tgindex
Furqat tumani yangiliklar kanali

Furqat tumani yangiliklar kanali

Статистика

Furqat tumanidagi eng sevimli telegram kanalidasiz! Furqat tumanining eng tezkor yangiliklari bizdan boshlanadi. Reklama👇 @qutbdagi_gunafsha777

Последний пост
12 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
13
Всего постов
42
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
893
−1 за 5 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
376
40 постов
Вовлечённость
42,1%
к подписчикам
Постов в день
1,9
всего 42
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
204
1/48двое суток
233
1/72трое суток
252

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • @furqatlikla

  • без подписи

  • без подписи

  • 1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ 🚨 DIQQAT, FIRIBGARLIK! OGOH BO‘LING! 👥 Aziz yurtdoshlar va go‘ruh a’zolari! Oxirgi vaqtlarda Telegram orqali tanishlaringiz, do‘stlaringiz yoki yaqinlaringiz nomidan "Tanlovda ovoz yig‘yapman, ovoz berib yuboring" yoki "Ovoz berishga yordam bering" mazmunidagi xabarlar va shunga o‘xshash havolalar (link) yuborilmoqda. ⚠️ BU FIRIBGARLARNING TUZOGʻI! ❗️ Agar siz ushbu linkga kirsangiz: ⏺ Telegram akkauntingiz firibgarlar tomonidan ziyonga uchraydi va qo‘lga olinadi; ⏺ Sizning nomingizdan barcha kontaktlaringizga xuddi shunday yolg‘on xabarlar avtomatik ravishda yuborila boshlanadi; ⏺ Eng yomoni, bank kartalaringizdagi pullar o‘g‘irlanishi yoki shaxsiy ma’lumotlaringiz sizga qarshi ishlatilishi mumkin! ✅ Nima qilish kerak? ⏺ Hech qachon bunday linklarga kirmang va ovoz bermang! ⏺ Agar tanishingizdan shunday xabar kelsa, unga boshqa aloqa vositasi (qo‘ng‘iroq) orqali bog‘lanib, akkaunti buzilganini xabar qiling. ⏺ Agar adashib linkga kirib ketgan bo‘lsangiz, zudlik bilan Telegramning "Sozlamalar" (Nastroyki) ➡️ "Qurilmalar" (Ustroystva) bo‘limiga kirib, barcha notanish faol sessiyalarni yakunlang (zavershit vse seansы). ⏺ Akkauntingizga 2 bosqichli tekshiruv (Dvuxetapnaya autentifikatsiya) parolini o‘rnatib qo‘ying. Ogoh bo‘ling va bu xabarni yaqinlaringizga ham ulashing! 📲

  • #Buni_bilish_foydali #Huquqiy_dars ‼️Tavsiya qilingan "tezkor" kreditlar Mavzu: Moliyaviy firibgarlik va shartnomalar. Jamshid tez pul kerak bo‘lib, ijtimoiy tarmoqdagi "hech qanday hujjatlarsiz, 5 daqiqada kredit" degan e’longa ishondi. U ilovaga kirdi, telefon raqamini va pasport ma’lumotlarini kiritdi. Ertasiga uning nomiga o‘zi bilmagan holda katta miqdorda mikroqarz rasmiylashtirilgani ma’lum bo‘ldi. Huquqiy dars: "Oson" va "hujjatsiz" degan takliflar ortida ko‘pincha firibgarlar turadi. Shaxsiy ma’lumotlaringizni (ayniqsa, telefon kodlari va pasport rasmlarini) shubhali ilovalarga kiritmang. 📌Har qanday kredit rasmiy banklar yoki litsenziyaga ega tashkilotlar orqali, shaxsan tanishib chiqilgan shartnoma asosida amalga oshirilishi shart.

  • #Huquqiy_hikoya ❗️“QISQA LAHZA, UZOQ PUSHAYMON” Aziz o‘z ishida tirishqoq, kelajagi porloq yosh yigit edi. Biroq, bir kuni o‘zini o‘ta aqlli his qilib, oson pul topish yo‘lini qidirdi. Do‘stlarining qistovi va oson daromad vasvasasi bilan u qonunga zid bo‘lgan firibgarlik sxemasiga qo‘l urdi. U o‘zining texnik bilimlaridan foydalanib, odamlarning ishonchiga kirish va ularning mablag‘larini noqonuniy yo‘l bilan o‘zlashtirishni rejalashtirdi. Aziz barchasi sir qolishiga ishongan edi. Biroq, u bir narsani unutdi: raqamli izlar hech qachon yo‘qolmaydi. Sud jarayonida Azizning qilmishlari hujjatlar, tranzaksiyalar va raqamli dalillar bilan to‘liq isbotlandi. Uning ota-onasi, yaqinlari oldidagi obro‘si bir zumda to‘kildi. Sud hukmiga ko‘ra, u nafaqat yetkazilgan moddiy zararni qoplashga majbur bo‘ldi, balki ozodlikdan mahrum etish jazosini ham oldi. Temir panjara ortida o‘tirgan Aziz endi tushunib yetdi: oson deb bilgan yo‘li — eng og‘ir yo‘l ekan. Uning kelajakdagi barcha orzulari, karyerasi va sha’ni qisqa bir lahzali xato tufayli barbod bo‘ldi.

