tgindex
Zafar Khashimov

Zafar Khashimov

Статистика
@HappyZKузбекский

💻 Facebook саҳифам: facebook.com/zkhashimov 📱Instagram саҳифам: goo.gl/gKQmnz ✏️Twitter саҳифам: twitter.com/Khashimov #happinessшунослик

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
3
Всего постов
26
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
6 641
−13 за 3 дн.
Сутки
−2
−0,03%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
6 948
26 постов
Вовлечённость
104,6%
к подписчикам
Постов в день
0,4
всего 26
Упоминаний
3
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 797
1/48двое суток
2 059
1/72трое суток
2 221

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 14 авг.1 80527815

    Билмабман Сизнинг кетишингиз хеч Юргандим бахт нури тўлган маконда, Жудолик фарқламас эртами бу, кеч Устуним қулади Сиз ўтган онда. Армонлар талайдир, афсуслар ғич-ғич, Қанийди бағримга бос(а)олсам бир бор, Вужудим тўлдирар аёвсиз соғинч, Қалбим ўксинади дийдори(нг)зга зор. Уйимизга бугун келди мевалар, Сиз эккан боғларнинг кароматидан, Ховлимизга хушбўй хиди таралар Меҳрли қўллари(нг)з барокатидан. Зафар Шоший 12/08/2026

  • 12 авг.2 026235из SavdovaServisAssotsiatsiyasi

    Tijorat ijarasini biznes uchun qanday qilib yanada adolatli va barqaror qilish mumkin? Bugun O‘zbekiston Savdo va servis uyushmasi O‘zbekiston Advokatlar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda hamda Savdo-sanoat palatasi ko‘magida kichik va o‘rta biznes uchun eng dolzarb masalalardan biri — tijorat ijarasiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazdi. Bu masala, ayniqsa, chakana savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish sohalari uchun muhim. Restoran, do‘kon, salon yoki xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya uchun bino yoki joy — shunchaki kvadrat metr emas. Tadbirkor unga mablag‘ kiritadi, ta’mirlash ishlarini amalga oshiradi, uskunalar o‘rnatadi, ish o‘rinlari yaratadi, mijozlar oqimini shakllantiradi va yillar davomida o‘z biznesining obro‘sini muayyan manzil bilan bog‘laydi. Shu sababli ijara munosabatlaridagi beqarorlik ayrim hollarda biznesning o‘zi uchun ham beqarorlikni anglatadi. Uchrashuv davomida amaliyotda eng ko‘p uchraydigan muammolar muhokama qilindi: 11 oylik qisqa muddatli ijara shartnomalari, ijara haqining norasmiy qismi, ijara stavkasini bir tomonlama oshirishga urinishlar, ko‘chmas mulk egasining o‘zgarishi, ijarachining kiritgan investitsiyalarini himoya qilish, depozitlarni qaytarish, shuningdek, ta’mirlash, rekonstruksiya, kirish yo‘llarining to‘sib qo‘yilishi yoki boshqa holatlar sababli biznes ijaraga olingan obyektdan to‘laqonli foydalana olmaydigan vaziyatlar. Bunda bir jihatni alohida ta’kidlash muhim: bizning maqsadimiz ijarachilarni ko‘chmas mulk egalari bilan qarama-qarshi qo‘yish emas. Sog‘lom ijara bozori — ijarachi yoki ijaraga beruvchidan biri kuchliroq bo‘lgan bozor emas. Bu — har ikki tomon imzolangan shartnoma bajarilishiga ishonch hosil qila oladigan bozor. Uchrashuvda Singapur, Fransiya, Buyuk Britaniya va Germaniya tajribasi ham ko‘rib chiqildi. Ayniqsa, Singapur tajribasi e’tiborga molik bo‘lib, u yerda savdo binolari ijarasi bo‘yicha shaffoflik, majburiyatlarning o‘zaro muvozanati va tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarning barqarorligiga asoslangan maxsus Xulq-atvor kodeksi amal qiladi. Muhokamalar yakunida qator takliflar shakllantirildi. Ular orasida qonunchilikda tijorat ijarasi uchun alohida huquqiy tartibni rivojlantirish, uzoq muddatli shartnomalarni rag‘batlantirish, ijara haqining to‘liq shaffofligini ta’minlash, indeksatsiyaning aniq qoidalarini belgilash, mulkdor o‘zgarganda ijara shartnomasining amal qilishini himoya qilish, ijarachining kelishilgan investitsiyalarini kompensatsiya qilish, obyektdan to‘laqonli foydalanish imkoni bo‘lmagan holatlarda ijara haqini kamaytirish qoidalarini joriy etish hamda ijara nizolarini tezroq hal etish mexanizmini yaratish masalalari bor. Shuningdek, O‘zbekistonning halol tijorat ijarasi kodeksini hamda tomonlar manfaatlarini muvozanatli himoya qiluvchi namunaviy ijara shartnomasini ishlab chiqish g‘oyasi alohida muhokama qilindi. Endilikda tadbirkorlarning real holatlarini to‘plash, sud amaliyotini o‘rganish hamda yuristlar, ijarachilar, ko‘chmas mulk egalari, developerlar va davlat organlari bilan birgalikda ushbu g‘oyalarni aniq takliflarga aylantirish muhim. Chunki yakuniy tamoyil juda oddiy: tadbirkor o‘z mablag‘i, vaqti va obro‘sini halol ravishda investitsiya qilgan joy uning biznesi uchun ishonchli tayanch bo‘lishi kerak — asosiy zaif nuqtasi emas.

