tgindex

MK_Blog

описание

Sayt: kmuslim.uz Tech-Blog: @pythonym Let's Speak community: https://t.me/+Ke-NKROfPmNhMGU6 Liked musics: @Py_Music -Shaxsiy fikrlar -Foydali ma'lumotlar -Iqtiboslar ... Foyda olsangiz xursandman⚡️ ❗️Noto'g'ri yozsam to'g'irlab qo'ying.

53
подписчиков
Охват к подписчикам
211,3%
ERR
Реакции к просмотрам
1,34%
30 на 20 постов
Пересылки к просмотрам
0,22%
5
Постов в день
0,0
всего 20

Где отзываются чаще

доля реакций к просмотрам
  • 17 июл.#fikr Kelajakda farzandim bilan CS1.6 yoki Stronghold Legends yoki Generals o'ynasam, hayron qolmang. Balki VR ko'zoynak taqib o'ynaladigan boshqa o'yin. Daraxtda uy qurib berish, yerto'la yasash, parashut yasab u bilan tomdan tashlash - amalga oshirsa bo'ladigan ishlar. Xavfsiz holatda bemalol amalga oshirsa bo'ladi. Yoki hech yo'q, xatar 10x - 20x kam bo'ladi. "Uni qilma, buni qilma,..." deyish yechim emas. Muqobil topib berish kerak. Qaysiki, topilgan muqobil o'sha bizga yoqmagan u qilmoqchi bo'lgan yumushdan-da ko'ziga qiziqroq ko'rinishi kerak. Yoki shunday ko'rsata olishimiz kerak. Farzand ulg'aygani sari uning ichki dunyosi o'zi bilan bo'lib va biz u dunyoga kira olmasak, fikriy tushunmovchiliklar shu nuqtada ko'rinishi katta ehtimol. Inson boshqa bir insonning dunyosiga kirishi uchun u dunyoni tushunishi kerak. Tushunib olingach, sizdan yaxshi suhbatdosh / do'st / yaqin inson go'yoki yo'q / mavjud emas degan tasavvurni biz fikriyatini tushungan individda oson uyg'otishimiz mumkin. Kamida shunday fikrdaman. P.S.: "Farzand bilan do'st bo'lish kerak" deyishadi. Bu 100%. Lekin istisno holatlar hisobga olinishi - kerak. ©️ @Blog_by_MK4,88%
  • 3 июл.#ijod Gar ustozing norozidur, Dema, "cho'ntagim bundan rozidur". Norozilik qalb rozidur, Bo'lsa ham-ki, Ustoz norozidur, Demakki shogird - tozidur. Balki bu bilimning ozidur, Yo, "ko'p bilim olib" Go'yoki shogird "qozidur". Simirib ilm, ustozdin shogird rozidur, Bunda Ustoz rozi - Xudo rozidur. "Topmadim foyda bundan" deyur, Tuz yeb tupurganin shul ovozidur. Bahona qilmak dilga ne xush kelur, Qand emas pand yesa, bular - ozdan ozidur. 02.07.2026, 23.01 P.S.: Ustozni norozi qilmang. Tajribamda kuzatganim bor. Yillarcha kuzatganim. ©️ @Blog_by_MK4,26%
  • 13 июл.O'qishni bitirvotganlar uchun. Kurs bo'ladimi, universitet bo'ladimi farqi yo'q t.me/azamatazamatov3,13%
  • 10 июл.#fikr Nimaga uzundan uzoq matnlarni blog yoziqlarida psevdo-qolip¹ o'laroq tanladim? Bitta sabab bor: Filtr. Auditoriyani filtr qilish. Yoqtirgan qo'shiladi. Chiday olgan qoladi. Qiziqqan davomli kuzatadi. Qo'llab quvvatlagan - hech yo'q ulanib qo'yadi, hatto blogni ovozsiz qilib qo'ysa ham. Istalgan avlod (generation / поколения) vakillarida hozirda miyya yemirilishi² ko'p kuzatilayotgan holat. Bu holatda elakda qoladigan miyyalar