tgindex
Shavkat Fayos | Rasmiy Blog

Shavkat Fayos | Rasmiy Blog

Статистика
@ShavkatFayosузбекский

Farzandlarimiz tarbiyasiga oid foydali ilm va maslahatlarimni ulashib boraman!😊

Последний пост
11 июл.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
243
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
387
21 постов
Вовлечённость
159,3%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 21
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Chiroyli maydoncha qurishning o’zi yetarli emas. Uni ozoda saqlash esa har birimizning mas’uliyatimiz. Bugun shu maydonchada pista po’choqlari sochilib yotganini ko’rib, yana bir haqiqatni angladim: Tozalik farroshning emas, vijdonning ishi. Farrosh ertalab kelib ko’chani supurishi mumkin. Ammo har bir inson o’zidan keyin axlat qoldirmaslikni odat qilsa, farroshning mehnati ham qadrlanadi, ko’chalarimiz ham ozoda bo’ladi. Keling, farzandlarimizga tozalikni faqat darslarda emas, kundalik hayotimizda o’rgataylik. Chunki bola aytilgan gapni emas, ko’rgan amalni takrorlaydi. Ko’cha madaniyati — xalqning madaniyati. Toza ko’chalar ko’p farroshlar tufayli emas, vijdonli insonlar tufayli paydo bo’ladi. Ertangi jamiyat bugun farzandlarimizga singdirayotgan odatlarimiz bilan quriladi.

  • без подписи

  • Fener Rum maktabi — 570 yildan ortiq tarixga ega ta’lim maskani Bugun Istanbulning Fener mahallasida joylashgan mashhur Fener Rum maktabini ko’rish nasib qildi. Bu maktab 1454-yilda,Mehmed II (Fotih Sulton Mehmed) Konstantinopolni zabt etganidan ko’p o’tmay tashkil etilgan. O’sha davrda pravoslav yunon jamoasiga o’z tilida ta’lim berishga ruxsat berilgan va shu tariqa maktab faoliyati boshlangan. Bugun ko’rib turgan qizil rangdagi muhtasham bino esa 1880–1882-yillarda qurilgan. Qizil g’ishtlari Fransiyaning Marsel shahridan olib kelingani aytiladi. Shu sababli u xalq orasida “Qizil maktab” nomi bilan ham mashhur. Bu maskan oddiy maktab bo’lmagan. Usmoniylar davrida bu yerda ta’lim olganlar orasidan: davlat arboblari,diplomatlar, Valaxiya va Moldaviya hukmdorlari, mashhur olim va ustozlar yetishib chiqqan. Bugungi kunda ham bu maktab Fener xususiy yunon o’rta maktabi va litseyi sifatida faoliyat yuritmoqda. Maktabning buyukligi uning devorlarida emas, asrlar davomida tarbiyalagan insonlarida namoyon bo’ladi.

  • 8 июл.420102

    Ba’zan qalblar tilsiz ham bir-birini his qiladi. Bu his oddiy tasodif emas, balki qalblar orasidagi nozik rishtalarning, samimiyat va ixlosning aksidir. Shogirdimni eslab, unga duo qilgan paytimda ko‘p o‘tmay undan xabar keladi. Bu holat menga yana bir bor shuni anglatadi: qalbdan chiqqan duo yo‘lda qolmaydi, u albatta manziliga yetadi. Chunki samimiy mehr va duo masofani tan olmaydi, vaqt va makon chegaralaridan ustundir. Shu bilan birga, bizni shu darajaga yetkazgan ustozlarimizni ham eslab, ularga duo qilishni unutmaylik. Chunki bizdagi ilm, tarbiya va odob — ularning mehnati va sabrining samarasidir. Ustoz va shogird o‘rtasidagi bog‘liqlik faqat ilm bilan emas, balki qalb bilan ham mustahkamlanadi. Bu rishta hurmat, ishonch va ixlos bilan oziqlanadi. Ana shunday aloqalar barakali bo‘ladi, insonni yuksaltiradi va hayotiga ma’no bag‘ishlaydi. Alloh ustoz-shogird o‘rtasidagi muhabbatni ilm, ixlos va baraka bilan mustahkam qilsin.

  • 7 июл.257151

    Ba’zan bir necha soniyalik oddiy voqea butun boshli tarbiya darsiga aylanadi. Qonun va nazorat tartibni saqlashi mumkin. Ammo halollikni faqat vijdon saqlaydi. Kuchli jamiyat insonlarni kuzatadigan kameralar soni bilan emas, hech kim ko’rmayotganda ham to’g’ri ishni tanlaydigan odamlar soni bilan barpo bo’ladi.

