan harakatlar qarang nelarga qodir? Oxirgi o'quv yilida Saidabrorni Jahongir ustozga topshirgan edik. Qaysidir ichki imtihonda esa Saidabrorni oyilari bilan gaplashdim. Shunda his qildimki, ular umuman imtihondan o'tish yoki o'tmasligi haqida emas, bolaning ilmi haqida qayg' urar ekanlar. Xayollarida eng oliy marralar, Beruniy esa yo'ldagi bir bekat, kirilsa ham kirilmasa ham farqli emasdek. Haqiqiy o'qitish shunaqa bo'lsa kerak. Haqiqiy tushungan ona shunaqa bo'lsa kerak. Bu bolalarni ko'rib, ixtiyorsiz xayolingizga o'z bolangiz keladi. Havas qilasiz) Alloh hamma havas qilganlarga shunday yaxshiliklar nasib etsin azizlar! Bizda tarix va natijalar gapiradi, obuna bo'ling: ✈️ Telegram 📷 Instagram
Hammasini imtihonda hal qilib chiqqan haqiqiy Garvardchilardan biri) Yahyobek oʻqishida omad va zafarlar hamisha yor boʻlsin!
Азизлар, ҳозир шундай вазиятдаманки, эмоционал ҳалинчакда учяпман. Мана шу қоравойгина, жиддийгина, кам гапириб, кам куладиган, аммо дунёнинг муаммоларини ўйлаб юриб, ота-онасидан-да кўпроқ нарсани биладиган ажойиб ўғлимиз Ислом Қурбонов Ал Беруний номидаги мактабга аниқ фанлар йўналишига 40-бўлиб ўқишга тавсия этилди. Тасаввур қиляпсизми, ўғлим энг кучли болаларнинг танловида қатнашиб (ўтолмаган болалар ҳам кучли) шулар орасида қабул қилинди. Бунинг учун ўғлимни ўқитган “Алгоритм” ўқув маркази, Субҳонбек Сайфиддинов, Жаҳонгир ва бошқа устозларига чексиз оилавий миннатдорлигимизни билдирамиз. Ўғлим, сенга раҳмат! Меҳнатларинг учун раҳмат! Юзимизни ёруғ қилганинг учун раҳмат! Халқимизга, ватанимизга фойдали инсон бўлиб вояга ет!
❗️❗️❗️❗️ 📼📼📼📼 Algoritm o'quv markazidan katta yangilik! Endilikda siz farzandingizni Prezident maktablariga yanada qulayroq tayyorlashingiz mumkin! 🎯 Ota-onalardagi og'riqdan kelib chiqib biz Fair school xususiy maktabiga asos soldik! Ushbu maktabda siz 1-sinfdan 8-sinfgacha farzandingizni bizning tajribali ustozlarimiz qo'lida kuchaytirilgan rejimda tayyorlashingiz mumkin. Maktabning asosiy yo'nalishi maxsus maktablarga va yuqori sinflar uchun xalqaro sertifikatlarga mukammal tayyorgarlikdir. Ushbu maktabning asosiy yutug'i sizdagi ko'plab muammolarni yopishidir. Ham davlat maktabiga borib, ham o'quv markazimizda o'qiydigan bolalarning ota-onalari doim vaqt taqsimotidan e'tiroz bildirar edi. Ba'zi holatlarda esa maktab ustozlari baholarni ataylab pasaytirib hujjat topshirolmaydigan holatga olib kelardi. Bizning maktabizmida esa endi bu muammolardan xalos bo'lasiz! Bolani aynan belgilangan yo'nalishda o'qitamiz. ✅ Asosiy fokusdan chalg'imagan bolada esa natija qilish effekti yanada oshadi InshaAlloh! Fair school — maxsus maktablarga tayyorlov biz bilan yanada osonroq! Maktabning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga obuna bo'ling: ✈️ Telegram 📷 Instagram 🖤 You Tube
Nihoyat uzoq kutilgan yangilikni sizga ulashamiz! Instagram sahifamiz orqali kuzating: https://www.instagram.com/reel/DbqFdObocfI/?igsh=bm5pczZlazJvbnU3
Assalomu alaykum kuzatuvchilar, uzoq yillardan beri kaminaga, Algoritm (Al-jabr) jamoasiga qadrdon bo'lib kelgan ota-onalar, aziz o'quvchilar! 2021-yil 28-avgust sanasida o'quv markaziga asos solib uning ilk xabarchisi bo'lmish telegram kanalini ishga tushurgan ekanman. Oradan qancha vaqtlar o'tibdi qarang... O'sha paytlarda bolalarga ta'lim berishni sevgan ustoz sifatida juda ko'p o'ylab o'quv markazi sohasini tanlagan edik. Alohida dars berish bilan 50 odamni o'qitsangiz bo'ladi. Ammo bir metodika ostida jamoa qurilsa minglab yoshlarga ta'lim berish mumkin. Mana shu g'oya bilan shu kunga qadar oldimlab kelyapmiz. Bir bola katta bo'lganida o'ziga kelgan yaxshilikka sizni sabab deb bilib haqqingizga duo qilsa... bir ustoz uchun bundan ortiq baxt sira ham topilmaydi! Alloh taolodan har duoda yuzimizni yorug' qilishini so'rab iltijo qilaman. Zero siz ko'rib turgan natijalar mushtarak duolar natijasidir. Bugun esa qarshingizda yangi bir ta'lim loyihasi bilan turibmiz. Har bir bolani taqdiri uchun o'quv markazida kurash olib borgan bo'lsak, endi yanada dahldor bo'lish bo'sag'asidamiz... 😊 Siz azizlarga bu yangilikni aytish uchun qo'llab-quvvatlashingizga extiyoj sezyapman...
