Best Facts
СтатистикаBest Facts - eng sara faktlarni va ma'lumotlarni o'qishingiz mumkin bo'lgan telegramm kanali! Murojaat uchun: @Behruzbek_Usanov
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 162
- 1/48двое суток
- 185
- 1/72трое суток
- 200
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Emmanuil Gendel (1903–1992) — sovet muhandis-quruvchisi, ogʻir inshootlar va binolarni koʻchirish, qulash xavfida boʻlgan me'moriy obidalarni va minoralarni tiklash boʻyicha dunyodagi eng yetakchi mutaxassislardan biri. 1930-yillarning boshlarida Moskva metrosining birinchi liniyalarini qurishda qatnashgan, metro liniyalari oʻtayotgan yer ustidagi poydevori zaif tarixiy binolarning poydevorini mustahkamlash texnologiyasini ishlab chiqqan. Emmanuil Gendel Oʻzbekiston meʼmoriy obidalarini saqlab qolishda va qayta tiklashda juda buyuk xizmat koʻrsatgan. Registon maydonidagi Ulugʻbek madrasasining ogʻib borayotgan va qulash xavfi ostida boʻlgan janubi-sharqiy minorasini maxsus domkratlar va muhandislik uskunalari yordamida sekin-asta koʻtarib, oʻz oʻqiga qaytargan. Bibixonim majmuasidagi ogʻgan minorani ham oʻz joyiga tekislab tiklagan. Eng sara faktlar ⬇️ @Best_facts1
Artur Sass - Eynshteyn tilini chiqargan rasmni olgan fotograf. Eng sara faktlar ⬇️ @Best_facts1
Cicada 3301 — bu internet tarixidagi eng sirlisidan biri boʻlgan Onlayn Boshqotirma (Kvest). 2012, 2013 va 2014-yillarning 4-yanvar kunlari internetda juda murakkab, dasturlash va shifrlashga oid topishmoqlar paydo boʻlgan. Uning maqsadi tashkilotchilar dunyo boʻylab eng kuchli xakerlar, dasturchilar va mantiqiy fikrlaydigan daho insonlarni topib, oʻz jamoasiga yollamoqchi boʻlishgan. Dastlabki ikkita topishmoq yechilgan, lekin 2014-yilgi 3-topishmoq hamon toʻliq yechilmagan. Baʼzilar ularni internetda maxfiylikni himoya qiluvchi xakerlar guruhi desa, boshqalar razvedka xizmati yoki xususiy tashkilot deb taxmin qiladi. Eng sara faktlar ⬇️ @Best_facts1
Erdapfel — bu dunyodagi eng qadimgi saqlanib qolgan globus hisoblanadi. U nemis geograf va kartografi Martin Bexaym tomonidan yaratilgan. T.me/Best_facts1
"4 3 2 1" — bu Pol Osterning 2017-yilda chop etilgan romani. Asarda Fergyusonning 1950—1960-yillardagi hayotining toʻrtta muqobil varianti tasvirlangan boʻlib, u inson hayoti va shaxsiyati tasodif hamda sharoitlar ta'sirida qanday shakllanishini tadqiq qiladi. Eng sara faktlar ⬇️ @Best_facts1
Billund - LEGO o'yinchoqlari tashkil topgan shahar.
HeLa hujayralari — bu saraton oʻsimtasidan olingan, cheksiz boʻlinish qobiliyatiga ega va muhim ilmiy kashfiyotlar uchun ishlatiladigan insonning birinchi «oʻlmas» hujayra liniyasidir. Ushbu hujayralar 1951-yilda Genrietta Laks (Henrietta Lacks) ismli qora tanli ayolning bachadon boʻyni saratoni oʻsimtasidan olingan. Eng sara faktlar⬇️ @Best_facts1
Trompe-l'œil — tasviriy san'atda realizmni shu darajada aniq va chuqur koʻrsatish usuliki, tomoshabinda ikki oʻlchamli tasvir uch oʻlchamli obyektdek koʻrinadi. Bu uslub optik illyuziya hosil qilib, tomoshabinning koʻzini "aldash"ga asoslangan. Yunon mifologiyasida rassomlar Ksevksis va Parrasiy oʻrtasidagi bellashuv mashhur. Ksevksis shunday uzum rasmini chizdiki, qushlar kelib uni choʻqiy boshladi. Parrasiy esa mato pardani chizdi. Ksevksis pardani tortmoqchi boʻlganida, uning oʻzi rasm ekanini tushunib, magʻlubiyatini tan olgan. Eng sara faktlar ⬇️ @Best_facts1