sanoqli. Maqsad - ana shunday qorako'zlarni blog atrofiga jamlash. Fikrdoshlarni topish, maqsadi, fikri mushtarak insonlarni bir davrada birlashtirish. Uzundan uzoq matnlarni o'qib hazm qilish, aqlga singdira olish - bu ne'mat. O'zi bergan ajoyib ne'mat. Endi, bundan hikmat ila foydalanish - o'sha ne'matning boshqa darajasi. Ustozni yaxshi gaplari bor: Hech kim harakat qilmayotgan zamonda ozgina harakat qilsangiz yetarli. Siz ularning 90 foizidan ustun bo'la olasiz*. Ana shu 10% ushbu auditoriyada jamlansa, degan fikrim bor, nasib. ¹ - ma'joziy qolip ² - "brain rot" - "qush-miyya" bo'lib qolish, diqqatsizlik * - (c) Aziz Rakhimov, Iqtibos Podkast, YouTube. ©️ @Blog_by_MK2,44%
  • 30 мая#fikr Gapni qo'shiqdan parcha bilan boshlayman: ... 1. "Белка в Колизей", hayot xuddi Kolizey, 2. Uyga yetolmasdan qiynalib xuddi Odessey. 3. O'zing uchun yasha odamla nima dsayam, 4. Keraksiz urushda qahramon bo'magin sen! ... 1. Ish-uy - bir xil hayot. O'rganish, o'zgarish yo'q. Bu ongli yashash emas. Uydan ishga, ishdan uyga borib kelinaveradi. Avval o'rgangan ilmlar asosida non topilaveradi. Lekin kasbiydir, ma'naviydir, yoki boshqa tomonlama, o'sish yo'q ekan, hayotning "olmaxon charxpalagi" bo'lishi chetdan qaraganda insonga qo'rqinchli tuyuladi. Qaysi ma'nodaki, yillar yashab hayolida kunlar yashagandek his bo'ladi. Sayohatda esa teskarisi. Kunlar yashab oylarcha, balki, yillarcha yashagandek his oladi inson. Bir xillik yo'q, yangi manzillar (lokatsiyalar)ni, bilim, tajrabalarni ko'rishga, his qilib, boshidan kechirishga ixtiyoriy holatda majbur bo'ladi kishi. 2. Bir xillikdagi hayotda ishdan damga shoshilamiz, damdan - tirikchilik (suvival/выживания) bahonasida - yana ishga shoshilamiz. Va natijada, shu Olmaxon Charxpalagi davrida "uyga yetolmaymiz". O'y-tashvishsiz/komfort zona degani shu. Miya va uning energiyani tahminan sarhisob qilishi - boshqa mavzu. To'g'ri, har xillik kerak, lekin "kerak ekan" deb, tirikchilik jonivorni arqonini bo'sh qo'ysa ham durust emas, ayniqsa qaramog'ida qorako'zlar qarab turgan insonlar uchun. Va xuddi shunday, "o'rdak"* bo'lish ham variant emas. 3. Muso 'alayhissalomga Robbisi aytganiday, odamlar har doim gapiradi. Ular bilan birga bo'lsang-u, bo'lmasang, ulardan orqada qolsang-u yo oldinda ketsang - farqi yo'q. Qachonki O'zini rozi qilishga urinadi, inson shunda o'zi uchun yashaydi, har ikki dunyo uchun. Boshqachasiga yuriladigan to'g'ri yo'l, agar bo'lsa, u - katta ehtimol - to'g'ri emas. 4. Ikkitasi zap masala talashib turibdi, misol. Agar shu joyda juda bir bilim qo'zib ketib ikkoviga, yoki ulardan yaqinroq biriga gapirilsa, yo gapni olib, aytganni qiladi/qilishadi, yoki gapni olmaydi, yoki hatto - ba'zi noyob holatlarda - so'zlovchini tinglashni-da hoxlamaydi. Bularga gap, hox u gap maslahatdir, tavsiyadir, fikrdir, farqi yo'q - aytganni/o'qiganni foydasi yo'q. Hatto inson gapirganiga afsus ham qiladi ekan ba'zan. Vaqt ajratgani uchun, u/ularning holiga kuyungani uchun. Shuning uchun "keraksiz urushda qahramon bo'lmagan afzal" ekan. * - "Dunyoni suv bossa o'rdakka ne g'am". (Beparvo, beg'am, mas'uliyatsiz) P.S.: Maslahatni so'rasa bering. Yo'qsa qo'ying, o'ynab yuraversin. ©️ @Blog_by_MK2,40%
