Ravshanbek Xonniyoz RavXon | rasmiy kanali
СтатистикаBimperiaUz, bu - Biznes va Tadbirkorlik rivojlanish olami Bepul maslahat: 👉 http://raone.uz/maslahat R. Xoniyozga Savol: 👉 @RavXon_bot 🆓💸Bepul onlayn biznes-ekskursiyaga ro'yxatdan o'ting: https://raone.uz/business-ekskursiya
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Маркетинг (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 54
- 1/48двое суток
- 61
- 1/72трое суток
- 66
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Tadbirkorlar uchun bepul biznes diagnostika testi. 4 ta savolga javob bering — biznesingizda qayerda pul yo‘qotayotganingiz bo‘yicha qisqa tahlil oling. 📩 Natija to‘g‘ridan-to‘g‘ri Telegram’ga yuboriladi. ☎️ Hech qanday qo‘ng‘iroq talab qilinmaydi: https://mrqz.me/6a6e30edd78aa50019079f06
Biznesni emas, raqamlarni boshqaring. Ko'pchilik tadbirkorlar biznesni emas, muammolarni boshqaradi. Asl boshqaruv esa hissiyot bilan emas, raqamlar bilan ishlaydi. 45 yillik tajribaga ega Ravshanbek Xonniyoz ustoz ushbu 25 daqiqalik darsda quyidagilarni tushuntiradilar: • Har kuni kuzatilishi kerak bo‘lgan 3 ta asosiy raqam. • Inqirozni raqamlar orqali oldindan aniqlash. • Intuisiya emas, aniq indikatorlar asosida qaror qabul qilish. ⚠️ Darslik hammaga emas, faqat haqiqatdan o'rganishga tayyor,jiddiy tadbirkorlar uchun. Ko'rmoqchi bo'lsangiz, izohda 🔥 qoldiring. Sizga yuboramiz.
❗ Ko'pchilik muvaffaqiyat kalitini "motivatsiya" deb o'ylaydi. Adashasiz, motivatsiya bu shunchaki vaqtinchalik emotsiya. Motivatsiyaga tayanib biznes yuritish poydevorsiz uy qurish bilan bir xil. U bir kun bor, ertaga esa yo'q. Biznesni va hayotni faqatgina bitta narsa ushlab turadi bu qatiy intizom va rejimdir. Tizimli intizomni shakllantirish qoidalari: ✅ Emotsiyani o'chiring: Kayfiyatingiz bor yo'qligidan qati nazar, bugungi rejadagi ishni soatidek bajarishni odat qiling. ✅ Miyani aldamang: Kunlik mayda chalg'tuvchi narsalarni butunlay chekining va boshlagan muhim ishingizni oxiriga yetkazmasdan turib keyingisiga o'tmang. ✅ Kun tartibini muhrlang: Uyqu, sport, ish va dam olish vaqtlarini xuddi biznes bitimi kabi qog'ozda qatiy belgilab qo'ying. Kuchli tadbirkor xohlagan paytda ishlaydigan emas, balki kerakli paytda o'zini majburlay oladigan insondir. Hayotida tizim va tartib o'rnatmagan inson hech qachon biznesda katta natija qilolmaydi. 45 yillik hayotiy tajribamda sinalgan, fokus va intizomni qaytaruvchi mexanizmlarni raqamlashtirdik. Botda start bosing va tartibni hozirdan boshlang: @RavXonBot
Galstukdan Boshlangan Imperiya 1974-yilda Tadashi Yanai galstuk taqishni istamaganidan supermarketdagi ishidan ketdi. Agar u qolganida, bugun UNIQLO bo‘lmas edi. U tadbirkorlikni tanlab, Yaponiyaning eng boy odami bo‘ldi. U qanday muvaffaqiyat qozondi: 1. Bozorni topdi – Arzon, qulay kiyimlar yo‘q edi. U hamma uchun oddiy garderob yaratdi. 2. Jarayonni nazorat qildi – Ishlab chiqarishni Xitoyga ko‘chirib, sifat va foydani oshirdi. 3. Sifatga e’tibor – Trendlardan ko‘ra barqaror, sifatli kiyimlar ishlab chiqardi. 4. Texnologiya – HeatTech va AIRism matolari, tezkor do‘konlar. 5. Qulay do‘konlar – Yorqin, keng, tartibli joylar. 6. Dunyoga chiqish – Yaponiya va Xitoydan keyin Nyu-York va Londonga chiqdi. Bugun UNIQLO – ZARA va H&M’dan keyin dunyodagi uchinchi yirik brend. Bu fast fashion emas, balki sifatli va texnologik bazaviy kiyimlar brendi.
