KQBB Andijon viloyati boshqarmasi
СтатистикаAndijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining telegramdagi RASMIY KANALI
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 6
- Всего постов
- 47
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 2 888
- 1/48двое суток
- 3 309
- 1/72трое суток
- 3 569
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
💰 Kitob o‘qib, pul topish mumkin. Lekin bitta sharti bor... Kitobni o‘qib tugatish natija emas. Natija — undagi bir fikrni real imkoniyatga aylantirish. Dam olish kunlarida buni sinab ko‘ring: 📖 1 ta kitob tanlang ⏱ 20 daqiqa vaqt ajrating 💡 1 ta foydali g‘oya toping Keyin o‘zingizdan so‘rang: “Bu g‘oyani qanday qilib pulga, tejamkorlikka yoki yangi daromadga aylantirish mumkin?” Masalan: 🔷yangi ko‘nikma 👉xizmat ko‘rsatish; 🔷sotuv bo‘yicha bilim 👉ko‘proq mijoz; 🔷vaqtni tejash 👉qo‘shimcha ishga vaqt. 🎯 Formula juda oddiy: 1 kitob 👉1 g‘oya 👉1 harakat 👉1 imkoniyat. 📚 Moliyaviy erkinlikka yetaklovchi 👉 TOP 5 kitob. Telegram | Instagram | Facebook
KQBB Andijon viloyati boshqarmasi pinned a video
#Vakansiya 🚗 Haydovchilar uchun — 620 ta bo'sh ish o'rni! ✅ "Oson ish" platformasida barcha yo'nalishlar bo'yicha vakansiyalar mavjud. Ish o'rinlari: — Yuk tashish (mahalliy va mintaqaviy marshrut) — Yo'lovchi tashish — Korporativ va xizmat avtomobillari haydovchisi — Maxsus texnika va transport vositalari 📍 Joylashuv: O'zbekiston bo'ylab. 💰 Maosh: ish turi va tajribaga qarab belgilanadi. 🪪 Talab: haydovchilik guvohnomasi (toifaga qarab). Telegram | Instagram | Facebook
#RASMAN Mustaqillik bayrami munosabati bilan necha kun dam olamiz? Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.12.2025-yildagi PF-257-son Farmoniga asosan “31-avgust” qoʻshimcha dam olish kuni hisoblanadi. Shu sababli: 🔹5 ish kunida ishlovchilar 4 kun dam oladi: 29-avgust – (shanba) dam olish kuni; 30-avgust – (yakshanba) dam olish kuni; 31-avgust – (dushanba) qo'shimcha dam olish kuni; 1-sentabr – (seshanba) bayram; 🔹6 ish kunida ishlovchilar 3 kun dam oladi: 30-avgust – (yakshanba) dam olish kuni; 31-avgust – (dushanba) qo'shimcha dam olish kuni; 1-sentabr – (seshanba) bayram. Telegram | Instagram | Facebook
🎓 Kasb o‘rganish uchun katta imkoniyatni boy bermang! Vaucher asosida 30 dan ortiq yo‘nalishlarda bepul kasb-hunarga o‘qish imkoniyati mavjud. 📚 O‘zingiz istagan kasbni egallash uchun mahallangizdagi hokim yordamchisiga murojaat qiling! 🎥 Batafsil — videoda. Telegram | Instagram | Facebook
Hayotidan rozi bo‘layotgan andijonliklar Telegram | Instagram | Facebook
💎 Kasb oʻrgating va grantga ega boʻling! Mahallalarning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda, "Ijtimoiy reyestr"ga kiritilgan oilalar a’zolariga o‘z kasbingiz va tajribangizni o‘rgatib, ularning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashsangiz, grant olishingiz mumkin! 💰 Grant miqdori: har bir oila uchun BHMning 5 baravari, jami 500 baravarigacha. 👥 Qamrov: 5 tadan 100 tagacha oila. Grant kimlarga ajratiladi? 👨🏫 O‘z tajribasini "Ijtimoiy reyestr"ga kiritilgan oilalar a’zolariga o‘rgatgan tadbirkorlik subyektlariga. 💼 Ularning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashgan talabgorlarga. 📋 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar a’zolarining tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyat boshlashiga yordam bergan tadbirkorlik subyektlariga. 📌 Mablag‘ naqd berilmaydi, talabgorning bank hisob raqamiga o‘tkaziladi. 💳 To‘lov tartibi: ☑️40% — avans shaklida; ☑️qolgan qismi — oila a’zosi tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgach. 📞 Batafsil ma’lumot uchun: +998 71 238 69 96 💬 Telegram: @KQDMJ_chatbot Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube |X