без подписи
без подписи
без подписи
#imtihon_natijalari_2026 🔴 DIQQAT! HURMATLI OTA-ONALAR VA TALABGORLAR! 🎓 Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga kirish imtihonlari natijalari e'lon qilindi! ✅ Joriy yilning 26-iyun kuni o‘tkazilgan Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatning 5-, 6- va 7-sinflariga kirish imtihonlari natijalari Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan e'lon qilindi. 🖱️ Imtihon natijalari bilan Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali tanishishingiz mumkin: https://www.cambridgeinternational.org/language-school-results-J26/ Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktab imtihoni ruxsatnomasi 2,3,4-sinf uchun talabgorlarga kela boshladi. Demak imtihonlar al-Xorazmiy maktabida bo'lib o'tar ekan. Hamma topshiruvchilarga omad tilab qolamiz! ✈️ Telegram 📷 Instagram
⭐️ Natijalarni qisman e'lon qilsak. Nega qisman deydigan bo'lsangiz yuqorida aytganimdek hali o'zgarishlar ko'p bo'ladi, chiziqni shundoqqina tagida turgan shogirtlar bor. Ular hali oxirgi so'zini aytgani yo'q! Toshkent al-Xorazmiy maktabi 5-sinfga: 1.Qudratov Azizbek 76,5 ball (Maksimal ball!!!) 3-o'rin 2.Amirov Temur 70,2 ball 82-o'rin 3.Yangiboyev Usmon 70,2 ball 88-o'rin 4.Baxtiyarova Zarina 69,1 117-o'rin 5.Qahhorov Zikrulloh 74,4 ball 19-o'rin 6.Nigmatova Rayhon 71,2 ball 64-o'rin 7.Aralboyev Jahongir 74,4 ball 26-o'rin 8.Normurodov Xusrav 72,3 ball 59-o'rin 9.Qushbakov Nurislom 69,1 ball 115-o'rin 10.Norboyev Javohir 74,4 ball 30-o'rin 11.Islomjonov Ibrohim 74,4 ball 18-o'rin 12.Akromova Muslimaxon 74,4 ball 23-o'rin (onlaynda 2 yil bizda va oflaynda Farg'onada tayyorgarlik ko'rganlar) 13.Zokirjonova Muslima 70,2 ball 95-o'rin (onlayn darslarda oxirgi o'quv yili davomida qatnashganlar) 14.Yusupova Muslimaxon 72,3 ball ( Orada viloyat ketib shu tarafda va Qorako'l Ziyoda ham o'qiganlar) Al-Xorazmiy 6-sinfiga: 15. Karimjonova Feruzabonu 71,2 ball 3-o'rin, Toshkent. 16. Minahmedov Akbar 64,9 ball 40-o'rin, Toshkent. 17. Gafujonova Dilnura 68 ball 14-o'rin,Toshkent. 18. Normoʻminov Mirziyo 70,1 ball 7-o'rin,Toshkent. 19. Umarxo'jayeva Munisa 68,1 10-o'rin,Toshkent. 20. Bahodirov Mironshoh 49 ball, 50-o'rin Qarshi Xorazmiy. Toshkent Al-Xorazmiy 9-sinfiga: 21. Nurbayev Davron, Toshkent shahar 4-o'rin 22. Musurmonov Bobur 64,9 ball 5-o'rin 23. Abdurahmon No'monov 68,1 ball 2-o'rin Viloyat Al-Xorazmiy maktabiga qabul qilinganlar: 24. Xolmoʻminov Shohruzbek 52 ball ,7-o'rin, Qarshi. 25. Is'hoqjonova Zaynnabbegim 55,3 ball, 1-o'rin,Namangan. 26. Ne'matov Asadbek 52,2 ball, 1-o'rin, Surxondaryo. 