BuxDPI Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal
СтатистикаBuxoro davlat pedagogika instituti yoshlar ittifoqining rasmiy sahifasi Matbuot kotibi: @umid_ake_1005 Murojaat boti: @buxdpi_uzbot
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 7
- Всего постов
- 509
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 251
- 1/48двое суток
- 287
- 1/72трое суток
- 310
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🇺🇿 “MUSTAQILLIK BILIMDONI” ONLAYN INTELLEKTUAL VIKTORINASI 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Buxoro davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan “Mustaqillik bilimdoni” onlayn intellektual viktorinasi tashkil etiladi! 📚 Viktorina davomida ishtirokchilarning: 🔹 O‘zbekistonning yangi tarixi; 🔹 Renessans davrlari; 🔹 Mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar haqidagi bilimlari sinovdan o‘tkaziladi. 📅 Sana: 20-avgust 2026-yil 🧠 Bilimingizni sinang va “Mustaqillik bilimdoni” ekanligingizni namoyon eting! Telegram | Veb-sayt | Facebook | Instagram
💙 “Ezgulik estafetasi” — yaxshilik sari bir qadam! 🤝 Buxoro davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan institutning volontyor talabalari ishtirokida “Ezgulik estafetasi” volontyorlik aksiyasi tashkil etilmoqda. 🌿 Aksiya doirasida: • nuroniylar; • faxriy pedagoglar; • ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga amaliy yordam ko‘rsatish; • mehr-oqibat va insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qilish rejalashtirilgan. 📅 Sana: 17.08.2026-yil 💙 BuxDPI volontyor talabalari, ushbu xayrli tashabbusda faol ishtirok etishga chorlaymiz! 🤲 Shuningdek, ezgu ishimizni qo‘llab-quvvatlash istagidagi homiylarni ham hamkorlikka taklif qilamiz. Sizning ko‘magingiz kimningdir qalbiga quvonch ulashishi mumkin. ✨ Ezgulik ulashamiz — yaxshilikni davom ettiramiz! Telegram | Veb-sayt | Facebook | Instagram
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂 🛡🛡🛡🛡🛡❤️🔥❤️🔥❤️🔥🟦🟦🟦 📣 Buxoro davlat pedagogika institutida “Qalqon” jamoatchilik guruhi safi kengaymoqda va yangi vakansiyalar eʼlon qilinmoqda! ✔️ Talabalarning xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashda o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan, faol va mas’uliyatli talabalar uchun yangi imkoniyat! 🔴 “Qalqon” guruhi safida bo‘lish orqali: 🔴 Institut tomonidan maxsus guvohnoma va xizmat kiyimi bilan ta’minlanasiz; 🔴 Faol ishtirokingiz keyinchalik grantga o‘tish imkoniyatini oshiradi; 🔴 Institutdagi muhim tadbirlarda bevosita ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. 💡 Agar siz: ✅ Tashabbuskor bo‘lsangiz, ✅ Jamoat ishlariga befarq bo‘lmasangiz, ✅ Institut hayotiga faol hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz — bu imkoniyat aynan siz uchun! 📅 Arizalar 2026-yil 10-sentyabrga qadar qabul qilinadi. 📬Bog‘lanish uchun: @Zuxriddin_Buxdpi 📱Telegram 📱You Tube 📱Facebook | 📱Instagram
✨ "Qizlar Biznes Marafoni" — ayol-qizlar uchun katta BEPUL loyiha! 🕊️ Marafonda 6 nafar o'z sohasining kuchli mutaxassislarining ekslyuziv darslarida ishtirok etishingiz, qimmatbaho sovg'alar va maxsus sertifikatlarga ega bo'lishingiz mumkin! ••• Qatnashish mutlaqo bepul va yosh chegaralanmagan! 👉 Ro'yxatdan o'tish: https://t.me/QizlarAkademiyasiMarafonBot?start=5Y7L9NMH
