HamKitob
СтатистикаHam adabiyot, ham kitob, ham she‘r, ham taqriz, ham fikr... Hammasi shu yerda. Ich-ichingdagi evrilishlarni anglash uchun ham o‘qi... Ozoda
- Последний пост
- 16 мар. 2025 г.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 45
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Maktab paytlarim hozirgiga qaraganda kitoblarni tez o‘qib tugatardim. Birini tugatib bo‘liboq boshqasini boshlardim. Hozirgichalik tushunib o‘qimagan bo‘lsam ham juda ajoyib damlar edi, zavqi ham o‘zgacha... O‘shanda o‘qigan kitoblarim haqida suhbatlashadigan bor yo‘g‘i ikki inson bo‘lardi. Biri dugonam, biri sinfdoshim. Taassurotlarimni doim shu ikkisi bilan baham ko‘rardim. Keyin nimadir bo‘ldi-yu, suhbat yetarli emasday tuyula boshladi. Yozishim kerak edi. Keyin bir kanal ochib yoza boshladim, lekin o'chirib yubordim. Vaqt o‘tib avvalgi Yabanci, hozirgi @stoik_kundaligi kanallari egasi Samandar boshlagan #21kun21hikoya heshtegi ostidagi chellenjga qatnashish bahonasida yana qaytadan kanal ochdim, @HamKitob'ni. Bu yerga o‘qiganlarim haqida yozarkanman (qanaqaligidan qat‘iy nazar), nazarimda, hech narsa yo‘qotmadim, aksincha ko‘p narsa topdim, yaxshi insonlarni uchratdim. Umuman olganda, shu yerda bo‘lganingiz uchun barchangizdan minnatdorman, yaxshilar. Qachondir kitoblar haqida qaytadan yozishni boshlarman, bilmadim. Ammo hozir oldingidek kitobni faqat o‘qishni va ora-orada uni shunchaki zo‘r asarligini aytib, o‘qib ko‘r, deb qo‘yishnigina istayman, xolos. Xullas, noma‘lum muddatga xayr. Sizga esa yoqimli mutolaa, yaxshilar. Ozoda
Borgan sari o‘qilgan asarlar haqida yozish qiyinlashyapti.
#kitobdan O‘tmish to‘g‘risida hadeb bo‘lmag‘ur savollar berishni bas qilasizmi, yo‘qmi? G‘ashimni keltiryapti! Qachon! Qachon! Ajoyib kunlarning birida, endi ko‘nglingiz to‘ldimi? Boshqa kunlarga o‘xshagan ajoyib kunlarning birida u kar bo‘lib qoldi, ajoyib kunlarning birida men ko‘r bo‘lib qoldim. Ajoyib kunlarning birida biz kar bo‘lib qolamiz. Ajoyib kunlarning birida biz tug‘ilganmiz, ajoyib kunlarning birida o‘lamiz. Bir kuni, bir lahzada, shu javobim sizga yetarlimi? Hayot va o‘lim egizak, ko‘z ochib-yumsang kun, keyin esa yana tun. Semyuel Bekket "Godoni kutib"
#poeziya Osmonga termildim termildim etilmadim afv yog‘ilmadi egnimni shalabbo qilib sen bitgan xatlar nega Xudo kabi sen ham bildirmay qo‘yding mavjud ekaning. Men baribir ishondim asradim qalbimda nomlaringizni sig‘indim o‘tindim kutdim... istadim vaqt ortga qarab surilib borsa yetsam yana senga yetsam Xudoga. Biroq qara bu oqshom bu qora osmon shu nam bolish shu qadrsiz satr yana chirmovuqdek sochimga o‘rlashgan iblisdan boshqa hech vaqom yo‘qdir. Anif
видео или голосовое, без подписи
#mutolaa Siz qaysi kitob bilan, yaxshilar?