  • #Bilasizmi ❗️ Firibgarlik jinoyat, jazosi muqarrar Batafsil infografikada👆 Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

  • #Ogohlik_davr_talabi ‼️Kiberfiribgarlardan ogoh bo‘ling! So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining telefon raqamlariga xorijdan shubhali qo‘ng‘iroqlar bo‘lishi ko‘p kuzatilmoqda. Mazkur holatlar yuzasidan mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan tahlillar natijasida quyidagilar aniqlandi. Xususan: - bunday qo‘ng‘iroqlar oddiy telefon emas, balki internet va maxsus dasturlar orqali amalga oshiriladi. Firibgarlar ushbu tizimlar yordamida o‘zlarining haqiqiy raqamlarini yashirib, telefon ekranida istalgan davlatning soxta raqamini ko‘rsatishlari mumkin; - ular qo‘ng‘iroqni internet orqali yuborib, raqamni avvaldan soxtalashtirib qo‘yganliklari bois, mobil kompaniyalar tizimida bu qo‘ng‘iroqni kim va qayerdan amalga oshirganligini aniqlash mushkul; - bunday raqamlar xususida maxsus bazalarda hech qanday maʼlumot bo‘lmaydi. Bu esa ularning aslida SIM-karta emasligini, balki qo‘ng‘iroq paytida soxtalashtirilgan va vaqtinchalik raqamlar ekanligini anglatadi. Taʼkidlash joizki, shubhali qo‘ng‘iroqlar abonentlar uchun quyidagi xavflarni yuzaga keltiradi: - bunday xorijiy raqamlarga qo‘ng‘iroq qilish telefon balansidagi mablag‘ning yechib olinishiga sabab bo‘ladi; - firibgarlar o‘zlarini turli tashkilot xodimi sifatida tanishtirib, shaxsiy maʼlumotlar va bank kartasi kodlarini bilib olishga urinadi; - go‘shakni ko‘tarish raqamingizning “faol” ekanligini bildiradi va natijada sizga bo‘ladigan firibgarlik hujumlari soni keskin ortadi; - sizning ovozingiz yozib olinib, keyinchalik sunʼiy intellekt yordamida soxtalashtirish orqali yaqinlaringizni aldash uchun ishlatilishi mumkin. ⚠️Hurmatli fuqarolar, firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun notanish va shubhali chet el raqamlaridan bo‘layotgan qo‘ng‘iroqlarga javob bermaslik, ularga qayta qo‘ng‘iroq qilmaslik, ushbu raqamlarni bloklash hamda shaxsiy maʼlumotlaringizni begonalarga oshkor qilmaslikni tavsiya etamiz.

  • Avto-o'g'rilik (Ochiq qolgan mashinalar) 🚗 Ehtiyotsizlik va Jinoyat: "Do'konga 2 daqiqaga kirgandim, mashinamni ochiq qoldiribman..." Do'konga, dorixonaga yoki bankomatga pul yechish uchun kirganda avtomobil dvigatelini o'chirmasdan yoki eshik-oynalarini qulflamasdan ketish juda ko'p haydovchilarning odatiga aylangan. Orqaga qaytsangiz, salondagi telefon, hamyon yoki sumka izsiz yo'qolgan bo'ladi. ⚖️ Qonuniy baho: Garchi siz mashinani o'zingiz ehtiyotsizlik qilib ochiq qoldirgan bo'lsangiz ham, birovning avtomobili saloniga ruxsatsiz kirib mulkni o'g'irlash — og'ir jinoyat hisoblanadi. Bu harakat Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan baholanadi va javobgarlikka tortiladi. ⏺ O'g'rining psixologiyasi: Jinoiy tajribaga ega shaxslar ochiq mashinadan narsa o'g'irlash uchun atigi 10-15 soniya sarflaydi. Ular odatda gavjum joylarda (bozorlar, supermarketlar oldida) haydovchilarni poylab turishadi. 🛡Eng muhim qoidalar: ⏺ Mashinadan faqat 1 daqiqaga tushsangiz ham, albatta eshiklarni qulflang va oynalarni ko'taring. ⏺ Qimmatbaho buyumlarni, sumka yoki pullarni o'rindiqlar ustida (ko'zga tashlanadigan ochiq joyda) qoldirmang. Ularni yukxonaga yoki o'rindiq tagiga yashiring. ⏺ Agar o'g'rilik sodir bo'lsa, mashina eshiklarini va salonni ushlamang (barmoq izlarini yo'qotmaslik uchun) va tezda huquqni muhofaza qiluvchi organlarni chaqiring. 🗣 O'z ehtiyotsizligingiz bilan jinoyatchiga imkoniyat yaratib bermang!