#YoshlarOvoziGazetasi 🙋 Mamlakatimiz va yoshlar hayotidagi eng muhim yangiliklar, dolzarb mavzular, ijtimoiy-siyosiy voqealar hamda qiziqarli ma’lumotlarni o‘tkazib yubormang! 🗞 “Yoshlar ovozi” gazetasining yangi soni bilan tanishing! ☑️ Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari ☑️ Besh million sun’iy intellekt yetakchilari ☑️ Bandlik va tashabbuskorlik — mahalla rivojining bosh omili ☑️ Makon AI — katta investitsiyalar jalb qilayotgan loyiha ☑️ 24 ta ekoloyihaga 1,14 mlrd so‘m grant ☑️ Yangi avlod tadbirkorlari ☑️ Bir kunda 10 ta medal ☑️ Biohaking: Insoniyat o‘zini qayta yarata oladimi? ☑️ Avans emas, bo‘nak 📰 Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish 🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi “Yoshlar ovozi” gazetasining Telegram sahifasiga obuna bo‘ling va voqealar rivojini kuzatib boring. Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube
Yana 3 ta oliygohning yangi ta'lim dasturlari maxsus davlat akkreditatsiyasidan o'tdi 3 ta oliygohning 6 ta yangi ta'lim dasturi maxsus davlat akkreditatsiyasidan o'tkazildi. Davlat akkreditatsiyasidan o'tgan ta'lim dasturlari: Buxoro davlat pedagogika instituti – 3 ta bakalavriat ta'lim dasturi: ➖Sun'iy intellekt; ➖Axborot tizimlari va texnologiyalari; ➖Xorijiy til va adabiyoti (koreys tili). Samarqand davlat pedagogika instituti – 1 ta bakalavriat ta'lim dasturi: ➖Sun'iy intellekt. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Urgut filiali – 2 ta bakalavriat ta'lim dasturi: ➖Matematika (bakalavriat); ➖Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika) (magistratura). Mazkur ta'lim dasturlari mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida belgilangan mezonlar asosida baholandi. Havolalar orqali oliygohlar faoliyatiga oid ma'lumotlar bilan tanishishingiz hamda sertifikatlarni yuklab olishingiz mumkin. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
#Eʼlon #Tanlov 🗣Ijodiy ishlar tanloviga qabul muddati uzaytirildi! Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida e’lon qilingan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika tanlovi uchun ijodiy ishlarni qabul qilish muddati 20-avgustgacha uzaytirildi. ↪️Eslatib o‘tamiz, tanlov she’r, hikoya, esse va maqola yo‘nalishlarida o‘tkaziladi: ↪️Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim. 📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 20-avgustga qadar qabul qilinadi. 📋 Tanlov nizomi 📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning @insho2026_bot Telegram boti orqali yuborishlari mumkin. 🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m; 🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan; 🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan; 🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan. Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
📣 HURMATLI TALABALAR! Sizlarga ma'lum qilamizki, 2026–2027-o‘quv yili uchun ta’lim grantini qayta taqsimlash jarayoni doirasida akademik ko‘rsatkichlar hamda ijtimoiy faollik ko‘rsatkichlari bo‘yicha komissiyalar bayonnomalari e’lon qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qarori talablariga muvofiq, mazkur natijalardan norozi bo‘lgan talabgorlar uchun bayonnomalar e’lon qilingan vaqtdan boshlab 48 soat davomida apellyatsiya arizasi berish imkoniyati yaratiladi. Apellyatsiya berish tartibi: Talabgor OTM rektori nomiga yozilgan apellyatsiya arizasi bilan murojaat qiladi. Apellyatsiya arizalari talabgor tomonidan O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini hamda tyutor bilan birgalikda Bosh bino 103-xonaga taqdim etiladi va qabul qilinadi. Qabul qilingan apellyatsiya arizalari tegishli akademik yoki ijtimoiy komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi. Apellyatsiya arizalari 2026-yil 8-avgust va 9-avgust kunlari (48 soat davomida) qabul qilinadi. Belgilangan muddat tugagandan so‘ng taqdim etilgan apellyatsiya arizalari qabul qilinmaydi hamda ko‘rib chiqilmaydi. ‼️ Akademik o'zlashtirish va Ijtimoiy faollik ballarini ushu havolaga kirish olqali ko'rishingiz mumkin. 🤩 Havola Barcha talabgorlardan e’lon qilingan bayonnomalar bilan diqqat bilan tanishib chiqish hamda zarurat tug‘ilganda apellyatsiya huquqidan belgilangan muddatda foydalanish so‘raladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun murojaat: (65) 226-05-97 ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 You tube
