INSAN BOOKS | SAMARALI BIZNES QOʻLLANMALAR
Статистика💡Kanalda INSAN BOOKS loyihasining biznes samaradorligini oshiruvchi qoʻllanmalar yoritib boriladi 🧲 Kanalga qoʻyiladigan maʼlumotlar biznes egalari va TOP menejerlar uchun mo'ljallangan 📍Qo'llanmalarga buyurtma berish: @Davron_insanbooks1
- Последний пост
- 25 июл.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 24
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 67
- 1/48двое суток
- 76
- 1/72трое суток
- 82
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
📚 Tez orada nashrda! Sotuv bo'yicha ekspert Davron Abdurashid tomonidan sotuv bo‘limi rahbarlari va sotuvchilar uchun yozilgan yangi amaliy qo‘llanma — "SOTMA, YECHIM BER!" tez orada nashr etiladi. Ushbu qo'llanmada: ✅ E'tirozlarni imkoniyatga aylantirish…
📚 Tez orada nashrda! Sotuv bo'yicha ekspert Davron Abdurashid tomonidan sotuv bo‘limi rahbarlari va sotuvchilar uchun yozilgan yangi amaliy qo‘llanma — "SOTMA, YECHIM BER!" tez orada nashr etiladi. Ushbu qo'llanmada: ✅ E'tirozlarni imkoniyatga aylantirish usullari ✅ Bir martalik mijozni doimiy mijozga aylantirish strategiyalari ✅ Amaliy misollar va real tajribalar ✅ Sotuv natijalarini oshiradigan sinovdan o'tgan metodlar 📖 Sizningcha, qaysi muqova eng kuchli taassurot qoldiryapti? 💬 So'rovnomada 1, 2 yoki 3 raqamini belgilab, o'zingizga yoqqan muqovani belgilang. Fikringiz biz uchun muhim!
🗣️Ванихоят КОДЕКС қўлланмаси бўйича янгилик. Хушхабар десак тўғрироқ бўлади.🎉 Юқоридаги аудиони эшитинг👆 Кодекс қўлланмамиз бизнесда ходимлар бошқарувига тегишли қоидаларни ўз ичига олган ва шу пайтгача 3 мингга яқин тадьиркорлар сотиб олиб фойдаланишди. Энди эса хар бир сохага хос шаклда индивидуал стандартлар тузиб бериш хизматини йўлга қўйдик. Бу хизмат $10 000 дан бошланадиган нархни ташкил қилади. Лекин қуйидаги сохалардан фақат 1 та компания учун жудаям катта чегирма (лигота) эьлон қиляпмиз. Мақсад ўша сохага тегишли кодекс пайдо бўлсин ва кўпчиликка етиб борсин. Агар сизнинг сохангиз қуйидагилардан бирига тўғри келса сиз хам шу имкониятни қўлга киритишингиз мумкин👇 1. Ресторан (умумий овқатланиш) 2. Мехмонхона 3. Клиника 4. Озиқ овқат дўкони 5. Қурулиш моллари дўкони 6. Ўйинчоқ ва кийим кечак дўконлари 7. Дистрибуция 8. Хусусий мактаб 9. Ўқув маркази 10. Мебел ва шунга ўхшаш сохалар Унутманг катта чегирма фақат 1 кишига етади. 🎁 Стандартлар нима беради? Ходимларга боғлиқликни камайтиради. Янги ходимларни мослаштиришни осонлаштиради Тартибга солиш ва назоратни осонлаштиради. Имкониятдан фойдаланиб қолиш учун рўйхатдан ўтинг👇 https://forms.amocrm.ru/rztttzm
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
❗️Agar siz 1 kun ishga chiqmasangiz — biznesingiz ishlaydimi? Ko‘pchilik rahbarlar o'ziga shu savolni berishdan qochadi. Chunki javob yoqimli emas. Agar biznes sizsiz ishlamasa — bu o‘sayotgan tizim emas, bu sizni ichkariga tortib turgan ish joyi. Tizim bo‘lmagan joyda: — qarorlar odamga bog‘lanadi — xodimlar kutadi — rahbar charchaydi 👉 Agar bu savol sizni ichingizdan qitiqlagan bo‘lsa — postni saqlab qo‘ying. Kanal