27. Abdulazizov Asadbek 53,2 ball, 3-o'rin, Farg'ona. 28. Muhammadali Fayziyev 53,3 ball, 2-o'rin, Navoiy. 29. Ernazarov Abduazim 46,7 ball, 27-o'rin, Qarshi. 30. Bahodirov Boburshoh 38,3 ball, 45-o'rin, Navoiy. 31. Akramjonov Ahmadjon 45,7 ball, 15-o'rin, Namangan. 32. Xolmuminov Shoxruzbek 52 ball, 7-o'rin,Qarshi. 33. Jamolov Shoakbar 58,6 ball, 15-o'rin, Qarshi. Mirzo Ulug'bek va muhandislik maktablariga: 1. Axtamov Jaxongir 73,3 ball 17-o'rin Toshkent Mirzo Ulug'bek, O'zbek sinfi. 2. Usarov Baxtiyor 67 ball, 17-o'rin Toshkent Mirzo Ulug'bek, Rus sinfi. 3.Sulaymonov Behruz 74,4 ball, 6-o'rin, Toshkent Mirzo Ulug'bek, O'zbek sinfi. (oxirgi o'quv yilida xusuiy maktabda ta'lim olganlar, maktab ustozlari hissasi ko'p) 4.Bahodirov Mironshoh 53,1 ball, 27-o'rin Qarshi Muhandislik 5. No'monov Abdurahmon 61,8 ball, Andijon Muhandislik 1-o'rin! 6. Muhammadali Fayziyev 56,4 ball, Navoiy muhandislik 1-o'rin! 7. Ernazarov Abduazim 46,7 ball, 27-o'rin Qarshi Muhandislik. 8. Is'hoqjonova Zaynnabbegim 49 ball, 6-o'rin Namangan Muhandislik. 9. Rustamboyev Shohjahon 52,2 ball, 5-o'rin, Urganch Muhandislik. 10 . Shuhratova Mohigul 51,2 ball, 7-o'rin, Farg'ona Muhandislik. 11. Bahodirov Boburshoh 45,7 ball, 13-o'rin, Navoiy Muhandislik. 12. Abdigapparov Saidakbar 22-o'rin, Angren Muhandislik. 13. Atajonov Iskandar 58,4 ball 1-o'rin, Urganch Muhandislik. 14. Ibragimov Dilshobek, 42,7 ball,23-o'rin, Farg'ona Muhandislik. 15. Jumaboyeva Mushtariybonu, 49,9 ball, 6-o'rin, Urganch Muhandislik. Viloyatdagi Muhandislik maktablariga qabul qiligan o'quvchilarimiz bizning yozgi lagerimizda, yillik onlayn darslarimizda va ustozlarimiz tomonidan tashkil qilingan onlayn qisqa kurslarda ta'lim olishgan. Ushbu bolalarning natijalarida oflaynda ta'lim bergan ustozlarining ulushini alohida e'tirof etish insofdan bo'ladi. Bu ro'yxat hali kengayishni davom etmoqda!!! Batafsil kim qanday ta'lim olganini esa, videolar orqali sizga yetkazamiz. ALDANMANG! Biz sizga borini ochiq aytdik. Afsuski hamma shunaqa emas! Ixtisoslashgan maktablarga qabul qilingan bolalarimiz juda ko'pchilikni tashkil qiladi. Ammo biroz muddatdan so'ng ularning safi to'liq aniq bo'ladi. Shunda uni ham siz azizlarga birma-bir yetkazamiz. O'qitgan o'quvchilarmiz soniga nisbatan kirish foizi baholansa, bilgan markazlarimiz ichida eng yaxshi ko'rsatgichga ega ekanmiz deya olaman. Ota-onalarga va shu natijalaga sababchi barcha ustozlarga rahmat! Alloh xayrli qilsin! ✨ Kelajagingiz sari ilk qadamni bugundan boshlang, joylar soni cheklangan! ✈️ Telegram 📷 Instagram