  • 1 июл.22491из Samarqand_Yuksalish_maktab

    🏜️ YOZGI LAGER MODULLARI 🎬 Ushbu videoda “Yozgi Lager” modullari bilan batafsil tanishib chiqishingiz mumkin. 📍 Joylar soni cheklangan! Farzandingiz uchun joyni hoziroq band qiling. Ro’yxatdan o’tish uchun quyidagi havola ustiga bosing: 👉 Yozgi Lagerga yozilish 👈 👉 Yozgi Lagerga yozilish 👈 👉 Yozgi Lagerga yozilish 👈

  • 1 июл.373102

    ☀️ YOZGI LAGERGA QABUL BOSHLANDI! Farzandingizning yozgi ta’tilini foydali, qiziqarli va unutilmas lahzalarga boy o‘tkazishni istaysizmi? ✨ Yuksalish maktabining “Yozgi Lager” dasturida bolalarni kutmoqda: — Ijodiy mashg‘ulotlar — Sport va harakatli o‘yinlar — Mantiqiy hamda rivojlantiruvchi darslar — Jamoaviy o‘yinlar va yangi do‘stlar — Tabiat qo‘ynida maroqli hordiq Bu yerda bolalar nafaqat dam oladi, balki yangi bilim va ko‘nikmalarni ham egallaydi. 📍 Joylar soni cheklangan! Farzandingiz uchun joyni hoziroq band qiling. Ro’yxatdan o’tish uchun quyidagi havola ustiga bosing: 👉 Yozgi Lagerga yozilish 👈 👉 Yozgi Lagerga yozilish 👈 👉 Yozgi Lagerga yozilish 👈

  • Shuning uchun kuchli rahbar faqat katta strategiyalar bilan emas, eng kichik detallar bilan ham shug’ullanadi. Chunki bugungi kichik beparvolik — ertangi katta muammolarning boshlanishi bo’lishi mumkin. Kuchli korxona madaniyati har kuni tuzatiladigan “bitta siniq oyna”dan boshlanadi. 📚 Manba: Damir Raxmonovning https://t.me/damirraxmonov “Oson Boshqaruv” kursidan olingan boshqaruv keysi.

  • 🔲 Siniq oyna nazariyasi va rahbar mas’uliyati Bu mavzu menga Damir Raxmonovning “Oson Boshqaruv” kursida aytilgan bir muhim fikrni eslatdi. Korxonadagi katta muammolar ko’pincha katta xatolardan emas, balki o’z vaqtida e’tibor berilmagan kichik kamchiliklardan boshlanadi. Tasavvur qiling, binodagi bitta oyna sinib qoldi. Agar uni hech kim tuzatmasa, bu joyga beparvolik hukm surayotgan degan signal tarqaladi. Oradan vaqt o’tib yana bir oyna sinadi, keyin yana biri… Oxir-oqibat bu holat butun binoni xarob ahvolga olib keladi. Korxonada ham aynan shunday. • Xodimning kechikishi. • Ish joyidagi tartibsizlik. • Mijozga qo’pol muomala. • Vaqtida bajarilmagan kichik vazifa. • Standartlarga rioya qilmaslik. Rahbar bunday “siniq oynalar”ni vaqtida bartaraf etmasa, ular asta-sekin odatiy holga aylanadi. Natijada: ❌ Intizom susayadi. ❌ Mas’uliyat kamayadi. ❌ Ishonch yo’qoladi. ❌ Jamoaning motivatsiyasi pasayadi. ❌ Ish sifati tushadi. ❌ Korxona madaniyati yemirila boshlaydi. https://t.me/ShavkatFayos

  • 26 июн.1907из damirraxmonov

    Bugun oxirgi kun! “Oson boshqaruv” kursiga qabul bugun yopiladi. Ko‘pchilik rahbarlar biznesdagi muammolarni tashqi sabablar bilan bog‘laydi. Lekin ko‘p hollarda asosiy sabab — boshqaruv tizimining yo‘qligi.  ⚠️Rahbarlik — bu shunchaki lavozim emas. Bu to‘g‘ri qaror qilish, jamoani boshqarish va biznesni tizim asosida rivojlantirish ko‘nikmasi. Tajribangiz qancha ko‘p bo‘lmasin, agar boshqaruv ilmi bo‘lmasa, o‘sish sekinlashadi. ⬇️ “Oson boshqaruv” kursida rahbar sifatida kerakli bilim va amaliy tizimlarni o‘rganasiz. ⏰ Bugun so‘nggi imkoniyat. 🔥 Kursga qo‘shiling va biznesingiz boshqaruvini yangi bosqichga olib chiqing. Murojaat uchun: @menejer_oybek