SIZ UCHUN YANGLIGIMIZ BOR! 🤖 Ko‘pchilik tadbirkorlar KODEKSni xarid qiladi, lekin uni kompaniyada joriy qilishga: - vaqt topa olmaydi - HR tizimini qanday boshlashni bilmaydi - yoki qaysi standartni qayerda ishlatishni tushunmay qoladi. Shu sababli biz sizlar uchun AI Expert hodimlarni tayyorladik. Endi siz: Hodimlaringizni boshqarish uchun kerakli hujjatlar, nizomlar va tizimlarni 10–20 daqiqa ichida o‘z kompaniyangizga moslab tayyorlab olishingiz mumkin. AI expert sizga quyidagilarni tayyorlab beradi: • Nomzodlarni filtordan o'tqazish savollari • Sinov muddati vazifalari va ularni nazorat qilish chek-listi • Har bir hodimingiz uchun ichki nizomlar • lavozim yo‘riqnomalari • motivatsiya va bonus tizimi • kompaniyaga mos boshqaruv standartlari • Sun'iy intelekt boshqaruvchi mentor Ya’ni ilgari oylab oylab qilinadigan ishlarni, endi 20 daqiqada tayyorlab olasiz. AI expert qanday ishlashini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, video obzorni shu kanalda ko‘ring👇 Kanal
📊 O‘zbekistonda bizneslar soni o‘smoqda: bu nimani anglatadi? Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-fevral holatiga mamlakatda 572 666 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 47,6 mingta (+9,1%) ga oshgan 📅 Yillar kesimi (1-fevral holatiga): 2023 – 687 166 ta 2024 – 580 173 ta 2025 – 525 036 ta 2026 – 572 666 ta 🔎 Ikki muhim signal bor: 1️⃣ O‘sish bor — demak, imkoniyat bor - Yangi bizneslar ochilmoqda - Raqobat kuchaymoqda - Bozor professionallashmoqda 2️⃣ O‘zgaruvchanlik bor 2023 yillarda yuqori ko‘rsatkich, 2024–2025 yillarda pasayish, 2026-yilda yana o‘sish Bu nimani bildiradi? Bozor endi tizim bilan ishlaydigan biznesni qoldirada Bugungi raqobat sharoitida g‘oliblar: ✔️ Ichki nizomlari bor ✔️ Standartlari yozilgan ✔️ Nazorat tizimi ishlaydi ✔️ Bonus va motivatsiya mexanizmi bor ✔️ Raqamlar asosida boshqaradi 📌 Xulosa Bozor kengaymoqda Lekin tartibsiz biznes uchun joy toraymoqda Biznes samaradorligini oshiruvchi qoʻllanmalar 👉 kanal
💼 RAHBAR UCHUN OLTIN QOIDA “Men xodimni nazorat qilmayman, men standartni nazorat qilaman” Agar xodim: 📘 standartga mos ishlasa → qoladi ❌ mos kelmasa → almashtiriladi Bu shaxsiy masala emas, tizim masalasi. @Insanbooks
📌 2025-yilda ish beruvchilar faolligi 17% ga oshdi. Ammo haqiqiy muammo boshqa joyda. 2025-yil davomida hh.uz platformasida 127 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rni e’lon qilindi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 17,3% ko‘p. Demak, bozor faollashmoqda. Demak, ishchilar oson topilmoqda. Lekin… ❗️ Muammo: Ishchi ko‘p, ammo sifatli kadr topish baribir qiyin Yil davomida 957 mingdan ortiq rezyume joylashtirilgan bo‘lsa ham, kompaniyalarning asosiy shikoyati o‘sha-o‘sha: — “Ishchi bor, lekin mas’uliyat yo‘q.” — “Tizimga moslashmaydi.” — “2 oy ishlaydi, keyin ketib qoladi.” — “Ko‘nikma