Farg'ona shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
СтатистикаIxtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Farg'ona shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining rasmiy telegram sahifasi✅
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 12
- Всего постов
- 125
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 516
- 1/48двое суток
- 591
- 1/72трое суток
- 637
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Ўзбекистон IOI-2026’да тарихий натижа қайд этди Тошкентда ўтказилган 38-Халқаро информатика олимпиадаси — IOI 2026 Ўзбекистон миллий жамоаси учун тарихий натижа билан якунланди. Миллий жамоанинг барча 4 нафар аъзоси ҳам медаль қўлга киритди. Жамоа ҳисобида 1 та кумуш ва 3 та бронза медаль бор. 🥈 Жаҳонали Хайдаралиев — Муҳаммад ал-Хоразмий мактаби, 9-синф; 🥉 Тимур Кадирбергенов — Нукус Президент мактаби, 11-синф; 🥉 Улуғбек Рахматуллаев — Наманган Президент мактаби, 11-синф; 🥉 Жаҳонгиршоҳ Авазхонов — Наманган Президент мактаби, 10-синф. Шунингдек, Навоий шаҳри Президент мактаби ўқувчиси Сардорбек Салимов “Фахрий эътироф” билан тақдирланди. Эътиборлиси, бу Ўзбекистон миллий жамоаси тарихда барча иштирокчилар медаль олган биринчи Халқаро информатика олимпиадаси бўлди. @pressuzb
без подписи
#YagonaVatan35 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman” ijodiy chellenji e’lon qilinadi. Chellenj quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi: ✅ #YagonaVatan35 chellenji — o‘quvchilarning Vatan haqidagi fikrlari, tabriklari va ezgu tilaklari; ✅ “Mustaqillik menga nima berdi?” mavzusida 30–60 soniyalik videorolik; ✅ “Bir bayroq – bir yurak” fleshmobi; ✅ O‘quvchilar ijrosida Vatan haqidagi she’r yoki vatanparvarlik qo‘shig‘i; ✅ Mustaqillik aks etgan binolar va manzillarda rasmga tushish; ✅ “Mening maktabim – Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusida ijodiy videorolik; ✅ Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan va sport maktablari yutuqlarini aks ettiruvchi motivatsion video; ✅ O‘qituvchi, ota-ona va bitiruvchilarning Mustaqillik haqidagi samimiy fikrlari jamlangan videorolik; ✅ Davlat ramzlariga hurmat, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi kreativ videolar. Qatnashish uchun: ⚪️ O‘zingiz tanlagan yo‘nalishda ijodiy ish tayyorlang. ⚪️ Ishingizni Telegram yoki Instagram sahifangizga joylang. ⚪️ Postga #YagonaVatan35 heshtegini qo‘ying. Eng muhimi — ijodingizni namoyon eting va “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman!” degan g‘oyani o‘z uslubingizda ifodalang! 🏆 Eng faol va kreativ ishtirokchilarning ijodiy ishlari e’tirof etilib, munosib taqdirlanadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
без подписи
🟦🟦🟦🟦🟦🟦 💠 “Dolzarb 90 kun” onlayn viktorinasida qatnashib, qimmatbaho sovg‘alar yutib oling! ✅Viktorinada tyutorlar, talabalar, o‘quvchilar, ustozlar, qisqasi O‘zbekiston fuqarolari barcha qatnashishi mumkin. G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🏆GranPri (1 nafar) – Planshet 17 Max; 🥇1-o‘rin (2 nafar) – RGB Smart Google; 🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smartwatch Ultra 3; 🥉3-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin. ➡️ Batafsil ma’lumot olish ➡️ Viktorinada ishtirok etish ✅G‘oliblar test va targ‘ibotchilik bo‘yicha alohida aniqlanadi va jami 20 kishi rasmdagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. ✅Faol qatnashgan ishtirokchilar QR kodli, elektron sertifikatga ega bo‘ladi.
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
⚡️ Maktabimiz faxri! Navbatdagi yuksak natija! Farg'ona shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 7-"A" sinf o'quvchisi Moʻyatdinov Jasurbek o'zining tinimsiz mehnati va qat'iyati evaziga AIMO – International Mathematics Olympiad xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etib, Respublikada saralash bosqichida 90 ballni toʻplab finalga yoʻllanma oldi. Final Vietnam davlatining Hanoi shahrida bo'lib o'tdi, unda Jasurbek 3-o'rinni qo'lga kiritib, bronza medalini qo‘lga kiritdi! 🎉 Jasurbek hali juda yosh bo‘lishiga qaramay , yuqori intellektual salohiyatini ko'rsatib, tengdoshlariga haqiqiy o'rnak bo'ldi. Maktabimiz ma'muriyati va o'qituvchilar jamoasi nomidan Jasurbekni, uning ota-onasini hamda ushbu muvaffaqiyatga hissa qo'shgan barcha ustozlarini chin dildan muborakbod etamiz! Kelajakda bunday yuksak parvozlar va zafarlar bardavom bo'lishini tilaymiz. 🚀 Bilim va zafarlar sari olg'a!