📣 Buxoro bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi! ☄️ Buxoro bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohida dam olayotgan bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va tafakkurini yanada rivojlantirish maqsadida Buxoro davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. 💡 Oromgohda ko‘tarinki ruhda o‘tgan ushbu intellektual bellashuvda bolajonlar turli yo‘nalishlardagi qiziqarli savollarga jamoa bo‘lib javob izladilar, o‘zlarining bilimlari, mantiqiy fikrlashi, topqirligi va tezkor qaror qabul qilish qobiliyatlarini namoyon etdilar. 🏕 Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tgan “Zakovat” intellektual o‘yini ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashdi. Yakunda faol qatnashgan jamoalar munosib rag‘batlantirildi. 🌟 Buxoro bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohi – bilim, do‘stlik va quvonch maskani! 📱Telegram 📱You Tube 📱Facebook | 📱Instagram
🟢 Kamerangizni qo‘lga olish vaqti keldi 🎬 O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh jurnalistlar va blogerlar o‘rtasida “Sharafli yo‘l” videoroliklar tanlovini e’lon qiladi! 📹 Agar sizda kreativ g‘oya, ta’sirli hikoya yaratish mahorati bo‘lsa, ushbu tanlov aynan siz uchun! 🏆Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi: • 🎥 “Eng yaxshi videorolik” (professional ijodkorlar uchun); • 🤖 “Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan eng yaxshi videorolik”; • 📞 “Mobilografiya asosida yaratilgan eng yaxshi videorolik”. 📌 Ishtirokchilar quyidagi mavzularda ijodiy ishlarini taqdim etishlari mumkin: • “Mustaqillik mening taqdirimda”; • “Yangi O‘zbekiston – yangi imkoniyatlar mamlakati”; • “Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari”; • “Mening Vatanim – mening faxrim”. 💰Har bir nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🥇1-o‘rin — 15 million so‘m 🥈2-o‘rin — 10 million so‘m 🥉3-o‘rin — 5 million so‘m 🗓 Ijodiy ishlar 2026-yilning 20-avgustiga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi. 🎉 G‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi arafasida e’lon qilinadi. ✨ Qobiliyatigizni namoyon eting! Ijodiy ishlar Telegram messenjerida +99870-484-71-79 telefon raqamiga ochilgan (SHARAFLI YO'L 2026) sahifaga yuborilishi so‘raladi. Murojaat uchun telefonlar: 71 244-37-87, 71-244-64-62. Bizni kuzatib boring 🇺🇿 Telegram🕊Youtube📺 Instagram📱Facebook📱
#WikiAyollar #Tanlov 🙋♂️ Diqqat, tanlov! 👥 Xotin-qizlarning bilim va savodxonligini oshirishga qaratilgan "WikiAyollar" onlayn tanlovi WikiMarafon hamda Qizlar Akademiyasi loyihalari doirasida tashkil etilmoqda. Tanlov 30-iyuldan 23-avgustgacha davom etadi. 🙋♀️ Shartlar juda oddiy: @WikiTanlov_bot orqali roʻyxatdan oʻtasiz, 22-avgustga qadar ''Qizlar Akademiyasi"ning istalgan kursini tugatib, sertifikatni botga yuklaysiz. 23-avgust kuni esa 30 ta test savoliga javob berasiz. ⏰ Test savollari ayollarga oid maxsus maqolalar va "Qizlar Akademiyasi" kurslari asosida tuziladi. Yakuniy natijalar 25-avgustga qadar rasmiy kanalimizda e'lon qilinadi. Barchaga omad yor boʻlsin! 🔗 Batafsil — Tanlov nizomi Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂 🛡🛡🛡🛡🛡❤️🔥❤️🔥❤️🔥🟦🟦🟦 📣 Buxoro davlat pedagogika institutida “Qalqon” jamoatchilik guruhi safi kengaymoqda va yangi vakansiyalar eʼlon qilinmoqda! ✔️ Talabalarning xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashda o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan, faol va mas’uliyatli talabalar uchun yangi imkoniyat! 