bor, lekin intizom yo‘q.” Ya’ni kadrlar ko‘p, lekin kompaniya talabiga mos keladigan tizimli xodim — kam. ❌ Ko'p uchraydigan xato Ko‘pchilik korxonalar xodim tanlashda faqat rezyumega qaraydi. Rezyume chiroyli — odam ishga olinadi. Lekin keyin muammo boshlanadi: — Vaqtida kelmaydi — Qoidaga amal qilmaydi — Jarayonlarni buzadi — 2 haftadan so‘ng motivatsiyasi yo‘qoladi Nega? Chunki xodim tanlash jarayoni tizimsiz. ✅ KODEKSDAN YECHIM: 7-bob — Sинов muddati va hodim ishga olish standartlari KODEKS shuni aniq belgilaydi: “Xodim rezyume bilan emas, tizimli sinov muddati orqali tanlanadi.” Bu nimani anglatadi? ✔️ Har bir nomzod uchun aniq test vazifalari beriladi ✔️ Sifat va intizom ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholash mezoni mavjud ✔️ Hodimning kompaniya qadriyatlariga mosligi tekshiriladi ✔️ Sinov muddati davomida xato qilsa — adolatli tartib qo‘llanadi ✔️ Qaysi bo‘limga olinayotgan bo‘lsa, o‘sha bo‘limning aniq mezonlari ishlaydi Shu jarayonlar natijasida kompaniya “Ishchi qidirmay”, kerakli xodimni tanlab oladi. 📈 Natija / Foyda Tizimli xodim tanlashni joriy qilgan kompaniyalarda: ✔️ Kadrlar aylanmasi 40–60% gacha kamayadi ✔️ Rahbarning vaqtini yutadigan “xodim muammolari” keskin kamayadi ✔️ Jamoa intizomi kuchayadi ✔️ Noto‘g‘ri nomzodlarni boshidanoq ajratib olish osonlashadi ✔️ Maosh ko‘tarilmasa ham, jamoada barqarorlik ortadi Bozor faollashayotgan bir paytda, ustunlik tizimga ega korxonalarda bo‘ladi. ❓ Yakuniy savol Sizning korxonangiz xodimlarni rezyume asosida oladimi yoki KODEKSdagi sinov standartlari asosida tanlaydimi? Insan books
📌 O‘zbekistonda bizneslarning 85% — kichik biznes. Ammo nega barqaror ishlaydiganlari kam? 2026-yil boshiga kelib mamlakatda 474 900 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Shundan 403 800 tasi — kichik biznes. Bu juda katta ko‘rsatkich. Lekin achchiq haqiqat bor: ko‘pchilik kichik bizneslar barqaror ishlamaydi. Nega? ❗️Muammo: Biznes bor, lekin tizim yo‘q O‘zbekistondagi bizneslarning aksariyati rahbarning boshida turgan og‘zaki qoidalarga suyanadi. — Bugun aytiladi — ertaga unutiladi. — Bitta xodim ketadi — jarayonlar bilan birga ketadi. — Natijada korxona “mavjud”, lekin boshqaruv tuzilmasi yo‘q. ❌ Ko'p uchraydigan xatolik Ko‘pchilik rahbarlar o‘ylaydi: “Bizga standartlar shart emas, biz shundoq ham ishlayapmiz.” Aslida esa hamma muammo — aynan shunda. Tizim bo‘lmasa: — mas’uliyat bo‘lmaydi; — jarayonlar takrorlanmaydi; — xodimlar o‘zicha qoidalar o‘ylab topadi; — rahbar esa doim olov o‘chirish bilan band. ✅ KODEKSDAN YECHIM: 1-bob — Ichki Nizomlarni Yuritish KODEKSning 1-bobi aniq bir qoidani aytadi: “Har qanday holat og‘zaki emas, yozma nizomlar asosida hal qilinadi.” Bu nimani anglatadi? — Har bir jarayon yozib qo‘yiladi. — Har bir xodim o‘z vazifasini aniq biladi. — Nizom buzilsa — adolatli jarima. — Amal qilinsa — bonus. — Tizim ishlashi uchun nazoratchi tayinlanadi. Shu bitta tamoyilning o‘zi ham korxonada tartib, javobgarlik va barqarorlikni yaratadi. 