  • 23 февр.#sarhisob 2025 #kechikkan_post To'qqiz yoshlik vaqtlarimni eslayman. "O'g'il bola 12 da balog'atga yetadi, gunoh yozilib boshlaydi" degan hamon bo'lmagan gaplarni¹ eshitib yurgan paytlarim edi. Kechadan boshlab bu yoshim 3 karraga oshibdi. Bu vaqt ichida, xususan o'tgan yilda nimalar bo'lgani, erishilgan, kutilgan, va keyinga qolgan rejalar/ishlar bilan quyida bir miqdor bo'lishaman: 2024-yil, 24-oktyabrdan Ingliz tilini davom ettirishni boshladim. Qariyb 7 oy o'qib, qanday o'rganishni o'rgandim. Shu yil dekabrida MarsIT markazida ish boshladim. 2025 aprelidan Mars IT bo'limida ishlash nasib qildi. Bunda Fayzullo akani ko'p hissalari bor. Jamoa haqiqatda zo'r, har bir insonni o'zgacha tafti bor edi jamoada. Keyinchalik, yoz oxirlagach DigitiTeam ga dasturchi sifatida qo'shildim. Jamoaga mos kelmaganim (va muhit menga mos kelmagani) sabab, bir oy bo'lar-bo'lmas jamoadan chiqdim. Voqeadan hafta o'tib o'tmay umrimda birinchi marta vodiyga, undan o'tib Qirg'izistonga bordim. Safar tafsilotlarini batafsil yozganman. O'qib chiqishlik. Toshkentda safar qariganini his qilib, Yakkabog'ga qaytdim. Yakkabog'da Ustoz bilan ko'rishdim, Ustoz sabab IT Yakkabog' jamoasi bilan tanishdim, va shu markazga ustoz o'laroq ishga kirdim. "Xalqdan chiqdim, xalqqa beray"² deb, hozirgacha shu dargohda qorako'zlar kelajagiga nimadir yaxshi poydevor qo'yish bilanman. - - - 2024 dan qolgan 2ta, va bu yilga reja qilganim - yana 2 ta ish: 1. Harvard'ni CS50sql kursini nihoyalash; 2. Iymonni yarmini to'ldirish 3. Iqtisodni mustahkamlash 4. Qur'onni mustahkamlash Munday o'ylab ko'rilsa, qo'yilgan maqsadlarga "amalga oshdi/oshmadi" deb emas, "shuncha foiz bajardim" deb qarash, insonni demotivatsiya qilmaydigan yurishlarga olib borar ekan. Shundan kelib chiqib, 2026-yil Sarhisobda foiz o'laroq tepada yozganim 4ta maqsadni o'lchab chiqaman, nasib. ¹ - Aslida, esini taniganidan boshlab yozish boshlanadi (Hasanxon Yahyo ustozga tayanib). ² - YoIA va Najot Ta'limning hozirgi darajaga kelishimda alohida o'rni bor. P.S.: Duo qilib qo'yingizlar, O'zi oson qilsin. Muvaffaq qilsin. 🫡Hurmat bilan ©️ @Blog_by_MK2,31%