Pul topish boshqa. Uni saqlab qolish esa boshqa mahorat. Ko'p Tadbirkorlar bizneslarida foyda yo'qolmaydi — u nazoratsiz sarflanadi. 3 ta asosiy xato: — Kassa va shaxsiy pulni aralashtirish. — O'ziga maosh belgilamaslik. — Foydani qayta investitsiya qilmaslik. Biznesni krizis emas, moliyaviy intizomsizlik yiqitadi. Sizda kassa va shaxsiy xarajatlar alohidami? Izohda qoldiring.
Biznes nonushtamizga 2kun qoldi! P.S. Safarim sababli yaqin kunlarda chet elga ketyapman. Shu sababli, bu uchrashuv yaqin oylar ichidagi eng oxirgi jonli uchrashuvimiz bo'ladi. Keyingi safar qachon yig'ilishimiz nomalum. Siz ham o‘z biznesingizda haqiqiy tizim qurishni va oxirgi imkoniyatdan foydalanishni istaysizmi? 👇 Izohda "+" belgisini qoldiring. Jamoamiz siz bilan bog'lanadi.
Nega rahbar uchun tizimlashtirish va delegatsiya juda zarur? 1. Vaqtingizni ozod qilish uchun Agar rahbar doimiy ravishda mayda ishlar bilan band bo'lsa, biznes strategiyasi, yangi imkoniyatlar va rivojlanish haqida o'ylashga na vaqti, na energiyasi qoladi. Rahbarning asosiy vazifasi ishlash emas, biznesni o'stirishdir. 2. Biznesni shaxsingizga bog'liqlikdan chiqarish uchun Kuchli biznes bu har bir xodim o'z vazifasini aniq biladigan, jarayonlar esa odamlarga emas, tizimlarga tayanadigan biznesdir. Shunday bo'lgandagina kompaniya rahbarsiz ham barqaror ishlay oladi. 3. Biznesni mashtablash uchun Hech kim bir kunda 24 soatdan ortiq ishlay olmaydi. Delegatsiya esa sizning natijangizni boshqa insonlarning vaqti, tajribasi va salohiyati orqali bir necha barobar oshiradi. Katta kompaniyalar aynan shu tamoyil asosida qurilgan. Ammo ko'p tadbirkorlar tizimlashtiraman deb ,juda ko'plab o'zi bilmagan xatolar qilishadi va o'zi hohlagan natijaga erisha olishmaydi. 🔖 18-iyul | Soat 09:00 | "KHAN AHMAD" restorani Ushbu uchrashuvda tizimlashtirish va delegatsiya bo'yicha real tajribalar, amaliy misollar va biznesingizda darhol qo'llashingiz mumkin bo'lgan yechimlarni ko'rib chiqamiz. Joylar soni cheklangan, chunki uchrashuv interaktiv formatda o'tadi va har bir ishtirokchiga individual etibor qaratiladi. 🖇 Agar biznesingiz sizsiz ham ishlaydigan tizimga aylanishini istasangiz, izohlarda "+" belgisini qoldiring.
