tgindex
Zaytun daraxtimiz

Zaytun daraxtimiz

Статистика

@nozik_xilkat @Kunhikmat @tushtabiri01 @savoljavobz @qisqa1arrr @javobmanzili

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
7
Всего постов
24
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
6 773
+37 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
3 209
24 постов
Вовлечённость
47,4%
к подписчикам
Постов в день
1,0
всего 24
Упоминаний
4
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 674
1/48двое суток
1 918
1/72трое суток
2 069

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • 14 авг.1 4174113

    142-xotira : "Zolimlar qamchisi" Alloh taolo Solih alayhissalomning qavmiga aytgan soʻzini zikr qiladi: "Sizlar bu yerdagi narsalar (neʼmatlar)ichida omonlikda tashlab qoʻyilasizmi?!" (Shuaro.147) Yaʼni Inson bu dunyoga xotirjamlik uchun kelmagan. Albatta bu dunyoda har qanday neʼmatni tugashi, loyqalanishi bor. "Har qanday ajalning belgilangan vaqti bor" (Ra'd.38) Inson xotirjam boʻlsinki bu dunyoda xotirjamlik yoʻq.. Baʼzan bunga gunohlar sabab boʻladi. Ibnul Javziy rohimahulloh aytadilar: "Agar har qanday holatda loyqalikni koʻrsang yo shukri qilinmagan neʼmatni esla, yoki qilingan biror xatolikni esla. Chunki Alloh taolo aytadi: "Alloh biror qavmdagi narsa(holat)ni (yaxshilikdan yomonlikka yoki yomonlikdan yaxshilikka) oʻzgartirmaydi toki ular oʻzlaridagi narsa(yaxshilik yoki yomonlik)ni o'zgartirmagunlaricha" (Ra'd.11) (Soydul-xotir) Bunga qoʻshimcha qiyomat yaqinlashar ekan holat borgan sari qiyinlashaveradi. Zubayr ibn Adiy aytadi : Biz Anas ibn Molik oldiga kelib Hajjojning zulmlaridan unga shikoyat qildik. Shunda u dedi : Sabr qilinglar. Men Nabiyingiz sollallohu alayhi va sallamdan eshitganman : "Biror zamon kelmaydi magar undan keyingisi undan-da yomonroq boʻlib keladi. To Robbinglarga yoʻliqquningizga qadar shunday" (Buxoriy) Albatta bunda Allohning (vaqtlar oʻtib ayon boʻladigan) tadbirlari boʻladi. "Alloh oʻzining ishida gʻolibdir. Va lekin odamlarning koʻpchiligi bilmaydilar" (Yusuf.21) Allohning oʻz ishida gʻolibligi zolimlar qoʻlida oʻzining dinini tarqatishida namoyon boʻladi. Muso alayhissalomni Misrdan qochib Madyanga ketishlarini ham zolim firʼavn qoʻli orqali qildi. Yusuf alayhissalomni otasining bagʻridan chiqarib Misrga borishini, u yerning azizi boʻlishini ham hasadgoʻy akalarining qoʻli bilan qildi. Moʻminlarni haydaydigan, ularni qoʻrqitadigan zolim qamchisi bulutlarni haydaydigan chaqmoq va momaqaldiroq misolida koʻrinadi. Bulutlar momaqaldiroq bilan qamchilanmasa yomgʻir yogʻib oʻlik yer tirilmagani kabi tolibi ilm ham baʼzan zolimlar qamchisini yemaguncha bir joyda tomir otib (xotirjam)oʻtirib qolib ilmini oʻlik qalblarga yog'dirmaydi. Shuning uchun Alloh bu ikki holatni bir-biriga bogʻlab zikr qilgan. (A'rof surasi 56,57,58,59-oyatlarga qaralsin) Alloh taolo suvni bugʻ holatida osmonga koʻtarib bulutga aylangach shamollar orqali uni oʻlik yerlarga haydaydi. Shunga oʻxshash ilmni koʻtargan kishilarni bir oʻlkadan (oʻziga kerakli) ilmni olgach zolimlar qoʻli orqali koʻtarib ularni jaholat bilan qaxshagan oʻlkalarga olib borib sugʻoradi. Baʼzan ilm oʻtirishda emas qamalish va haydalishdan olinadi. Oʻnlab yil oʻtirib oʻqilgan kitobdan bir necha oy qamalish, sarson sargardonlikdan olingan "dars" foydaliroq boʻladi. Shuning uchun "Unga taʼlim berishimiz uchun" (Yusuf.21) deb Misrga olib borilgan Yusuf alayhissalomni Alloh u yerda bir necha yillab (shayxlar huzuriga emas) qamoqqa tashlab qoʻydi. Chunki kishiga eng yaxshi murabbiy qamoqdir. Aks holda mol dunyoda "orzu havaslar uzunligi" boʻlgani kabi ilmda ilmda ham boʻladi. Nafsga eng begʻam, betashvish hayot "toliblik hayoti" boʻlib koʻrinadi. Qirqqa kirgunicha otasi, qirqdan keyin esa bolasi uni boqib "tolibi ilm" boʻlib bu dunyodan osongina oʻtib olish hammaga yoqadi. Shuning uchun hammani saralaydigan zot bu yoʻldagilarni elakdan oʻtkazmay qoʻymaydi. Alloh taolo aytadi: "Alloh iflosni pokdan ayirmaguncha moʻminlarni sizlar boʻlgan mana shu holatda (hammani oʻz holicha imtihonlarsiz) tashlab qoʻyguvchi emas. Va Alloh sizlarni gʻaybdan xabardor ham qilmas" (Oli Imron.179) (Anfol.37) Agar ilm olish faqat bir joyda oʻtirish, biror shayxni etagidan tutib yurish bilan boʻlganida, Alloh Musoni Xizrdan (alayhimassalam)ayırmas, Xizr u kishini haydab yubormas edi. Zero koʻp narsani oʻrganish kerakligini anglab yetish ham ilmdir. Baʼzan butun xalq sarson qilinishidan Allohning murodi bir kishida boʻlishi ham mumkin. Zero bir Muso tugʻilishi uchun minglab bollar qatl qilindi. Chunki inson yaratilishi qonuni oʻzi shunday boʻlib, bir inson tugʻilishi uchun million qurbon beriladi. Baʼzan koʻcha kuyda vaqtni zoyi qilib oʻynab yurmay uyda oʻtirishga qadariy buyruq tarzida bunday holatlar taqdir qilinishi ham mumkin. Alloh taolo aytadi : "Biz Muso va uning akasiga vahiy qilib dedik : Qavmingiz uchun Misrda uylar tayyorlang. Va uyinglarni qibla (masjid)qilinglar va namozni qoim qilinglar va mo‘minlarga xushxabar bering!" (Yunus.87) ⬇️⬇️⬇️ @xovatiri @daraxtimiz