#kitobdan Men yo‘lda davom etgan yagona odam edim. Lekin ich-ichimdan muzlab qolganimni keyin angladim. Odam yoqtirib qolganda qanday hodisalar sodir bo‘larkin, qiziq? Aytishlaricha, vujudida kapalaklar qanot qoqib, tomirlaridagi qon gazlangan suvdek ko‘piradi. Ehtimol, o‘zim nimani his qilayotganimni tushunmaganim uchun unga bu haqda bir og‘iz ham gap ochmagandirman. Xayolga erk berishning nimasi yomon? Axir hali sevgi nimaligini o‘zim ham yaxshi bilmasam. Bu, balki, qornimdagi og‘riqdandir? Oskar, ba‘zida qo‘rquvga chap berib harakat qilishga to‘g‘ri keladi, – dedi buvim. Chunki qay biri ko‘proq ahmoqgarchilikligini bilmaysan. Sevgini tan olib, rad javobini eshitishmi yoki jur‘at etolmaslikmi?!. Orzungga oshiq bo‘l. Izlayotgan savollaringga javob o‘zingda. Tushda haqiqiy hayotda bo‘lgani kabi hamma narsa bo‘lishi mumkin. Endi bari o‘zgacha. Hamma narsa o‘zgargan. O‘rindiqda yolg‘izlik bilan yolg‘iz dardlashayotgandek edim. O‘zimni dunyodagi yagona mavjudot singari his qila boshlagandim. Shu sovuqda yolg‘izlik bilan uyga qaytamanmi? Muhabbat deganlari shu ekan-da... Lekin ko‘ksimda kapalaklar qanot qoqmasdi. Odamlar bu tuyg‘uni har xil va turlicha his qiladi. Ichimdagi tuyg‘ular naqadar tushunarsiz?!. Qachonlardir men ham haligi bolalardek to‘p ketidan yugurardim. Hozir esa xohishim yo‘qroq. Endi, umuman olganda, hammasi o‘zgacha. Hammasi... Tuyg‘ularni izhor etishdan cho‘chima... Lekin xayolan boshqa insonni izlayapman. Cherstin Lundberg Xan "Baxt pechenyesi"
#longread Tushda haqiqiy hayotda bo‘lgani kabi hamma narsa bo‘lishi mumkin. ©️Cherstin Lundberg Xan "Baxt pechenyesi" Kitob nafaqat bolalar, umuman kattalar haqida ham. O‘xshashlikni sevadigan, o‘xshashlikka intiladigan, har qanday noo‘xshashlikni jinoyatdek, gunohdek qabul qiladigan insoniyat... Atrofdagilardan farq qiladigan bir jihating bormi, uni payqab qolishdimi, senga boshqacha munosabatda bo‘lishni boshlashadi. Seni telbaga, ahmoqqa chiqarishadi va buning ta‘sirida beixtiyor ulardan uzoqlashib ketganingni sezmay ham qolasan. Jamiyatdan siqib chiqarilasan. Kimdir shu siqib chiqarilishdan qo‘rqib, o‘zgachalikdan qochsa, kimdir o‘z o‘zgachaligidan zavqlanib, yo‘lida yolg‘iz davom etadi. Qachondir baxtli yakunlanadigan ertakka ehtiyoj sezsangiz, "Baxt pechenyesi"dan tatib ko‘ring. Ozoda @HamKitob
#ģazal Ul qaro ko‘z ko‘zlariga surma bejo tortadur, Balki andin dahr eli ortuqcha g‘avg‘o tortadur. Qoshlari ostida go‘yo ikki fatton ko‘zlari, Ikki hindu bachchadurkim, yondashib yo tortadur. Telbalanmish zulfini savdosidin devonalar, Qayg‘a borsa o‘lturib yerg‘a, chalipo tortadur. Jon ila ko‘ngul taloshur, ey sanam, dardu g‘aming, Birni sol ko‘nglumg‘a kim, jon birni tanho tortadur. Kokilingdin bo‘y olgan bog‘ning tuprog‘idur, Bog‘bon sotmoqqa doim mushku soro tortadur. Ne bilur Yusuf ki, nozu husn ila mag‘rurdur, Ul qadarkim, ishq dardini Zulayho tortadur. Ishqni pinhon tutarg‘a bo‘lma shaydoyi ko‘ngul, Mushk pinhon bo‘lsa, bo‘yi oshkoro tortadur. Charxi kajraftorning bir shevasidin dog‘man, Ayshni nodon surub, kulfatni dono tortadur. Sorig‘ oltun kasrati ko‘ngulni aylaydur qaro, Chunki safro bo‘lsa g‘olib o‘zga savdo tortadur. Bulhavaslar torta olmas, nozaninlar nozini, Furqatiydek bekasu sho‘rida rasvo tortadur. Furqat
Avvallari kitoblar jahon adabiyoti, o‘zbek adabiyoti, psixologiya, shaxsiy rivojlanish... degan bo‘limlarda ajratib qo‘yilardi.
"muqovamisan muqova"
#mutolaa Nomiga uchdim. Muqovasigayam.
O‘lmas Umarbekov va Chingiz Aytmatovning asarlaridan bu yaqin orada o‘qimasam kerak endi. P.s. Hozircha 2ta bo‘ldi. Bu ro‘yxat uzaymaydi deb umid qilaman.