📌 Siz biznesingizga qulmisiz yoki uning egasi? Ko'p tadbirkorlar o'z kompaniyasida eng ko'p ishlaydigan xodimga aylanib qolgan. Ertalabdan kechgacha telefon, xabarlar, muammolar va barcha qarorlar faqat biznes egasiga kelib taqaladi. Bu biznes emas. Bu o'zingizga o'zingiz yaratgan ish joyi. Haqiqiy biznes esa egasisiz ham aniq tizim asosida ishlashi kerak. 🎥 Videoda biznesni operatsion rutinadan chiqarish va vazifalarni to'g'ri delegatsiya qilish haqida gapirdim. 18-iyul | 09:00 Biznes Nonushta uchrashuvida ushbu muammoning amaliy yechimlarini birgalikda tahlil qilamiz. 📌 Mavzu: Biznesni tizimlashtirish va delegatsiya 💰 Ishtirok etish narxi: 600 000 so'm 📍 Manzil: KHAN AHMAD restorani ⚠️ joylar soni juda cheklangan. Joyingizni band qilish uchun izohlarda "+" belgisini qoldiring. Jamoamiz siz bilan bog'lanadi.
❗️Tizim Ko'p tadbirkorlar biznesidagi eng katta muammo sotuv deb bilishadi. Muammo shundaki, biznes egasi hamma ishning ichida. Har bir qaror, har bir muammo va hodim oxiri baribir egasiga kelib taqaladi. Natijada: — dam olishga vaqt yo'q — biznes egasisiz ishlamaydi — o'sish sekinlashadi. Agar siz ham shu holatni boshdan kechirayotgan bo'lsangiz, bozordagi imkoniyatlarga vaqtingiz qolmaydi. demak biznesingizga ko'proq ishlash emas, tizim kerak. Biznes Nonushtada aynan shu mavzuni amaliy misollar asosida tahlil qilamiz. Qatnashishni istasangiz, izohlarda "+" qoldiring.
☕ Premium Biznes Nonushta! Mavzu: Biznesni tizimlashtirish Biznesingiz har kuni sizga bog'liq ishlayaptimi? Yoki sizsiz ham barqaror ishlaydigan tizimga egami? Uchrashuvda quyidagilar haqida suhbatlashamiz: ✅ Biznesni tizimlashtirish; ✅ To'g'ri delegatsiya; ✅ Operatsion ishlardan chiqish; ✅ Jamoani to'g'ri yo'naltirish ✅ Barqaror o'sish uchun amaliy yondashuvlar. 📍 Joy: KHAN AHMAD 🗓 Sana: 18-iyul | 9:00 Joylar cheklangan. Qatnashishni istasangiz, izohlarda "+" belgisini qoldiring. Joyingizni band qilish uchun siz bilan bog'lanamiz.
Kim hali men bilan tanish emas — keling, tanishamiz! Ism: Ravshanbek Xonniyoz 📚 Biznes va boshqaruv bo'yicha 9 ta kitob muallifi • Kitoblar umumiy tiraji — 200 000+ nusxa 🏭 45 yillik boshqaruv tajribasi • 1981-yildan buyon davlat, aksiyadorlik va xususiy korxonalarni boshqarib kelmoqda. ⚙️ Yirik korxonalarda rahbarlik tajribasi • Yillik daromadi $10 million bo'lgan korxonalarda rahbar va boshqaruv kengashi a'zosi sifatida faoliyat yuritgan: - TashOR OAJ - Olmaota Porshen zavodi - Toshkent Kompressor zavodi 🌍 Xalqaro tadbirkor • Vengriyadagi RJM International KFT asoschisi. • Rossiya va Qozog'iston hamkorligida tashkil etilgan 5 ta qo'shma korxona asoschisi va hamkori. 📈 Biznes-konsultant • Kompaniyalarda B2B va B2C yo'nalishlarida sotuv tizimini yo'lga qo'yish hamda daromadni 50% gacha oshirish Kurslari muallifi. 🏦 Triumph Consulting MChJ kompaniyasi asoschisi. 🔥 Oddiy muhandislikdan yirik biznes boshqaruvigacha Ravshanbek Xonniyoz Toshkent Politexnika institutining mexanika fakultetini tamomlab, faoliyatini ishlab chiqarish tizimida oddiy muhandis sifatida boshlagan. Keyinchalik Moskvadagi G.V. Plexanov nomidagi Oliy Iqtisod Akademiyasi menejerlarni tayyorlash markazida tahsil olgan. Shuningdek, dunyoga mashhur biznes ekspertlari: - Brayan Treysi - Aleks Yanovskiy - Vladimir Savenok kabi mutaxassislardan shaxsan ta'lim olgan. Asosiy maqsadi. Bugungi tadbirkorlarga: - biznesni tizimlashtirish; - sherikchilikni to'g'ri yo'lga qo'yish; - kuchli sotuv bo'limini qurish; - va biznesni barqaror o'stirish bo'yicha amaliy bilimlarni ulashish. Bu sahifada siz kitoblarda kam uchraydigan, amaliyotda sinalgan va real natija beradigan biznes tajribalari bilan tanishasiz. 📌 Ravshanbek Xonniyoz | @BimperiaUz Obuna bo'ling va biznesingizni keyingi bosqichga olib chiqing.
