tgindex

HamKitob

описание

Ham adabiyot, ham kitob, ham she‘r, ham taqriz, ham fikr... Hammasi shu yerda. Ich-ichingdagi evrilishlarni anglash uchun ham o‘qi... Ozoda

124
подписчиков
Охват к подписчикам
485,5%
ERR
Реакции к просмотрам
0,00%
0 на 45 постов
Пересылки к просмотрам
0,36%
79
Постов в день
0,0
всего 45

Где отзываются чаще

доля реакций к просмотрам
  • 16 мар. 2025 г.Maktab paytlarim hozirgiga qaraganda kitoblarni tez o‘qib tugatardim. Birini tugatib bo‘liboq boshqasini boshlardim. Hozirgichalik tushunib o‘qimagan bo‘lsam ham juda ajoyib damlar edi, zavqi ham o‘zgacha... O‘shanda o‘qigan kitoblarim haqida suhbatlashadigan bor yo‘g‘i ikki inson bo‘lardi. Biri dugonam, biri sinfdoshim. Taassurotlarimni doim shu ikkisi bilan baham ko‘rardim. Keyin nimadir bo‘ldi-yu, suhbat yetarli emasday tuyula boshladi. Yozishim kerak edi. Keyin bir kanal ochib yoza boshladim, lekin o'chirib yubordim. Vaqt o‘tib avvalgi Yabanci, hozirgi @stoik_kundaligi kanallari egasi Samandar boshlagan #21kun21hikoya heshtegi ostidagi chellenjga qatnashish bahonasida yana qaytadan kanal ochdim, @HamKitob'ni. Bu yerga o‘qiganlarim haqida yozarkanman (qanaqaligidan qat‘iy nazar), nazarimda, hech narsa yo‘qotmadim, aksincha ko‘p narsa topdim, yaxshi insonlarni uchratdim. Umuman olganda, shu yerda bo‘lganingiz uchun barchangizdan minnatdorman, yaxshilar. Qachondir kitoblar haqida qaytadan yozishni boshlarman, bilmadim. Ammo hozir oldingidek kitobni faqat o‘qishni va ora-orada uni shunchaki zo‘r asarligini aytib, o‘qib ko‘r, deb qo‘yishnigina istayman, xolos. Xullas, noma‘lum muddatga xayr. Sizga esa yoqimli mutolaa, yaxshilar. Ozoda0,00%
  • 11 мар. 2025 г.Borgan sari o‘qilgan asarlar haqida yozish qiyinlashyapti.0,00%
  • 10 мар. 2025 г.#kitobdan O‘tmish to‘g‘risida hadeb bo‘lmag‘ur savollar berishni bas qilasizmi, yo‘qmi? G‘ashimni keltiryapti! Qachon! Qachon! Ajoyib kunlarning birida, endi ko‘nglingiz to‘ldimi? Boshqa kunlarga o‘xshagan ajoyib kunlarning birida u kar bo‘lib qoldi, ajoyib kunlarning birida men ko‘r bo‘lib qoldim. Ajoyib kunlarning birida biz kar bo‘lib qolamiz. Ajoyib kunlarning birida biz tug‘ilganmiz, ajoyib kunlarning birida o‘lamiz. Bir kuni, bir lahzada, shu javobim sizga yetarlimi? Hayot va o‘lim egizak, ko‘z ochib-yumsang kun, keyin esa yana tun. Semyuel Bekket "Godoni kutib"0,00%
  • 8 мар. 2025 г.#poeziya Osmonga termildim termildim etilmadim afv yog‘ilmadi egnimni shalabbo qilib sen bitgan xatlar nega Xudo kabi sen ham bildirmay qo‘yding mavjud ekaning. Men baribir ishondim asradim qalbimda nomlaringizni sig‘indim o‘tindim kutdim... istadim vaqt ortga qarab surilib borsa yetsam yana senga yetsam Xudoga. Biroq qara bu oqshom bu qora osmon shu nam bolish shu qadrsiz satr yana chirmovuqdek sochimga o‘rlashgan iblisdan boshqa hech vaqom yo‘qdir. Anif0,00%
  • 6 мар. 2025 г.без подписи0,00%
  • 6 мар. 2025 г.#mutolaa Siz qaysi kitob bilan, yaxshilar?0,00%