  • 14 авг.1 4282412

    🪶Solihlar nasihatlari 04-dars: 00:09 Moʻmin oʻzini malomat qilishi; 08:43 Moʻmin oʻzini hisob qilishi ; 12:29 Musulmonlik alomatlari ; 21:18 Hasadgoʻy oʻziga zulm qilishi; 23:18 Gʻiybati yoʻq kishilar; 26:28 Orzuni uzun qilgan amalni yomon qilishi; 28:54 Dunyo sohibining holati; 29:47 Oʻtmishdagilar holati; 32:49 Soʻrovchini ikrom qilish; 33:40 Ilmning taʼsiri; ⬇️⬇️⬇️ 📝@maviza1

  • 13 авг.1 8882912

    🕋Sahobalar hayoti 313-dars: 00:10 Abu Dardo mavizalari; 02:25 Odamlarga xoʻjayin boʻlmaslik; 05:28 Allohga bogʻlanish haqida ; 07:14 Moʻminlar nafratiga qolish sababi ; 11:01 Ogʻzi ochiqlar haqida; 13:09 Damashq ahliga nasihati; 22:20 Abu Dardo yaxshi koʻrgan ishlar ; 23:42 Kovlagan yoʻqotadi; 26:58 Yomonlar va yaxshilar haqida ; (Roziyallohu anhum) ⬇️⬇️⬇️ 📝@Sahobalartarixi1

