tgindex
Uzb Dasturchilar | CybersUz

Uzb Dasturchilar | CybersUz

Статистика
@CybersUzВидеоузбекский

Axborot Texnologiyalari, Dasturlash, Kiberxavfsizlik Shaxsiy IT-Blogga xush kelibsiz! 》 instagram.com/uzcybers 》 youtube.com/UzMastersTV Admin: @UDGuz Kanaldan ma'lumot olayotganda manba ko'rsatilishi shart! ©UDG & CybersUz™ 2017-2026

Последний пост
17 февр.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
26
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Видео
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 290
−1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
4 204
26 постов
Вовлечённость
325,9%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 26
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 17 февр.2 0381211

    👺 Data Leak: MobiUz kiberhujumga uchradi! DarkNet'da O'zbekiston mobil operatori MobiUz axborot tizimiga kiberhujum qilingani haqida xabar tarqaldi. Xabarga ko'ra, xaker (ByteToBreach) Active Directory infratuzilmasiga ulangan 280 ta kompyuterga kirish huquqini qo'lga kiritganini ma'lum qilgan. Bu orqali u: - foydalanuvchi hisob ma’lumotlari, - pochta serverlari, - domen administrator huquqlari, - billing xizmatlari, - SMS-shlyuzlar, - Minio S3 repozitoriylari, - MyID yuzni aniqlash tizimiga kirish imkoniga ega bo‘lganini bildirgan. 🔐 Shuningdek, mobil operatorning 8 ta ma'lumotlar bazasi, taxminan 3000 ta xodimning shaxsiy ma'lumotlari va korporativ mijozlar hujjatlari qo'lida ekanini ta'kidlagan. ⚠️ MobiUz matbuot xizmati kiberhujum faktini tasdiqladi, lekin mijozlar ma'lumotlariga kirish bo'lganini rad etdi. Operator tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda batafsil tekshiruvni davom ettirayotganini va axborot tizimlarini himoya qilishni kuchaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirayotganini ma'lum qildi. ↘️ Ushbu xabarni yaqinlaringiz va do'stlaringizga ham ulashing, fikrlaringizni izohlarda qoldiring, reaktsiya* bildiring, bizni qo'llab-quvvatlang va eng asosiysi kanalimizga obuna bo'lib, bizni kuzatib boring! Kibergigiyena qoidalariga amal qilishni unutmang! @CybersUz - t0 b3 4n0n1m!

  • 9 февр.1 93412

    🔒 Phishing hujumi va NetSupport RAT: O‘zbekiston IT tizimlariga yangi tahdid 📣 Shu va boshqa foydali maqola va yangiliklarni biz bilan birga kuzating! ↘️ Maqolani o'qish ✉️ Kanal: @CybersUz

  • 5 февр.1 961154

    👺 O‘zbekistonda yirik data leak 3-fevral kuni, ijtimoiy tarmoqlarda 15 millionga yaqin O‘zbekiston fuqarolariga oid shaxsiy ma’lumotlar Dark Web’da e’lon qilingani haqida xabarlar keng tarqaldi. Ushbu hodisani Kiberxavfsizlik markazi ham inkor etmadi. ☁️ Xabarlarga ko‘ra, xakerlar davlatning asosiy autentifikatsiya tizimi — OAuth serverini buzib kirib, foydalanuvchilarga oid ma’lumotlarni qo‘lga kiritgan. Mazkur server Ichki ishlar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Milliy statistika qo‘mitasi, Ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish kompaniyasi kabi davlat va nodavlat axborot tizimlarida avtorizatsiya qilish uchun ishlatiladi. 📂 Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘g‘irlangan baza quyidagi shaxsiy ma’lumotlardan iborat: - fuqaroning surati, - ism va familiyasi, - telefon raqami, - yashash manzili, - tug‘ilgan sana, - pasport ma’lumotlari, - elektron pochta manzili. 🔎 Kiberxavfsizlik markazi hozirda holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilayotganini va qo‘shimcha rasmiy ma’lumotlar taqdim etishini ma’lum qildi. ⚠️ Bunday holatda fuqarolar nima qilishi kerak? • OneID tizimidagi parolingizni darhol o‘zgartiring • Shubhali havolalarga kirmang, noma’lum manbalardan fayl yuklamang • Notanish raqamlardan kelgan SMS-kodlarni hech kimga aytmang, hech kimga ishonmang • Kibergigiyena qoidalariga qat’iy amal qiling ↘️ Bu borada foydali tavsiyalar kanalimizda mavjud. Bizni qo'llab-quvvatlang, izohlarda o'z fikringizni qoldiring, reaksiya* bildiring, do'stlarga ham ulashing. 🔒 @CybersUz

  • 13 янв.1 960106

    ⚡️ Matrix uslubidagi cyber-terminal sahifa 🔥 Tez orada kodini joylaymiz ↘️ @CybersUz

  • 12 янв.1 906245

    ⚡️ Matrix uslubidagi cyber-terminal sahifa 🔥 Tez orada kodini joylaymiz ↘️ @CybersUz

  • 3 янв.2 000152

    ⚡️ Telegram Android foydalanuvchilari uchun to'liq yangilangan UI dizaynini taqdim etdi. Yangi interfeys iOS versiyasidan deyarli farq qilmaydi. Bu yangilik hozircha 12.3.0 beta versiyasida mavjud, rasmiy reliz sanasi hozircha noma'lum. ✉️ @CybersUz

  • 31 дек.1 87614

    Yangi Yil bayrami muborak bo'lsin! Aziz obunachilarimiz va barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan Yangi Yil bayrami bilan samimiy qutlab qolamiz. Oilangizga baxt va sihat-salomatlik tilaymiz. Bayram muborak bo'lsin! Hurmat ila UDG & CybersUz jamoasi!