🔴 “Qalqon” guruhi safida bo‘lish orqali: 🔴 Institut tomonidan maxsus guvohnoma va xizmat kiyimi bilan ta’minlanasiz; 🔴 Faol ishtirokingiz keyinchalik grantga o‘tish imkoniyatini oshiradi; 🔴 Institutdagi muhim tadbirlarda bevosita ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. 💡 Agar siz: ✅ Tashabbuskor bo‘lsangiz, ✅ Jamoat ishlariga befarq bo‘lmasangiz, ✅ Institut hayotiga faol hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz — bu imkoniyat aynan siz uchun! 📅 Arizalar 2026-yil 10-sentyabrga qadar qabul qilinadi. 📬Bog‘lanish uchun: @Zuxriddin_Buxdpi 📱Telegram 📱You Tube 📱Facebook | 📱Instagram
Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan "Obod xonadon" tanlovi e'lon qilinadi! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda mamlakatimizda o‘tkazilayotgan "Dolzarb 40 kun" tadbirlari doirasida Buxoro davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida "Obod xonadon" tanlovi o‘tkaziladi. 🤩 Tanlovdan ko‘zlangan maqsad professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida ozodalik, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va ekologik madaniyatni yanada yuksaltirish, namunali xonadonlarni keng targ‘ib qilish hamda sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishdan iborat. 🏡 Tanlov ishtirokchilari o‘z xonadoni va hovlisida amalga oshirilgan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va ozodalik ishlarini aks ettiruvchi 3–5 ta fotosurat yoki 30–60 soniyalik videorolik tayyorlaydilar. 📅 Tayyorlangan foto va videomateriallar 2026-yil 22-avgustga qadar Buxoro davlat pedagogika institutining Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limiga taqdim etilishi lozim. 🏆 Tanlovga kelib tushgan materiallar tanlov hay'ati tomonidan baholanadi hamda g‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida tashkkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. 🤝 Barcha professor-o‘qituvchilar va xodimlarni "Obod xonadon" tanlovida faol ishtirok etishga chorlaymiz! ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 You tube
🇺🇿 “35 000 TASHABBUS” — O‘Z G‘OYANGIZNI AMALGA OSHIRISH VAQTI! O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasiga start berildi! 💡 Buxoro davlat pedagogika instituti talabalari! Sizda ta’lim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa yo‘nalishlarda jamiyat rivojiga xizmat qiladigan innovatsion g‘oya va tashabbus bormi? Unda ushbu loyihada faol ishtirok eting va o‘z tashabbusingizni keng jamoatchilikka taqdim eting! 📅 Arizalar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi. 🌐 Tashabbuslarni tashabbus.yito.uz platformasi orqali yuborishingiz mumkin. ✨ Bitta g‘oya — katta o‘zgarishlar boshlanishi! 📸 Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati 📱Telegram | 📱You Tube 📱Facebook |📱Instagram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦 💠 “Dolzarb 90 kun” onlayn viktorinasida qatnashib, qimmatbaho sovg‘alar yutib oling! 🏛 Viktorinada tyutorlar, talabalar, o‘quvchilar, ustozlar, qisqasi barcha O‘zbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin. G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🏆GranPri (1 nafar) – Planshet 17 Max; 🥇1-o‘rin (2 nafar) – RGB Smart Google; 🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smartwatch Ultra 3; 🥉3-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin. ➡️ Batafsil ma’lumot olish ➡️ Viktorinada ishtirok etish ☑️G‘oliblar test va targ‘ibotchilik bo‘yicha alohida aniqlanadi va jami 20 kishi rasmdagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. ☑️Faol qatnashgan ishtirokchilar QR kodli, elektron sertifikatga ega bo‘ladi.