  • 12 авг.2 121314

    Abu Dovud sunani sharhi 158-dars: 00:14 Choʻrilardan foydalanish; 09:44 Homila choʻriga teginishdan qaytarilgani. (2155-2159-hadislar) ⬇️⬇️⬇️ @Abudovudsunan

  • 11 авг.2 6713814

    📚"Allohning Oliy sifatlari" 139-dars: Alloh "yaxshi ko'rmaydiganlar" haqida! 00:46 Lug‘aviy ma'nosi; 03:01 Quronda kelgan o‘rni; 17:29 Bandaning nasibalari. ⬇️⬇️⬇️ 📝@asmoulhusna2

  • 10 авг.3 1472718

    🕋Sahobalar hayoti 312-dars: 00:10 Ibn Mas'ud mavizalari ; 01:13 Taqlid xatari; 03:43 Odamlarga tobelikdan ogohlantirish; 05:40 Uch narsaga qasamlari; 09:31 Dunyo va oxiratni jamlab boʻlmasligi; 11:35 Sunnat va bidʼat haqida; 21:49 Salmon forsiy mavizalari; 24:09 Bandadan hayo olib qoʻyilishi; 27:28 Moʻminning misoli; 29:25 Abu Dardo va Salmon suhbati; (Roziyallohu anhum) ⬇️⬇️⬇️ 📝@Sahobalartarixi1

  • 9 авг.3 3423513

    📖Qur'oni karim tafsiri 607-dars: "Hud" surasi tafsiri (20-qism) 03:12 Hud alayhissalom qissasi; 09:38 U kishi qavmiga daʼvati; 13:13 Yolgʻiz Allohga ibodatga chaqiriqlari; 19:30 Davat evaziga haq soʻramagani; 24:38 Yaratganni tanitish; 30:48 Istigʻfor va tavbaga chaqiriq; 39:27 Tabiat va shariat bogʻliqligi ; 46:32 Shariat quvvat sababi ; 52:10 Qavmning u kishiga javobi; 59:31 Botilda qaysarlik koʻrinishi; (50-53-oyatlar) ⬇️⬇️⬇️ 📝@tafsirlar

  • 8 авг.3 4984226

    📚Abu Dovud sunani sharhi 157-dars: 00:10 Ayollarni urish haqida ; 19:10 Koʻzni tiyishga buyruq ; (2145-2154-hadislar) ⬇️⬇️⬇️ 📝@Abudovudsunan

  • 7 авг.4 1035829

    141-xotira : "Sarmoya" Bir kishi bozorda muz sotar ekan. Muzi erib ketavergach odamlarga debdi : "Sarmoyasi erib ketayotgan kishiga rahm qilinglar" Yaʼni, muz erib uning har bir tomchisi yerga toʻkilar ekan sotuvchining sarmoyasi erib ketayotgan boʻladi. Muzning hajmi, vazni kamaygan sari u zararga kirib boraveradi. Ibnul Javziy rohimahulloh salaflardan biridan bu voqeani naql qilib aytadi: "Men asr surasini yigirma yil oʻqib uning maʼnosini haqiqiy (his qilib) tushunmagan ekanman. Oxiri bozorda muz sotib odamlarni rahmini keltirish uchun "sarmoyasi erib ketayotgan kishiga rahm qilinglar" deb qichqirib yurgan kishini eshitib shunda asr surasini tushundim. Unda inson zotini ziyonda ekaniga Alloh qasam ichgan. Bundan faqat toʻrt sifat sohiblarini (Iymon , solih amal, haqqa chaqirish, sabrga chaqirishni) istisno qilgan" (Mudhish kitobidan) Hakimlar odamlarning zohir dardlaridan botin dardlariga ishora oladilar. Jumladan ushbu voqeada ham muzchi oʻzining zohir dardi (muzi erib ketayotgani)ga gʻam qilar ekan, hakim bundan botin maʼnoni koʻra oldi. Alloh taolo asr(ya'ni vaqt)ga qasam ichar ekan bu insonning asosiy sarmoyasi ekaniga ishora bergan. Uning har bir lahzasi oʻtar ekan (qumsoat kabi) sening umr sarmoyang erib toʻkilib tushayotgan boʻladi. Magar vaqtini asr surasida zikr qilingan toʻrt sifat bilan oʻtkazgan kishigina "muzini" saqlab qolgan boʻladi. Shuning uchun Qurʼonda 35 oʻrinda Alloh qiyomatni "soat" deb zikr qilgan. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Kishi qiyomatda umrini nimada oʻtkazgani, yoshligini nimada chiritganidan.... so'ralmaguncha qadami joyidan jilmaydi" (Termiziy) Bir kishi qizi vafot etganda uni tushida koʻrib soʻrabdi: "Ey qizim bizga oxirat haqida gapir" Qizi aytibdi : "Ey ota ! Biz daxshatli ishlarga yoʻliqdik. Uni bilar lekin amal qilmas edik. Allohga qasam bir dona tasbeh dunyo va undagi barcha narsadan yaxshi ekan" Dunyoda hech kim uning uchun vaqtingni zoyi qilishinga arzimaydi. Abu Hurayra roziyallohu anhu biror kishi bilan oʻtirib qolsa aytar ekan : "Allohim bizni ham uni ham kechir. Va bizni undan xalos qil !" (G'izaul-albab) Hammod ibn Salama rohimahulloh biror kishi uning vaqtini olsa aytar ekan : "Robbimiz ! Bizdan azobni koʻtar zero biz moʻminmiz" (Duxon.12) Aisha roziyallohu anho aytadilar : "Ogʻir oyoqlarni (vaqtni oluvchilarni) yomonligidan Alloh ham ularga chidamagani senga kifoya. Zero paygʻambar uyida oʻtirib qolganlarga Qurʼonda tanbeh nozil qilib "Taomlangach tarqaling" dedi. (Ahzob.53) Sufyon ibn Uyayna rohimahulloh aytadilar: "Men Ayyub assixtiyoniyga dedim: Nega siz Tovusdan (tobein) hadis rivoyat qilmadingiz?" U dedi : "Chunki men uning oldiga borsam u ikki bekor kasal oʻrtasida oʻtirgan ekan !" (Bahjatul-majalis) Alloma ibnul Manzur rohimahulloh oʻzini ham odamlarni ham vaqtini tejash uchun koʻp kitoblarni "Muxtasar" qilib qisqartirish bilan tanilgan. Shuning uchun u kishini "Muxtasarlar sohibi" deb taʼriflanadi. U kishi shu darajada hamma narsani qisqartirganidan uning oʻgʻli bir kuni koʻchada baland boʻyli kishini koʻrib aytgan ekan : "Agar dadam sizni koʻrsa qisqartirib qoʻyar edi !" Bir adibdan soʻrashibdi: "Koʻzimdan yoʻqol" soʻzini odobliroq koʻrinishini aytsangiz ?! U javob beribdi : "Sen goʻyo quyoshdek porlaysan. Lekin botishingda yana ham chiroyli koʻrinasan !" Vaqtning ahamiyatiga ishora qilib Alloh Qurʼonda uning turli qismlari bilan (asr, zuho, fajr) qasam ichdi Alloh taolo aytadi: "Asrga qasam. Albatta inson zoti ziyonda. Magar iymon keltirgan va solih amal qilgan va bir birini haqqa chaqirgan va sabrga chaqirganlar bundan mustasnodir" (Asr surasi, Zuho.1, Fajr.1) ⬇️⬇️⬇️ @xovatiri @daraxtimiz

  • 7 авг.3 1713521

    🪶Solihlar nasihatlari 03-dars: 00:10 Qalb hayoti haqida ; 01:54 Oʻlim haqida ; 03:04 Kulishdan ogohlantirish; 03:36 Doʻzax haqida; 04:00 Oʻzining aybiga nazar solish; 07:43 Moʻminning holati; 15:29 Gunohlar toatdan bogʻlab qoʻyishi; 17:00 Yomonlik asoslari va shoxlari; ⬇️⬇️⬇️ 📝@maviza1