#Vatanim_uchun_olimpiadachiman 🇺🇿 «Vatanim uchun olimpiadachiman» — challenge! Agar siz olimpiadachi o‘quvchi, olimpiadaga qiziqadigan yosh, olimpiadachi farzandning ota-onasi yoki olimpiada ustozi bo‘lsangiz, ushbu challenge aynan siz uchun! ✅ 30–90 soniyalik ijodiy video tayyorlang va «Vatanim uchun olimpiadachiman» mavzusida o‘z hikoyangizni ulashing. ✅ Videoni Instagram sahifangizga joylashtiring, #Vatanim_uchun_olimpiadachiman xeshtegidan foydalaning hamda Fan olimpiadalari markazini belgilang yoki izohlarda havolasini qoldiring. ✅ Eng kreativ va ta’sirli 10 ta video saralab olinadi. G‘oliblar xalqaro fan olimpiadalariga tayyorgarlik uchun maxsus kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi. ✅ Challenge 29-avgustga qadar davom etadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
🌍 BUYUKLAR HAQIDA 100 TA DALIL! Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan jahon tamadduni va ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk allomalar, mutafakkirlar hamda tarixiy siymolar haqida “Buyuklar haqida 100 ta dalil” nomli qisqa videoroliklar turkumi yo‘lga qo‘yildi. 📖 Mazkur turkum orqali buyuk ajdodlarimizning hayoti, ilmiy faoliyati va insoniyat taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishish mumkin. 🔭 Abu Rayhon Beruniy — jahon ilm-fani tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk qomusiy olim va mutafakkir. 🎬 Abu Rayhon Beruniy haqidagi videoni tomosha qiling va buyuk ajdodimiz haqida yangi faktlarni bilib oling! Website📱|Instagram📱 | Facebook📱 | LinkedIn📱 📱 @alberuniyuzb 📞 +998900545577
✅✅✅✅ #1_kun 🔴 “Sifatli taʼlim – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida V “Ustozlar milliy forumi”ning birinchi kun jarayonlaridan videolavha. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#live ⏺ IOI 2026 ochilish marosimi boshlandi 📍 Ilk bora O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan 38-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2026) ning ochilish marosimi boshlandi. Unda 97 dan ortiq davlatdan 700 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashmoq. O‘zbekiston sharafini esa 🔴 IOI 2026ning ochilish marosimini bugun jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin: 🌐 YOUTUBE 🔴 FACEBOOK Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
DIQQAT TANLOV! 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda mavjud vakant direktor o‘rinbosari lavozimlariga tanlovning birinchi bosqichi o‘tkaziladi Yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quv ishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlariga hujjat topshirgan nomzodlar uchun tanlovning birinchi bosqichi — hududiy saralash jarayonlari o‘tkaziladi. Tanlovning birinchi bosqichi quyidagi muddatlarda tashkil etiladi: 👉🏻 O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga — 2026-yil 10–11-avgust kunlari; 👉🏻 Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga — 2026-yil 12–13-avgust kunlari. Mazkur bosqich Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tanlov komissiyasi hamda hududiy ishchi guruhlar tomonidan belgilangan tartib asosida o‘tkaziladi. ✔️ Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar tanlovning keyingi bosqichi — asosiy suhbatga tavsiya etiladi. Suhbat savollari Agentlik tanlov komissiyasi tomonidan oldindan tayyorlanib, maxsus himoyalangan paketlarda, muhrlangan konvertlar ko‘rinishida hududlarga yetkaziladi. ✔️ Konvertlar nomzodlar ishtirokida ochiladi. Suhbat jarayonlari ochiqlik, shaffoflik, xolislik va teng imkoniyatlar tamoyillari asosida tashkil etiladi. Tanlov nizomiga muvofiq, har bir vakant direktor o‘rinbosari lavozimi uchun eng munosib 3 nafargacha nomzod tanlovning ikkinchi bosqichi — asosiy suhbatga tavsiya etilishi mumkin. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tanlov jarayonlarining ochiq, shaffof, xolis va adolatli o‘tkazilishini ta’minlaydi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#Vatanim_uchun_olimpiadachiman 🇺🇿 «Vatanim uchun olimpiadachiman» — challenge! Agar siz olimpiadachi o‘quvchi, olimpiadaga qiziqadigan yosh, olimpiadachi farzandning ota-onasi yoki olimpiada ustozi bo‘lsangiz, ushbu challenge aynan siz uchun! ✅ 30–90 soniyalik ijodiy video tayyorlang va «Vatanim uchun olimpiadachiman» mavzusida o‘z hikoyangizni ulashing. ✅ Videoni Instagram sahifangizga joylashtiring, #Vatanim_uchun_olimpiadachiman xeshtegidan foydalaning hamda Fan olimpiadalari markazini belgilang yoki izohlarda havolasini qoldiring. ✅ Eng kreativ va ta’sirli 10 ta video saralab olinadi. G‘oliblar xalqaro fan olimpiadalariga tayyorgarlik uchun maxsus kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi. ✅ Challenge 29-avgustga qadar davom etadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
без подписи
без подписи