G'UNCHA jurnali_1958
Статистика"G‘uncha" jurnalining rasmiy kanali Telegram manzilimiz: @Bizning_jurnal Telefon raqam: 71 244 94 39 Manzil: Navoiy ko'chasi, 30-uy Ish vaqti:9:00 - 17:00 (dushanba-juma)
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 43
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 92
- 1/48двое суток
- 105
- 1/72трое суток
- 113
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
BOLALARGA BERING DUNYONI Qurib bering ajib argʻimchoq, Taqib qoʻying tumor, koʻzmunchiq. Onasiga boʻlsin ovunchoq, Bolalarga bering dunyoni. Kitob bilan oshino etib, Oshirmang koʻp haddidan oʻtib. Kelajagi turibdi kutib, Bolalarga bering dunyoni. Ular borki, uyimiz bozor, Mehr koʻrgan bermaydi ozor. Har toʻkisda bitta hikmat bor, Bolalarga bering dunyoni. Goʻzal gullar oʻssin chamanda, Sodiq boʻlib ona vatanga. Indaallo... Gap shudir, dangal, Bolalarga bering dunyoni! ✍Goʻzal Gʻayvullayeva @guncha_jurnali
Quyosh haqda suhbat ... - Nimaga ko'p qo'l-nuri? Kim shay javob berishga? - Uyqudan barvaqt turib, Shabnamlarni terishga. "Yozgi taassurot" Xursandman barcha oydan. Kunlar maroqli o'tdi. Miriqib Falchasoyda Cho'mildim. Baliq tutdim. Yozgi tong Shabadadan ko'nglim chog'. Joyim-naqshin so'rida. Boshqacha ko'rinar bog', Yangi kunning nurida. Omadli xarid Bozorda shoshmay yurib, Yurib. Guldor naqshini ko'rib, Ko'rib. Ma'qul topishdi dadam Birin. ... Xarid omadli: qovun Shirin! Soya bilan jimlik Issiq. Band uzgani Sariq barg shoshar. Yozgi jazirama Haddidan oshar. Diqqanafas dimlik Kuchaygan jog'da Soya hamda jimlik Ovutar bog'da. Zafar ISOMIDDIN t.me/Adabiyotchi_Bolajon
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
📚 1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg‘alari”ni yetkazish boshlandi Yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida 1-sinfga qabul qilinayotgan bolajonlar uchun mo‘ljallangan “Prezident sovg‘alari”ni hududlarga yetkazish jarayonlari boshlandi. Bu yil mamlakatimiz bo‘yicha 795 mingdan ortiq bola ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘yishi rejalashtirilgan. Ular uchun tayyorlangan sovg‘a to‘plamiga maktab sumkasi hamda o‘quv jarayonida zarur bo‘ladigan 12 turdagi o‘quv qurollari kiritilgan. “Prezident sovg‘alari” barcha hududlarga bosqichma-bosqich yetkazilib, “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlaridan so‘ng tantanali ravishda o‘z egalariga topshiriladi. Sovg‘alar davlat maktablari bilan bir qatorda nodavlat va boshqa vazirlik hamda idoralar tasarrufidagi maktablarning 1-sinf o‘quvchilariga ham beriladi. 🎒 Har bir bolajonning ilk maktab kuni quvonch va unutilmas taassurotlarga boy bo‘lsin! @guncha_jurnali
#suyunchi “Suyunchi” loyihasining 19-soni bolalar yozuvchisi Tozagul Jumanovaning “Sehrli kitob” hamda bolalar adibasi Munira Abdushukurovaning “Mehmondo’st bola” kitoblariga bag‘ishlandi. Loyiha boshlovchilari: Nargiza Asadova, Hulkar Sherzodova Operator va montajchi: Jasur Tursunov
NECHA DARAJA “Qilig‘ing juda sovuq”, Koyir ukasin Egam. Hazillashib der Sodiq “Necha daraja ekan?” BOYQUSH Qiziq, nega odamlar Uni boyqush degan-a: Bir ko‘rsaydim uyasin, Nimalar bor ekan-a? CHILDIRMA Qichqirib aytar gapi Faqat: “bak-baka-umbang” Shuni ham aytmas, uni Tarsakilab turmasang. KO‘ZOYNAK Bunchalar taltayishni Kim qo‘yibdi, kim, unga. Ushlab ikki quloqdan Chiqvolgan u burunga?! MASLAHAT Omon dedi O‘ktamga: “Bu fe’lingni tuzatgin. Naql bor-ku, ko‘rpangga Qarab oyoq uzatgin. ARCHA O, san’atkor tabiat, Senga ta’zim qilaman. Shunday ajib bir daraxt Yaratibsan... ninadan. JIRAFA Bunchalar bo‘yni uzun Jirafa deganlarin, Qachon yetib borarkin Qorniga...yeganlari. Dilshod RAJAB @guncha_jurnali
без подписи
без подписи
🌍 Bir Vatan, bir millat, bir yurak! ❤️ “Vatandoshlar” jamoat fondi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi hamkorligida tashkil etilgan ma'rifiy loyihada dunyoning 14 ta davlatidan kelgan 250 nafarga yaqin yosh vatandoshlar ishtirok etmoqda. 7–14 yoshli bolajonlar bugun o‘z ildizlari, ona Vatani va milliy qadriyatlari bilan yanada yaqinroq tanishish imkoniga ega bo‘lmoqda. 🇺🇿 “Bir Vatan, bir millat, bir yurak” shiori ostida o‘tayotgan loyiha joriy yilning 22-iyulidan 3-avgustiga qadar Toshkent viloyatidagi “Yangi Oʻzbekiston” bolalar yozgi dam olish oromgohida bo‘lib o‘tmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi — xorijdagi yosh vatandoshlarni Oʻzbekiston bilan yaqindan tanishtirish, ularning ma'naviy rishtalarini mustahkamlash, o‘zbek tili, tarixi va madaniyatiga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda turli mamlakatlarda istiqomat qilayotgan tengdoshlari o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik muhitini shakllantirishdir. @guncha_jurnali
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи