Halovat
Статистика📗 Ilm olishga targ'ibot; 👩🏫 Kitob o'qish uchun motivatsiya; 🌄 Qalb halovati; 🗿 Shaxsiy blog...
- Последний пост
- 31 авг. 2025 г.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Fildek kuching boʻlsa ham mul boʻlib koʻrin, Moling oshib toshsa ham qul boʻlib koʻrin. Hammani aybini koʻrganig holda, Hech narsa koʻrmagan koʻr boʻlib koʻrin. Pahlavon Mahmud
Himoya qilishi kerak bo'lgan inson ozor bersa, qalbda katta jarohat qoldiradi! Himoyangiz ostidagilarga e'tiborli va g'amxo'rroq bo'ling! O'ylamay qilingan e'tiborsizlik, zulm, hattoki befarqlik bir insonning butun hayotiga tatimli " salbiy " xotiralari bilan yashashiga majbur qilishi mumkin...
Bugun menga onalik maqomini bergan, men bilan birga ulg'aygan, judayam aqlli, biyron, mehribon, qalbimning eng qaynoq jabhasi Katta qizim Sumayyamni tug'ilgan kuni.... 6 yil... Vaqt uchib o'tdi... Bugun ona bo'lganimga roppa rosa olti yil bo'libdi.... Onalar farzandini judayam judayam yaxshi ko'rishadi. Ammo Sumayyamni yaxshi ko'rishdan-da ustunroq ko'raman... Eng baxtli hayotingda, sevgan insonlaring ardog'ida, yaxshi ko'rgan kasbingda, hamisha odobing bilan, samimiyating bilan yasha qizim! Sendan faqat va faqat faxrlanay! Ummatning ilmini ko'taradigan ilm ham so'rayman senga! Baxtimga boshing omon bo'lsin! Ikki dunyoda saodatingni ko'raylik. Sendayin farzandga onaligim — Saodatim.... Tug'ilgan kuning bilan... Qachondir bu nomamni o'qiysan, bilaman. Qalbimdan chiqqanlari qalbingga boradi! Hali sen bilan qiladiganlarimiz, erishadiganlarimiz ko'p! Allohim umriginagga baraka bersin, bolajonim🌸
Jamiyatlarda zulmning sababi pulda emas, zulmning sababi — pulga o'chlikda💰
Bu taqinchoqni Sumayya qizim menga yasab bergan) Har kuni ketishimizda qo'limga taqib qo'yadi. Kiyimimga tushadimi, yo'qmii farqi yo'q😁 Nikoh uzugimday doim taqib yurishim kerak. Halal berib ishda bir kuni yechib shu bilan sumkamda qolib ketibdi. Bog'chadan olishim bilan qo'limni tekshirdi. Qarasa, yo'q)) 1 hafta arazlab olib qo'yib, keyin taqib yurin, yechmen deb qayta taqib qo'ydi🙃 ✨ Insonda qiziq bir hislat bor: Birovga chin dildan bergan hadyasini ishlatayotganini, undan foydalanayotganini ko'rib judayam xursand bo'ladi. Sizda ham bergan hadyangizni ishlatishganda judayam xursand bo'lish vaziyatlari bo'lib turadimi? Shaxsan men o'zim ham bu narsaga jiddiy qararkanman. Yaqinlarim bilan ko'rishsam, uchrashsam, albatta, aynan shu inson bergan hadyadan mazza qilib foydalanayotganimni bildirib qo'yaman) Rosa xursand bo'lishgani ko'zlaridan bilinadi🥰
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Shu rasmdagi hamma sho'xliklarni qilgan ekanman)) Qo'shnining gilosini ertalab 4 da uyg'onib yugurgani chiqdik deb mahalladagilar bilan uzib olish; Qo'shni mahalladagi qizlarga yo'lto'sarlik qilib do'konga o'tishlariga bermaslik; Mahallalararo yugurish musobaqasi uyushtirish; Tortishib qolgan qo'shni qiz uyi devoriga "jinni" deb o'tlardan chizib ketish; Jismoniy tarbiya fakultetida o'qiydigan talaba qo'shni ijarachi qizlarga qo'shilib Xo'jakent tog'lari bo'ylab sayrga qochib ketish; Dadam majburlab ishlattirgan Paynet, do'konlarimizda ustiga rosa pul qo'shib qimmmmaaaatga sotish; Akamni uyg'otolmasam, qochishga eshiklarni tayyor qilib ochib, tayyorlab, Bir kosa suvni sepib qochib, hovlini 3,4 martta orqamdan quvdirib aylantirish.... Ehheee... Shunaqa qiz bo'lgan ekanman, o'ylab qarasam))) Bolaligimni sog'inaman.... Eng ko'p bilasizmi, nimani qo'msayman??? Onamning yoshligini🥹
видео или голосовое, без подписи
Ilm olish, izlanish, tadqiq etish, ilmda va ilmlilar ichida bo'lish kishiga o'zgacha nash'a beradi... Navbatdagi doktorlik ishi himoyasidaman... 👉 Mavzu: Afg'onistonda o'zbek tilining qo'llanilishi Judayam qiziq va foydali ish bo'libdi....Tez orada shu minbarda men bo'laman... Oz qoldi... Muvaffaqiyatlar yaqin🤗
Hayotdagi oliy maqsad — sizga eng yoqimli ishlarga qarab emas, mushkullariga oson sabr qila oladigan ishlarga qarab belgilansa to'g'ri bo'larkan... Nima deysiz shunga? Oliy maqsadingiz bormi?!