🤖 Kasbingizga AI emas, o‘zgarishga tayyor emasligingiz xavf solishi mumkin. Bugun mehnat bozorida eng katta ustunlik — faqat diplom yoki tajriba emas. Yangi texnologiyani tez oʻzlashtirish va yangi koʻnikmalarni egallash qobiliyati ham muhim. Shunday ekan, ❌ "Sunʼiy intellekt mening ishimni oladimi?" deb emas, ✅ "Men u bilan ishlay oladigan mutaxassis bo‘lish uchun nimani o‘rganishim kerak?" degan qarash to‘g‘ri bo‘ladi. 👉 Kasbni bilish muhim! 📶 Lekin yangi texnologiyani o‘zlashtirish — ustunlik. ⚛️ Doimiy o‘rganish esa — kelajakka tayyorgarlik. 💡 Bugun oʻrganilgan bitta yangi koʻnikma — ertangi yangi imkoniyat boʻlishi mumkin. Kelajakka moslashishni ertaga qoldirmang. Telegram | Instagram | Facebook
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Telegram | Instagram | Facebook
Ishga qabul qilishda dastlabki sinov muddati kimlarga belgilanmaydi? ✔️ Homilador ayollarga; ✔️ 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarga; ✔️ 3 yoshga to‘lmagan bolani yolg‘iz tarbiyalayotgan ota (vasiy)ga; ✔️ Ijtimoiy ehtiyojmand toifadagilarga; ✔️ 6 oygacha muddatga shartnoma bilan ishga olinayotganlarga; ✔️ 18 yoshga to‘lmaganlarga... 👉 Agar mehnat shartnomasida dastlabki sinov nazarda tutilmagan bo‘lsa, xodim sinovsiz ishga qabul qilingan hisoblanadi. ➡️ Batafsil Telegram | Instagram | Facebook
❓ Savol: O‘zining xabarisiz biror MCHJga ishga kiritilgan fuqaro: “Menga bepul ish staji yozilyapti, pensiya jamg‘armamga pul tushyapti”, deb o‘ylashi mumkin. Aslida-chi? Bu fuqaro uchun qanday xavf-xatarlarni keltirib chiqaradi? ✅ Javob: Agar sizning xabaringiz va roziligingizsiz ma'lumotlaringiz Yagona milliy mehnat tizimiga "ishlayapti" deb kiritilgan bo'lsa, bu jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Jumladan: ▪️ishsiz sifatida ro‘yxatdan o‘tishda muammo yuzaga kelishi; ▪️ijtimoiy nafaqa va imtiyozlar olishga ta’sir qilishi; ▪️soliq va daromad ma’lumotlarida nomuvofiqlik paydo bo‘lishi; ▪️mehnat faoliyati, pensiya staji va badallar bo‘yicha tushunmovchiliklar kelib chiqishi mumkin. 👉 Tizimda "ishlayapti" degan yozuv pensiya jamg‘armasiga pul tushyapti yoki haqiqiy ish staji hisoblanmoqda, degani emas. 📞 Bu kabi muammoli vaziyatlarga duch kelsangiz, ushbu manzillarga murojaat qiling! Telegram | Instagram | Facebook
📘 Kasbiy ta’lim voucherlari orqali bandlikni ta’minlash ishlari davom etmoqda Ishsiz fuqarolar hamda "Kambag‘al oilalar reyestri"ga kiritilgan oilalar a’zolari voucher asosida kasb-hunarga o‘qitilmoqda. 🎓 Siz ham kasb egallashni istaysizmi? Voucher orqali axborot texnologiyalari, dasturlash, grafik dizayn, tikuvchilik, sartaroshlik, oshpazlik, payvandchilik, qurilish hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan boshqa kasblar bo‘yicha ta’lim olishingiz mumkin. O‘quv xarajatlari davlat tomonidan belgilangan tartibda to‘lab beriladi. Bugungi kunga qadar Andijon viloyatida 1 841 nafar fuqaro voucher asosida kasb-hunarga o‘qitildi. ✅ Amalga oshirilgan ushbu ishlar natijasida 978 nafardan ortiq fuqaro o‘z mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yishga erishdi. Batafsil ma’lumot olish uchun mahallangizdagi hokim yordamchisiga yoki hududingizdagi Bandlik bo‘limiga murojaat qiling. Telegram | Instagram | Facebook
❓ Men ishlamagan tashkilotda mehnat faoliyatim noqonuniy ravishda rasmiylashtirilgan ekan. Bunday holatda nima qilishim kerak? ✅ Javob: Bu kabi muammoli vaziyatlarga duch kelsangiz, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining (71) 200-06-00 ishonch telefoniga, YAMMTning (71) 200-70-30 call markaziga, @mehnat_daftari_yordamchi_bot ga hamda Davlat mehnat inspeksiyasiga murojaat qilishingiz mumkin. Vazirlar Mahkamasining 971-son qarori 4-bob 27-bandiga muvofiq, Davlat mehnat huquq inspektorining xulosa xati asosida ushbu mehnat faoliyati haqidagi ma’lumotlar tizimdan o‘chiriladi. Telegram | Instagram | Facebook