  • 28 дек.1 77311

    👺 Deanon: foydalanuvchi shaxsi qanday fosh bo'ladi? ↔️ Maqolaning keyingi qismida OSINT nima va uning ishlatilishi, ma'lumot to'plash haqida tushunchalar beriladi, shunday ekan bizni kuzatib boring... ↘️ Maqolani o'qish ✉️ Kanal: @CybersUz

  • без подписи

  • 17 дек.1 7042

    Fransiya IIV kiberhujumga uchradi. Xakerlar pochta serverlarini buzib, idoraviy hujjatlarga kirish huquqini qo‘lga kiritgan. Holat 11-dekabr va 12-dekabr kunlari oralig'ida sodir bo‘lgan. @CybersUz

  • 14 дек.1 7408

    b3 4n0n1m

  • Telegram orqali daromad topishni xohlovchilar uchun kichik e'lon! @Andro_Softs va @PC_Softs kanallari sotiladi. Afzallik tomonlari: 1. Barcha obunachilar jonli (nakrutka urilmagan) 2. Username, logotip va pechat rasmlari bilan birgalikda 3. Tayyor kanal, o'z yo'nalishiga ega. 4. Yili eski ya'ni nakrutka qilinganda spamga tushish ehtimoli kam (hozir global qidiruvda bemalol chiqadi). 2 kanal narxi: 500.000 so‘m (800.000). To'lov naqd yoki karta orqali. Agar Toshkent shahrida yashasangiz ko'rishib, profilingizga o'tkazib beriladi. Faqat haqiqatan ham olish istagida bo'lganlar adminga yozing, bekorga vaqt sarflamaylik ) Admin: @cybers_uzb

  • без подписи

  • без подписи

  • ⚡️“Flipper Zero: Avtomobillar xavfsizligiga tahdidmi?” O‘tgan hafta oxirida 404 Media nashri "Flipper Zero" qurilmasi uchun mo‘ljallangan "modifikatsiyalangan proshivkalar" noqonuniy savdoga chiqqani haqida xabar berdi. Ushbu dasturiy ta’minot avtomobillarni buzish va o‘g‘irlash imkonini berishi mumkinligi ta’kidlanmoqda. Xakerlarning iddao qilishicha, o‘zgartirilgan qurilma avtomobil kalitlaridagi signalni tutib olish, keyingi kodni hisoblab chiqish va shu tariqa mashina qulfini ochish uchun asl kalitning "orginal nusxasi”ni yaratishga qodir. Taqdim etilgan hujjatlarga ko‘ra, bunday hujumlar Ford, Audi, VW, Hyundai, Kia, Skoda va boshqa 200 ga yaqin modellarga ta’sir qilishi mumkin. Biroq "Flipper Zero" ishlab chiquvchilari bu ma’lumotlarni rad etishdi. P.S: Qurilma haqida batafsil ma'lumot keyingi postlarimizda... Kanal: @CybersUz

  • Coming Soon!...

  • 12 сент. 2024 г.11,8 тыс1915

    ⚡️Zararli dasturlar (viruslar) va ularning turlari 📣Kanalimizni kuzatib boring, sara foydali maqolalar hali oldinda... ➡️ Maqolani o‘qish #kibergigiyena #virus ✉️ Kanal: @CybersUz

  • 15 авг. 2024 г.11 тыс161

    Kichkina e‘loncha! Ko'pchilik obunachilarimiz individual'niy biror narsa o'rgatishimizni so‘rashadi. Shuni hisobga olgan holda alohida pullik kanal va guruh ochish harakatida turibmiz. Kanalda o‘zimiz bilgan Telegram va IT sohasiga oid ba‘zi bilimlarni video yoki matn holatida ulashib boramiz. Bu borada sizning fikringiz qanday? Izohlarda qoldirishingiz mumkin :)

  • 12 авг. 2024 г.10,6 тыс6

    ⚡️Premium obuna ishlatadigan do‘stlarimiz diqqatiga! ➡️ https://t.me/CybersUz?boost Ushbu havolaga o'tib, ovoz berishingizni so‘rab qolamiz ;) Kanal darajasi ko'tarilgani sari "kanal holati" ham o‘zgarib boradi. Qo‘llab-quvvatlaysiz degan umiddaman 🙂 Hammaga rahmat!

  • ⚡️Instagram ijtimoiy tarmog'i bir qancha davlatlarda taqiqlandi. Bular: 🇨🇳 Xitoy 🇮🇷 Eron 🇰🇵 Shimoliy Koreya 🇷🇺 Rossiya 🇹🇷 Turkiya 💬 Kanal: @CybersUz