📈 Natija / Foyda Ichki nizomlar joriy qilingan korxonalarda: ✔️ rahbarning vaqtiga bo‘lgan bosim kamayadi ✔️ xodimlar tartibga kiradi ✔️ jarayonlar takrorlanuvchi tizimga aylanadi ✔️ biznes egasi “doimiy yong‘in” rejimidan chiqadi ✔️ kompaniya barqaror o‘sish bosqichiga o‘tadi Ya’ni kichik biznes — tizim bo‘lsa katta biznesga aylanishi mumkin. ❓ Yakuniy savol — Sizning korxonangizdagi jarayonlar og‘zaki qoidalar bilan ishlayaptimi yoki yozma nizomlar bilan? — Agar ertaga jamoangizning 30% o‘zgarsa — biznesingiz ishlashda davom etadimi? Insan books
Президент қарорига мувофиқ: ➖«Китоб – маърифат манбаи» лойиҳаси доирасида аҳоли ўртасида китобхонликни тарғиб қилиш ва йилга ўртача 10 та китоб ўқиш мақсади жорий этилади (2026–2030 йиллар); ➖«Китобхонлик маданиятини ривожлантириш жамғармаси» лойиҳаси орқали китобхонлар, муаллифлар ва таржимонлар учун грант ва мукофотлар берилади, грант миқдори БҲМнинг 150 баробаригача (61 млн 800 минг сўмгача) (2026–2030 йиллар); ➖«Жадидлар изидан» китобхонлик клуби лойиҳаси асосида мактаб ўқувчилари йилга камида 20 та китоб ўқиши таъминланади, фаол иштирокчилар БҲМнинг 15 баробаригача (6 млн 180 минг сўмгача) рағбатлантирилади (2026 йилдан); ➖«Истеъдодли муаллифлар» лойиҳаси орқали ёш ёзувчи ва таржимонларга БҲМнинг 50 баробаригача (20 млн 600 минг сўмгача) мукофотлар берилади (2026–2030 йиллар); ➖«Жаҳон адабиёти ўзбек тилида» лойиҳаси доирасида хорижий адабиётларни таржима қилиш харажатларининг 80 фоизигача қисми қоплаб берилади, ҳар бир лойиҳа учун БҲМнинг 600 баробаригача (247 млн 200 минг сўмгача) (2026–2030 йиллар); ➖«Миллий китоб таржимаси ва нашри» лойиҳаси учун 2026-йилдан бошлаб ҳар йили БҲМнинг 60 минг баробаригача (24 млрд 720 млн сўмгача) маблағ ажратилади (2026–2030 йиллар); ➖«Китобхонлик рейтинглари» лойиҳаси орқали энг фаол китобхонлар аниқланиб, ҳар бир ғолиб БҲМнинг 30 баробари миқдорида (12 млн 360 минг сўм) пул мукофоти билан рағбатлантирилади (2026 йилдан); ➖«330 та маҳалла кутубхонаси» лойиҳаси асосида маҳалла кутубхоналари замонавий форматга ўтказилади, ҳар бир кутубхона учун БҲМнинг 180 баробаригача (74 млн 160 минг сўмгача) маблағ ажратилади (2026 йил); ➖«Топ 100 китобхон» лойиҳаси доирасида ўқувчи ва талабалар орасида энг кўп китоб ўқиганлар тақдирланади, ҳар бирига БҲМнинг 45 баробари миқдорида (18 млн 540 минг сўм) пул мукофоти берилади (2026 йилдан); ➖«Мутолаа» рақамли платформаси лойиҳаси орқали жамоат транспорти ва инфратузилма объектларида электрон ва аудиокитоблардан бепул фойдаланиш имконияти яратилади (2026–2030 йиллар). @davlat_boshqaruvi