Biznes nonushta uchrashuvimizni sog'inganlar bormi? Avval o'tkazgan jonli uchrashuvlarimizni vaqtincha to'xtatgan edik. Oxirgi paytlarda sizlardan suhbatlarni qayta tiklash bo'yicha ko'plab so'rovlar kelyapti. Agar rostdan ham talab yuqori bo'lsa, yaqin kunlarda yopiq davrada navbatdagi premium Biznes Nonushta formatini tashkil qilamiz. Choy ustida biznes mavzusidan trening qilamiz, biznesingizni tahlil qilib, savollaringizga javob beraman. Siz ham qatnashishni istaysizmi? Izohda "+" belgisini qoldiring, safimiz qanchalik kattaligini bilib olaylik. 👇
Mijoz bilan aloqa. ❗ Ko'pchilik sotuv deganda mijozga qandaydir chiroyli so'zlar bilan bosim o'tkazishni, tayyor skriptlar orqali mahsulotni qanday bo'lmasin o'tkazishni tushunadi. Bu — eskirgan va bugungi bozorda deyarli samarasiz metod. Hozirgi xaridor judayam aqlli. U o'ziga suniy bosim o'tkazilayotganini, quruq qoliplar orqali gapirilayotganini tezda sezadi va sizdan uzoqlashadi. Biznesda eng mustahkam sotuv bu skriptlar emas, balki samimiyat va insoniy aloqadir. Mijoz ishonchini qozonish qoidalari: ✅ "Chin odamiylik"ni yoqing Mijozga faqatgina pul olib keladigan hamyon deb qaramang. Birinchi navbatda uning ichki holatini, muammosini tushunishga va unga chin dildan yordam berishga harakat qiling. ✅ Eshitishni o'rganing Ko'p sotuvchilar mijozning og'zini yopib, faqat o'z mahsulotini maqtaveradi. Haqiqiy professional esa 80% vaqt eshitadi, mijozning og‘riqli nuqtasini topadi va atigi 20% vaqt ichida unga aniq yechim taklif qiladi. ✅ Halollikni muhrlang: Mahsulotingiz yoki xizmatingiz mijozga rostdan ham yordam bera olmasa, buni ochiq ayting va unga keraksiz narsani sotmang. Bugungi yo‘qotilgan mayda foyda sizga kelajakda umrbodlik sodiq mijoz va ulkan obro' bo'lib qaytadi. Mijozlar psixologiyasini tushunish, zamonaviy sotuv tizimini to'g'ri qurish va biznesingizda tizimli baraka yaratish formulalarini botda boshlang: @RavXonBot
Shaxsiy brend. ❗ Ko'p tadbirkorlar adashadi: ular mahsulotim yaxshi bo'lsa, mijoz o'zi keladi deb o'ylashadi. Bugungi bozorda bu fikr eng katta xatodir. Hozirgi davrda odamlar kompaniya nomiga emas, odamlarga ishonadi va odamlardan sotib oladi. Agar siz o'z sohangizda kuchli ekspert bo'lsangiz, lekin sizni hech kim tanimasa biznesingiz har doim o'rtacha darajada qolib ketaveradi. Shaxsiy brendni poydevor qilish qoidalari: ✅ Yuzingizni ko'rsating: Biznesingiz ortida kim turganini, uning falsafasi va qadriyatlari nimalardan iboratligini auditoriyaga ochiq ko'rsating. ✅ Tajribani raqamlashtiring: Quruq reklama o'rniga, hayotiy keyslaringiz, xatolaringiz va muvaffaqiyatli darslaringiz bilan samimiy bo'lishing. ✅ Ekspertlikni muhrlang: O'z sohangizdagi eng og'ir va yirik muammolarga tizimli yechim bering. Tanilish bu sotuvning eng qisqa yo'lidir. Kuchli mahsulot sizni bozorda ushlab turadi, lekin kuchli shaxsiy brend sizni bozorda monopolistga aylantiradi. Bilingki, Odamlar ishonchini qozonmasdan turib, katta biznes qurib bo'lmaydi. @Bimperiauz