  • #Buni_bilish_foydali #Adliya_tushuntiradi Kiber-firibgarlik (Plastik kartalardan pul o'g'irlash) 💳 Kiber-jinoyat: "Sizga yutuq chiqdi, SMS kodni ayting!" yoki OLX'dagi soxta xaridorlar Tasavvur qiling, sizga noma'lum raqamdan qo'ng'iroq qilib, o'zini "Click", "Payme" yoki bank xodimi deb tanishtirishdi. Yoki OLX'da narsa sotsangiz, xaridor "Men boshqa viloyatdaman, pulni kartangizga tashlab beraman, hozir bitta SMS kod boradi, shuni aytsangiz pul tushadi" deydi. ❌ To'xtang! Bu — eng ko'p tarqalgan firibgarlik tuzog'idir! ⚖️ Qonun nima deydi? Jinoyat kodeksining 168-moddasiga (Firibgarlik) asosan, axborot tizimidan yoki telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanib o'zgalar mulkini qo'lga kiritish og'ir jinoyat hisoblanadi va bu harakat 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin. 🛡O'zingizni qanday himoya qilasiz? ⏺ Hech qaysi bank yoki to'lov tizimi xodimi sizdan SMS kodni, kartaning orqasidagi 3 xonali raqamni yoki amal qilish muddatini so'ramaydi. Ularni hech kimga aytmang! ⏺ Agar Telegram orqali "Shu ssilka (havola)ga kirib pulingizni oling" degan xabar kelsa, aslo kirmang, u sizning ma'lumotlaringizni o'g'irlaydigan soxta saytdir (Fishing). ❗️ Kiber-jinoyatchilarga qarshi eng kuchli qurol — bu sizning raqamli savodxonligingizdir! Agar aldanib qolsangiz, zudlik bilan 102 raqamiga va bankka qo'ng'iroq qiling.

  • #Buni_bilish_foydali 🔅 O'g'rilik, bosqinchilik, talonchilik va tovlamachilikning bir-biridan farqi.

  • #Buni_bilish_foydali Chorva mollari o'g'riligi (Dalada qarovsiz qoldirish) 🐄 Jinoyat huquqi: Dalada qarovsiz qolgan chorva molini o'g'irlashning qonuniy oqibati qanday? Qishloq joylarda chorva mollarini (sigir, qo'y, ot) dalada, adirda yoki ko'chada qarovsiz qoldirish holatlari tez-tez uchraydi. Ba'zi jinoiy niyatli kimsalar buni oson "o'lja" deb bilib, moshinalarga ortib yoxud yetaklab o'g'irlab ketishadi. ⚖️ Bu qanday jinoyat? Birovning qarovsiz qolgan molini o'zlashtirish huquqiy jihatdan topilma emas, balki mulkni yashirincha talon-toroj qilish — O'g'rilik (Jinoyat kodeksining 169-moddasi) hisoblanadi. Agar o'g'ri molni daladan emas, balki to'g'ridan-to'g'ri sizning qo'rangizdan (molxonadan) ruxsatsiz kirib olib ketsa, bu "uy-joyga yoki omborxonaga g'ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan o'g'rilik" deb baholanadi va buning uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanishi mumkin. 🛡 O'zingizni va mulkingizni qanday asraysiz? ⏺ Chorva mollariga maxsus birkalar (raqamlar) taqing, bu ularni tez topishga yordam beradi. ⏺ Mollarni qarovsiz qoldirmang, ko'cha-kuyda ochiq qoldirish nafaqat o'g'rilikka, balki avtohalokatlarga ham sabab bo'lishi mumkin. ⏺ Agar molingiz yo'qolganini sezsangiz, "o'zi kelib qolar" deb kutib o'tirmasdan, atrofdagi izlarni yo'qotmagan holda zudlik bilan hududiy profilaktika inspektoriga yoki 102 raqamiga xabar bering. 💡Mulkka ehtiyot bo'lish — o'g'rining niyatini puchga chiqaradi!