  • 11 авг.65,9 тыс127354

    Мухим хабар! https://t.me/soliqnews/20464

  • 5 авг.4 8799434из korzinkanews

    Korzinka sotuvga chiqarilmagan go‘sht mahsulotlarini Andijondagi hayvonlar boshpanasiga topshirdi Korzinka sotuvga chiqarilmagan go‘sht mahsulotlarini Andijon shahridagi "Najot" hayvonlar boshpanasiga beg‘araz topshirdi. Ushbu qaror kompaniyaning mahsulot bilan mas’uliyatli munosabatda bo‘lish hamda sifat va xavfsizlik bo‘yicha yuqori standartlarga rioya qilish tamoyillari asosida qabul qilindi. Joriy yilning 4-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridagi "Navruz Mall" savdo markazida joylashgan Korzinka supermarketida go‘sht mahsulotlarini tushirish jarayoni aks etgan video tarqaldi. Video e’lon qilingach, kompaniya zudlik bilan ichki tekshiruv o‘tkazdi. Tekshiruv natijasida go‘sht mahsulotlarini tushirish va tashish jarayonida kompaniyaning ichki qoidalari buzilgani aniqlandi. Bu mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holat bo‘lib, belgilangan talablarga zid hisoblanadi. "Ushbu holat uchun xaridorlarimizdan chin dildan uzr so‘raymiz. Bunday vaziyat biz uchun mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan holatdir. Ichki tekshiruv yakunlangach, ushbu mahsulot partiyasini realizatsiyadan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qildik. Hayvonlar boshpanalarini qo‘llab-quvvatlash doirasida go‘sht mahsulotlari Andijondagi boshpanaga beg‘araz topshirildi. Shu bilan birga, bunday holatlar takrorlanmasligi uchun ichki nazoratni kuchaytirdik va qo‘shimcha choralarni joriy etdik", — dedi Korzinka supermarketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov. Mahsulotlar sifati va xavfsizligi Korzinka uchun o‘zgarmas ustuvor yo‘nalish bo‘lib qoladi. Kompaniya ichki nazorat jarayonlarini yanada takomillashtirish va mahsulotlar bilan ishlashning barcha bosqichlarida yuqori standartlarga rioya qilishni davom ettiradi. Batafsil: https://korzinka.uz/news/korzinka-donates-withdrawn-meat-products-to-an-animal-shelter?id=9144 Telegram | X | LinkedIn

  • 31 июл.4 65014

    видео или голосовое, без подписи

  • 31 июл.4 76115

    видео или голосовое, без подписи

  • 31 июл.4 81615

    видео или голосовое, без подписи

  • 31 июл.4 58915

    видео или голосовое, без подписи

  • 31 июл.4 63215

    видео или голосовое, без подписи

  • 31 июл.4 51015

    видео или голосовое, без подписи

  • 31 июл.4 47115

    видео или голосовое, без подписи

  • 31 июл.4 3124015из foydaly

    Bir biridan foydali mahsulot narxlari faqat 🥕oydalyda @foydaly #tahlil #анализ

  • 30 июл.4 305144из korzinkauzb

    🎉 500 nafar ishtirokchining har biri 1 000 000 dan bonus oldi! Doʻstlar, biz “Narxiga javob” dasturi doirasidagi aksiya boʻyicha 500 ta maʼqullangan ariza koʻrsatkichiga yetib keldik! Arizalari maʼqullangan barcha 500 nafar ishtirokchi 1 000 000 dan bonus oldi. Shu bilan aksiya oʻz nihoyasiga yetadi ⚡️ 📌 Bugunga qadar yuborilgan boshqa barcha arizalar esa aksiya shartlari asosida koʻrib chiqiladi. Ular maʼqullangach, ishtirokchilarning Korzinka Plus kartalariga narxdagi farqning 10 barobarini oʻtkazib beramiz. Ishtirokchilarning toʻliq roʻyxati va aksiya qoidalari — havolada. Befarq bo‘lmagan barchaga minnatdorlik bildiramiz! Siz bizga narxlarni yanada arzon va hammabop etishga yordam beryapsiz 🫶 Oldinda sizni bundan-da koʻproq qiziqarli aksiyalar va foydali takliflar kutmoqda — oʻtkazib yubormaslik uchun bildirishnomalarni yoqib qoʻying ❤️ Korzinka Bot | Korzinka HR-bot | Korzinka App | Korzinka Go | Korzinka Biznes

  • 30 июл.3 0368

    видео или голосовое, без подписи

  • 30 июл.3 047198из SavdovaServisAssotsiatsiyasi

    Savdo va servis assotsiatsiyasi hamda Uzbek-China Trade Development Association o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandum Savdo va servis assotsiatsiyasi raisi Z.K. Xashimov hamda Uzbek-China Trade Development Association raisi A. Olimxonov tomonidan imzolandi. Mazkur hujjat savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida institutsional hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish hamda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo va xizmatlar yo‘nalishidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan. Memorandum doirasida tomonlar qo‘shma ilmiy-texnik va investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, uskunalarni mahalliylashtirish, forumlar, konferensiyalar va biznes missiyalarini tashkil etish, shuningdek, xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.

  • 30 июл.3 1074

    видео или голосовое, без подписи

  • 30 июл.3 1364

    видео или голосовое, без подписи

  • 30 июл.2 7994

    видео или голосовое, без подписи

  • 30 июл.2 544154из SavdovaServisAssotsiatsiyasi

    O‘zbekiston Savdo va servis assotsiatsiyasi hamda SMITA Sdn. Bhd. o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum O‘zbekiston va Malayziya biznes hamjamiyatlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, savdo va investitsiya aloqalarini kengaytirish, ishbilarmonlikka oid ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, biznes uchrashuvlari, tashriflar, ko‘rgazmalar va xalqaro tadbirlarni tashkil etishda o‘zaro ko‘maklashishga qaratilgan. Ushbu hamkorlik Assotsiatsiya uchun xalqaro yo‘nalishni rivojlantirish hamda savdo, umumiy ovqatlanish, B2C xizmatlari, ta’lim, sog‘liqni saqlash, turizm va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi. Assotsiatsiya bundan keyin ham xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va O‘zbekiston biznesi manfaatlarini tashqi bozorlarda ilgari surish bo‘yicha ishlarni davom ettiradi.

  • 25 июл.5 60416893

    Korzinka тармоғи мана қарийб 30 йил мунтазам ривожланиб келаётган бўлса, бу, албатта, сиз, қадрли ҳаридорларимиз бизга билдирган тилак, савол, таклиф ва шикоятларингизни ижобий йўлда хал қилиш орқали эришилаяпти. Бугун сизларга айнан сўнгги кунларда кенг муҳокама қилинаётган мавзу -чекдаги тафовутлар ҳақида ўз муносабатимни билдирмоқчиман. Аввало, бизга мурожаат қилаётган, хатоларни кўрсатиб бераётган ва бефарқ бўлмаётган барча харидорларга самимий миннатдорчилик билдираман. Ҳар бир мурожаат биз учун муҳим. Ҳар бир ҳолат ўрганилади ва хулоса чиқарилади. Ҳар куни Корзинка дўконларида 500 мингдан ортиқ харид амалга оширилади. Бундай ҳажмда ҳатто кам учрайдиган хатолар ҳам биз учун мутлақо қабул қилиб бўлмайдиган ҳолат. Биз уларга баҳона изламаймиз ва уларни камайтириш учун аниқ чораларни кўряпмиз: электрон нархномаларни босқичма-босқич жорий этиш, маҳсулотларни қабул қилиш ва жойлаштириш жараёнларида назоратни кучайтириш, кассалардаги жараёнларни такомиллаштириш ҳамда ходимлар учун қўшимча назорат ва ўқитиш ишларини олиб бормоқдамиз. Шу билан бирга, бир нарсани алоҳида таъкидламоқчиман. Корзинканинг энг катта бойлиги ҳам, энг катта қадрияти ҳам - бу харидорларимизнинг ишончи. Шу сабабли на компания, васна ходимларимиз бундай ҳолатлардан мутлақо манфаатдор эмас. Бугун Корзинкада 15 минг нафар ватандошимиз сидқидилдан меҳнат қилмоқда. Улар ҳар куни юз минглаб харидорларга хизмат кўрсатмоқда. Мен уларнинг фидокорона меҳнати ҳам адолатли баҳоланишини истардим. Албатта, йўл қўйилган хатолар учун масъулиятни ўз зиммамизга оламиз ва уларни бартараф этишда давом этамиз. Видеода бу ҳақда батафсил гапирдим. Уни томоша қилишингизни ва фикр-мулоҳазаларингизни изоҳларда қолдиришингизни сўрайман. Агар бирор хато ёки камчиликни кўрсангиз, бизга албатта хабар беринг. Айнан сизларнинг фикрларингиз бизни янада яхшироқ бўлишга ундайди. Эътиборингиз учун раҳмат.

Zafar Khashimov — tgindex