Veronika roʻmoli — xristianlikda Iso Masihning qoʻl bilan chizilmagan ikona boʻlib, afsonalarga koʻra, Iso Masih Golgofaga xochini koʻtarib borayotganida, avliyo Veronika unga uzatgan roʻmolda paydo boʻlgan. Eng sara faktlar ⬇️ @Best_facts1
Ngorongoro - Afrikadagi eng yirik qo‘riqxonalardan biri. Bu yerda ov qilish mutlaqo man etilgan, hayvonlar himoya ostida. Eng sara faktlar ⬇️ @Best_facts1
Sagan standarti - agar kimdir juda noodatiy yoki ilmiy asosdan yiroq da’vo qilsa, bu da’vo qanchalik favqulodda bo‘lsa, uni isbotlash uchun shuncha kuchli, aniq va ishonchli dalillar kerak. Eng sara faktlar ⬇️ @Best_facts1
Vera Muxina - taniqli sovet haykaltaroshi va rassomi. "Sovet haykaltaroshligi malikasi" laqabini olgan. Eng sara faktlar ⬇️ @best_facts1
Mantikora ning anagrammasi Romantika Eng sara faktlar⬇️ @best_facts1
Jonka — An’anaviy Sharqiy Osiyo, xususan, Xitoy dengizchilik madaniyatining ramzi bo‘lgan yog‘och yelkanli kema. Bu kemalarning tarixi taxminan 2000-yil oldingi davrlarga borib taqaladi va ular asosan savdo, harbiy hamda uzoq masofalarga suzish uchun ishlatilgan. Eng sara faktlar⬇️ @best_facts1
#Mem T.me/Best_facts1
Alisa va Bob — odatda kriptografiya, kompyuter xavfsizligi va fizika kabi sohalarda oʻzaro aloqaga kirishuvchi agentlar yoki arxetipik timsollarni ifodalash uchun ishlatiladigan shartli nomlardir. Ular tarmoq protokollari qanday ishlashini osonroq tushuntirish uchun xizmat qiladi: masalan, «Alisa Bobga uning ochiq kaliti bilan shifrlangan xabar yubormoqda» degan jumla «A tomon B tomonga B tomonning ochiq kaliti bilan shifrlangan xabar yubormoqda» degan jumlaga qaraganda ancha oson qabul qilinadi. Vaqt oʻtishi bilan jarayonning qaysi ishtirokchisini qaysi nom bilan atash boʻyicha oʻziga xos anʼanalar ham shakllangan. Eng sara faktlar ⬇️ @Best_facts1
Lalli — Finlandiya tarixidagi afsonaviy qahramon boʻlib, oʻrta asrlar fin rivoyatlarining eng taniqli shaxslaridan biridir. Afsonaga koʻra, u oʻziga toʻq dehqon boʻlgan va 1150-yillarning oxirida oʻsha paytlarda hali butparast boʻlgan Finlandiyaga xristianlikni yoyish uchun kelgan yepiskop Genrixni Keylyoniyarvi koʻlining muzlagan yuzasida oʻldirgan. Oʻrta asrlar cherkov sanʼatida Lalli muqaddas Genrix ikonografiyasining ajralmas boʻlagiga aylandi, u odatda yepiskopning oyoqlari ostida toptalgan holda tasvirlangan boʻlib, bu Genrixning muqaddasligini anglatardi. XIX asr va XX asr boshlariga kelib esa, fin milliy harakati faollari bu voqeani boshqacha talqin qila boshladilar: Lallini Shvetsiya hukmronligiga qarshi fin qarshilik koʻrsatish harakatining ramzi, baʼzi doiralarda esa hatto xalq qahramoni sifatida koʻrsatishdi. Eng sara faktlar ⬇️ @Best_facts1
Zupraksiskop — "harakatlanuvchi tasvirlarni koʻrsatish" uchun moʻljallangan qurilma boʻlib, u 1879-yilda Edvard Meybrij tomonidan ixtiro qilingan. Bu qurilma harakatlanayotgan tasvirlarni kuzatishga imkon beruvchi ilk apparatlardan biri hisoblanadi. Eng sara faktlar ⬇️ @Best_facts1
MagiCans — "Coca-Cola" kompaniyasi tomonidan AQShda oʻtkazilgan, qiymati 100 million dollarga teng "Magic Summer '90" reklama kampaniyasi doirasida foydalanilgan maxsus mexanik bankalardir. Ushbu reklama aksiyasi 1990-yil 7-mayda boshlanib, oʻsha yilning 31-mayiga qadar davom etgan. Eng sara faktlar ⬇️ @Best_facts1
Aergia - yunon mifologiyasidagi dangasalik ma'budasi. Eng sara faktlar ⬇️ @Best_facts1