  • 31 июл.#fikr #kelib_qoldi Rasmlar ifodalay olmaydigan tasvirlar bor. So'zlar ifodalay olmaydigan hislar bor. His qilib ko'rilmaguncha tushunish imkonsiz tuyg'ular bor. Ko'rib his qilish, his qilib keyin tuyish mumkin. Balki. Balki kunlarcha ana shu ta'rifsiz muhitda yoki hisda yashash kerak bo'lar, ehtimol. Ehtimol inson ana shu hislarni umri nihoya topsa hamki his qilmas. Qila olmas, yoki. Yoki kerak bo'lmagani uchun O'zi insonni ulardan saqlab qo'ygandir. Kerakli narsa kerakli vaqtini kutadi. Bir barg uzulib yerga tushmaydi-ki, magar Alloh shuniyam bilmasa. P.S.: Uzuq-yuluq fikrlar turkumidan. ©️ @Blog_by_MK1,59%
  • 15 июл.#fikr Maktabda laqab qo'yish urchigan paytlar edi 20 yillar oldin. Hartugul, 20-asr oxirida tug'ilganlarda shundaymikin, deb fikr qilaman. Ba'zi es-hushini tanigan, bola chaqalik, hatto nevaralik insonlarda shu odat saqlanib qolgan ekan. Hamma emas, lekin podani ichida bitta yarim "aloxidajon"lar chiqar ekan. Do'stlar davrasidagi gaplar o'z yo'lida-ku, lekin... Hozir o'ylasam qo'rqaman, juda qo'rqaman. Birovni oq, boshqani qora deyishdan, kimni kalta kimni katta deyishdan qo'rqaman. Bo'lib ham bu gap - eshituvchining ko'nglini tushirsa, bundan katta "ish" yo'q. Ka'bani buzib yuborgan yaxshi undan ko'ra* Yana, Humazadagi oyatlarda ham obro' to'kuvchilarga qaratilgan qattiq so'zlar bor¹. Surani yodlaganimdan va Ustozning gaplarini eshitganimdan beri bu ishga qattiq qarayman. Hech yo'q, harakat qilaman. Shavkat Hasan ustozni yaxshi gaplari bor: "Kim birovni bir ish ustida ayblasa, shu insonni boshiga shu ish tushmagunicha dunyodan o'tmaydi." Bu katta gap. Bu xuddi bir odamni kofirlikda ayblashdek. Kofirni kofir desa, haqiqatda kofir bo'lsa bu nom kofirga yopishadi. Aksincha bo'lsa, bu nom qaytib kelib aytuvchining o'ziga yopishadi. * - Ko'ngilni vayron qilish - Ka'bani vayron qilishga teng. (c) Abdulloh domla turkum darslaridan. ¹ - Tafsiri Hiloldan tegishli joyni o'qish tavsiya qilinadi. ©️ @Blog_by_MK1,56%
  • 19 апр.#iqtibos #insights Men hozir Toshkentga qaytsam u yerda men Azim Pulatman. Varshavaga qaytsam, bir o'zbekman. Agar siz hayotingizdan mazmun topolsangiz, nimaga uni atrofingizdagilar bilan bo'lishmaysiz? Ko'pchilik 10gacha uxlaydi. Ertalab qiladigan ishingizni topib olsangiz, uyg'onishga sabab paydo bo'ladi. Siz ko'rayotgan narsani oxiri nima bilan tugashini bilsangiz, u narsa sizga boshidan qiziq bo'lmaydi. "Rat race"ga qo'shilsangiz, agarchi uni yutsangiz ham "rat"ligingizcha qolaverasiz. Mazmun qidirib yashashimiz kerak. Ular ham jum'ani kutib yashashadi, biz ham jum'ani kutib yashaymiz. Lekin ular boshqacha kutib yashaydi. (Bundan) maqsad nima? Ularni miya shunchalik qiynayaptiki uni o'chirib qo'yish ularga rohat. Qarorlarimiz ostida oldin qilingan harakat yotibdi. Iymon bilan biz voz kechgan nimadir uning yaxshirog'i bilan almashadi. Shunchalik shunaqa jamiyatga kelib qoldikmi, yaqinlar bir biriga yordam bermaydiki, odamlar borib tashqi kuchdan yordam so'rashi kerak. Kambag'allik - bu (yaxshi) yashamayapti degani