📣 Yozning issiq kunlarida ijtimoiy faolligingizni oshirishni xohlaysizmi? 🌿 Unda bu imkoniyat aynan BuxDPI ko‘ngilli talabalari uchun! 💚 Sizni ekologiya va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi PLOGGING AKSIYASIga taklif etamiz! 📊 Tabiatni asrash, atrof-muhitni yanada toza qilish va ijtimoiy faolligingizni oshirish yo‘lida birgalikda harakat qilamiz! 🗓 Sana: 04.08.2026 (seshanba) ⏰ Boshlanish vaqti: 06:00 🏅 Barcha faol ishtirokchilarga rasmiy sertifikat taqdim etiladi. ✔️ Qulay sport kiyimi va ko‘tarinki kayfiyatni olib kelishni unutmang! 📍 Manzil:Yangi O'zbekiston bog'i 📞 Murojaat uchun: @zuxriddin_buxdpi 💚 BuxDPI ko‘ngilli talabalari, sizni aksiyada kutib qolamiz! 📸 Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati 📱Telegram | 📱You Tube 📱Facebook |📱Instagram
без подписи
🦅 Yurt ravnaqi yo‘lida xizmat qilayotgan yosh lider bilan tanishing! ✅ Yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan, ta'lim va yoshlar siyosati sohasida o‘zining tashabbuskorligi hamda samarali faoliyati bilan ajralib turayotgan navbatdagi qahramonimiz — Shernazarov Zuxriddin Zulfiddin o‘g‘li. ☄️ U pedagog sifatida yosh avlodni bilim va tarbiya ruhida kamol toptirish bilan bir qatorda, Buxoro davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi sifatida talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy faolligini oshirish yo‘lida samarali faoliyat olib bormoqda. 🇺🇿 Zuxriddin Shernazarovning hayot yo‘li, kasbiy faoliyati va erishgan yutuqlari haqida batafsil Liderpedia sahifasida tanishing. 🌐 To‘liq maqola: https://liderpedia.uz/ 👩💻 @liderpedia_uz Yutuqlaringizni shunchaki saqlab qo'ymang — ularni taniting. Bugun Liderpedia'ga ariza topshiring. ✅Rasmiy sahifalarimiz 💬Telegram | 📷Instagram |💱 Web-sayt | 📒Facebook
🦅 O'ZBEKISTONNING TOP 100 YOSHLARI SAFIDAN JOY OLING ✅ Liderpedia — O‘zbekistonning iqtidorli, tashabbuskor va yutuqlarga erishgan yoshlarini bir platformada jamlaydigan raqamli ensiklopediya va haftalik gazeta. ☄️ Platforma orqali o'zingiz haqingizdagi ma'lumotlar, yutuqlaringiz, ilmiy, ijodiy va innovatsion faoliyatingiz keng jamoatchilikka taqdim etiladi hamda shaxsiy brendingizni rivojlantirishga xizmat qiladi. 🗓 10-AVGUSTGACHA MAXSUS IMKONIYAT ⏺ Liderpedia ensiklopediyasiga kiritilish — BEPUL ⏺ Haftalik gazetada maqola, ilmiy yoki ijodiy ishlarni nashr etish — BEPUL 📣Siz nima qo'lga kiritasiz? 💬 Yutuqlaringizni professional platformada namoyish etish. 💬 Shaxsiy brendingiz va ijtimoiy tarmoqlardagi imidjingizni rivojlantirish. 💬 Ilmiy, ijodiy va kasbiy faoliyatingizni keng auditoriyaga tanitish. 💬 Tanlov va stipendiya dasturlarida taqdim etish mumkin bo'lgan Liderpedia sertifikati. 🇺🇿Agar siz o'quvchi, talaba, yosh olim, sportchi, ijodkor, tadbirkor, dasturchi yoki o'z sohasida yutuqlarga erishgan yosh bo'lsangiz, Liderpedia siz uchun. ‼️Arizalar 2026-yil 10-avgustga qadar qabul qilinadi. 👩💻 @liderpedia_uz Yutuqlaringizni shunchaki saqlab qo'ymang — ularni taniting. Bugun Liderpedia'ga ariza topshiring. ✅Rasmiy sahifalarimiz 💬Telegram | 📷Instagram |💱 Web-sayt | 📒Facebook
❗️Bugundan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin. Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi: 🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz; 🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz; 🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi. Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. ℹ️ Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi. 🆕 Talabalar uchun qulaylik: Endi talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. ❓Nima o‘zgardi? Ilgari talabalar turar joyiga joylashgandan so‘ng vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi! Talabalar turar joyiga arizangiz ko‘rib chiqilib, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun to‘lov shakllanadi. Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz bo‘yicha ro‘yxatga olinganligingiz haqida qayd varag‘i taqdim etiladi. Muhim eslatma: Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram