- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 5
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 533
- 1/48двое суток
- 610
- 1/72трое суток
- 658
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#2060 Shuayb ibn harb rohimahulloh aytadilar: "Allohga toat qilgan kasbingdan topgan bir tinni ham haqir sanama. Chunki gap pulda emas sen uni topishda Allohga itoat qilganingdadir. Ehtimol u bilan bir koʻkat sotib olib yersan, u ichinga tushmay turib oʻsha sabab Alloh seni magʻfirat qilar" (Sifatus-sofvah) @Kunhikmat
#2059 Shuayb ibn harb rohimahulloh aytadilar: "Kim dunyoni istasa xorlikka tayyorlanaversin" (Sifatus-sofvah) @Kunhikmat
#2058 Abdussomad ibn Umar rohimahulloh aytadilar: "Dunyo sizlardan oʻtib ketyapti, endi oxiratinglar oʻtib ketmasin" (Sifatus-sofvah) @Kunhikmat
#2057 Abu Bakr An-najjod rohimahulloh aytadilar: "Kim odamlarni kovlasa doʻsti kamayadi. Kim gunohlarini kovlasa yigʻisi uzoq boʻladi. Kim ovqatini kovlasa ochligi uzun boʻladi" (Sifatus-sofvah) @Kunhikmat
#2056 Abu Muhammad an-niysabo'riy rohimahulloh aytadilar: Kimda kim oʻzining amallarini doʻzaxdan najot beradi deb yoki rizvon darajasiga yetkazadi deb oʻylasa oʻzini ham amallarini ham xatarga qoʻyibdi. Ammo kim Allohning fazliga suyansa Alloh uni rizvon darajalarining eng choʻqqisiga yetkazadi" (Sifatus-sofvah) @Kunhikmat
#2055 Xoyr ibn Abdulloh an-nassaj rohimahulloh aytadilar: "Xovf Allohning qamchisi boʻlib u bilan bizni savalaydi. Bizning nafsimiz esa odobsizlikka oʻrganib qolgan. Qachon a'zolar odobsizlik qilsa bu qalbning gʻaflati va sirning zulmatidandir" (Sifatus-sofvah) @Kunhikmat
#2054 Abu Muhammad al-hariyriy rohimahulloh aytadilar: "Kimgaki nafs hukmronlik qilib shahvatlar hukmida asir boʻlsa, havoyi nafs qamalida qolsa, Alloh uning qalbiga foydalarni harom qiladi. Uning gapi _qanchalik tillarda koʻp takrorlanmasin_lazzatli boʻlmaydi" (Sifatus-sofvah) @Kunhikmat
#2153 Abul-Abbos ibn Ato rohimahulloh aytadilar: "Kim oʻz nafsiga sunnat odoblarini lozim qilsa Alloh uning qalbini maʼrifat nuri bilan obod qiladi. Zero Habib sollallohu alayhi va sallamning amrlariga, feʼllariga , axloqlariga ergashish va uning odoblari bilan odoblanishdan sharafli maqom yoʻqdir" (Sifatus-sofvah) @Kunhikmat
#2152 Amr ibn Usmon Al-makkiy rohimahulloh aytadilar: "Alloh Qurʼonda kofirlarning "Olihalaringda sabrli boʻlinglar" (Sod.6) degan soʻzlarini zikr qilar ekan bunda moʻminlar batariqi alo diniga sabrli boʻlishiga tanbeh bergandir" (Sifatus-sofvah) @Kunhikmat
#2151 Amr ibn Usmon al-makkiy rohimahulloh aytadilar: "İlm yetakchi Allohdan qoʻrquv esa haydovchidir. Nafs esa bu ikkisining orasida qaysar eshak kabidir. U aldoqchi makkordir. Undan ogoh boʻl va uni ilm bilan boshqar. Va qoʻrquv bilan ortidan hayda. Shunda senga istagan narsang hosil boʻladi" (Sifatus-sofvah) @Kunhikmat
#2150 Samnun ibn Hamza rohimahulloh aytadilar: "Banda haqqa yetishining avvalgi bosqichi nafsini hajr qilishidir. Banda haqdan mahrum boʻlishining avvalgi bosqichi ham nafsiga ergashishdir" (Sifatus-sofvah) @Kunhikmat
#2149 Ibrohim ibn İs'haq al-harbiy rohimahulloh aytadilar: "Farzandlaring seni Alloh qaytargan oʻrinda koʻrmasin. Aks holda ularning koʻzida haybating qolmaydi" (Sifatus-sofvah) @Kunhikmat
#2148 Muhammad ibn Mansur at-tuvsiy rohimahulloh aytadilar: "Johil kishi olti xislati bilan taniladi: 1-Hechdan hech gʻazab qilishi 2-Befoyda gapirishi 3-Noo'rin joyda nasihat qilish 4-Sirni fosh qilish 5-Hammaga ishonish 6-Do'stni dushmandan ayira olmaslik" (Sifatus-sofvah) @Kunhikmat
#2147 Muhammad ibn Abul-vard rohimahulloh aytadilar: "Allohning doʻstlari obrusi ortgan sari kamtarligi ortadi. Moli ortgan sari saxiyligi ortadi. Umri oʻtgan sari ijtihodi ortadi" (Sifatus-sofvah) @Kunhikmat
#2146 Abu Jaʼfar almuhavviliy rohimahulloh aytadilar: "Banda och yursa badani sof boʻladi, qalbi yumshoq boʻladi, koʻz yoshi tez toʻkiladi, a'zolari toatga shoshiladi va dunyoda karamli yashaydi" (Sifatus-sofvah) @Kunhikmat
#2145 Muhammad ibn Abul-vard rohimahulloh aytadilar: "Odamlarning eng shukrlisi oʻzini hech Allohga shukr qilmaydigan deb oʻylaydiganidir" (Sifatus-sofvah)
#2144 Abu Jaʼfar almuhavviliy rohimahulloh aytadilar: "İlmiga amal qilmagan olim taqvodorlarga imom (peshvo) boʻlishdan mahrumdir" (Sifatus-sofvah) @Kunhikmat
#2143 Abu Ja'far almuhavviliy rohimahulloh aytadilar: "Boshliqlikka haris nafsga oxirat halovatini topish harom(mahrum)dir" (Sifatus-sofvah) @Kunhikmat
#2142 Abu Abdulloh albarosiy rohimahulloh aytadilar: "Kimga nafsini (jonini) qadri bo'lsa uni dunyodan uzoq tutadi" (Sifatus-sofvah) @Kunhikmat
#2141 Abu Abdulloh albarosiy rohimahulloh aytadilar: "Allohdan taqdiriga rozi kishi dunyoda zohid va Alloh unga dunyodan bergan taqsimiga rozi bo'lgan kishidir" (Sifatus-sofvah) @Kunhikmat