Ayni paytda Andijon shahrining “Tayanch” mahallasida obodonlashtirish ishlari bilan bir qatorda, yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda. Telegram | Instagram | Facebook
Sayohat uchun mehnat ta'tili olish mumkinmi? 🏕Dam olish uchun sayohatga chiqmoqchisiz. Ammo, mehnat ta’tilingizni muddati kelmagan. 🤔Bunday holda mehnat qonunchiligida qanday yechim bor? 📹Batafsil: videoda. 📲 Ushbu foydali ma'lumotni yaqinlaringizga ham ulashing. Telegram | Instagram | Facebook
🌱 Andijon viloyati Buloqboshi tumanida qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasiga bag‘ishlangan axborot sessiyasi bo‘lib o‘tdi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonda dehqon va tomorqa xo‘jaliklari iqtisodiy salohiyati va samaradorligini oshirish” loyihasi doirasida Andijon viloyati Buloqboshi tumanida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari ishtirokida axborot sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda dehqon xo‘jaliklari, tomorqa yer egalari va agrosoha vakillariga qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasining afzalliklari, bozor imkoniyatlarini kengaytirish, xarajatlarni kamaytirish, mahsulotga qo‘shilgan qiymat yaratish hamda loyihada ishtirok etish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, loyihaning keyingi bosqichlarida tashabbuskor guruhlarni texnik maslahatlar, amaliy o‘quvlar, biznes-rejalashtirish, mentorlik va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari orqali qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilgani ta’kidlandi. Telegram | Instagram | Facebook
Kiberogohlantirish 60 soniya: APK yukladingizmi? Xavfni yukladingiz — notanish faylni ochmang! Telegram | Instagram | Facebook
Masofadan ishlash — qonuniy va zamonaviy imkoniyat! 👉Mehnat kodeksining 452-moddasiga koʼra, masofadan ishlash qonun bilan himoyalangan. 💻 Bu ish joyingizdan tashqarida, lekin ish beruvchingiz nazorati ostida amalga oshiriladi. Masofadan ishlash quyidagi holatlarda bo‘lishi mumkin: ✅ Ishga qabul qilganda; ✅ Oddiy ish rejimidan masofaviy rejimga o‘tishda. ⚠️Eslatma: Agar ish vazifangiz o‘zgarsa – bu boshqa ishga o‘tish hisoblanadi! 🌍 Masofadan ishlash qonun bilan himoyalangan va qulay ish imkoniyati sifatida rasmiylashtirilgan. Telegram | Instagram | Facebook
#imtiyoz Aylanma mablag‘ uchun FOIZSIZ SSUDA oling! Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan "O‘zini o‘zi band" qilmoqchi bo‘lgan ishsiz fuqarolarni yoki kam ta’minlangan oilalar a’zolarini kasanachi sifatida ishga olgan tadbirkorlarga aylanma mablag‘ uchun ssuda ajratiladi. 💰 Miqdori: 4,12 mln so‘mgacha (har bir kasanachi uchun) ⏳ Muddati: 3 yilgacha 👉 Mablag‘ naqd pul shaklida berilmaydi, balki pul ko‘chirish orqali tadbirkorning hisob raqamiga o‘tkaziladi. Eslatma: 📌 Kamida 10 nafar kasanachini ishga olgan tadbirkorga har bir kasanachi uchun BHMning 10 baravarigacha, jami BHMning 200 baravaridan oshmagan miqdorda ssuda ajratiladi. Batafsil ma’lumot: ☎️ +998 71 238 69 96 💬 Telegram: @KQDMJ_chatbot Telegram | Instagram | Facebook
Dam olish kunini foydali o'tkazing: kelajakdagi karyerangiz uchun 5 qadam Dam olish kuni — bu nafaqat hordiq chiqarish, balki o'zingizga sarmoya kiritish uchun ham yaxshi imkoniyat. Rezyumengizni yangilang: yangi tajriba, ko'nikma va sertifikatlaringizni qo'shing. Mehnat bozorini kuzating: qaysi kasblarga talab yuqoriligini o'rganing va o'zingizni shu yo'nalishda rivojlantirishni rejalashtiring. Yangi bilim oling: kuniga hatto 30–60 daqiqa o'qish yoki onlayn kurslarni ko'rish ham kelajakdagi imkoniyatlaringizni kengaytiradi. Haftalik maqsadlaringizni belgilang: reja asosida ishlash vaqtni unumli boshqarishga yordam beradi. Sog'lig'ingizga e'tibor bering: yetarli dam olish va jismoniy faollik ish unumdorligini oshiradi. Unutmang: bugun o'zingiz uchun ajratilgan vaqt ertangi kasbiy muvaffaqiyatingizga qo‘yilgan eng yaxshi sarmoyadir. Telegram | Instagram | Facebook