Tugadi. Negadir asar juda jo‘n tuyuldi. Mavzusi menga tanishligiga shunaqami desam, avval men o‘qigan kitoblarda ham o‘xshash va tanish mavzular bo‘lgan. Menimcha, hamma gap tasvir oddiyligida. Ba‘zi asarlar bo‘ladi – oddiy tilda yozilsa ham o‘quvchi uni his…
#mutolaa
#mutolaa
Buklab qo‘yilgan sahifalar, ostiga chizilgan, bo‘yab tashlangan, kitobning bir chetiga qayd qilingan jumlalarni qayta ko‘zdan kechirish – o‘zgacha tuyg‘u. Ayniqsa, kitob ancha vaqtdan keyin ochilsa, "Buni nega belgilaganman, buni nima uchun belgilamaganman", – degan savollar qiynasa...
#kitobdan Zero, sizlarning munkillab qolgan jamiyatingiz uchun eng muhimi odob saqlash... Qayg‘u uni tarbiyaladi. Abadiy farog‘at yoki jahannamda mum qaynab turgan qozondagi abadiy qiynoqqa nisbatan oltmish yillik sinov nima degan gap? Ularga bu xavf go‘zal bo‘lib ko‘rinardi, lekin mening atrofimni o‘rab turgan narsalarning naqadar jirkanchligini o‘zimdan bo‘lak kim ham tushuna olardi deysiz? Sal narsagayam og‘zi qulog‘iga yetadigan kishidan durustroq odam chiqadi deysizmi? Nari borsa rassom bo‘ladi-da. Men musiqani, tasviriy san‘atni sevaman. Yaxshi kitob – men uchun katta bir voqea. Mening butun siyosatim ana shu. Bu g‘alati ziddiyat – xudojo‘ylik va ozodlikka bo‘lgan muhabbatning bir kishida mujassamligi uni juda hayratga solmoqda edi. Zero, inson ko‘ngil ochishni bilmog‘i kerak. Hayotimning har bir kuni kechagi kunning bema‘ni takrori bo‘lmasligi kerak. Aynigan va diqqinafas asr! Siyosat – bu adabiyot bo‘yniga bog‘langan xarsangtoshdir, – oradan yarim yil o‘tmasdanoq u badiiy asarni g‘arq etadi. Fantaziya to‘qimasi orasiga siyosatni suqish – konsert paytida to‘pponchadan o‘q uzish bilan barobar. Bu yurakni yoradigan tovush, albatta, lekin unda hech qanday ta‘sirchanlik bo‘lmaydi. U hech qanday musiqa asbobiga mos tushmaydi. Siyosat o‘quvchilarimning yarmisini ranjitadi, qolgan yarmisiga esa juda zerikarli bo‘lib ko‘rinadi, zero, ular ertalab gazetada o‘qiydigan narsalar ancha qiziqroq va o‘tkirroq bo‘ladi... Hatto, chamasi, "muhabbat" so‘zi dilimdagi tuyg'uni to‘la anglata olmasa kerak. Seni shu qadar sevamanki, menimcha, faqat Xudoga nisbatan shunday tuyg‘u his etish mumkin: bunda hammasi bor – sajda qilish ham, sevgi ham, itoat ham. Ochig‘ini aytsam, sening sevging meni ne ko‘ylarga solishini hatto o‘zim ham tushunmayman... Kelajakda bizni butunlay tartibsizlik kutmoqda. Men haqiqatni sevardim... Lekin qani u?.. Hamma yoqda faqat riyokorlik yoki eng kamida, firibgarlik, hatto eng diyonatli, eng ulug‘ odamlar ham bundan mustasno emas. Yo‘q, inson insonga ishona olmaydi. Kim bilsin? Ehtimol, biz o‘limimizdan keyin ham biror narsani his etarmiz? Stendal "Qizil va qora"
#mutolaa Stendal "Qizil va qora"
#kitobdan Eh, afandim! Roman – bu katta yo‘ldan ko‘tarib borayotgan ko‘zguning o‘zginasi-ku, axir. U sizga goh lojuvard osmonni, goh iflos ko‘lmak va do‘ngliklarni aks ettirib ko‘rsatadi. Bir odam inqillab-sinqillab katta ko‘zgu ko‘tarib boryapti, siz esa bu odamni axloqsizlikda ayblaysiz! Uning ko‘zgusi iflos narsalarni aks ettiradi, sizlar esa ko‘zgudan o‘pkalaysizlar! Undan ko‘ra hamma yog‘ini iflos ko‘lmaklar bosib yotgan o‘sha katta yo‘ldan o‘pkalanglar, yanayam yaxshirog‘i esa – yo‘lda axlat yig‘ilishiga va unda ko‘lmaklar hosil bo‘lishiga imkon bergan yo‘l noziriga ayb qo‘yinglar. Stendal "Qizil va qora"