💸 “Maosh emas — e’tirof kuchliroq ishlaydi” 🏆 📍 Muammo: A’lo ishlagan xodimlaringiz ham bir necha oydan so‘ng sovuqlasha boshlaydi. “Nega bunchalik charchayapti?” deb o‘ylaysiz. ⚠️ Ko‘pchilik qiladigan xato: Ko‘pchilik rahbarlar motivatsiyani faqat pul bilan o‘lchaydi. 🎯 Ammo xodimga har safar maosh berasiz — baribir ruhiy holati pasayadi. Sababi — u e’tirofni his qilmayapti. ✅ KODEKSDA nima deyilgan? “Bonus — bu faqat pul emas. Bu — e’tirof shakli. E’tirof bo‘lmasa, eng kuchli xodim ham sustlashadi.” Shuning uchun KODEKSDA bonuslar berishda 3 ta muhim tamoyil bor: 1️⃣ Bajarilgan aniq ish uchun beriladi (ishlab chiqilgan standartga asoslangan) 2️⃣ Har oy oxirida e’tirof qilish madaniyati shakllanadi 3️⃣ Summaga emas, insoniy qadrlashga asoslanadi 🎯 Natija/Foyda: ✔️ Xodimda “meni ko‘rishyapti, qadrlashyapti” degan tuyg‘u paydo bo‘ladi ✔️ Tashabbus, javobgarlik, sadoqat kuchayadi ✔️ Rahbar har doim “itarmay” ishlatmaydi — xodim o‘zi harakat qiladi Sizning jamoangizda oxirgi marta kim qanday ish uchun maqtov yoki bonus oldi? Insan books
ҚАЛАМ АҲЛИГА ЭСЛАТМА Устоз Мирзо Кенжабекнинг Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратлари ҳақидаги хотиралари. @m_kenjabek| @xojagon_uz •┈┈• ❀ 🌷☘️🌷 ❀ •┈┈•
Bugun — 14-yanvar. Bu sana oddiy kun emas. Bu — Vatan tinchligi va osoyishtaligini o‘z zimmasiga olgan jasur erkaklarga ehtirom ifodasidir. Vatanni himoya qilish — bu faqat chegara qo‘riqlash emas. Har bir mas’ul tadbirkor ham o‘z jamoasi, o‘z qadriyatlari va mehnatkashligi bilan bu yurtning ichki barqarorligini ta’minlaydi. Aynan shuning uchun, biz KODEKS orqali tartibni ustuvor qadriyatga aylantiramiz. Chunki har qanday korxonada nazorat, intizom va standartlar — bu ichki “himoya liniyasi”dir. 👨💼 Siz tadbirkor sifatida ish joyingizda: ✔️ Adolatli qoidalar joriy qilyapsizmi? ✔️ Xodimlaringiz o‘zini qadrlangan his etyaptimi? ✔️ Ishda himoyalangan va tartibli muhit bormi? Bu savollar bugungi bayram munosabati bilan faqat harbiylar emas, balki rahbarlar oldida ham turgan asosiy masalalardir. KODEKS sizga bu yo‘lda eng kuchli tayanch: muammolarga og‘zaki emas, tizimli yozma yechim beruvchi real vosita. 🇺🇿 Vatan himoyachilari kuni barchamizga muborak bo‘lsin. Tartibli jamoa — bu barqaror jamiyatning asosi. Insan books jamoasi
❗️ 2026-yil rejasi ishlamasligining bitta asosiy sababi (ko‘pchilik tan olmaydi) Kecha biz: 📌 2026-yil rejasini KODEKS asosida 1 kunda tuzish algoritmini ko‘rib chiqdik. Bugun esa muhim savol: ❓ Nega shuncha reja tuziladi, lekin 2–3 oyda “o‘lib qoladi”? Javob oddiy, lekin og‘riqli. ❌ ASOSIY SABAB: Reja rahbarniki, tizimniki emas Ko‘p bizneslarda holat shunday: — Rejani rahbar tuzadi — Rahbar eslaydi — Rahbar eslatadi — Rahbar tekshiradi ❌ Xodimga tegishli emas ❌ Bo‘limniki emas ❌ Tizimniki emas Natija: 👉 Rahbar charchasa — reja ham o‘ladi. 📘 KODEKS bu holatni qabul qilmaydi. KODEKS yondashuvi bitta savol bilan boshlanadi: ❓ “Bu reja rahbarsiz ham ishlay oladimi?” Agar javob yo‘q bo‘lsa — 👉 bu reja emas, vaqtinchalik boshqaruv. 🔍 KODEKS mezoni bo‘yicha ishlaydigan reja qanday bo‘ladi? U 3 ta shartga javob beradi: 1️⃣ Yozilgan — og‘zaki emas — slayd emas — hujjat 2️⃣ Standartga tushgan — kim nima qiladi — aniq — qachon qiladi — aniq — qilmasa nima bo‘ladi — aniq 3️⃣ Nazoratga ulangan — “o‘zi bo‘lib ketadi” yo‘q — kim tekshiradi — yozilgan — qachon tekshiradi — belgilangan 📘 KODEKS qoidasi: “Rahbar ishlamasa ham, tizim ishlashi kerak.” 