  • 📢 E’LON Tuman markazidagi “Zamona” kompyuter xizmatlari markazida plastik karta va ID-karta tushirib qoldirilgan. Kimningdir hujjatlari bo‘lsa yoki egasini tanisangiz, iltimos, xabar bering. 📍 Manzil: Tuman markazi, “Zamona” kompyuter xizmatlari markazi. @furqatlikla

  • Yoshlar baxtli boʼlsin! @furqatlikla

  • Bekor ketmadim Men bekor ketmadim, zamin qariga, Burch yuki, dil ishi uchun ketganman. Bolalar maktabdan ona bagʻriga, Sogʻ-omon qaytishi uchun ketganman. Xizmat vaqtida qahramonlarcha halok boʻlgan yoʻl-patrul xizmati xodimlarining yorqin xotirasiga bagʻishlanadi. ——— Бекор кетмадим Мен бекор кетмадим, замин қарига, Бурч юки, дил иши учун кетганман. Болалар мактабдан она бағрига, Соғ-омон қайтиши учун кетганман. Хизмат вақтида қаҳрамонларча ҳалок бўлган йўл-патруль хизмати ходимларининг ёрқин хотирасига бағишланади. @Postdarasmiy

  • ❗️Ёш оилаларга имтиёзли ипотека кредитлари ажратилади Президент қарорига кўра: 2027 йил 1 январдан бошлаб уй-жойга муҳтож ёш оилаларга бирламчи бозордан квартира сотиб олиш учун қуйидаги тартибда ипотека кредитларини ажратиш йўлга қўйилади: ▪️ Ипотека дастури доирасида ипотека кредитлари бўйича ҳисобланган фоиз тўловларининг Марказий банк асосий ставкасидан ошган қисми Давлат бюджетидан қоплаб берилади; ▪️ қуйидаги асосий ижтимоий мезонларга мувофиқ келадиган ёш оилаларга ипотека кредити ажратилади: • ариза берувчи ҳамда унинг турмуш ўртоғи 30 ёшдан ошмаган бўлиши; • ариза берувчи ҳамда унинг турмуш ўртоғи номида сўнгги 3 йилда мулк ҳуқуқи асосида кўчмас мулк мавжуд эмаслиги.

  • ❗️Бошланғич таълим ўқитувчиларига малака сертификати, ҳуқуқшунослик фанидан эса миллий сертификат бериш йўлга қўйилади Ҳукуматнинг тегишли (411-сон, 29.07.2026 йил) қарори билан, 2026/2027 ўқув йилидан бошлаб: ➖ Бошланғич таълим ўқитувчиларининг билим даражаси ва педагогик маҳорати аниқланиб, уларга 3 йил муддатга амал қилувчи A+, A, B+, B, C+, C сертификатлари берилади. B+ ва ундан юқори сертификатга эга ўқитувчиларнинг ҳар ойлик маошига 15 фоиз устама тўланади; ➖ Ҳуқуқшунослик фанини билиш даражасини аниқлаш ва миллий сертификат бериш йўлга қўйилади; ➖ Хитой, корейс, япон, испан, италян, форс, дарий, пушту, урду, ҳинд ва уйғур тилларидан чет тилини билишнинг кўп даражали (multi-level) тест тизими жорий этилади.

  • FURQAT TUMANIDA HAYDOVCHILIK GUVOXNOMA UCHUN O'QISHGA TAKLIF QILAMIZ 🚘 🔥 BARCHA TOIFALAR MAVJUD! ✅ A • B • C • E toifalar 🚗 Zamonaviy va qulay mashinalar 🛣 Katta va zamonaviy avtodrom 👨‍🏫 Tajribali instruktorlar 📚 Sifatli nazariy va amaliy darslar 💳 TO‘LOVNI OYMA-OY TO‘LASH IMKONI BOR! 📍 Furqat tumani 📞 Murojaat uchun: +998 900550581 🚦 Tezroq yoziling — haydovchilik guvohnomasini qo‘lga kiriting

  • TA'ZIYANOMA Chuqur qayg'u bilan ma'lum qilamizki, Ardaxshon mahalla fuqarolar yig'ini raisi Baxtiyorjon togʼa vafot etdilar. Marhumning oila a'zolari, yaqinlari va barcha mahalla ahliga chuqur hamdardlik bildiramiz. Alloh taolo marhumni O'zining cheksiz rahmatiga olsin, jannatini maskan aylasin. Yaqinlariga sabr-u jamil, bardosh va matonat ato etsin. Ta'ziya marosimi bugun soat 11:00 da o'tkaziladi. Inna lillahi va inna ilayhi roji'un.

  • 2 авг.854815

    Oxirati obod boʼlsin! Фарғона вилояти, Ўзбекистон туманида хизмат вазифасини бажараётган ИИБ ЙПҲ катта инспектори Каримжонов Ҳайитбек маст ҳайдовчиларни аниқлаш бўйича рейд давомида автомашина уриб кетиши оқибатида ҳалок бўлди. Бугун марҳум сўнгги манзилга кузатилди. Марҳумнинг оиласи ва яқинларига чуқур таъзия билдирамиз. @furqatlikla