  • 6 авг.3 4932914

    🕋Sahobalar hayoti 311-dars: 00:10 Abdulloh ibn Masʼud mavizalari ; 03:13 Oʻlim va faqrlik haqida ; 05:23 Iymon haqiqati ; 09:55 Ajal haqida ; 15:18 Qurʼonga qaytish ; 20:12 Haq ogʻir botil esa yengil; 25:31 Qalbning ishtaha vaqti ; 29:25 Kofir va munofiqlar jismi ; (Roziyallohu anhum) ⬇️⬇️⬇️ 📝@Sahobalartarixi1

  • 5 авг.3 8014630

    Abu Dovud sunani sharhi 156-dars: 00:10 Ayoliga diyorini shart qilgan kishi ; 03:57 Erni xotin ustidagi haqqi; 21:38 Ayolni eri zimmasidagi haqqi ; (2139-2144-hadislar) ⬇️⬇️⬇️ @Abudovudsunan

  • 4 авг.4 1823210

    📚"Allohning Oliy sifatlari" 138-dars: Allohning "musaxxar qilish" fe'li haqida! 00:49 Lug‘aviy ma'nosi; 01:30 Quronda kelgan o‘rni; 10:40 Bandaning nasibalari. Alloh "pistirmadaligi" haqida! 22:22 Lug‘aviy ma'nosi; 25:23 Quronda kelgan o‘rni; 26:25 Bandaning nasibalari. ⬇️⬇️⬇️ 📝@asmoulhusna2

  • 3 авг.4 5043614

    🕋Sahobalar hayoti 310-dars: 00:14 Alining nasihatlari; 04:32 Yaxshilikning haqiqati; 09:31 Hasanga nasihati; 15:16 Abu Ubaydaning nasihati; 19:44 Muozning nasihati; (Roziyallohu anhum) ⬇️⬇️⬇️ 📝@Sahobalartarixi1

  • 2 авг.4 7964317

    📖Qur'oni karim tafsiri 606-dars: "Hud" surasi tafsiri (19-qism) 02:20 Allohning Nuhga xitobi ; 09:41 Salomatlik Allohdan ; 14:40 Allohning barakasi ; 23:08 Nuh bilan birga boʻlganlarga Allohning barakasi ; 31:46 Vaqtincha neʼmatlantiriladigan ummatlar ; 41:03 Azob tegib ketishi maʼnosi; 49:18 Qissadan hissa ; 56:10 Sabrga chaqiriq; (48-49-oyatlar) ⬇️⬇️⬇️ 📝@tafsirlar