❗ Ko'p tadbirkorlar pul ketidan quvib, biznesdagi eng asosiy va qimmat aktivni unutilar o'z sog'lig'i va energiyasini. Tunu kun tinmay mehnat qilish, uyqudan tejash va stressda yashash bu g'ayrat emas, bu o'z kelajagingizni garovga qo'yishdir. Kompaniyangizda qanchalik mukammal tizim bo'lmasin, agar rahbarning o'zida "tana inqirozi" boshlansa, o'sha biznes ham barbod bo'ladi. Sog'liq va energiyani tizimlashtirish qoidalari: ✅ Uyquni biznes bitimi deb biling: Uyqu vaqtini qatiy tartibga soling. Charchagan miya sovuqqon va strategik qarorlar qabul qila olmaydi. ✅ Telefonni o'chirishni o'rganing: Kuniga kamida 1 soat hamma loyihalardan butunlay uzilib, miyangizni maqsadsiz yuklardan bo'shating. ✅ Tana intizomini o'rnating: Jismoniy harakat va to'g'ri ovqatlanishni ham biznes rejangiz kabi kun tartibiga majburiy vazifa qilib kiriting. Kuchli tadbirkor faqatgina bugun ko'p pul topgan odam emas. Kuchli tadbirkor oradan 10 yil o'tsa ham o'z biznesining tepasida sog'lom va tetik tura oladigan insondir. Kunlik energiyangizni to'g'ri taqsimlash va vaqt tizginini o'z qo'lingizga olish uchun dasturimizda start bosing: @RavXonBot
Delegatsiya. ❗ Ko‘p rahbarlar adashadi: ular xodimga ish topshirdim deb o'ylashadi, aslida esa uning quliga aylanishadi. Agar telefoningiz 24 soat tinmayotgan bo'lsa, demak siz vazifa bergansiz u, lekin masuliyatni topshirmagansiz. Jamoangiz mustaqil fikrlashdan to'xtagan. Buni to'g'ri yo'lga qo'yish qoidalari: ✅ Natijani bering, qadamlarni emas: Xodimga qanday yuritishni emas, oxirida qanday raqam yoki natija kerakligini qatiy belgilang. ✅ Xato budjetini ajrating: Kichik xatolar uchun srazu ishni o‘z bo‘yningizga olmang. Xodim o‘z xatosini o‘zi tuzatib o‘ssin. ✅ Vakolat doirasini chizing: Qaysi qarorlarni sizsiz, mustaqil qabul qila olishi qog‘ozda aniq yozilgan bo'lsin. Haqiqiy rahbar hamma yong'inni o'zi o'chiradigan odam emas. Rahbar o'zidan ko'ra aqlliroq insonlarni bitta tizimga birlashtira olgan shaxsdir. Biznesingizda va vaqtingizda qatiy tartib o'rnatishni istasangiz, amaliy tizimimizga qo'shiling: @RavXonBot
Nega maqsadlaringiz amalga oshmayapti? 🤔 Maqsad sari intilish charchoq va tushkunlikka olib kelyaptimi? Demak, siz miyangizni "xavf" rejimiga tushirib qo'ygansiz. Miya 300% lik sakrashni xavf deb biladi va sizga energiya berish o'rniga, sizni sabotaj qilishni boshlaydi. Natija: dangasalik, charchoq va o'ziga ishonchsizlik. Yechim — maqsadni hayotingizga moslab kalibrlash. Bizning botda siz uchun foydali materiallar to'plami tayyor: ✅ Maqsadni kalibrlash fayli ✅ Maqsadingizni aniqlashga 10 savol (PDF) ✅ Maqsad diagnostikasi va kundalik progress shablonlari 🚀 Hoziroq BOT ga o'ting, bot havolasini bosing @RavXonBot va o'z maqsadingizni to'g'ri sozlab oling!