☑️ Kitob insonni bilimli qiladi, mehnat insonni aqlli qiladi! Hamma kitob o'qigan inson ham aqlli emas! O'zingiz va farzandlaringizni mehnatga o'rgating....
Doim o'zimga aytadigan ajoyib motivatsiyam bor: Yo yaxshi bo'ladi, yoki yaxshilikka bo'ladi! Agar yaxshi bo'lmasa, yaxshi bo'lishga majbur qilaman! Baxtni esa ortimdan quvdirib, mendan qochganiga pushaymon etaman 😄😌 Shuning uchun baxtga, omadga, muvaffaqiyatga ayting, mendan qochishga urinmasin) Qochganlari tezda tutib olinib, jazolanishga muqarrar...😜
✨ Sevilgim keladi o'zim sevganday, Ishongim keladi ishonchlarimdek, Kuydirsam bir o'zim lov yonganimday, Ovutilsam hech yo'q ovunchlarimdek... ✨ Yordan kuymadim men baxtdan masrurman, Tirnoqqa ham hech zor qilmadi Egam, Qoliplarga sig'mas, bitmas g'ururman, Yo g'urur bo'lganmi, bilmam enagam... ✨ Imkonsiz degichni tan olmas aqlim, "Qilma" "qo'y" "voz kech" ni tushunolmayman, Balki tabiatim, balki bu haqqim Eplayolmaslikka ishonolmayman... ✨ Onam olov qilib tuqqanmi meni, Qayda haqsizlikni ko'rsam, kuydirdim. Yoki zilzilaman, intihom qanii!? Ming parcham ming yerda sochilgan, tuydim... ✨Bu qalb ko'nmayapti, ko'ndirib bering, Ichimdan to'fonlar, vulqonlar oqsa. So'zimni kes-keslab do'ndirib bering, O'zimdan tashqari hammaga yoqsa... ✨Isyonga yo'ymang bu g'alayonlarim, Bir joyda turolmas, injiq ruhim bor. Xayr talab qilsa ehh, tug'yonlarim, "Ishonaman" degan bitta so'zga zor.... 24.08.2025 23:54 Dilafruz
O'zingni yomon ustoz deb bilish judayam maroqli😅 — E'tirof etishsa sevinasan) — Yomonlashsa, ta'sir qilmaydi ...😄
Insonlarning kimningdir qadrlash, alohida hurmatlashlari uchun aynan bir xil sanani tanlashlari, menimcha, o'ta nisbiy.... Nega aynan bir inson tug'ilgan kunidagina qadrlanishi, boringki, sovg'alar olishi, shirin gaplar va go'zal tilaklar eshitishi kerak!? Axir, yaqinlarimizga sababsiz sovg'a berish, yaxshi ko'rishimizni aytish, ko'ngillarini ko'tarish uchun aynan tug'ilgan kunni kutish shart emas-ku!... Ota-ona, jigarlar, farzand, turmush o'rtoq, do'stlarimiz — bari g'animat! Ayollarni faqat ayollar bayramidagina e'zozlash, qadrlash qanchalik yaxshi holat!? Ustozlarni eslash, ehtirom ko'rsatish uchun 1-oktabrni kutish shartmikin!? O'tgan inson faqat o'sha sanada xotirlanadimi!? Xullas, har daqiqa g'animat! Zero baxt sizga berilganda emas, siz ulashganda "mazaliroq" tuyuladi... Bera oladiganlarimiz judayam judayam bisyor: Mehr, e'tibor, sevgi, vafo, qadr, shirin so'z, kechirim, samimiyat.... Yaqinlarimizni vaqtimiz bo'lganida emas, hali vaqtlari borida qadrlaylik💚