🔑 Xulosa 2026-yil rejasini: ✅ tuzish qiyin emas ✅ ishlatish qiyin emas Eng qiyini — 👉 rahbar markazidan tizim markaziga o‘tkazish. Shuni qila olgan bizneslar: — o‘sadi — barqarorlashadi — rahbarni operatsion qullikdan chiqaradi ❓ Savol (o‘zingizga holis javob bering): Agar siz 1 oy ishga chiqmasangiz — 👉 2026-yil rejangiz ishlaydimi? Keyingi postda nimalar haqida yozaylik izohlarda o'zingizni qiynayotgan vaziyatlarni yozing! Biznes samaradorligini oshiruvchi qoʻllanmalar 👉 kanal
✅ Yangi 2026-yil rejasini KODEKS asosida 1 kunda tuzish algoritmi Oldingi postda bitta muhim xulosaga keldik: 📌 Reja — niyat emas, boshqariladigan hujjat bo‘lishi kerak. Endi savol: ❓ Buni amalda qanday qilamiz? Quyida sizga KODEKS asosida 2026-yil rejasini 1 kunda tuzish mumkin bo‘lgan aniq algoritmni beraman. Hech qanday motivatsion gap yo‘q. Faqat tizim. 1-QADAM. Oliy maqsadni aniqlash (30 daqiqa) Ko‘pchilik shu yerda xato qiladi: ❌ “Ko‘proq pul topamiz” ❌ “Katta bo‘lamiz” 📘 KODEKS nima deydi? “Oliy maqsad — pul emas, pulni tartib bilan olib keladigan sabab.” Savol: - Biznesingiz jamiyatga qanday foyda beradi? - Qaysi muammoni tizimli hal qilyapti? 👉 1 ta aniq jumla bilan yoziladi. Bu — 2026-yilning yo‘nalish kompasingiz bo'ladi.🧭 2-QADAM. 3 ta asosiy ko‘rsatkichni tanlash (1 soat) 2026-yil uchun faqat 3 ta asosiy natija belgilanadi: Masalan: ✅ Oylik sof foyda ✅ Asosiy mahsulot hajmi ✅ Mijozdan takroriy xarid % ❌ 10–15 ta maqsad yozmang — bu nazoratsizlik. ❌ “Hammasini yaxshilaymiz” degan gap ishlamaydi. 📘 KODEKS qoidasi: “Nazorat qilinmaydigan natija — maqsad emas.” 3-QADAM. Natijani jarayonga ajratish (2 soat) Endi eng muhim joy. Har bir natija uchun savol: ❓ Qaysi JARAYON o‘zgarsa, bu natija chiqadi? Masalan: 👉 Savdo oshishi uchun: ✅ Sotuv skripti ✅ Mijoz bilan ishlash tartibi ✅ Taklif berish vaqti 📘 KODEKS formulasi: Natija → Jarayon → Standart Agar jarayon yozilmasa — xodim eski uslubda ishlaydi. 4-QADAM. Jarayonni standartga tushirish (2–3 soat) Bu yerda reja hujjatga aylanadi. Har bir jarayon uchun: ✅ Nima qilish shart? ✅ Nima qilish TAQIQLANADI? ✅ Kim javobgar? 📘 KODEKSning asosiy kuchi shu yerda. Yozilgan standart: ✅ tushunmovchilikni keskin kamaytiradi ✅ bahonani yo‘q qiladi ✅ rahbarni kundalik mayda nazoratdan chiqaradi 5-QADAM. Nazorat nuqtasini qo‘yish (1 soat) Oxirgi va eng ko‘p unutadigan qadam. Har bir standart uchun: ❓ Kim tekshiradi? ❓ Qachon? ❓ Qaysi shaklda? 📘 KODEKS oltin qoidasi: “Nazorat bo‘lsa — reja ishlaydi. Nazorat yo‘q joyda eng zo‘r reja ham o‘ladi.” 🔑 Yakuniy xulosa 2026-yil rejasi: ✅ 1 kunda tuziladi ✅ 1 yil ishlaydi ✅ har hafta tekshiriladi Agar u: ✅ yozilgan bo‘lsa ✅ standartga tushgan bo‘lsa ✅ nazorat qilinayotgan bo‘lsa ❓ Savol: Sizda 2026-yil rejasini kim tekshiradi? Biznes samaradorligini oshiruvchi qoʻllanmalar 👉 kanal