emas, balki aslida undan go'zalroq ham yashashi mumkin. Qarorni qilishimiz emas, shu qarordan keyin nima qilishimiz muhim. Qarorni yashashimiz muhim. Sahobalardan baxtliroq insonlar bo'lganmikan? Ulardan ko'ra hayoti mazmunliroq insonlar bo'lganmikan? Bosib o'tgan yo'l nihoyatda muhim. Birinchi ishingiz yomon bo'lsa (yomon chiqsa), agar arzisa, usha birinchisini yomon qilangiz ham arziydi. Birinchi - yo'nalishda yutib oling. Qayoqqa borishingiz - u ikkinchi masala. Ko'p payt pessemistlar haq, lekin ko'p payt optimistlar boy. Mas'uliyatsizligingiz sizga qimmatroqqa tushadi. (c) Azim Pulat - Iqtibos Podkast, YouTube. 14.11.2025, 09.17 ©️ @Blog_by_MK1,37%
  • 14 янв.Qiyinchilik har ishda, barcha narsada bor. Boy bo'lish qiyin. Kambag'alga ham qiyin. Sog'lom, baquvvat bo'lish qiyin. Kasal va kuchsiz insonga ham qiyin. Tanlov doim bizda. Yo nafsni yoki nafsga qarshilikni tanlaymiz. Ba'zilar uchun ko'chada, sovuqda ishlash osonroq. Yana ba'zilar uchun ilm olish va ulashish osonroq. Tarozi bitta. Ammo har kim uchun har xil tomonga og’ir keladi. ©️ Otabek Nurmuhammad1,26%
  • 26 янв.#ijod Harajatsiz harakat yo'q. Bir yerda-dir harakat yo'q - Barakat yo'q, tarikat¹ yo'q. Ishoratsiz tijorat yo'q - Tijoratga ishorat yo'q. So'raganga javobat yo'q - Maqomat yo'q, matonat yo'q. Yolg'on birla mudomat² yo'q, Omonat yo'q, amonat³ yo'q. ¹ - yo'l xaritasi, "roadmap", reja ² - davomiylik, muntazamlik ³ - omonlik, tinchlik P.S.: "Kelib qolganda yozilgan shig'irlar" turkumidan. ©️@Blog_by_MK1,23%
  • 16 апр.#ijod Kelganda yozmasang, yozganda kelmaydi* degan yaxshi gap bor. Quyidagini ham kelganida bitib qo'yavergan edim. Xotira o'laroq saqlansin-uchun bu yerga ham qoralab qo'ydim: Sotuvchidan sipo - satr, (1) Oluvchidan adab nadir? (2) Sotuvchida yashirish - kor, Bu ish haqqi bo'lar be-kor. (4) Oluvchijon talashsa jon, Jon toshiqar, chiqmasmi qon? (5) Terimlagan dehqon - omon, Savdogarda dehqondan - jon (6) 1- Sotuvchiga jim bo'lib turish yarashmaydi. U molini imkon qadar ochib berishi kerak. 2 - Oluvchi mol olayotganida amal qilinishi kerak nima odoblar bor? 3 - Molni aybini yashirib sotganining haqqi - halol ish emas. U bekor bo'ladi, havoga uchadi. 4 - Molni aynbini yashirib sotish - ish bo'lsa, bu ishning haqqi (kelgan foydasi) bekor bo'ladi, havoga uchadi. 5 - Sotuvchini hafsalasini tushurib talashsa, cho'ntagida tejab qolgan 2 sumi uchun vaqt ketkazishiga arziydimi? Shu 2 sum qon bosimi oshishiga sabab bo'lib qolmaydimi keyin? 6 - Dehqon hosilni kam narxga sotsa ham ishlayveradi, savdogarning noni esa dehqondan. U shundan non topib jon saqlaydi. 15.02.2026, 04.13 * - manbaa: Hasan aka Mamasaidov MFaktorda Shaha aka Dolimov bilan suhbatidan. P.S.: Shig'ir uchun yarashimli nom o'ylab topgan insonga rahmat aytaman. ©️ @Blog_by_MK0,78%