  • 2 авг.5 943158344

    M U N D A R I J A : 1. Aqidaviy dars (60ta dars). 2. Allohning hukmini hokim qilish (40ta dars). 3. Namoz va uning tark qiluvchining hukmi (39ta dars). 4. Islomni buzuvchi amallarni sharhi (35ta dars). 5. Mustalah ul-hadis - Manzumatul-bayquniyyani sharhi (26ta dars). 6. Ayollar uchun maxsus darslik (33ta dars). 7. Talbisul iblis - iblisning nayranglari (54ta dars). 8. Ulamolardan malomatni ko'tarish kitobidan (12ta dars). 9. Sahih musnad tolibi ilmlar uchun (102ta dars). 10. Tavhid kitobi - qurrotu uyunil muvahhidiyn sharhi (93ta dars). 11. Aqidadul Vasitiyya (40ta dars). 12. Usul fihq (73ta dars). 13. Foydalar (236ta dars). 14. Ahli Sunna val-Jamoaning e'tiqod asoslari (146ta dars). 15. Gʻulom izidan hidoyat (27ta dars). 16. Shariyat maqsadidagi birlamchi ahkomlar - Avlaviyyot fiqhi (63ta dars). 17. Qamariy oylar vazifalari (50ta dars). 18. Tamkin va nusrat asoslari (83ta dars). 19. Fitna va malhamalar - Qiyomat alomatlari (46ta dars). 20. Fiqh oid 100 qoida tolibi ilmlar uchun (58ta dars). 21. Muslima ayollarga tegishli ahkomlar - Fatvolar jamlanmasi (60ta dars). 22. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam gʻazotlarida maxfiylik ahamiyati (11ta dars). 23. Olim va muta‘allim odobi (31ta dars). 24. Qur‘on tafsiri asoslari - usul tafsir (66ta dars). 25. Suhbat odoblari (24ta dars). 26. Ilmga ishtiyoq (9ta dars). 27. Ayollar ahkomlari (37ta dars). 28. Fiqh ahkomlari - Umdatul Ahkom (200ta dars). 29. Nafs fiqhi (92ta dars). 30. Adab ul-mufrad (156ta dars). 31. Ibni Moja sunani sharhi (400ta dars). 32. Xulafoi roshidinlar siyrati (63ta dars). 33. Dard va Davo sharhi (78ta dars). 34. Qur'on qissalaridan ibratlar (187ta dars). 35. Sekulyarizm islom mezonida (25ta dars). 36. Konstitutsiya islom ko'zoynagida (21ta dars). 37. Umaviylar xilofoti (31ta dars). 38. Nasoiy sunani sharhi (272ta dars). 39. Abbosiylar tarixi (86ta dars). 40. Mamlukiylar tarixi (24ta dars). 41. Usmoniylar tarixi (58ta dars). 42. Sahobalar hayoti (davom etyapti...) 43. Qur'on Karim Tafsiri (davom etyapti...). 44. Qonunlar - islomiy hukm asoslari (24ta dars). 45. Termiziy sunani sharhi (325ta dars). 46. Asmoul husna (169ta dars). 47. Abu Davud sunani sharhi (davom etyapti...) 48. Bahjatul-majalis sharhi (70ta dars). 50. Umdatul-mar'a - Ayollarga oid yuz hadis (101ta dars). 51. Turkiya davlatining yaqin tarixi (5ta dars). 52. Iroq davlatining yaqin tarixi (13ta dars). 53. Misr davlatining yaqin tarixi (15ta dars). 54. Sssr tarixi (9ta dars). 55. Mag'rib davlatlarining yaqin tarixi (13ta dars). 56. Afrika davlatlarining yaqin tarixi (10ta dars). 57. Sharqiy Afrika davlatlarining yaqin tarixi (6ta dars). 58. Eron davlatining yaqin tarixi (4ta dars). 59. Afg'oniston davlatining yaqin tarixi (3ta dars). 60. Hindiston yaqin tarixi (5ta dars). 61. Malayziya yaqin tarixi (3ta dars). 62. Saudiya yaqin tarixi (2ta dars). 63. Shom yaqin tarixi (3ta dars). 64. Kamchilik musulmonlar mintaqalari (13ta dars). 65. Ibnul-javziy rahimahullohning "Soydul-xotir" kitobi sharhi (101ta dars). 66. Shayx Mustafo Al-adaviy hafizahullohning "Ayollar-ahkomlari" kitobi sharhi (151ta dars). 67. Din va dunyo odob (77ta dars). 68. Ramazon madrosasi (30ta dars). 69. Allohning oliy fe‘llari (davom etyapti...). 70. Solihlar nasihatlari (davom etyapti...). 71. Eski savol-javoblar (3254ta). 72. Yangi savol-javoblar (davom etyapti...) 73. Eski tushlar ta‘birlari (2810ta). 74. Kun hikmatlari (davom etyapti...). 75. Xotiralar (davom etyapti...). 76. Zaytun nashriyoti kitoblari (davom etyapti...). ✈️ https://t.me/Daraxtimiz

  • 2 авг.3 587186

    "Bahjatul majalis" 70- (yakuniy) dars: 00:15 Musibatda sabr va ta'ziya odoblari; 30:18 O'lim chog'idagi kishilardan ibratli iqtiboslar; 1:00:10 Xotima. (Allohning fazli ila "Bahjatul majalis" darsligi o'z nihoyasiga yetdi) ⬇️⬇️⬇️ @bahjatul_majalis

  • 2 авг.3 334134

    "Bahjatul majalis" 69-dars: 00:14 Amal qilish haqida; 07:47 Musibatda sabr qilish va ta'ziya bildirish odoblari haqida. ⬇️⬇️⬇️ @bahjatul_majalis

  • 2 авг.3 36111

    "Bahjatul majalis" 68-dars: 00:12 Qisqa mav'izalar; 20:20 Amal qilish haqida bob. ⬇️⬇️⬇️ @bahjatul_majalis