Tizim. ❗ Muammo xodimlarda emas, delegatsiyada. Ko'p rahbarlar vazifa beradi, lekin masuliyatni topshirmaydi. Natijada jamoa faqat buyruq kutadigan ijrochiga aylanadi. Bu muammoni yechish uchun:✅ Hodimlarga jarayonni emas, natijani topshiring. ✅ Xato qilish va undan o'rganishga imkon bering. ✅ Qaror qabul qilish chegaralarini belgilang. Haqiqiy rahbar hamma ishni o'zi qilmaydi. U kuchli va masuliyatli jamoa quradi. https://t.me/BimperiaUz
Assalomu alaykum! Men Ravshanbek Xonniyoz metodologiyasi bo‘yicha AI-konsultantman. Biznes diagnostikasi bo‘yicha yangi AI-konsultantni testdan o‘tkazishni boshlayapman. 10–15 daqiqa ichida men kompaniyangiz biznesini bepul diagnostika qilishga hamda o‘sishni cheklayotgan asosiy omillarni aniqlashga yordam berishga tayyorman. Boshlash uchun quyidagi 5 ta savolga javob bering. Shularni tavsiflab o‘ting: 1.Kompaniyangiz nima bilan shug‘ullanadi? 2.Nechta xodim ishlaydi? 3.O‘rtacha oylik tushum (viruchka) qancha? 4.O‘rtacha oylik foyda qancha? 5.Bugungi kunda biznesingizdagi eng asosiy muammo nima? Shundan so‘ng men diagnostikani boshlayman va siz yakuniy diagnostika hisobotini olasiz. Telegram orqali yozing: +998946732802 @Rav_Xon https://t.me/Rav_Xon yoki +99877 008 80 59 @Ravshanbek_Xon https://t.me/Ravshanbek_Xon
"Men biznes egasiman" deysiz. Lekin nega 24 soat telefoningiz tinmaydi? Ko'p yosh tadbirkorlarni kuzataman. Tashqaridan qaraganda hammasi chiroyli ofis, xodimlar, savdo bor. Lekin u bilan shaxsan gaplashsangiz, ko'zlari charchagan, doimiy stressda. Sababini so'rasangiz "Ustoz, xodimlarga ish topshirib bo'lmaydi, men aralashmasam hamma narsa to'xtab qoladi, hamma savolga o'zim javob berishim kerak" deydi. Bu biznes egasi bo'lish emas. o'zi qurgan biznesning eng qimmat va eng ko‘p ishlaydigan quliga aylanish demakdir. Agar siz tizim qurmasangiz, biznes sizga emas, siz biznesga xizmat qila boshlaysiz. Vaqt yetishmayotgani yo'q, sizda shunchaki nazorat va delegatsiya tizimi yo'q. Tajribam davomida o'zim uchun Top 3 qoidani aniqlashtirdim: 1. Qoidalar kitobi Xodim har bir mayda savol bilan sizga yugurmasligi kerak. Unda "Agar muammo A bo'lsa yechim B" degan tayyor qo'llanma bo'lishi shart. 2. Natija orqali nazorat Xodimning necha soat ofisda o'tirgani emas, kun oxirida biznesga qanday real raqam olib kelgani tekshirilishi kerak. 3. Ishonch va masuliyat Agar xodimga vazifa topshirdingizmi, unga xato qilishga va undan xulosa chiqarishga imkon bering. Hamma narsani o'z bo'yningizga olaversangiz, jamoangiz hech qachon o'smaydi. Biznes bu siz ichida tinmay yuguradigan g'ildirak emas. Biznes — bu siz chetdan turib boshqaradigan soat mexanizmidir. O'z vaqtingiz va biznesingiz tizimli egasiga aylanishni istasangiz, biz raqamlashtirgan amaliy chellenjga qo'shiling: @RavXonBot