  • 6 мар. 2025 г.#kitobdan Men yo‘lda davom etgan yagona odam edim. Lekin ich-ichimdan muzlab qolganimni keyin angladim. Odam yoqtirib qolganda qanday hodisalar sodir bo‘larkin, qiziq? Aytishlaricha, vujudida kapalaklar qanot qoqib, tomirlaridagi qon gazlangan suvdek ko‘piradi. Ehtimol, o‘zim nimani his qilayotganimni tushunmaganim uchun unga bu haqda bir og‘iz ham gap ochmagandirman. Xayolga erk berishning nimasi yomon? Axir hali sevgi nimaligini o‘zim ham yaxshi bilmasam. Bu, balki, qornimdagi og‘riqdandir? Oskar, ba‘zida qo‘rquvga chap berib harakat qilishga to‘g‘ri keladi, – dedi buvim. Chunki qay biri ko‘proq ahmoqgarchilikligini bilmaysan. Sevgini tan olib, rad javobini eshitishmi yoki jur‘at etolmaslikmi?!. Orzungga oshiq bo‘l. Izlayotgan savollaringga javob o‘zingda. Tushda haqiqiy hayotda bo‘lgani kabi hamma narsa bo‘lishi mumkin. Endi bari o‘zgacha. Hamma narsa o‘zgargan. O‘rindiqda yolg‘izlik bilan yolg‘iz dardlashayotgandek edim. O‘zimni dunyodagi yagona mavjudot singari his qila boshlagandim. Shu sovuqda yolg‘izlik bilan uyga qaytamanmi? Muhabbat deganlari shu ekan-da... Lekin ko‘ksimda kapalaklar qanot qoqmasdi. Odamlar bu tuyg‘uni har xil va turlicha his qiladi. Ichimdagi tuyg‘ular naqadar tushunarsiz?!. Qachonlardir men ham haligi bolalardek to‘p ketidan yugurardim. Hozir esa xohishim yo‘qroq. Endi, umuman olganda, hammasi o‘zgacha. Hammasi... Tuyg‘ularni izhor etishdan cho‘chima... Lekin xayolan boshqa insonni izlayapman. Cherstin Lundberg Xan "Baxt pechenyesi"0,00%
  • 6 мар. 2025 г.#longread Tushda haqiqiy hayotda bo‘lgani kabi hamma narsa bo‘lishi mumkin. ©️Cherstin Lundberg Xan "Baxt pechenyesi" Kitob nafaqat bolalar, umuman kattalar haqida ham. O‘xshashlikni sevadigan, o‘xshashlikka intiladigan, har qanday noo‘xshashlikni jinoyatdek, gunohdek qabul qiladigan insoniyat... Atrofdagilardan farq qiladigan bir jihating bormi, uni payqab qolishdimi, senga boshqacha munosabatda bo‘lishni boshlashadi. Seni telbaga, ahmoqqa chiqarishadi va buning ta‘sirida beixtiyor ulardan uzoqlashib ketganingni sezmay ham qolasan. Jamiyatdan siqib chiqarilasan. Kimdir shu siqib chiqarilishdan qo‘rqib, o‘zgachalikdan qochsa, kimdir o‘z o‘zgachaligidan zavqlanib, yo‘lida yolg‘iz davom etadi. Qachondir baxtli yakunlanadigan ertakka ehtiyoj sezsangiz, "Baxt pechenyesi"dan tatib ko‘ring. Ozoda @HamKitob0,00%
  • 5 мар. 2025 г.#ģazal Ul qaro ko‘z ko‘zlariga surma bejo tortadur, Balki andin dahr eli ortuqcha g‘avg‘o tortadur. Qoshlari ostida go‘yo ikki fatton ko‘zlari, Ikki hindu bachchadurkim, yondashib yo tortadur. Telbalanmish zulfini savdosidin devonalar, Qayg‘a borsa o‘lturib yerg‘a, chalipo tortadur. Jon ila ko‘ngul taloshur, ey sanam, dardu g‘aming, Birni sol ko‘nglumg‘a kim, jon birni tanho tortadur. Kokilingdin bo‘y olgan bog‘ning tuprog‘idur, Bog‘bon sotmoqqa doim mushku soro tortadur. Ne bilur Yusuf ki, nozu husn ila mag‘rurdur, Ul qadarkim, ishq dardini Zulayho tortadur. Ishqni pinhon tutarg‘a bo‘lma shaydoyi ko‘ngul, Mushk pinhon bo‘lsa, bo‘yi oshkoro tortadur. Charxi kajraftorning bir shevasidin dog‘man, Ayshni nodon surub, kulfatni dono tortadur. Sorig‘ oltun kasrati ko‘ngulni aylaydur qaro, Chunki safro bo‘lsa g‘olib o‘zga savdo tortadur. Bulhavaslar torta olmas, nozaninlar nozini, Furqatiydek bekasu sho‘rida rasvo tortadur. Furqat0,00%
  • 5 мар. 2025 г.Avvallari kitoblar jahon adabiyoti, o‘zbek adabiyoti, psixologiya, shaxsiy rivojlanish... degan bo‘limlarda ajratib qo‘yilardi.0,00%
  • 5 мар. 2025 г."muqovamisan muqova"0,00%
  • 3 мар. 2025 г.#mutolaa Nomiga uchdim. Muqovasigayam.0,00%