  • 15 июн.4716617

    Safardan qaytib, do‘stimning bu sovg‘asi qalbimni quvontirdi. Hayot yana bir haqiqatni eslatdi: insonning eng katta boyligi mol-dunyo emas, balki yonidagi samimiy insonlardir. Yaxshi do‘st quvonchingizni bo‘lishadi, sinovlaringizda yoningizda turadi va sizni Allohga yaqinlashishga undaydi. Bu sovg‘aning qadri uning narxida emas, ortidagi muhabbat, hurmat va samimiyatidadir. Alloh qalblar egasidir. Mehrni ham, do‘stlikni ham qalblarga U Zot soladi. Rabbim atrofimizni solih va vafodor do‘stlar bilan to‘ldirsin. Bugungi shukrim sovg‘aga emas, shunday insonlarni hayotimga nasib qilgan Allohgadir. Alhamdulillah. 🤲

  • 📍 Bursa — Usmonli imperiyasining ilk poytaxti bo‘lgan, tarix va tabiat uyg‘unlashgan go‘zal shahar. Bu yerda har bir qadamda tarix nafasi seziladi: ulug‘ masjidlar, qadimiy ko‘chalar va yashil tog‘lar… 🌿 Ayniqsa, Ulug‘ Jome masjidi o‘zining betakror me’morchiligi bilan insonni hayratga soladi. Bursa — nafaqat sayohat, balki qalb uchun dam olish maskani. @ ShavkatFayos

  • без подписи

  • 🌊🚡 Fukokdagi kanatka (Hon Thom Cable Car) Dunyodagi eng uzun dengiz usti kanatkasi! 📏 Uzunligi: ~8 km ⏱ Safar vaqti: 15 daqiqa 🌴 Manzara: moviy dengiz, kichik orollar, ajoyib panorama 📍 An Thoi → Hon Thom (Ananas oroli) Phu Quoc’ga kelgan har bir mehmon ko‘rishi shart bo‘lgan joy! ✨

  • 30 нояб.632175из Samarqand_Yuksalish_maktab

    🎒 2-dekabr — Tog‘ safari! Yuksalish maktabi direktori Shavkat Salamov o‘quvchilarimiz bilan birgalikda tog‘ga sayohat uyushtiradi. ⛰️ Safar davomida: — Jamoaviy ruhni mustahkamlash — Tabiiy muhitda vaqt o‘tkazish — Foydali mashg‘ulotlar va faol hordiq Bu safar o‘quvchilarimizning motivatsiyasi va jismoniy faolligini oshirishga xizmat qiladi. 🗓 Sana: 2-dekabr Barchaga mazmunli va foydali sayohat tilaymiz! 📞Call Center: +998915292225 🕊 T.me/Samarqand_Yuksalish_maktab

  • ▫️ Rizqingiz oilangizga ajratgan vaqtingizdan boshlanadi! Oilangizga sarflagan har daqiqa: — Sizni barakaga yaqinlashtiradi — Farzandingizga ishonch beradi — Uyning ichiga tinchlik olib kiradi — Va eng muhimi, qalbingizga hotirjamlik baxsh etadi. 🕊 T.me/ShavkatFayos

  • 🇺🇿18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun! Bugun yurtimiz timsoli bo‘lgan muqaddas bayrog‘imiz qabul qilinganiga 34 yil bo‘ldi. Bayrog‘imiz — mustaqilligimiz, birlik va ezgu orzu-umidlarimiz ramzi. Keling, bugun faxr bilan O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘taraylik! Yurtimizga tinchlik, osmonimiz musaffo bo‘lsin! 🕊 T.me/ShavkatFayos

  • Hayotimizda ikki insonning himmati ko‘p-u, lekin ko‘zimizga ko‘rinmaydi, ular: 👱‍♂️ Otamizning bizga qilgan xarajati 🧕 Onamizning bizga qilgan xizmati Agar shu xarajat va xizmatni begona odam ko‘rsatganda, butun umr undan uyalib, biror marta ham ko‘ngliga ozor bermasdik. Ota-onalarimizni asraylik, xizmatini qilib, duosini olaylik! 🔝 @foydali_moliya – Juma muborak!

  • 💬 O‘rnak bo‘lmoqchimisiz? Unda faqat aytganlaringizni emas, amal qilganlaringizni gapiring! Chunki inson, ayniqsa bola, so‘zlardan emas — ko‘rgan narsasidan o‘rnak oladi. Agar siz amal qilmagan narsangiz haqida gapirsangiz, uning ta’siri nol bo‘ladi. 🔑 So‘zlar ilhomlantiradi, ammo amallar isbotlaydi. Shuning uchun har bir gap ortida amal bo‘lsin — shunda siz haqiqiy o‘rnak bo‘lasiz! 🌟 @ShavkatFayos

  • 💫 Har bir muvaffaqiyatli insonning orqasida bir ayol turadi! Bu — onasi, opasi, singlisi yoki umr yo‘ldoshi bo‘lishi mumkin. Har birining duosi, ishonchi va sabr-toqati erkakning yelkasiga kuch, yuragiga jasorat beradi. 💪 @ShavkatFayos